I bob Noma'lum kishi


XIII Bob Mister Marvel yaste'foga chisish harakatiga tushadi


Download 357.17 Kb.
bet12/26
Sana12.09.2023
Hajmi357.17 Kb.
#1676261
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
fayl Korinmas

XIII Bob
Mister Marvel yaste'foga chisish harakatiga tushadi

Qosh qorayib, Ayping aholisi bayram kunida bo'lib o'tgan mushtlashuvning ayanchli nishonalariga boqib, uylardan qo'rqa-pisa chiqa boshlagan mahalda, qoraqayin chakalagi ortidagi Bremblxerst yo'lida titig'i o'ynab ketgan shlyapa kiygan, miqtidan kelgan kishi og'ir-og'ir qadam tashlab borardi. U elastik lentaga o'xshash narsa bilan bog'langan uchta kitob va havo rang dasturxonga tugilgan yana allanimalarni ko'tarib ketmoqda edi. Uning sholg'omga o'xshash qip-qizil basharasida ma'yuslik, horg'inlik, yurishida esa, allaqanday talmovsirash alomati sezilardi. Bu odamni allakimning ovozi haydab borar va u hadeganda ko'zga ko'rinmas qo'lning turtkisidan egilib-bukilib ketardi.


— Agarda sen yana qochadigan bo'lsang,— dedi Ovoz,— mabodo sen yana qochish xayoliga tushsang...
— Ey xudo-ey!—deb ingradi Marvel.
— Shunday ham elkamning sog' joyi qolmadi.
— Men seni o'ldiraman, chin so'zim,— deb gapini davom ettirdi Ovoz.
— Men qochish haqida o'ylaganim ham yo'q,—dedi Marvel yig'lamsirab.
— Qasamyod etaman sizga. Faqat qaerda burilish kerakligini bilmay qoldim, bor gap shu. Men qayerdan ham bilay buni? Men shunday ham bekordan-bekorga azob chekyapman.
— Basharti gapimga quloq solmaydigan bo'lsang, bundan ko'ra beshbattaroq azob chekasan,— dedi Ovoz, shunda Marvel darhol jim bo'lib qoldi. U lunjini shishirdi, boyaqishning ko'zlari umidsizlik bilan pirpirab turardi.
Bu eshaklar sirimdan voqif bo'lishganining o'zi ham men uchun kifoya edi, buning ustiga, sen ham kitoblarimni olib juftakni rostlamoqchi bo'lding. Ular baxtlariga, vaqtida yashirinishdi. Aks holda... Mening ko'zga ko'rinmasligimni hech kim bilmasdi. Xo'sh, endi men nima qilishim kerak?
— Men-chi, men nima qilishim kerak?—deb ming'iladi Marvel.
— Endi hamma narsa ma'lum. Gazetaga ham tushadi! Endi barcha meni qidirib hushyor bo'lib turadi...
— Ovoz boloxonador qilib so'kindi-da, jim bo'ldi.
Marvelning basharasidagi umidsizlik yanada kuchaydi va u qadamini sekinlatdi.
— Qani, ildamroq yur,— dedi Ovoz.
Marvelning yuzidagi qizil dog'lar oralig'i kul rang tus, kirdi.
— Kitoblarni tushirib yuborma, ahmoq,— dedi Ovoz jahl bilan.
Xullasi kalom,—deb so'zini davom ettirdi u,— men sendan foydalanishim kerak...
To'g'ri, judayam yaroqli qurol emassanu, lekin boshqa choram yo'q.
— Men yaramas qurolman,— dedi Marvel.
— Bu gaping to'g'ri,— dedi Ovoz.
— Men siz tanlashingiz mumkin bo'lgan qurollar orasida eng rasvosiman,— dedi arvel,— menda mador degan narsaning o'zi yo'q,— deb so'zini davom ettirdi u,— juda ham zaifman,— deb takrorladi suhbatdoshidan javob bo'lmagach.
— Rostdan-a?
— Yuragimning ham mazasi yo'q. Topshirig'ingizni bajardim. Lekin sizni ishontirib aytamanki, ana yiqilib qolaman, mana yiqilib qolaman deb o'ylab o'takam yorilayozdi.
— Shunaqa degin?
— Menda sizning koringizga yaraydigan darajada baquvvat yuragu kuch-quvvat yo'q.
— Meya senga dalda berib turaman.
— Keragi yo'q! Ishlaringizning pachavasini chiqarishni istamayman, lekin bunday bo'lishi mumkin. Birdan qo'rqib ketsam, yoki dovdirab qolsam...
— Yaxshisi dovdiramaslikka harakat qil,—dedi Ovoz bamaylixotir, lekin qat'iy ohangda.
— Bundan ko'ra o'lganim yaxshi,— dedi Marvel.
— Axir bu insofsizlik-ku,— deb so'zida davom etdi u.
— O’zingiz o'ylab ko'ring...
Axir mening ham huquqim borki...
— Olg'a!— dedi Ovoz.
Marvel qadamini jadallashtirdiyu, ular bir qancha vaqt indamay bordilar.
— Juda ham og'ir ish ekan,— dedi Marvel.
Bu so'z Ko'rinmas odamga hech qanday ta'sir etmadi. Shundan Marvel masalaning ikkinchi tomonidan yondoshmoqchi bo'ldi.
— Bu ishdan men nima foyda topaman?— deb gap boshladi u qattiq ranjigan ohangda.
— Bas!— deb bo'kirdi Ovoz.
— Men seni ta'minlab qo'yaman. Faqat aytganimni qilsang bo'ldi. Sen bu ishni do'ndirasan. Ahmoq bo'lsang-da, do'ndirasan...
Sizga aytyapman-ku, mister, men bu ishga yaroqsiz odamman deb. Gapingizni qaytarmoqchi emasmanu, lekin bu shunchaki...
— Ovozingni o'chir, bo'lmasa, yana qo'lingni qayiraman,— dedi Ko'rinmas odam.
— Uylashga xalal beryapsan.
Oldinda, daraxtlar orasida ikkita sariq dog'simon yorug'lik ko'rindi va g'ira-shira qorong'ilikda chor burchak qo'ng'iroqxona ko'zga chalindi.
— Qishloqdan o'tib olgunimizcha qo'limni elkangga qo'yib boraman,— dedi Ovoz.
— Qani, to'g'ri yuru ahmoqchilik qilishni o'ylay ko'rma. Aks holda ishing pachava bo'ladi.
— Bilaman,— xo'rsinib javob berdi Marvel,— buni men yaxshi bilaman.
Titig'i o'ynab ketgan shlyapali bu odam tugunini ko'tarib yorug' derazalar oldidan o'tdi-da, qishloq ihotasi ortida qorong'ilik quchog'iga kirib ko'zdan g'oyib bo'ldi.



Download 357.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling