Andalusiya fathi islom tarixidagi muhim tarixiy voqeadir


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1478349
  1   2   3   4
Bog'liq
118-121



“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-30, Issue-2, March - 2023
 
118 
ANDALUSIYA FATHI - ISLOM TARIXIDAGI MUHIM 
TARIXIY VOQEADIR 
 
Nosirjonov Faxriddin Muxiddin o’g’li 
O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi,
Respublika yosh olimlar kengashi a’zosi 
E-mail: 
hazratibobur@gmail.com 
Ilmiy rahbarM.M.Agzamova 
Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD,
O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o’qituvchisi 
 
Annotatsiya: Maqolada Andalusiyaning musulmonlar tomonidan zabt etilishi 
haqidagi voqealar muftiy Mahmudxo’ja Behbudiyning “Avvalgi musulmonlarda 
madaniyat” maqolasi asosida yoritilgan . 
Kalit so’z: Mahmudxo’ja Behbudiy, fo’rma, muftiy, tunika tom, shapka, 
“Oyina”, faranglar, “Kordobo”, Andalus. 
Islom dini dunyo uzra keng yoyilib, musulmonlar yashaydigan mamlakatlarning 
sarhadlari kengaya boshlagan damlarning birida, Andalusiya ham musulmonlar 
qo’shini tomonidan zabt etiladi. Islom fathlaridan biri hisoblangan Andalusiya fathi 
haqida muftiy Mahmudxo’ja Behbudiy “92 tarix hijriyasinda musulmon arab 
mujohidlari Toriq bin Ziyod va Muso bin Nasir qo’l ostinda Afriqoni hozirgi Fors 
mamlakatidan Bahri Safid ila Bahri Muhiti Atlasiyni bir-biriga qo’shaturgon 
bo’gozdan Ovrupo qit’asining Andalus mamlakatig’a o’tdilar” – deb yozgan edi. 
Andalusiyaning zabt etilishiga oid ma’lumotlarni yozishda muftiy Mahmudxo’ja aniq 
ma’lumotlarga tayangan holda geografik ma’lumotlarni ham bayon qilib berganini 
ko’rish mumkin. Andalusiyaning zabt etilishiga oid ko’plab ma’lumotlar, maqolalar va 
boshqa manbaalar bilan tanishib chiqishga to’g’ri keldi. Lekin muftiy Mahmudxo’ja 
Behbudiyning Andulusiyaning zabt etilishiga oid yozib qoldirgan ma’lumotlari mavzu 
doirasidagi boshqa manbaalardan ba’zi jihatlari bilan farq qilganini ko’rsatadi. 
Jumladan jang oldidan lashkarboshining o’z jangchilari bilan bo’lgan suhbati 
keltiriladi. Mavzuga aloqador ma’lumotlarni o’rganishda shu kabi qimmatli 
ma’lumotni uchratmagan edik. Jang oldidan sarkardalarning o’z jangchilariga ta’sirli 
so’zlarni jang oldidan aytishi barcha sarkardalarning an’anasiga o’xshab ko’rinadi. Shu 
kabi holat Andalusiyani zabt etish uchun bo’lib o’tgan jang oldidan ham sodir bo’lgan 
ekan. Fikrimizni muftiy Mahmudxo’ja Behbudiy tomonidan keltirilgan quyidagi 
ma’lumotlar istbotlaydi:
“Arab sardori baland bir yerg’a chiqib, qo’l ostidagi bir hovuj mujohidi ding’a 
shu mazmunda bir nutq so’zlaydi: 



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling