I bob. Muzey fondi va m uzey fondlarini jamlash tartibi


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 161.5 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi161.5 Kb.
#1593051
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muzey fondlarini saqlash

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Mazkur kurs ishining maqsadi O‘zbekiston Respublikasida ma'naviy–ma'rifiy targ‘ibot ishining taraqqiyot tendensiyalarini tadqiq etishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarbelgilab olingan:

  • O‘zbekiston Respublikasida ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlarining nazariy-huquqiy asoslarini yoritish;

  • ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlarining ijtimoiy-pedagogik va psixologik xususiyatlarini o‘rganish;

  • O‘zbekiston Respublikasida ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlari tizimini yoritish;

  • ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlarini rivojlantiruvchi omillarnini o‘rganish;

Mavzuning nazariy-uslubiy asoslari. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev va Birinchi Prezident I.A. Karimovning asarlarida ilgari surilgan g’oya va fikrlar shuningdek, mavzu doirasidagi ilmiy adabiyotlar mavzuni keng yoritilishiga nazariy asos vazifasini o`tadi. Mavzuning yoritishda bugungi kunda ilmiy izlanishlar olib borishda qabul qilingan haqqoniylik, xolislik, davriylik kabi tamoyillarga tayanildi.
Kurs ishining tarkibi. Mazkur kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I. BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY TARG‘IBOT ISHLARI
1.1. O‘zbekiston Respublikasida ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlarining nazariy-huquqiy asoslari
Hozirgi sharoitda aholining siyosiy ongliligini o‘stirishda va ijodiy kuch-g‘ayratini oshirishda ma’naviyat targ’iboti ishining roli muttasil oshib bormoqda, targ‘ibotning shakl va metodlari, tashkiliy tuzilmalari, mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy hayotida yuz bergan o‘zgarishlarga muvofiq ravishda doimiy sur'atda rivojlanib va takomillashib bormoqda. "Madaniyat va madaniy-ma'rifiy muassasalar mafkurani shakllantirish va xalqimiz ongiga singdirishda katta imkoniyatlarga ega-degan edi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov,- Bunda kutubxona, teatr, klublar, madaniyat uylari va saroylari, istirohat bog‘lari, muzeylar va boshqa muassasalar faoliyatidan keng foydalanish kerak1.
Ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot –bu ma`naviy kamolot yo`li, insonning ko`ngil ko`zgusini sayqallash jarayoni, ya`ni har bir insonning butun ongli hayoti davomida o`zligini anglatish, ma'naviy sifatlarni takomillashtirishga qaratilgan ommaviy tushuntirish ishlaridir. Bu jarayonda turli shakl va vositalardan foydalanish zarur bo‘ladi. Ommaviy axborot vositalarining ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlarida salmoqli o‘rinni egallaydi. Shuningdek, madaniy-ma'rifiy tadbirlar targ‘ibotning eng ko‘p tarqalgan shaklidir.
Madaniyat va madaniy-ma'rifiy muassasalar olib borilayotgan turli anjumanlar, davra suhbatlari, baxs- munozaralar, uchrashuvlar milliy istiqlol mafkurasining mazmun -mohiyatini har bir ijtimoiy qatlamga tushunarli tarzda izohlab berishi, o‘z navbatida ma’naviyat targ’ibotining amalga oshirishi muhimdir.
O‘zbekiston Respublikasida ma'naviy targ‘ibot ishlari fikrlar xilma xilligi asosida tashkil etilib, u aholining ma'naviy va moddiy manfaatdorligini ta'minlashga qaratilgan bo‘ladi. Mamlakatda fikrlar xilma xilligi uchun yetarli shart-sharoit mavjud bo‘lib, uni birgina O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida belgilab qo‘yilgan normada ham ko‘rish mumkin. Ya'ni, O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas.1
1996-yil 9-sentabrda mamlakat Prezident tomonidan imzolangan “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi farmoni alohida ahamiyatga molik bo‘lganligini qayd etish lozimdir. Farmonda “ma'naviy-ma'rifiy ishlarga e'tiborsizlik kelajagi buyuk demokratik oliy davlat qurishdek ezgu maqsadimiz ro‘yobi uchun mutloqa ziddir”-deb ta’kidlanadi 2.
O‘zbekiston Respublikasida ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlarini olib borish bo‘yicha qator qonunosti xujjatlar qabul qilingan. Birgina, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009- yil 7-aprel PQ-1091-son «Yagonasan, muqaddas Vatan» respublika ko'rik-tanlovini o'tkazish to'g'risida»gi Qarori mamlakatda madaniyat va san'at, xususan, yoshlar ijodi ravnaqida muhim hodisa bo‘ldi. Uning asosida milliy ma'naviyatimizning ajralmas qismi bo‘lgan musiqa madaniyati yanada sayqal topib, yosh ijrochilarni kamolga topishiga xizmat qildi.3
Ma'naviyat targ‘ibotida ta'lim muassasalarining ham munosib o‘rni bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligining buyrug‘i bilan 2009-2010 o‘quv yili mamlakatimizda “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samadorligini oshirish yili” deb e'lon qilingan va tizimda salmoqli ishlar amalga oshirilgan.
Ma'naviy targ‘ibot doirasidagi chiqishlar ma'lum darajada jo‘shqinlik kasb etsa, ommani xayajonga keltira olsa, ularning chaqiriq funksiyasi kuchayadi.
Ma’naviyat targ’ibotining axborot beruvchilik sharxlovchilik va da'vat qiluvchilik funksiyalari biri-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, doimo birga harakat qiladi, bir-birini to‘ldirib turadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 28 iyuldagi «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida»gi qarori4 muhim dasturilamal bo‘layotir. Mazkur qarorga muvofiq Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzurida olimlar, ijodkor ziyolilar va yetuk mutaxassislardan iborat «Ma'rifat» targ‘ibotchilar jamiyati tashkil etildi. Unga 500 ga yaqin olimlar, professorlar, dotsentlar, O‘zbekiston xalq artistlari, xizmat ko‘rsatgan artistlar va ijodkor ziyolilardan iborat chuqur malaka hamda tajribaga ega bo‘lgan targ‘ibotchilar ushbu tuzilmaga a'zo bo‘lishgan. “Ma'rifat” targ‘ibotchilar jamiyati ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot-tashviqot tadbirlariga doimiy jalb qilingan, mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan, taniqli fan, adabiyot, san'at va madaniyat arboblari hamda boshqa soha xodimlarini jamlagan ma'naviy-ma'rifiy uyushma ekanligi ta'kidlash lozim
Ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibotning asosiy xususiyatlaridan biri shuki, davlat organlarining qarorlarini aniq kishilarga yaxshi ma'lum va yaqin bo‘lgan faktlar asosida tushuntiradi. Bu esa aholiga umumiy vazifalarni bajarishda, o‘z shaxsiy xissasini belgilab olishida yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, ma'naviyat targ‘ibotining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlari va sifatlari aholini g‘oyaviy-siyosiy, ta'lim-tarbiyaviy jihatdan tarbiyalashda uning katta imkoniyatga egaligidan dalolat beradi. Ular g‘oyaviy-tarbiyaviy ishda har bir kishining qalbiga yo‘l topish, unga siyosiy va ma'naviy ta'sir ko‘rsatish imkonini beradi. Xullas, boshqa vositalar yordamida xal qilish ancha qiyinroq bo‘lgan tarbiyaviy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga imkon yaratadi.

Download 161.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling