I bob Noma'lum kishi


XII Bob Ko'rinmas odamning g'azabi


Download 357.17 Kb.
bet11/26
Sana12.09.2023
Hajmi357.17 Kb.
#1676261
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
fayl Korinmas

XII Bob
Ko'rinmas odamning g'azabi

Hozir juda ham og'ir vaziyat haqida gap boshlanishi lozim bo'lgani sababli, shu yerda yana hikoyamizni uzib qo'yishga to'g'ri keladi. Mehmonxonada, haligi voqealar bo'la- yotgan va mister Xaksters darvoza oldida turib trubka chekayotgan Marvelni kuzatayotgan mahalda undan yyagirma yardcha narida ichkilik ichiladigan peshtaxta oldida mister Xoll bilan mister Xenfri turishardi, ular bosh qotirishib, Aypingda bo'lgan favqulodda voqeani muhokama qilishardi.


Qo'qqisdan mehmonxona eshigi qattiq zarbadan taraqlab ketdi, ichkaridan byrovning chinqirgani eshitildi, so'ngra hamma yoq yana jimjit bo'lib qoldi.
— Ey!—deb xitob qildi Teddi Xenfri.
— Ey!— dedi peshtaxta yonida turganlardan yana biri.
Mister Xoll bo'layotgan voqealarni asta-sekin, lekik to'g'ri tushuna boshladi.
— U yerda bir balo bo'lyapti,— dedi u, peshtaxta orqasidan chiqib, mehmonxona eshigi tomon borarkan.
Mister Xoll bilan Teddi Xenfri diqqat bilan quloq solib mehmonxona eshigiga yaqinlashdilar.
— Bir gap bo'lganga o'xshaydi,— dedi Xoll, Xenfri uning fikriga qo'shilib bosh qimirlatib qo'ydi.
Ularning dimog'iga kimyoviy moddalarning qulansa hidi urildi, xonadan esa, pichirlab tez-tez yoz gaplashayotgan odamlarning bo'g'iq tovushlari quloqqa chalindi.
— Hoy, nima gap bo'ldi?— deb shoshqish so'radi Xoll eshikni taqillatib.
Ivir-shivir tovushlar eshitilmay qoldi, bir minut chamasi hamma yoqni sukunat bosdi, keyin xonadagilar yana qattiqroq pichillasha boshlashdi, uning ketidan esa: «Mo'q, yo'q, bo'lmaydi!»—deb qichqirgan tovush eshitildi. So'ng stul taraqlab, qisqa muddatli olishuv tovushlari eshitildi. Yana jimlik cho'kdi.
— Obbo, bu nimasi-ya!— xitob qildi Xenfri pichirlab.
— Hoy, u yerda nima gap?— deb yana shoshilinch ravishda so'radi mister Xoll.
Vikariy allaqanday g'alati, uzuq-yuluq tovush bilan javob berdi:
— Hamma narsa joyida. Bizga xalal bermang.
— Qiziq!— dedi Xenfri.
— Ajab!— dedi Xoll.
— Xalal bermasligimizni so'rashyapti,— dedi Xenfri.
— Eshitdim,— dedi Xoll.
— Yana allakim tomoq ham qirdi,—deb qo'shimcha qildi Xenfri.
Ular ichkariga quloq solib, eshik oldida turaverdilar. Mehmonxonadagilar yana avvalgiday shivirlashib tez- tez gaplasha boshladilar.
— Yo'q, yo'q, bo'lmaydi,— dedi mister Banting.
— Istamayman deb aytyapman-ku sizga.
— Nima gap?— so'radi Xenfri.
— «Istamayman», deyapti,— dedi Xoll.
— Kimga aytyapti o'zi bizga emasmikin?
Mister Bantingning:
— Bu qabihlik, axir!— degan tovushi eshitildi.
— Bu qabihlik,— takrorladi mister Xenfri,— shunday deganini aniq eshitdim.
— Hozir kim gapiryapti?
— Mister Kass bo'lsa kerak,— dedi Xoll.
— Siz hech nima tushunyapsizmi?
Ular jim bo'lishdi. Ichkaridagi suhbat tobora tushunib bo'lmaydigan, sirli tus ola boshladi.
— Stolning ustidagi dasturxonni tortib olishayotganday bo'ldi,— dedi Xoll.
Ichkilik sotiladigan peshtaxta ortida missis Xoll paydo bo'ldi. Xoll unga shovqin solmay beri kel deb, ishora qildi. Bu ishora xotinni shubhaga solib qo'ydi.
— U yerda qaqqayib nimaga quloq solyapsan?—so'radi missis Xoll.
— Bayram kuni boshqa qiladigan ishing yo'qmi?
Xoll qo'l harakati va imo-ishora bilan voqeani tu-shuntirishga urindi, lekin missis Xoll tushunishni istamadi. Ayol o'jarlik bilan tobora ovozini baland ko'tarardi. Shunda qattiq tashvishga tushgan Xoll bilan Xenfri oyoq uchida yurib, uning yoniga kelishdi-da, voqeani tushuntirishdi.
Avvaliga missis Xoll «Buving hech qanaqa ajablanadigan joyi yo'q», deb parvo qilmadi. Keyin Xoll jim turib, yolg'iz Xenfrining o'zi gapirsin deb talab qildi. Missis Xoll bularning hammasi e'tibor berishga arzimaydigan narsalar, balki ular shunchaki mebellarni o'rnidan surishgandir, deb o'ylashga moyil edi.
— Men uning «bu qabihlik» deganini o'z qulog'im bilan eshitdim,— deb ta'kidlardi Xoll.
— Men ham eshitdim, missis Xoll,— dedi Xenfri.
— Shundaymi yoki yo'qmi...— deb gap boshladi qovoqxona bekasi.
— Jim!—deb uning so'zini kesdi Xenfri.— Eshityapsizlarmi — deraza taraqlaganday bo'ldi.
— Qaysi deraza?— so'radi missis Xoll.
— Mehmonxonaning derazasi,— javob berdi Xenfri.
Hammalari diqqat bilan ichkariga quloq solib jim bo'lishdi. Missis Xollning xira ko'zlari yorishib turgan qovoqxona eshigi, oppoq yo'l va Xakstersning iyunь quyoshining nurlariga cho'mgan do'konining old tomoniga tikilgan edi. Birdan do'kon eshigi lang ochilib, qo'llarini salang-latganicha hayajondan ko'zlarining paxtasi o'ynab ketgan Xakstersning o'zi paydo bo'ldi.
— Ushla o'g'rini!— deb baqirdi u va qovoqxona derazasi tomon yugurib ko'zdan g'oyib bo'ldi.
Shu lahzada mehmonxonadan qattiq shovqin-suron hamda yopilayotgan derazalarning taraqlashi eshitildi.
Xoll, Xenfri va peshtaxta yonida turgan kishilarning barisi to'dalanishib ko'chaga yuguryb chiqdilar. Ular bir odamning muyulishdan lip etib o'tib, qishloq yo'liga qarab qochgani va mister Xaksters havoda g'alati irg'ishlab, keyin yer parchin bo'lib yiqilganini ko'rdilar. Sayr qilib yurgan olomon hayratdan qotib qoldi, bir necha kishi mister Xakstersning tepasiga yugurib bordi.
Tepasiga engashgan Xenfrining aniqlashicha, mister Xaksters behush bo'lib yotardi. Xoll esa, qovoqxonaning ikki xodimi bilan birga muyulishgacha yugurib bordiyu, Marvelning cherkov ihotasi orqasiga o'tib ko'zdan g'oyib bo'lganini ko'rdi. Ular, aftidan, uning birdaniga ko'rinadigan bo'lib qolgan Ko'rinmas odam bo'lsa kerak, deb o'ylashdi chog'i, ketidan -quvib ketishdi. Biroq Xoll o'n qadamcha yugurishga ulgurmasidanoq, hayratidan qattiq qichqirib yuborib bir tomonga otilib tushdi va qovoqxona xodimlaridan birini quchoqlab olib, u bilan birga gursillab yerga quladi. U futbol maydonida qulagan o'yinchidek ag'darilib tushdi. Ikkinchi xodim orqasiga o'girilib qaradi-da, Xollning o'zi qoqilib yiqilgan bo'lsa kerak degan xayolga borib, yolg'iz o'zi ta'qibni davom ettirdi; lekin shu zahoti u ham xuddi Xakstersga o'xshab o'mbaloq oshib tushdi. Shu mahal o'rnidan turishga ulgurgan xodimning yonboshiga shunday bir zarba tegdiki, bunday zarba bilan bemalol buqani qulatsa bo'lardi.
U yiqilib yer tishladi-yu, shu lahzada muyulishda sayr bo'layotgan o'tloqdan yugurib kelayotgan odamlar ko'rindi. Hammadan oldinda egniga havo rang fufayka kiygan, barvasta kishi — «tir»ning xo'jayini qolardi. U erda yumaloq-yastiq bo'lib yotgan uch kishidan bo'lak hech kimsa yo'qligini ko'rib juda hayron bo'ldi. Shu daqiqada uning oyog'iga bir gap bo'ldi-yu tirning xo'jayinn chalpakday bo'lib iiqildi va bir tarafga yumalab ketdi. Izma-iz chopib kelayotgan ukasi ham akasiga qoqilib uzala tushib yiqildi. Yugurib kelayotgan odamlarning hammasi ularga qoqilib, usti-ustiga o'mbaloq oshib agdarilishar va bo'ralab so'kishardi.
Xoll, mister Xenfri hamda qovoqxona xodimlari yugurib chiqib ketishgandan keyin, tajribakor missis Xoll kassa yonida qoldi. Qo'qqisdan mehmonxona eshigi taraqlab ochilib, u yerdan mister Kass o'qday otilib chiqdi va missis Xollga qayrilib ham qaramay, zinapoyadan chopib tushdi-da, uyning orqasiga o'tib ko'zdan g'oyib bo'ldi.
— Ushlanglar uni!— deb ayyuhavnos solardi mister Kass.
— Tugunni tashlagani qo'ymang! Tugun qo'lida ekan, uni ko'rsa bo'ladi!
Bu ishga Marvelning aralashgani to'g'risida hech kim bilmasdi, chunki Ko'rinmas odam tugun va kitoblarni unga hovlida bergan edi. Mister Kassning vajohati juda darg'azab edi, biroq uning kiyimida ba'zi narsalar etishmasdi, to'g'rirog'i, uning egnida engilgina oq yubkachadan bo'lak hech narsa yo'q edi. Buni esa, chamasi, faqat Gresiyadagina kiyim deb atasa bo'lardi.
— Ushlanglar uni!— bo'kirardi Kass.
— U mening shimimni olib ketdi. Vikariyni esa, hamma kiyimini shilib oldi!
— Men hozir uni quvib etaman!— qichqirdi u Xenfriga, keyin yerda cho'zilib yotgan Xakstersning yonidan aylanib o'tib, Ko'rinmas odamni ta'qib etayotgan odamlarga qo'shilmoqchi bo'ldi, lekin shu lahzada bir zarba bilan yerga qulab, sharmanda sharmisor holda cho'zilib qoldi. Allakim uning qo'lini qattiq bosdi. U og'riqning alamidan chinqirib yuborib, o'rnidan turishga urindi, lekin yana qattiq bir zarbadan mukkasiga yiqildi va ta'qibda emas, balki qochishda ishtirok etayotganiga ishonch hosil qildi. Hamma orqaga qarab tiraqaylab qochmoqda edi. U yana o'rnidan turdi, lekin yana quloq-chakkasiga qattiq bir musht tegdi. U gandiraklab yo'lga tushdi va endigina o'ziga kelgan, hamma tomonidan unutilib yo'lning o'rtasida o'tirgan Xakstersning ustidan sakrab o'tib, qovoqxona tomon juftakni rostladi.
Qovoqxona zinapoyasidan yuqoriga ko'tarilgan mister Kass orqasida qattiq urilgan shapaloq tovushi va hamma shovqin-suronni bosib ketadigan darajada dahshat bilan baqirgan ovozni eshitdi. Mister Kass Ko'rinmas odamning ovozini tanidi. U bamisoli chidab bo'lmaydigan qattiq og'riq g'azabini qaynatib yuborganday baqirardi,Mister Kass mehmonxonaga o'qday otilib kirdi.
— Banting, u qaytib kelyapti!— dedi u mehmonxonaga bostirib kirarkan.
— Qoching! U aqlidan ozibdi!
Mister Banting deraza oldida turib, kamin ustiga yopiladigan gilamcha va «G'arbiy Surrey gazetasi»dan o'ziga kiyim bichmoqda edi.
— Kim qaytib kelyapti?—so'radi u va shu qadar qaltirab ketdiki, tayyorlayotgan kiyimidan batamom ayrilib qolayozdi.
— Ko'rinmas odam!— javob berdi mister Kass va chopganicha deraza oldiga bordi.
— Bu yerdan qochib qolish kerak.
U jinni odamday mushtlashyapti. Jinnidan bir tuki kam emas!
Bir sekunddan keyin u hovliga chiqib ketdi.
— Xudoyo xudovondo, o'zingning rahming kelsin!— deb xitob qildi Banting, nima qilarini bilmay boshi qotib.
Ammo shu mahal qovoqxonaning yo'lagidan mushtlashayotgan odamlarning g'ovur-g'uvuri eshitildi, bu hol mister Bantingning ikkilanishiga chek qo'ydi. U derazadan oshib tushdi-da, bir nafas «kiyimi»ni tuzatgan bo'ldi, so'ng kalta va yo'g'on oyoqlarining darmoni etgani qadar juftakni rostlab qoldi.
Ko'rinmas odamning g'azab bilan baqirishi eshitilib, mister Banting juftakni rostlab qolganidan keyingi Aypingda bo'lgan voqealarni izchillik bilan hikoya qilishdan ojizmiz. Ehtimol dastavval Ko'rinmas odam kiyim-kechak va kitoblarini olib ketayotgan Marvelni ta'qibdan qutqarmoqchi bo'lgandir. Lekin umuman uning o'zi unchalik yuvosh odam bo'lmagani va buning ustiga-ustak. tasodifan tushib qolgan zarbadan g'azabi jo'sh urib ketgani sababli, u o'ngu so'lga musht solaverdi va duch kelgan odamlarning hammasini do'pposlay boshladi.
Qochib ketayotgan odamlar to'la ko'cha, paydarpay ochilib-yopilayotgan eshiklar hamda yashirinish mumkin bo'lgan ovloq joylarda bo'layotgan mushtlashish manzarasini tasavvur qiling. Ana shu bo'ronning keksa Fletcher oshxonasidagi ikki stul ustiga omonat qo'yilgan taxta muvozanatiga qanday ta'sir etgani va natijada qanday falokat yuz berganini ko'z oldingizga keltiring. Arg'imchoq uchishayotganda shu falokatga duchor bo'lib, vahimaga tushib ketgan oshiq-ma'shuqlarning ahvolini o'ylab ko'ring. Keyin esa, bu bo'ron o'tib ketdi-da, bayroqchalar va gulchambarlar bilan bezatilgan Ayping ko'chalari huvillab qoldi; yer bilan bitta bo'lib yotgan kokos yong'oqlari, ag'darilib tushgan parusina kapalar va qandolatfurushning aravachasidan to'kilgan qand-qurslar orasida Ko'rinmas odamning bir o'zi olamni boshiga ko'tarib hamma yoqni to's- to'polon qilib yurardi. Har tomonda berkilayotgan do'konlarning sharaq-shuruqi, tortib qo'yilayotgan tambalarning taraq-turuqi eshitilardi, faqat onda-sondagina eshik va deraza tirqishlaridan qo'rquvdan kapalagi uchib, olazarak bo'lib mo'ralab turgan ko'zlargina odamlar borligidan darak berardi.
Ko'rinmas odam bir qancha vaqt ermak uchun «Aravakash» qovoqxonasining oynasini sindirish bilan mashg'ul bo'ldi, keyin ko'cha fonarini olib missis Grogremning mehmonxonasi derazasidan ichkariga suqdi. Xigginsning uyi ortidagi Edderdin yo'lida bo'lgan telegraf simini ham o'shaning o'zi uzgan bo'lsa kerak. Keyin u o'zining favqulodda xususiyatidan foydalanib izsiz g'oyib bo'ldi va shundan so'ng Aypingda undan nomu nishon ham qolmadi. U, domu darakayz yo'qolib ketdi.
Lekin huvillab yotgan Ayping ko'chasiga dastlabki dovyuraklar chiqishgunicha oradan rosa ikki soat vaqt o'tdi.



Download 357.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling