I-bob: Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari
Download 128.08 Kb.
|
22 мавзу
Mundarija Kirish…………………………………………………………………1 I-bob:Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari. 1.1-§. Muhammad Xorazmiyning hayoti va ijodi………………8 1.2-§. Al-Xorazmiyning “Bayt ul - hikma’’da faoliyati……………….9 1.3-§. Al-Xorazmiyning asosiy ilmiy ishlari………………………………12 II-bob:Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi. 2.1-§.Muhammad Xorazmiyning algebra fani rivojidagi ahamiyati………………………………………………18 2.2-§.Al-Xorazmiyning geografiya faniga qo’shgan hissasi…………………..20 2.3-§.Muhammad Xorazmiyning astronomiya faniga oid qarashlari………….22 Xulosa………………………………………………………………………25 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………....27 Kirish
Insoniyat sivilizatsiyasining shakllanish va rivojlanish tarixi har bir millat nafaqat o’z boyliklari, balki, birinchi navbatda, yuksak ma’naviyati va madaniyati bilan kuchlidir,degan oddiy haqiqatni qayta-qayta isbotlab kelmoqda.Bu borada ko’hna o’zbek diyori jahon madaniyat, ilm-fani va ma’naviyati xazinasini boyitishga beqiyos hissa qo’shib kelayotgan qutlug’ zamindir. Yurtimizda Imom Buxoriy,Farg’oniy, Bahouddin Naqshband,Beruniy,Ibn Sino,Alisher Navoiy,Muhammad Xorazmiy kabi buyuk alloma va mutafakkirlar tug’ilib,dunyo tamadduni tarixida o’chmas iz qoldirgani buning yorqin isbotidir.Bu buyuk zotlarning asarlari hozirgi kungacha ham o’zining ahamiyatini yo’qotmasdan,ulkan ilmiy va ma’naviy boylik sifatida yuksak qadrlanib kelmoqda.Boshqacha aytganda, bu bebaho meros dunyodagi manaman degan aql-zakovat sohiblari e’tirof etadigan va butun musulmon ummati faxrlanadigan boylikdir. Respublikamiz mustaqillikkka erishgandan so’ng barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi, shuningdek,ma’naviy – madaniy merosimiz,milliy qadriyatlarimiz tiklanishiga alohida e’tibor qaratildi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va Oliy Majlis sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to’g’risidagi qonun ”,“Kadrlar tayorlash milliy dasturi” va shu kabi me’yoriy hujjatlarda yoshlarga bilim va tarbiya berishda,ularni yetuk mutaxasislar qilib shakllantirishda milliy – madaniy merosga tayanish izchilligi o’z aksini topgan. Qaysi bir bilim sohasini olib qaramaylik, uning taraqqiyoti ko’p jihatdan o’tmish tajribasiga mustahkam bog’liq bo’lganligini guvohi bo’lamiz .Bu ayniqsa pedagogika taraqqiyoti uchun xosdir.Bu masalada biz milliy – madaniy meros va uni o’zlashtirishga tayanib ish ko’ramiz . Chunki o’tmish progressiv tajribalariga ,metod va usullariga tayanmasdan turib, yosh avlodni yuksak axloqli qilib tarbiyalash mumkin emas . Birinchi prezidentimiz I. Karimov ta’kidlaganlaridek , “Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda . Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda”1. Sharq xalqlari ko’p asrlarga borib taqaluvchi madaniyatga ega ekanligi hammaga ayon . Ana shu madaniy yodgorliklar inson qo’li,aqli,mahorat va malakasi o’tmishdan qabul qilib olgan xayotiy tajribasi natijasidagina milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga, san’at va adabiyot asarlariga aylangan demak, madaniyat o’z – o’zidan paydo bo’lib qolmay,ko’p darajada ta’lim va tarbiya mevasi sifatida shakllangan. O’zbekiston Respublikasi 1-prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch ” asarida shunday deyilgan :Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni,mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib –o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishga bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda,bugungi va ertangi hayotimiz farzandlarimizning ma’naviy olamiga bog’liq ekanligi hammamizga ravshandir.Shu boisdan ham Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq “Biz yurtimizda hech kimdan kam bo’lmaydigan ” erkin demokratik jamiyat qurish uchun keng ko’lamli vazifalarni hal etishga qodir bo’lgan , ham insoniy , ham ma’naviy yetuk,milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan avlodni voyaga yetkazishni o’z oldimizga yuksak maqsad qilib qo’yganmiz. Aynan shunday olijanob niyatlar sababli xalqimizning boy ma’naviy merosini,Vatanimiz tarixini tiklash , xolisona, ilmiy asosda yoritish va yoshlarimizga o’rgatish,qalbiga singdirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston buyuk sivilizatsiya va madaniyat beshigidir .Vatanimizdagi bebaho yodgorliklar halqimiz dahosining yorqin namunasi ,uning yuksak madaniyati va ma’naviyatiga qo’yilgan muazzam haykallardir. Bog’doddagi “Bayt ul-hikma” va “ Xorazm Ma’mun akademiyasi”da faoliyat yuritgan dunyoga mashhur allomalar o’z kashfiyotlari,ma’naviy jasorati bilan tarixda chuqur iz qoldirdi. Xususan , Xorazm Ma’mun akademiyasida mintaqamizda tug’ilib o’sgan alloma Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy va boshqa allomalar yuksak , ma’naviy jasorat ko’rsatdi. Muhammad al- Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya yo’nalishidagi fanlarni chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining 2017-yil 14-sentabrdaPQ-3274 sonli “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kummunikatsiya texnologiyalariga oid fanlarni chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti qoshidagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi negizida tashkil etildi. Mazkur maktabning tashkil etilishi iqtidorli kadrlarni yoshligidanoq tayyorlab boorish,sohada yetuk hamda jahon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga zamin yaratadi.Maktabni tashkil etishdan asosiy maqsad-ulug’ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash,o’rganish va tadqiq etish uni yosh avlod ongiga singdirish,o’quvchilarga aniq fanlarning yuksak cho’qqilarini zabt etish,boshlang’ich sinflardan boshlab o’quvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorini aniqlash va ularni qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar bazasini yaratishdan iboratdir. Ixtisoslashtirilgan maktabning asosiy vazifasi etib-axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilgan holda matematika,fizika,informatika va chet tili fanlarini chuqur o’zlashtirishga erishish, o’quvchilarni dasturlash asoslari, ma’lumotlar bazasini shakllantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash bo’yicha ko’nikmalarlarga ega qilish, axborot va media hamda intellektual madaniyatni maktab davridan boshlab shakllantirishdan iboratdir. Maktabda o’quv jarayoni xalqaro andozalar asosida olib borilishi maqsadida unga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-o’qituvchilarini ham jalb etish belgilangan.Mazkur qaror bilan maktabda tahsil oladigan o’quvchilarga barcha shart-sharoitlarni yaratish bilan birgalikda ularni qo’llab-quvvatlash,rag’batlantirib boorish,maktab yoshidagi iqtidorli o’quvchilarga matematika,fizika,informatika fanlarini integratiyalashgan holda qamrab olgan ko’rik-tanlovlar o’tkazish,ularning natijalariga ko’ra beriladigan “Muhammad al-Xorazmiy izdoshlari”nomli mukofot ham ta’sis etilgan. Ixtisoslashtirilgan maktabning tashkil etilishi-respublika axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash,kelajak avlodni buyuk ajdodlarimizga munosib etib tarbiyalash,davr talablariga dadil javob bera oladigan mutaxasislarga bo’lgan katta ehtiyojni qondirishga xizmat qiladi. “ Ta’limni tarbiyadan , tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir” degan edilar birinchi prezidentimiz I.Karimov . Ular bu haqida fikr yuritganda men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot,yo najot – yo halokat,yo saodat – yo falokat masalasidir ” 2 degan chuqur ma’noli gaplarini eslayman degan edilar.Har kimki ilm xikmatini o’rganaman desa , uni yoshligidan boshlasin,sog’- salomatligi yaxshi bo’lsin,yaxshi axloq va odobi bo’lsin,so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin,barcha qonun – qoidalarni bilsin,bilimdon va notiq bo’lsin,ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin – degan edi Sharq mutafakkirlaridan biri Farobiy. Yoshlikda olingan bilim – toshga o’yilgan naqshdi, bu naqshni qay go’zallikda chizish esa insonning o’z qo’lida. Mavzuni o’rganilganlik darajasi : Movarounnahrda ilm – fan va ma’rifat sohasida o’z xizmatlari bilan dunyoga mashhur mutafakki,qomusiy olim Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy yoshlarga ta’lim – tarbiya berish va ularni kasb – hunarga o’gatish masalalari bo’yicha o’zlarining buyuk asarlarida qimmatli fikr – mulohazalarini bildirib,bu borada nimalarga e’ tibor berish kerakligi haqida yo’l – yo’riqlar ko’rsatganlar. Shuningdek ushbu qomusiy olim insonni kamolga yetishi va insoniy munosabatlarni yo’lga qo’yishda ilm – fanning muhim ahamiyatga ega ekanligi to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida munosib o’ri egallaydi. Muhammad Xorazmiy o’zining boy va serqirra ilmiy meroslari bilan keyingi davr sharq va g’arb madaniyatining taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi . Al – Xorazmiyning ilmiy faoliyati Bag’dodda tashkil etilgan “Ma’mun akademiyasi” bilan bog’liq. Al- Xorazmiy algebra fanining asoschisi “ Al – kitob al- muxtasar fi – hisob al – jabr va al muqobala asari bilan dunyoga mashhur. Muhammad Xorazmiy matematikadan tashqari geografiya va astronomiya fanlariga munosib hissa qo’shgan buyuk olimdir. Muhammad Xorzamiyning 20 dan ortiq ilmiy asarlari mavjud bo’lib ulardan 10 tasigina bizgacha yetib kelgan holos.Al- Xorazmiyning “Kitob at – tarix ”asari bizgacha yetib kelmagan, lekin undan olingan ko’chirmalar tarixnavis olimlar Beruniy,Yoqut Rumiy,Ya’qubiy,Elias Bar Shinoyi,Hamza Isfahoni, At- Tabariy,Al- Mas’udiy kitoblarida uchraydi. Ahmad al – Farg’oniyning astrolyabiyaga oid asarida Xorazmiyga tegishli sfera geometriyasi haqidagi asarni eslatadi,ammo u hozirgacha topilmagan . Xorazmiy fanning beshdan ortiq sohasini fundamental yangiliklar bilan boyitgani sababli fan tarixidagi ilk qomusiy olim deb sanalishga haqli.Xorazmiyning ilmiy merosiga qiziqish uning hayotlik davridayoq boshlangan. Zamondoshlaridan Ahmad al- Farg’oniy,Xuttaliy va boshqalar uning asarlariga sharhlar yozishgan. Masalan Beruniy Xorazmiyning “Zij” iga atab 3 ta risola bitadi. 19- asr boshlarida Xorazmiy merosiga tarixiy nuqtai nazardan qiziqish boshlangan. Xorazmiy “Algebra” sini 1817-yilda K. Koulbruk qisman,1831- yilda F.Rozen to’liq hajmda Londonda, 1838 yilda G. Libr Parijda chop ettiradi.Hozir bu asarning inglizcha ( L.S .Karpinskiy,1915- yil, AQSH), arabcha ( A.M Musharrafa,1939- yil), ruscha (Yu. Xorazmiy Kopelevich, B .A. Rozenfeld,1964- yil )va boshqa nashlari mavjud. Xorazmiyning “Arifmetika” sini birinchi marta B.Bonkompani Rimda (1857), Karroline Fogel Germaniyada (1963), Adolph-Andrei Pavlovich Yushkevich Moskvada (1954) chop ettirishgan . Xorazmiy “Zij’’ ini o’rganishga ham katta e’tibor berilgan. Uni 1914 – yilda N.Zuter,so’ng O.Neygebauer (1962) ,V.Millas,Goltsteyn (1963) va boshqalar nashr qilishgan.1919- yilda F.J.Videman “Astrolyobiya bilan amallar haqida kitob’’ ini nashr etgan. Xorazmiynig “Geografiya’’ si birinchi marta Xorazmiy fon Mjik (1926)tomonidan chop etilgan . Olimning boshqa qo’lyozmalarini izlab toppish, o’rganish, chop etish va tarjima qilish – matematika sohasining dolzarb muammolaridan bo’lib qolmoqda. 1983- yilda Xorazmiy tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan uning barcha asarlari rus tilida (A. Axmedov,Adolph- Andrei Pavlovich Yushkevich,B.A .Roznfeld va bosgqalar tarjimalarida )hamda tanlangan asarlari o’zbek tilida (A.Axmedov tarjimasida) nashr etildi. O’zbekistonda Xorazmiy hayoti va ilmiy faoliyati bilan birinchi bo’lib T.N.Niyoziy qiziqqan. 1960- yillardan S.H.Sirojiddinov va G.P.Matviyevskaya rahbarligida Yaqin va O’rta sharq fani tarixi,jumladan,Xorazmiy merosini o’rganish va dunyo miqyosida targ’ib qilish bo’yicha keng ko’lamda ilmiy tadqiqotlar boshlab yuborildi.1983-yilda buyuk olim tavalludining 1200 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan xalqaro ilmiy anjuman (Moskva,Toshkent va Urganch shahrida) Xorazmiyning jahon sivilizatsiyasida tutgan o’rnini belgilashda muhim tadbir bo’ldi.3 Mavzuning predmeti. Muhammad ibn Muso al- Xorazmiyning hayoti,ilmiy merosi va didaktik qarashlarini yoshlar ongiga singdirishdan iborat. Mavzuning maqsadi. Ushbu kurs ishimizda Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy hayoti , ijodi va ilmiy merosini chuqur o’rganib, ta’lim – tarbiyaga oid pedagogik qarashlarini tadqiq etishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz va ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni bajarish lozim deb hisoblaymiz. Muhammad ibn Muso al- Xorazmiyning hayoti va ijodini o’rganishga oid tadqiqot, kitoblarni o’rganish; Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning pedagogik qarashlarining nazariy asoslarini o’rganish; Muhammad ibn Muso al- Xorazmiyning tarbiya usullari haqidagi fikrlarini o’rganish; Muhammad ibn Muso al- Xorazmiyning ta’lim jarayoni to’g’risidagi qarashlarini o’rganish. I- bob :Muhammad ibn Muso al –Xorazmiyning ta’lim tarbiyaga oid qarashlari. 1.1-§ .Muhammad ibn Muso al- Xorazmiyning hayoti va ijodi. Mamlakatimizda ilm – fan va ma’rifat sohasida o’z xizmatlari bilan dunyoga mashhur buyuk mutafakkir,qomusiy olim Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga hamda olgan bilimlaridan foydalanishiga kata e’tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni to’plash,ularni ifodalash va kuzatganlarini tushintira olish malakalarini hosil qilishda katta baho berdi. Masalan, “AL- kitob al – muxtasar fi hisob al- jabr va – l muqobala ” asarida olimlarni uch guruhga bo’lib shunday yozadi : “Ulardan biri o’zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o’zib ketadi va uni o’zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qoldiradi. Boshqasi o’zidan avvalgilarni asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi,yopiqni ochadi yo’lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi . Yoki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to’playdigan odam bo’lib,u o’zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo’ladi,takabburlik qilmaydi va o’zi qilgan ishidan mag’rurlanmaydi ”. Muhammad al-Xorazmiy bu fikrlari bir tomondan,olimlar faoliyatining ezgulikka xizmat qilishini yoritsa,ikkinchi tomondan,o’sha davrda ilmiy tadqiqot ishlari va o’qitishning metod va vositalaridan qay darajada foydalanganligini ko’rsatadi.[8.79] Xorazmning asl farzandi, ilm ahlining bobokaloni Abu Abdulloh(Abu Ja’far ) Muhammad ibn Muso Al- Xorazmiy ,al – Majusiy al- Qatrabbuliy VIII asrning oxiri IX asrning I – yarmida yashab ijod etgan. Buyuk matematik, astronom va geograf,Xorazmning madaniyat markazlaridan biri bo’lmish Xiva shahrida tug’ilgan va Bag’dodda vafot etgan . Olimning tug’ilgan va vafot etgan yillari aniq emas.Ammo ba’zi manbalarda 783 – yilda tug’ilgan va 847-yilda vafot etgan deb taxmin qilinadi. Xorazm fan olamiga ko’pkina mutafakkirlarni yetkazib bera olgan diyor bo’lib bu haqida xorazmshunos olim S .P. Tolstoy shunday deydi : “ Qadimgi Xorazm fanining sharq fani tarixidagi o’rni juda muhim.Xorazmning islomgacha bo’lgan antik va afrigiy davrini ozgina bilamiz . Ammo madaniyat va moddiy yodgorliklarni astoydil tahlil qilib ayta olamizki,Xorazmda aniq fanlar – geometriya,trigonometriya,astronomiya,topografiya,ximiya,minerologiya va tabiiy fanlar o’sha davrdayoq yuksak darajada taraqqiy etgan.Xorazm keyinchalik arab xalifaligi tarkibiga kiritilgach,xorazmlik olimlar tez orada shuhrat qozonganlar va “arab fani’’ deb atalgan fanning yaratuvchilari orasida eng ilg’or o’rinni egallaganlar’’.[9.3] Bo’lg’usi olim bolalik va o’smirlik yillarida boshlang’ich ta’lmni vatanida olib arab,fors,hind va yunon tillarini qunt bilan organdi . Bu tillardagi kitoblarni mutolaa qildi va el nazariga tushib olim bo’lib yetishdi. Al-Xorazmiy ham u yoki bu fan bilan chegaralanib qolmay ,qomusiy ilm sohibi bo’lgan. Jumladan,olimning tarix, matematika, astronomiya va geografiya sohasida yozib qoldirgan ilmiy merosi jahon ilm ahli tomonidan dunyo fani rivojiga qo’shilgan bebaho hissa sifatida tan olingan. Al – Xorazmiyning xususan, arifmetika va algebraga oid asarlari Yevropaning qator tillariga ko’p marta tarjima qilinib, unda keltirilgan ilmiy dalillar matematika fanida va amaliyotida keng qo’llanilgan .Olim qoldirgan hisob – kitoblarning ko’pchiligi hozirga qadar o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Xususan Al- Xorazmiy nomi lotincha kitoblarda Algoritmus , Algorismus , Al- Xoarismus, Alkauresmus, Alxoharitmus va hokazo shakllarda keltirilgan bo’lib, bu o’z navbatida yangi arifmetika – algoritmga asos bo’lgan . Fransiyalik sharqshunos olim J.Reyno 1849- yilda Yevropa mamlakatlarida matematikaga oid turli davrlarda chop etilgan asarlarda keltirilgan ushbu nomlar aslida Xorazm ilmiy maktabi vakili Al- Xorazmiy nomi bilan bevosita bog’liq ekanligini isbotlab bergan . [5.78] 1.2 -§ .Muhammad ibn Muso al- Xorazmiyning “Bayt u- hikma”da faoliyati. Bag’dod xalifasi Horun ar – Rashid o’g’li al – Ma’munni 808 – yilda xalifalikning sharqdagi noibi etib tayinlaydi,shahzoda al – Ma’mun noiblikni,poytaxti Marvga kelib tezlikda unga bo’ysunuvchi o’lkalarda yashovchi olimlar va shoirlarni o’z saroyiga to’plab “ Marv olimlari yig’ini” ni tashkil qiladi . Ko’pkina olimlar qatori al- Xorazmiy ham Marvga keladi va o’zining samarali ijodiga aynan shu yerda tamal toshini qo’yadi . Olim bu maskanda zamonasining ko’pkina olimu fuzalolari bilan tanishadi. Al – Ma’mun otasi o’limidan keyin 813 – yilda o’zini xalifa deb e’lon qiladi va o’z akasi xalifa al – Aminni taxtdan tushiradi .819- yilda bir guruh saroy ahli va Marvda to’plangan olimlar bilan Bag’dodga xalifalikning markaziga kelib, o’z davlatini mustahkamlab,boshlagan hayrli ishlaridan biri “Donishmandlar uyi ”(“Bayt ul -hikma”) ni qayta tashkil qilish va kengaytirishga katta e’tibor berdi.Bu ilmiy markaz qoshida ulkan kutubhona mavjud bo’lib,unga xalifalikning hamma joyidan,yunon,fors,hind,suryoniy va boshqa tillarda yozilgan qo’lyozmalar ham keltiriladi.Ko’plab falsafiy – axloqiy,ilmiy- adabiy asarlar arab tiliga tarjima qilib,sharhlar yoziladi va musulmon dunyosiga yoyiladi. Ayni shu tarjima va sharhlar orqali yunon,hind olimlari asarlari bizgacha yetib kelgan . Al – Ma’mun bu ilmiy markazda va xalifalikdagi barcha fanlar rahbari qilib vatandoshimiz Muhammad ibn Muso Al – Xorazmiy tayinlanadi. 828-yil Ma’mun akademiyasi qoshida Bag’dodning ash – Shamasiya mahallasida 1- rasadxona,831- yil Damashq yaqinidagi Kosion tog’ida rasadxonaning bo’limi qurilgan .Rasadxonada dastlab marvlik Abu Ali Yahyo ibn Mansur, keyinchalik Muhammad Xorazmiy rahbarlik qilgan.Ma’mun akademiyasida turli maqsadlarda ilmiy ekspeditsiyalar ham tashkil qilingan . Ma’mun akademiyasida Xorazmiy bilan birga Xolid ibn al- Malik al- Marvarrudiy, Al- Abbos ibn Sayyid al – Javhariy , Ahmad ibn Abdulloh al- Marvaziy,Ahmad al- Farg’oniy, Abu Fazl alhamid ibn Vase ibn Turk al –Xuttaliy,Abu Yusuf Yoqub ibn Sabbox al – Kindiy va boshqa ko’plab o’rta osiyolik olimlar ijod qilib turli fanlar rivojiga katta hissa qo’shganlar. XI asr boshida Xorazm poytaxti Gurganj (hozirgi Urganch) shahridagi ilmiy markaz ham Ma’mun akademiyasi deb nomlangan.[10.18 ] Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyati 1017- yilgacha davom qiladi . Lekin shunga qaramasdan shu ilmiy dargohdan jahon fani xazinasini o’zining bebaho asarlari bilan boyitgan ko’plab qomusiy olimlar yetishib chiqdi. Shu ilm maskani fan olamida yorqin iz qoldirgan o’nlab , yuzlab iste’dodlarni tarbiyalab,voyaga yetqazdi va kamol toptirdi.Keyinchalik ular sharq mamlakatlarida o’zlarining ijodiy faoliyatlarini davom ettirdilar.1017- yili Xorazm Mahmud G’aznaviy tomonidan zabt qilindi va u g’aznaviylar saltanati tarkibiga qo’shildi.Ma’mun akademiyasining bir guruh olimlari G’aznaga Sulton Mahmud saroyiga olib ketildi.Olimlarning boshqa bir guruhi Sharqning turli mamlakatlariga tarqalishib , shu joylarda ilmiy faoliyatlarini davom ettirdilar va oxirgacha Ma’mun akademiyasi an ‘analariga sodiq qoldilar . Beruniy, Abu Nasr Iroq,Bayhadiy va boshqalar G’aznada Sulton Mahmud saroyida,Ibn Sino va shogirdlari esa Jurjon va Hamadonda Qobus ibn Vashmgir va Abu Tohir saroyida,al-Xo’jandiy Ray shahrida umrining oxirigacha o’zlarini fan xizmatiga bag’ishladilar. Yurtdoshimiz al- Beruniy boshchilik qilgan Ma’mun akademiyasi olimlari yaratgan boy ilmiy meros nahaqat Sharqda ilmiy tafakkurning yuksalishiga,balki Yevopada ham ilm – fanning rivoj topishiga juda katta ta’sir ko’rsatdi.[11.35] Xorazm Ma’mun akademiyasining qayta tashkil etilishi . O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining “Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni (1997) O’zbekistonning ilmiy salohiyatini yuksaltirish,uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi o’rnini mustahkamlash,mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda is’tedodli va fidoyi olimlarni qo’llab – quvvatlash,yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy an’analarni rivojlantirishda qo’yilgan muhim qadam bo’ldi. 1997- yil noyabr oyida akademiyaning tarkibida “Arxeologiya , tarix va falsafa ”, “Til va adabiyot ”,“Biologiya muammolari ” bo’limlari tashkil qilinib, 9 ilmiy mavzu bo’yicha 26 ilmiy xodim, shu jumladan,5 fan doktorlari va 9 fan nomzodlari ilmiy tadqiqotlar olib borishdi. Arxeologiya, tarix, falsafa bo’limining xodimlari “Xorazmda qadimgi va o’rta asrlar o’zbek davlatchiligi tarixi”,”O’zbek xalqining etnik tarixida Xorazm vohasining o’rni ”,”Xorazm viloyati arxeologik yodgorliklarini tadqiq qilish ” mavzulari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borishdi. Til va adabiyot bo’limida “IX- XIII asrlarda Xorazm yozma adabiyoti va og’zaki epos. IX- XIII asrlar Xorazm yodnomalari tili ” mavzusi bo’yicha Xorazm yozma adabiyoti va og’zaki afsonalar hamda rivoyatlar “Avesto”dagi mifologik qatlam bilan qiyosiy tahlil qilindi. O’g’zaki va yozma namunalar tahlili orqali adabiy va badiiy tillarga xos xususiyatlar,ularning o’zaro ta’siri o’rganildi. 1997- 2002 yillarda Biologiya muammolari bo’limida 7 ilmiy mavzu bo’yicha tadqiqotlar bajarildi. Xorazm vohasi tuproq – iqlim sharoitlarida istiqbolli , serhosil, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli o’simliklarning navlari o’rganildi.[4.243] 1.3-§ .Muhammad ibn Muso al- Xorazmiyning asosiy ilmiy ishlari. VII – XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat ilm – fan beqiyos rivojlandi . Ayniqsa aniq fanlarga qiziqish keskin orta boshladi . O’sha tarixiy davrda al –Xorazmiy,Farobiy,al – Farg’oniy, al- Beruniy,Ibn Sino, az – Zamaxshariy singari qomusiy olimlar dunyoga keldi.O’sha ulug’ mutafakkirlar inson ma’naviy va tafakkur dunyosini boyitishda,insoniyat ongini,madaniy – ma’rifiy qarashlarini o’stirishda o’z davrida va keyinchalik ham ulug’ xizmat qildilar, inson kamolotiga doir beqiyos ta’limotlar yaratdilar.[6.70 ] Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq ilmiy asarlarning faqat 10 tasigina bizgacha to’liq, qisman,yoki ayrim parchalar tarzida yetib kelgan . Shu asarlarning o’ziyoq ko’rsatadiki,Xorazmiy insoniyat sivilizatsiyasiga buyuk hissa qo’shgan olimdir . Miloddan avvalgi 6 – asrdan milodiy 5- asrgacha ravnaq topgan yunon madaniyati 4 – asrga kelib inqirozga yuz tutdi.415 – yilda yunon fanining xazinasi bo’lgan Iskandariya kutubxonasi vayron qilinib, minglab kitoblar yoqib yuborildi. Natijada fan taraqqiyotdan to’xtab, xatto qo’lga kiritilgan yutuqlar ham unutila boshlandi. 4 – 8 asrlarda olis Xitoy va Hindistondagi ayrim olimlar faoliyatini hisobga olmaganda Konstantinopol va Gandishapurda jon saqlagan yunon olimlari ayrim,suryoniy,yahudiy, nasroniy ruhoniylar omon qolgan. Yunoncha kitoblarni saqlash, tarjima qilish, sharhlar bitish bilangina shug’ullangan. Diniy ehtiyojlar tufayli ayrim astronomik kuzatuvlargina olib borilgan. 9 – asrda Arab xalifaligi kuchayib, uning poytaxti Bag’dod ulkan iqtisodiy – ijtimoiy markazga aylandi va bu yerga ilm ahli oqib kela boshladi.Ko’plab olimlar asarlari hind tilidan arab tiliga tarjima qilindi , arab tilida dastlab sharhlar bitildi. Lekin fan yangi marralarni egallashi uchun, uni yangi rivojlanish bosqichiga ko’tarish zarur edi.Fan tarixchisi Adam Mets iborasi bilan “Musulmon renessansi” deb atalgan fan tarixidagi bu hodisa birinchi navbatda Xorazmiy nomi va ilmiy jasorati bilan bog’liq.[12.100] Muhamad ibn Muso al –Xorazmiy asarlari: “Al – kitob al –muxtasar fi xisob al – jabr va al - muqobala” Arab tilida yozilgan (“Al- jabr va al- muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”)- algerbraik asar. “Fi xisob al – Hind ” Arab tilidagi (“Hindcha hisob haqida kitob ”) - o’nlik pozitsion hisoblash tizimini ifodalovchi va nol belgisi bor , to’qqizta raqamni bayon etuvchi arifmetik asar. “Ziji al – Xorazmiy ” Arab tilida yozilgan “Zij” – astronomik jadval , sinuslarning trigonometrik funksiyalari keltirilgan kichik nazariy bo’lim va jadvallardan tashkil topgan asar. “Kitob surat – ul arz” “Yer surati kitobi” - geografiyaga oid asar. “Kitob amal bilasturlobot ” “Zaroif min amal Muhammad ibn Muso alXorazmiy ma’rif assamtbilasturlob ” “Quyosh soati tekisligda soat yasash “ “Kitob ar – ruhoma ” “Kitob at – tarix” “Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola” Xorazmiy algebra faniga asos solgani , bu fan atamasi “Al-kitob al-muxtasar fi – xisob al- jabr va al - muqobala”(Al- jabr va al- muqobala hisobi haqida qisqacha kitob )asari nomidan kelib chiqqani yaxshi ma’lum . Risolaning nomidagi “ al – jabr ”va “ al- muqobala” so’zlari “to’ldirish” va “ ro’para qo’yish” – o’rta asr algebrasining ikkita asosiy amalini anglatadi . “Aljabr” so’zi lotincha transkripsiyada “algebra” bo’lib, Xorazmiy asos solgan algebra fanini undan keyingi sharq olimlari muvaffaqiyatli rivojlantirdilar. Bu risola 1145- yili Ispaniyada Robert Chester tomonidan lotin tiliga tarjima qilingan . Tarjimaning XIV – asrda ko’chirilgan yagona qo’lyozmasi Kembrij universiteti kutubhonasida saqlanadi . Risola “Diskrit Algorizmi ”, ya’ni “Al – Xorazmiy aytdi”iborasi bilan boshlanadi. Bundan keyin Xorazmiy to’qqizta hind raqamining sonlarni ifodalashdagi afzalliklarni va ular yordamida har qanday sonni ham qisqa qilib va osonlik bilan yozish mumkinligini aytadi . Asarning lotincha tarjimasida hind raqamlari ko’pincha yozilmay ularning o’rni bo’sh qoldirilgan yoki ahyon – ahyonda 1 , 2, 3 , 5 sonlarga mos keladigan hind raqamlari yozilgan . Ko’pincha esa hind raqamlar o’sha davrda Ovro’pada keg tarqalgan rim raqamlari bilan almashtirilgan. Xorazmiy hind raqamlari asosida o’nlik pozitsion sistemada sonlarning yozilishini batafsil bayon qiladi. U sonlarning bundan yozilishidagi qulaylik , ayniqsa, nol ishlatilishining ahamiyatini alohida ta’kidlaydi . Keyin Xorazmiy arifmetik amallarni bayon qilishga o’tadi . Bunda Xorazmiy sonlarni martabalarini ya’ni, razryadini e’tiborga olishni , hamda nolni yozishni unutmaslikni uqtiradi, aks holda natija hato chiqadi, deydi u. Risolaning Kembrij universiteti kutubxonasida saqlanayotgan lotincha qo’lyozmasining matnini 1857 – yili B . Bonkompani nashr etadi. Mazkur qo’lyozmaning fotoreproduksiyasini tarixchi A. P. Yulkevich o’z risolasida Xorazmiy risolasiga alohida paragraph bag’ishlagan. B .Bonkompaning nashri asosida Yu . X. Kopellevich va B.A.Rozenfeldlar risolaning ruscha tarjimasini nashr etishgan. Xorazmiyning 1200 yillik yubileyi munosabati bilan 1983 – yili bu asarning qayta nashri va o’zbekcha tarjimasi chop etildi.Keyinchalik to yangi davrgacha Ovro’pa olimlari Xorazmiy risolasini qayta – qayta ishlaganlar, u asosida darsliklar yozganlar . Bu qayta ishlangan darsliklar va nusxalarning nomida “Algorizm kitobi” degan ibora bo’lgan. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o’nlik pozitsion hisoblash sistemasining Ovro’pada qolaversa,butun dunyoga tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi. Ovro’pada hind raqamlari arablar orqali o’tganligi uchun ular “arab raqamlari” deb ataladi va hozir ham shunday deb atalib kelinmoqda . Ovro’paliklar uzoq vaqtgacha hind raqamlariga asoslangan hisob tizimini “algorizm” deb atab keldilar.Faqat XVI asr o’rtalaridagina bu nom “arifmetika” iborasi bilan almashtiriladi. Shundan keyin to hozirgi kungacha “algoritm” yoki “algorizm”deganda har qanday muntazam hisoblash jarayoni tushuniladigan bo’ldi. Bu ibora bilan al – Xorazmiyning nomi fanga abadiy kirib qoldi.Boshqa asarlardan farqli o’laroq Xorazmiyning algebraik risolasining 3 ta qo’lyozmasi saqlangan.Ular Qobulda, Madinada va Okford universitetining Bodleyn kutubxonasida saqlanadi. Xorazmiyning eng yirik astronomik asari bu – uning “Zij” idir. Olim bu asarni 830 – yil atrofida yozgan . Ushbu asar 37 bob, 116- jadvaldan iborat . Fan tarixida ispaniyalik arab astronomi Maslama al-Majritiy tomonidan 1007 – yili ko’chirilgan nusxasi diqqatga sazovor. Bu nusxani 1126 – yili Adelard Bapg Ispaniyada lotinchaga tarjima qilgan. Shu tarjimaning to’rt qo’lyozma nusxasi asosida 1914 – yili X.Zuter “Zij”ning lotincha tanqidiy matnini , shu matn asosida O. Neygubauer esa 1962 – yili uning inglizcha tarjimasini nashr etgan . Mana shu ikki nashr asosida “Zij” ning to’la ruscha va qisman o’zbekcha tarjimalari nashrga tayyorlandi. Shunday qilib Xorazmiyning “Zij”i geografiya sohasidagi buyuk kashfiyotlarga ham aloqador bo’ldi. Xorazmiyning geografiyaga oid “Surat al- arz” asarining yozilgan yili aniq emas. Biroq u 836 – 847 yillar orasida yozilgan degan taxminlar mavjud. Asar 1037 – yili ko’chirilgan yagona arabcha nusxasida bizgacha yetib kelgan bo’lib bu nusxa Strasburg universiteti kutubxonasida saqlanadi.Kitobda shaharlar, tog’lar, dengizlar, orollar va daryolardagi 2402 ta geografik obyekt va uning koordinatalari keltiriladi. Xorazmiyning geografik risolasi o’rta asrlardagi eng birinchi geografik asar edi. Ushbu asar ko’p olimlar tomonidan o’rganilgan . Lekin asar shu paytgacha to’la ravishda birorta hozirgi zamon tiliga tarjima qilinmagan. 1983 – yili oliming 1200 yillik yubileyi munosabati bilan bizda bu asarning o’zbekcha tarjimasi Xorazmiyning “Tanlangan asarlari” tarkibida chop etilgan. Xorazmiyning “Kitob at - taix” (Xorazmiy tarixi) asarida Muhammad (as) hayoti bilan bog’liq sanalar , islom tarixidagi muhorabalar, quyosh tutilishlari, 713 – yil 10 – martda Antioxiya shahrida yuz bergan dahshatli zilzila, xalifalikdagi siyosiy hodisalar qayd etilgan. Afsuski, bu asar bizgacha yetib kelmagan.Lekin undan olimlar (Beruniy,Yoqut Rumiy,Ya’qubiy ,Elias Bar Shinoyi,Hamza Isfahoniy,At- tabariy, Al- Mas’udiy va boshqalar ) kitoblarida uchraydi. Bundan ko’rinadiki Xorazmiyning “Tarix”i o‘z davrida mashhur bo’lgan va keng tarqalgan . Asar shu davrning boshqa tarixchilari yozgan kitoblardan voqealarni aniq qayd etilishi bilan ajralib turadi. Xorazmiyning “Kitob amal bilasturlobot”(Atrolyabiyalar ilan amallar haqida kitob)asarda qadimiy va o’rta asr astroniyasning asosiy kuzatuv asbobi bo’lgan astolyabiya (aracha asturlob) yasash va undan foydalanish , osmon yoritqichlarining balandligi, burjlarga kirish vaqti, bir kunlik harakati va ekliptik koordinatalari, geografik obyeklarning koordinatalari ,yangi oy chiqish muddatini aniqlash va boshqa aniq va lo’nda qoialar tarzida (algoritmik uslubda) bayon qilingan.Bundan tashqari, asr namozi vaqtini aniqlash, sinuskvadrat deb ataluvchi asboblar to’grisida ham so’z boradi. Bu esa Xorazmiy ilmiy asbobsozlik bilan shug’ullanganidan ham dalolat beradi. “Zaroif min amal Muhamad ibn Muso alXorazmiy ma’rif assamtbilasturlob”(Muhammad ibn Muso al- Xorazmiyning astrolyabiya yordamida azimutni aniqlash bo’yicha amallaridan kelib chiqadigan zarif fikrlari)nomli kichik asarida (qo’lyozmasi Istanbuldagi Ayo Sofiya kutubxonasida saqlanadi) atronomiyaning ikki masalasi – Quyosh azimutini va meridian chizig’ini aniqlash,Yerning o’sha davda ma’lum qismi –Oykumenaning yetti iqlimga bo’linishi, har bir iqlim uchun burjlarning ko’tarilish vaqtlari to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. “Quyosh soati tekisligida soat yasash”(Ayo Sofiya kutubxonasida saqlanadi) kitobida gorizontal tekislikda quyosh soati yasash, ya’ni soyasi mil vazifasini o’tovchi plastinka- gnoman o’rnatish va soat shkalasini chizish qoidasi , gnoman soyasining shkaladagi holatiga qarab vaqtni aniqlash usuli bayon qilinadi.Gnoman soyasining uchi sirpanadigan chiziq – giperbolani yasashda qutb koordinatalari sistemasi va bu analitik geometriyaga oid dastlabki faktlardan hisoblanadi. Xorazmiyning “Yahudiylar taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola”(Hindistonning Patna shahrida saqlanadi) asari olimning etnografiya bilan shug’ullanganidan dalolat beradi. Bu asarda yahudiy taqvimi , uni boshqa taqvimlarga o’kazish qoidalari , yahudiylar bayramlari va ularni taqvimda belgilash qoidalarini , ayrim muhim astronomik ma’lumotlarni beradi.Quyosh yilining uzunligi 365 kunu soat, ya’ni 365,242265 kunga teng ekanligi aytiladi. Bu o’z davri uchun juda aniq ma’lumot bo’lgan.Tarixchilar bu asar aslida Xorazmiyning etnografiya va taqvimlarga oid yirik asaridan ko’chirib olingan parcha bo’lishi kerak, deb taxmin qilishadi. II-bob:Muhammad Xorazmiyning jahon sivilizatsyasiga qo’shgan hissasi. 2.1-§.Muhamad Xorazmiyning algebra fani rivojidagi ahamiyati. Muhammad Xorazmiy ilmiy merosi bilan birlik nazariyasiga o’zining ulkan hissasini qo’shdi. “Al – kitob al – muxtasar fi – xisob al- jabr va- l muqobala ”(al –jabr va-l muqobala hisobi haqida qisqacha kitob) asarida sonli kvadrat va chiziqli tenglamalarva ularni yechish yo’llarini bayon etadi.Bu esa 3 qismdan iboratdir: 1- algebraik qism . Uning oxirida savdo muomalasiga oid kichik bir bo’lim kiritiladi. 2 – geometrik qism. Ushbu qism algebraik usul qo’llab o’lchashlar haqida . 3- qism vasiyatlar haqida bo’lib , muallif uni “Vasiyatlar kitobi” deb ataydi. Al – Xorazmiy matematika fanida abstraksiya tushunchasini kengaytiradi, induksiya yo’li bilan umumiy yechish usullarini hal etadi, deduksiya yo’li bilan umumiy usullar yordamida xususiy masalalarni yechadi. “Al - jabr va – l muqobala” asari bilan ham matematika fanini rivojlantirib , o’zidan avvalgi bilimlarni o’rgandi va ularni sintezlashtirdi hamda amalda qo’llash usullarini bayon etdi.Al – Xorazmiy o’sha paytlari amalda uchraydigan barcha chiziqli va kvadrat tenglamalarni jamlab, hozirgi matematik simvol orqali beriladigan quyidagi olti tipga keltirdi: ax² + bx ax² + c bx² + c x² – bx + c x²– c + bx x² + bx + c Mutafakkir ushbu tenglamalarni yechish uchun “al – jabr va al - muqobala”(“tiklash” va “qiyoslash”) amallarini kiritdi.Bu amallarni mohiyati tenglama hadlarini ishorasini o’zgartirgan holda ularni bir tomondan ikkinchi tomonga o’tkazish va yig’ishdan iboratdir. “Al - jabr” keyinchalik matematika fanining alohida bo’limiga aylandi va “algebra” deb ataladigan bo’ldi.Mazkur amallar yordamida har qanday tenglamani qonunlik shakliga ya’ni , asosiy tiplardan biriga keltirib,keyin yechiladi. Bu usul fan olamida muhim ahamiyatga ega edi. Shu asar tufayli “Al -Xorazmiy”nomi lotincha transkripsiyada “Algoritmi” shaklini oldi keyin “Algoritmus” ga aylandi va nihoyat hoziegi zamon hisoblash matematikasining asosiy tushunchasi “algoritm” ga aylandi . U matematikani nazariy rivojlanishi bilan birga , undan turmushda foydalansh yo’llarini ham berdi. Meros taqsim qilish , vasiyatnoma tuzish hamda mol taqsim etish uchun zarur bo’lgan hisoblarni ham taqdim etdi. Xorazmiyni matematikaga oid ikkinchi kitobi “Hisob al - hind”( hind matematikasi haqida kitob) dir.Asar o’nlik sistema raqamlari – 1,2,3,4,5,6,7,8,9 ga bag’ishlangan. Mutafakkir hindlarning falakiyot va matematikaga oid “Sindihind”nomli qo’llanmasini o’qib, uning yanglish va qiyin tomonlarini qayta tikladi, mundarijaga yangi boblarni qo’shdi va bu asarni “ Qisqargan Sindihind” ( Al – Xorazmiy hind hisobi haqida) deb atadi. Mazkur asar faqat Sharqda emas , Yevopada ham qo’llanma sifatida shuhrat taratdi. U Hindistonda kashf etilgan raqamlarni soddalashtirdi va birinchi marta arab tilida bayon etdi. Ungacha ancha qo’pol sanoq tizimidan foydalanib kelingan , o’nlik sistemasini kashf etilishi fan olamida sanoq tizimida inqilobiy o’zgarish deb ta’riflanadi. Yevropaga 1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlaridan foydalanish va nol yordamida katta sonni hosil qilish X – XI asrlarda arblardan kirib kelgan. Xorazmiy arifmetikaning algoritmlari bo’lgan qo’shish , ayirish , ko’paytirish va bo’lish qoidalarini yaratgan.Shuningdek turli jinslardagi sonlarni ko’paytirish algoritmini ham bergan. Masalan minut va sekundlarni bir – biriga ko’paytirish uchun, avvalo bir xil shaklga keltirish, ya’ni sekund yoki minutga aylantirish maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatgan. Maxsus bobda kasr va ildizdan chiqarish amallarining mohiyatini bayon etgan. Muhammad al – Xorazmiy o’zining falakiyotga doir ishlarida hindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, “Xorazmiy Ziji” nomi bilan mashhur astronomik jadvallar tuzdi. Ma’lumotlarga ko’ra VIII – XV asrlarda hammasi bo’lib,100 tacha zij ( trigonometriya va falakiyotga oid) jadvallari mavjud bo’lgan. Bu zijlar orasida boshqa olimlar bilan birga Xorazmiy tuzgan zijlar ham bor edi. Bu kitob ham bir necha asrlar bu soha olimlarda qiziqish uyg’otadi va 1126 – yilda lotinchaga tarjima qilinadi. Arab tilida birinchi yozilgan sinuslar va tangenslar ziji Xorazmiyga taaluqli. Tadqiqotchilar fanda tekis va sferik uchburchak trigonometriyasini tadqiq qilish ham Xorazmiydan boshlangan deyishadi. Uning sinus zijlari lotin tiliga o’girilib , Yevropa falakiyotchi va geodez olimlariga qo’llanma sifatida xizmat qildi. Allomaning bu asari XII – asrda lotin tiliga tarjima etilib, bir necha asrlar davomida undan foydalanib kelindi. 2.2-§.Muhammad ibn Muso al – Xorazmiyning geografiya faniga qo’shgan hissasi. Xorazmiyni matematikadan tashqari geografiyaga qo’shgan hissasi ham ahamiyatlidir. Bog’dod akademiyasida xalifa Ma’munning topshirig’iga ko’ra Al – Xorazmiy boshchiligida 70 dan ortiq olim jahon va osmonning batafsil tasvirini o’z ichiga olgan “Jahon xaritalari” ya’ni dunyo atlasini tuzish borasida faoliyat olib borishgan. Bu xaritalar yig’indisi “Ma’mun dunyo xaritasi ” deb ham ataladi va manbalarga ko’ra, uni tuzish taxminan 840 yilda yakullangan . Ana shu xaritalarni tuzilish munosabati bilan yaratilgan Al – X orazmiyning “Surat al -arz”kitobi o’z davrida juda mashhur bo’lgan va undan nafaqat bog’dodlik olimlar balki bir muncha uzoq mamlakatlardagi ilm ahli ham keng foydalangan.Kitob bir necha o’nlab xaritalar va ularga berilgan izohlarni o’z ichiga olib, hammasi birgatilda “Kitobu Surat al -arz” deb atalgan . U “Yerning qiyofasi kitobi” yoki boshqacha aytganda “Geografiya” ma’nosini ham anglatadi. Mazkur asardagi izohlarda dunyonig turli qismlari iqlimlar bo’yicha joylashtirilgan va ularning geografik koordnatalari keltirilgan. Hamasi bo’lib 537 ta eng muhim joyning nomi, jumladan, shaharlar so’ng tog’lar (203 nom) , dengizlar va orollar nomlari oxirida esa daryolar alohida - alohida qilib yozilgan. Kitobda keltirilgan jadvallarda “G’arbiy tashqi dengiz” (Atlantika okeani), “Qizilqum dengiz va Yashil dengiz” ( Qizil dengiz va Hind okeani) kabi nomlar uchraydi. Shuningdek asarda Azov dengiz, Nil daryosi va ularning atrofidagi hududlarga izoh berilib, bu yerlarnngi xaritasi ham keltirilgan. Mohiyat va mazmuniga ko’ra, mazkur asar katta bir atlasga ilova qilingan izohdir. Xorazmiy Xorazm va Bag’dodda ijod qilganini inobatga olsak, shu ikki mintaqa orasida qilgan sayohatlari natijalari olimning geografik asarlari uchun asos bo’lgan , deb aytish mumkin. Olim o’z asarlarida Yerni o’lchash haqida ba’zi ma’lumotlarni keltirgan va bu haqida sharq mamlakalarida yashab ijod qilgan geograf olimlarning asarlarida qayd etlgan. Jumladan, Ibn al – Faqihning yozishicha al- Xorazmiy yerni yassi , yuzasimon, umumiy maydoni 9000 farsahga teng bo’lib , shuning 12 dan bir qismidagina odamlar yashaydi deb hisoblagan. Olimning mazkur fikri o’sha paytlarda yer shakli haqida hukmron bo’lgan taxminlarda asoslangan bo’lishi mumkin albatta. Xorazmiyning geografik merosi arabshunos K.Nallino , chex olimi G. Mjik va Vengriyalik tadqiqotchi K.Segledi tomonidan chuqur o’rganilgan . Italiyalik sharqshunos K .Nallino “Yevropadagi hech bir xalq al – Xorazmiy erishgan yutuqqa erishishga va bunday asar yaratishga qodir emas edi”deb yozgan edi. K .Segledi esa Xorazmiy geografiyasiga asoslanib,“Dunay bo’yi mamlakatlarining Xorazmiycha xaritasi” ni qayta tuzishga muvaffaq bo’lgan. Xorazmiyning geografik g’oyalari bu fanni yangi pog’onaga ko’tarib, IX asr boshlaridagi sharqda yangi geografiya fanining paydo bo’lishiga olib keldi. H .Hasanovning yozishicha , 1894- yilda Italiya Fanlar akademiyasining komissiyasi al –Xorazmiyning “Surat al -arz” asarini har tomonlama tekshirib, u o’z davrining juda qimmatli qo’llanmasi bo’lganini va umuman geografiyaning taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etganini tasdiqlagan. Ana shunga ko’ra al – Xorazmiyni nafaqat geograf olim, balki sharq geografiyasining asoschisi Ispaniyadan to Qashqargacha barcha tabiatshunos, geograf va sayyoh olimlar tadqiqotlari yo’nalishlarini belgilab bergan yo’lchi yulduz, deb aytish mumkin. 2.3-§.Al – Xorazmiyning astronomiyaga oid qarashlari. Xorazmiy geografiya va algebra fanlarining asoschisi bo’libgina qolmay, astronomiya rivojiga ham katta hissa qo’shgan. Xorazmiyning eng yirik astronomik asari bu – uning “Zij” idir. Olim bu asarni 830- yil atrofida yozgan . Xorazmiyning “Zij” i 37 bob, 116 jadvaldan iborat. Asarning avvalgi besh bobi xronologiyaga bag’ishlangan bo’lib , “to’fon”, “iskandar”, “safar” va “xristian” eralaridagi sanalarni xijriy eraga ko’chirish qoidalari keltiriladi. 6 – bobda, aylana – 12 burjga, burj – 30 darajaga, daraja – 60 daqiqaga , daqiqa – 60 soniyaga va hokazo mayda bo’laklarga bo’linishi bayon etiladi. 7 – 22 boblar , Quyosh , Oy va 5 sayyoraning harakatlari masalasiga bag’ishlangan. Bu boblarda Xorazmiy qadimgi va ilk o’rta hind astronomik ma’lumotlaridan mohirona foydalangan holda Ptolomeyning geometrik sistemasiga asoslanib,planetalar harakatini bayon etgan.23 – bob trigonometriyaga bag’ishlangan, unda xorazmiy “tekis” va “akslangan sinus” tushunchalarini kiritadi va bu funksiyalar jadvallarini keltiradi. 25- 27 boblar matematik geografiyaa bag’ishlangan. Bu yerda geografik joylarning uzunlik va kengliklarini aniqlash qoidalari keltiriladi va bu koordinatalarning o’zgarishi Quyoshning yillik, kecha – kunduzlik harakatida ekliptik, ekvatorial koordinatalarning o’zgarishi bilan bog’liqligi ko’rsatiladi. 28 – bobda Xorazmiy yana trigonometrik masalalarga murojat qiladi va tangens , kotangens tushunchalarini kiritadi hamda ularga mos jadvallarni keltiradi. 29- bobda planetalar harakatining tezligi aniqlanadi.30- bobda Quyosh va Oy kulchalarinig o’lchami keltiriladi. 31 -32 va 36-37 boblar munajjimlik masalalariga bag’ishlangan , 33-35 boblar quyosh va oy tutilishi va parallaks ( yoritgichning ko’rinish farqi) masalalariga bag’ishlangan. Xorazmiy “Zij”i xalifalikdagi dastlabki astronomik asarlardan edi. Asar yozilishi bilan olimlarning diqqatini o’ziga jalb etdi.Unga Xorazmiyning zamondoshlaridan Farg’oniy, Al- Hoshimiy va boshqalar yuksak baho berishgan. Abu Rayhon Beruniy bu “Zij”ni sharhlashga 3 ta asarni bag’ishlagan . Fan tarixida ispaniyalik arab astronomi Moslama al – Majrihiy tomonidan 1007 – yili ko’chirilgan nusxa diqqatga sazovor. Bu nusxani 1126- yili Adelard Bapg ispaniyada lotinchaga tarjima qildi. Xorazmiy “Zij”i hozir mana shu lotincha tarjimada mavjud. Shu tarjimaning 4 qo’lyozma nusxasi asosida 1114- yili X.Zuter “Zij” ning lotincha tanqidiy matnini , shu matn asosida O. Neygubauer esa 1962-yili uning inglizcha tarjimasini nashr etgan. Mana shu ikki nashr asosisa “Zij” ning to’la ruscha va qisman o’zbekcha tarjimalari nashrga tayorlandi. Xorazmiy “Zij”ing Ovro’pa faniga ta’siri X.Zuter , K.A.Nallino va I.Yu .Krachkovskiylar tomonidan yaxshi o’rganilgan .Tadqiqotchilar yakdillik bilan ta’kidlashicha , Xorazmiyning bu asari uning arifmetik va algebraik risolalari kabi, bunday asarlarga ehtiyoj tug’ilgan paytda yuzaga keladi va bu asari bilan olim atronomik asarlar yozilish uslubini standartlashtirdi, bu standart esa to Ulug’bek “Zij”ida boshlang’ich meridian sifatid , Hind an ‘anasiga ko’ra Arin (hozirgi Hindistondagi Ujayn ) shahridan o’tgan meridianni tanlagan , Ovro’pada XIII asrda Tojer Bekon va buuk Albert ham Arin meridiani g’oyasining tarafdorlari bo’lganlar . Arin g’oyasiga ko’ra , Ayyalik Petr (Fransiyadan) 1410-yili o’zining “Yer ta’siri” nomli asarini yozdi. Bu asarning 1487-yili chop etilgan bir nusxasidan Xristafor Kolumb foydalangan. Kolumbning o’ziga tegishli nusxa xoshiyasiga yozgan eslatmalariga ko’r a,Arin g’oyasi unda yering noksimon ekanligi va yerning Aringa diametral qarama – qarshi tarafida Aringa o’xshash joy bo’lishi kerakligi haqida tasavvur hosil qilgan. Al-Xorazmiyning tarix va musiqaga oid asarlari ham mavjud bo’lib “Kitob at-tarix” (“Tarix kitobi”) xalifalik tarixiga oid va xalifalikning birinchi tarixchilaridan sanaladi. Bu asardan parchalarni ibn an-Nadim , al- Masudiy , at- Tabariy va Hamza al- Isfaxoniy keltiradilar. Astronomiyaga oid asarlaridan “Asturlob yordamida azimutni aniqlash”nomli yagona arabcha qo’llanmasi Istanbulda Ayo So’fiya kutubxonasida saqlanadi. Ushbu kitoblarning ruscha tarjimasi mavjud. Xulosa Qaysi bir bilim sohasini olib qaramaylik, uning taraqqiyoti ko’p jihatdan o’tmish tajribasiga mustahkam bog’liq bo’lganligini guvohi bo’lamiz . Bu ayniqsa pedagogika fani taraqqiyoti uchun xosdir.Bu masalada biz milliy – madaniy meros va uni o’zlashtirishga tayanib ish ko’ramiz.Chuki o’tmish progressiv tajribalariga , metod va usullariga tayanmasdan turib, yosh avlodni yuksak axloqli qilib tarbiyalash mumkin emas. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib , yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya ibrat manbaiga aylanmoqda”. Ma’lumki, Sharqda,aynan O’rta Osiyo zaminida yuz bergan Uyg’onish jarayoni xususan dunyoviy fanlar rivojida alohida yuksalish bosqichi bo’ldi.Bu borada ilm – fan va madaniyat taraqqiyotida turli tarixiy davrlarda faoliyat ko’rsatgan “Ilm uylari ” – Bag’doddagi “Bayt ul - hikma”, Xorazm poytaxti Urganchdagi “Ma’mun akademiyasi”, shuningdek “Ulug’bek akademiyasi” va boshqa ko’plab yuksak ilm dargohlarining o’rni va ahamiyati beqiyosdir . Uyg’onish davri o’z yuksak aql – zakovati, salohiyati, izlanishlari bilan fan sohalarida muhim kashfiyotlar qilgan yuzlab buyuk daholarni yetishtirib berdi. Sharq xalqlari ko’p asrlarga borib taqaluvchi madaniyatga ega ekanligi hammaga ayon. Ana shu madaniy yogdorliklar inson qo’li aqli , mahorat va malakasi o’tmishdan qabul qilib olgan hayotiy tajribasi natijasidagina milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga, san’at va adabiyot asarlariga aylangan demak, madaniyat o’z – o’zidan paydo bo’lib qolmay , ko’p darajada ta’lim va tarbiya mevasi sifatida shakllangan . Movarounnahrda ilm –fan va marifat sohasida o’z xizmatlari bilan dunyoga mashhur faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al – Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad al – Farg’oniy ,Abu Rayhon Beruniy,Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida ta’limiy – axloqiy asarlar, yaratishga ham katta e’tibor berib , bu asarlarda ilgari surilgan g’oyalar insonning ham axloqiy, ham aqliy, ham estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Masalam Muhammad Xorazmiy insonning kamolga yetishi va insoniy munosabatlarni yo’lga qo’yishda ilm – fanning muhim ahamiyatga ega ekanligi to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida munosib o’rin egallagan. Ayniqsa ,u matematika sohasida yangilik yaratgan adabiyotchi hamda pedagog –uslubiyotchi olim sifatida tarixda qolgan. Xorazmiy o’z davrigacha bo’lgan qadimgi matematika fani rivojlangan mamlakatlar Yunoniston,Hindiston,Misr,Xitoydagi barcha matematiklarning kashfiyotlarini o’rgandi va o’zi hayotiy talablar nuqtai nazarida ulardan farq etuvchi yangi kashfiyotlar yaratdi. Ulug’ allomalarimizdan Farobiyning ta’kidlashicha , insonni tarbiyalash ikki usul yordamida olib borilishi mumkin.Tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va axloqiy xislatlarni – bilimli bo’lishga, to’g’rilik va haqiqatni sevishga,jasur do’stlarga sadoqatli bo’lish singari fazilatlarni egallashga intilmog’i lozim. Bunday insoniy fazilatlarga ega bo’lish uchun baxt – saodatga eltuvchi jamoa bo’lishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Mirziyoyev .Sh.M “Erkin va farovon,Demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”.< Karimov I.A “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari. Toshkent.< Karimov I.A “O’rta asrlar sharq allomalari va mutaffakirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi.2018 – yil, 25 – iyul. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi < Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy “Tanlangan asarlar” .Toshkent . 1983y 78b O’zbek pedagogika tarixi .Toshkent< Bobojonov.D, Abdurasulov.M “Abadiyat farzandlari”.2009y. 30b Xoshimov.K,Nishonova.S “Pedagogika tarixi”.Toshkent.2005y, 79b Nomozova.M “Sharq mutafakkiri barkamol inson tarbiyasi”.Samarqand.2013y ,2-3 betlar “Bary ul - hikmat”O’zME. Birinchi jild.Toshkent. 2000y, 15-18 betlar Abu Muhammad Narshaxiy “Buxoro tarixi”.Toshkent> 1966y, 30 – 35 betlar Ahmedov .B “O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari”.Toshkent.1991y, 95-100 betlar Internet saytlari: https:// arboblar.uz https:// uz.m.wikipedia.org www.ziyo.uz.com shosh.uz xorazmiy.uz tarix.uz it.school.uz 1¹ I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch ’’ asari . Toshkent ,<< Ma’naviyat>> 2008-yil, 15b 2 I.A.Karimov “ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch ’’ asari. Toshkent < 3 Sirajiddinov S.X “ Tanlangan asarlar’’ Toshkent.1983 Download 128.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling