Andalusiya fathi islom tarixidagi muhim tarixiy voqeadir
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
118-121
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-30, Issue-2, March - 2023 119 - Ey musulmonlar! Ey dini xudoning yoyilmog’i uchun bel bog’lagan birodarlar! Bilingizki, orqamizg’a kechilmas dengiz va oldimizg’a nihoyasiz va adadsiz dushman bor. Balki hammamiz maqsad yo’linda mahv va talaf bo’lurmiz. Hanuz bizg’a vaqt bordur. Hanuz minib kelgan kemalarimiz salomat va ko’z oldimizdadur. Javob beringiz! Keyinmi qaytamiz, ilgarimi ketarmiz?! Xudoning arab arslonlari birdan dedilar: - Olloh va rasul yo’lig’a jonimiz fidodur. Keyin qaytmoqni unutduk va saning amringg’a tobemiz!” Yuqorida muftiy Mahmudxo’ja Behbudiy tomonidan keltirilgan ma’lumotlar o’quvchida tasavvurning shakllanishiga xizmat qiladi desam yanglishmagan bo’laman. E’tiborli jihati shundaki, Andalusiyani zabt etishga kirishmoqchi bo’lib turgan jangchilarni muftiy Mahmudxo’ja “Xudoning arab arslonlari” deb baholagan. Shuningdek, Andalusiyani zabt etgan arab jangchilari ham muftiy Mahmudxo’ja Behbudiyning e’tirofiga munosib tarzda tarix zarvaraqlariga o’chmas yozuvlarni qoldirganiga guvoh bo’lamiz. Voqeaning davomida Andalusiyani zabt etish uchun otlangan janchilar kemalar orqali Andalusiya hududiga yetib borishadi va o’zlari kelgan kemalarini orta qaytib keta olmasliklari uchun yoqib yuborishadi. Ular o’z niyatlariga erishadilar. Andalusiyani zabt etadilar. Bu haqdagi ma’lumotlarni ham muftiy Mahmudxo’ja Behbudiy o’z maqolasida aniq-ravshan va ta’sirli holatda quyidagicha bayon qilgan edi: “Kemalarni yoqdilarda taom etdilar. Har holda maqsadg’a yetmoq va Ovrupoda dini islomni nashr etmoqni azm va hech keyin qaytmasg’a ahd etdilar. Va mo’jizakorona bir suvratda hozirgi “Ispaniya va Portugaliyani va Fransiyadan bir qismini istilo etdilar. 985 hijriyasig’acha anda qolib, tom 893 sana saltanat surdilar” 1 . Muftiy Mahmudxo’ja Behbudiy Andalusiyaning musulmonlar tomonidan egallanishi haqidagi voqealarni yilma-yil, aniq-ravshan holatda bayon qilgan. Bu haqdagi ma’lumotlar uning “Avvalgi musulmlonlarda madaniyat” nomli maqolasidan o’rin egallagan. Uning ushbu maqolasi 1915-yilning 28-fevralida chop etilgan. Demak muftiy Mahmudxo’ja o’z xalqini ilm-fanning ko’plab tarmoqlari bilan tanishtirib borgan. Andalusiya haqida bergan ma’lumotlari shu bilangina kifoyalanaib qolmagan. Balki, o’z navbatida Andalusiya egallangandan so’ng yana qanday tarixiy voqealar yuz berganini ham atroflicha hikoya qiladi. Musulmonlarning Andalusiyada katta-katta shaharlar barpo qilganini, jannatmisol bog’chalar, yuz ming jildlik kutubxonalar, dorululumlar, qasr va koshonalarni qurib, bunyodkorlik ishlarini amalga oshirganini yozadi. Uning ta’rifi bilan aytadigan bo’lsak, “Andalusni jannatdan namuna etdilar”. Andalusiyaning fathidan keying voqealar rivojini u yuqorida keltirilgan fikri bilan 1 Behbudiy, Mahmudxo’ja Tanlangan asarlar. J.2. – Toshkent: Akademnashr, 2021. 51-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling