1-sentabr holatiga korxona va tashkilotlarning muddati o‘tgan debitor qarzdorligi dinamikasi, mlrd.so‘m
Hududlar kesimida korxona va tashkilotlarning debitor qarzdorligi, mlrd.so‘m
Hududlar kesimida debitor qarzdorlikning asosiy qismi Toshkent shahri – 107 841,6 mlrd. so‘m, Toshkent viloyati – 21920,6 mlrd. so‘m, Andijon viloyati – 13040,9 mlrd. so‘m, Qashqadaryo viloyati – 11 932,4 mlrd. so‘m va Samarqand viloyatida – 8032,4 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.
2022- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra hududlar kesimida korxona va tashkilotlarning debitor qarzdorligi (mlrd.so‘m)
Hududlar kesimida muddati o‘tgan debitor qarzdorlikning asosiy qismi Toshkent shahrida – 1 174,4 mlrd. so‘m, Farg‘ona viloyati – 828,0 mlrd. so‘m, Namangan viloyatida – 476,8 mlrd.so‘m, Toshkent viloyati – 406,4 mlrd. so‘m, Navoiy viloyatida – 136,6 mlrd.so‘m, Samarqand viloyatida – 95,0 mlrd. so‘m va Andijon – 75,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Eng yuqori debitor qarzdorlik “O‘ztransgaz” AJda – 21 489,8 mlrd. so‘m (respublika bo‘yicha jami qarzdorlikdan 10,6 % i), “O‘zavtosanoat” AJ – 15 644,6 mlrd.so‘m (7,7 %), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ – 11 886,5 mlrd. so‘m (5,9 %), “O‘zbekneftgaz” AJ – 11 833,7 mlrd. so‘m (5,9 %), “OKMK” AJ – 9 562,1 mlrd. so‘m (4,7 %), To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasi – 9 049,3 mlrd. so‘m (4,5 %), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ – 7 964,6 mlrd. so‘m (3,9 %) ekanligi kuzatilmoqda.
2022- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra, alohida xo‘jalik boshqaruvi organlarining debitor qarzdorligi (jamiga nisbatan % da)
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlikning eng ko‘pi ishlab chiqaradigan sanoatda – 41,7 %, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalashda – 24,9 %, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilishda – 10,6 %, savdoda – 7,7 % ni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |