I bob Noma'lum kishi


Download 357.17 Kb.
bet6/26
Sana12.09.2023
Hajmi357.17 Kb.
#1676261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
fayl Korinmas

VI B Bob
Quturgan mebel

O’sha kuni ertalab, arvohlar kuni tong qorong'isida, xatto oqsoch qiz Milli ham uxlab yotarkan, mister va missis Loll o’rinlaridan turib, sezdirmasdan yerto'laga tushishdi. Yerto’lada ularning pivoni kuchli qilishga andak aloqador bo'lgan ishlari bor edi.


Pastga tushishga ulgurmasidanoq missis Xoll yotoqxonalarida turgan sarsaparelli shishani unutganini esladi. Qilinajak ishning ustasi missis Xoll bo'lganidan, shishani olib kelish uchun tepaga eri chiqdi.
Mister Xoll zinapoyaga chiqqach, ijarachi turadigan xonaning eshigi qiya ochyuqligini ko'rib hayron bo'ldi. Yotoqxonaga kirib shishani xotini aytgan joydan topdi.
Biroq erto'laga qaytib tushayotganda, ko'cha eshigining tambalari ochib qo'yilgani, eshik lo'kidon bilangina berkitilganini payqab qoldi. Mister Xollning xayoliga bir gap keldiyu, buni u darhol ijarachining qiya ochiq eshigi hamda Teddi Xenfrining shubhalari bilan taqqosladi. Chunki kechasi missis Xoll eshikni tambalayotganida, o'zi sham ushlab turganini aniq eslardi. U hangu mang bo'lib to'xtab qoldi, keyin, qo'lidagi shishasi bilan yuqoriga qaytib chiqdi-da, ijarachining eshigini taqillatdi. Ichkaridan javob bo'lmadi. U yana bir bor taqillatdi-da, so'ng, eshikni lang ochib ichkariga kirdi.
Haqiqatan ham o'zi o'ylaganday bo'lib chiqdi. Xonada hech zog' yo'q bo'lib, o'rin taxi buzilmay turardi. Noma'lum kishining engil-boshi kresloda, karavot panjarasida palapartish osilib yotardi, uning bintlari va keng soyabonli shlyapasi ham karavotda osig'liq turardi. Ijarachining boshqa kiyimi bo'lmagani uchun bu hol hatto zehni uncha o'tkir bo'lmagan Xollga ham nihoyatda taajjub ko'rindi.
U xona o'rtasida dovdirab turarkan, pastdan, yerto'ladan xotinining G'arbiy Susseks aholisiga xos bo'lgan chiyildoq ovozini eshitdi. Missis Xollning labi labiga tegmay bobillab gapirishi uning juda ham toqati toq bo'lib ketganidan darak berardi.
— Jorj!— deb baqirardi ayol.— Kerakli narsani topdingmi?
U burilib xotini yoniga shoshildi.
— Jenni!— deb qichqirdi u, erto'laga tushiladigan zinapoya panjarasi ustidan engashib.
— Xenfrining gapi to'gri chiqib qoldi-ku. Ijarachimiz uyida yo'q. Ko'cha eshikning ham tambasi ochilib yotibdi.
Avvaliga missis Xoll gap nimada ekanini tushunmadi, keyin voqeaning fahmiga etgach, bo'sh yotgan xonani o'zi borib ko'rmoqchi bo'ldi. Hali ham shishani qo'lidan qo'ymagan mister Xoll oldinga tushib yo'l boshladi.
— Uning o'zi yo'q, kiyimlari esa, shu yerda,— dedi Xoll.
— Qipyalang'och bo'livolib qayerda sanqib yurganikin? Taajjub.
Ular yerto'laning zinapoyasidan chiqayotganlarida, keyinchalik ma'lum bo'lishicha, xuddi birov ko'cha eshikni ochganday, so'ng qaytadan yopib qo'yganday tuyuldi, lekin eshikning yopiq turganini ko'rib eru xotin o'sha daqiqada bir-birlariga hech nima demadilar. Koridorda missis Xoll erining oldiga o'tdi-da, zinapoyaga birinchi bo'lib chiqdi. Shu payt ularning yonida allakim aksirib yubordi. Olti pog'ona pastda bo'lgan Xoll xotinim aksirdi deb o'yladi, xotini esa eri aksirganiga amin edi. Missis Xoll yuqoriga chiqib, eshikni lang ochdi-da, musofirning xonasini ko'z- dan kechira boshladi.
— Umrim bino bo'lib bunaqasini ko'rmaganman!— dedi u.
Shu mahal, uning shundoq yonginasida allakim tomoq qirib qo'ydi, missis Xoll orqasiga o'girildi-yu, hang-mang bo'lib qoldi, chunki eri yigirma qadam chamasi narida, zinapoyaning yuqori pog'onasida turgan edi. Buni ko'rib, mister Xoll darrov xotinining yoniga keldi. Xotini esa engashib, yostiq va ko'rpaning jildini paypaslab ushlab ko'rdi.
— Sovuq,— dedi u.— Uning bu yerdan chiqib ketganiga bir soatdan ko'proq bo'libdi.
Missis Xoll shu so'zlarni aytib ulgurmasidanoq aqlga sira to'g'ri kelmaydigan qiziq bir hodisa yuz berdi, ko'rpaning jildi o'zidan-o'zi g'ijimlanib, karavotning panjarasi ustidan uchib o'tdi. Allakimning qo'li odeyal bilan choyshabni g'ijimlab erga olib tashlaganday bo'ldi. Shundan so'ng noma'lum kishining shlyapasi osig'liq turgaya joyidan sakrab ko'tarildi-da, havoda yarim doira yasab borib missis Xollning basharasiga urildi. Undan keyin o'shanday tezlik bilan umivalnik oldidagi gubka ham havoda g'izillab uchdi; shundan so'ng kreslo noma'lum kishining kostyumi bilan shimini silkib tushirdi-da, ijarachining o'ziga o'xshab qiqirlab kulganicha yonboshladi va to'rttala oyog'ini missis Xoll tomonga o'girib, unga hamla qildi. Missis Xoll dod solib eshik tomonga o'girildi, kresloning oyoqlari esa uning elkasiga ohista tiralib, mister Xoll bilan ikkalasini xonadan itarib chiqardi. Eshik yopilib, qulfning sharaqlagani eshitildi. Kreslo bilan karavot, go'yo g'alabani nishonlagandek, yana bir oz raqs tushib turdi-da, keyin hamma yoq jimidi.
Missis Xoll deyarli hushsiz holda erining qo'liga osilib qoldi. Mister Xoll, baqiriq-chaqiriq va shovqin- surondan uyg'onib ketgan Millining yordamida xotininn zo'r-bazo'r pastga olib tushib, unga dori ichirdi.
— Bu ins-jinslarning ishi,— dedi missis Xoll, nihoyat, o'ziga kelib.
— Bilaman, bu ins-jinslarning ishi. Men ular to’g'risida gazetada o’qigan edim. G'azetada yozishlaricha, stollar va stullar irg'ishlab raqs tusha boshlarkan...
— Yana ozroq ich,— uning so'zini bo'ldi Xoll.
— Sal o'zingga kelasan.
— Eshikni qulfla,— dedi missis Xoll.
— Hushyor bo'l, endi uni uyga kiritma.
Men hamisha undan shubhalanardim... Nega g'aflatda qoldim-a! Ko'zi ko'rinmasdi, boshi bint bilan chirmab tashlangan edi, yakshanba kuni bo'lsayu, cherkovga sira bormasdi. Shishalarining son-sanogi yo'q!.. Kiroyi odam uchun shuncha shishaning nima keragi bor! U mebelga ins-jinslarni kiritibdi... Aziz ko'hna mebellarim! Men jajjigina qizaloq vaqtimda onajonim ana shu kresloda o'tirishni yaxshi ko'rardi. Endi kelib-kelib uni menga qarshi qo'zg'alganiga hayron qolasan kishi...
— Doridan yana bir tomchi ich, Jenni,— dedi Xoll,—asabing juda buzilib ketibdi.
Soat besh bo'ldi, tong yorishib ko'chalarga quyosh nur socha boshladi. Eru xotin Millini ro'paralarida yashaydigan temirchi mister Sendi Uojersni aytib chiqish uchun yuborishdi.
— Xo'jayinim sizga salom aytdilar,— dedi Milli temirchiga.
— Bizning uydagi mebellarga bir balo bo'ldi. Kirib bir ko'rib chiqasizmi-a?
Mister Uojers juda bilimdon va zehni o'tkir odam edi. 3 Millining hikoyasini jiddiy qabul qildi.
— O'lay agar, bu sehr-jodud u.
— Bunday ijarachiga faqztgina tuyoq kamlik qiladi, xolos.
U Xollarnikiga tashvishli bir qiyofada chiqdi. Mister va missis Xoll u bilan yuqori qavatga chiqmoqchi bo'lishdi, biroq temirchi bunday qilishga shoshilmadi. U suhbatni koridorda davom ettirishni afzal ko'rdi. Xakstersning do'konidan gumashta chiqib, do'konning deraza eshiklarini ocha boshladi. Uni yuz bergan voqeaning muhokamasiga ishtirok qilishga taklif etishdi. Oradan bir necha minut o'tgach, mister Xakstersning o'zi ham etib keldi. Anglosaksonlar parlamentiga xos bo'lgan ruh bu yerda ham o'zini yaqqol namolish qildi, ya'ni ko'p gapyarildi-yu, lekin amalni ishga kirishilmadi.
— Azval faktlarga oydinlik kiritaylik,— deb o'z fikrini o'tkazishga harakat qilardi mister Sendi Uojers.
— Xonaning eshigini buzib kirishimiz to'g'ri bo'larmikin, yo'qmi, ana shu masalani muhokama qilaylik. Qulflangan eshikni har mahal ham buzish mumkin, biroq eshik buzilgandan keyin, uni buzilmagan deb isbot qilib bo'lmaydi-da.
Lekin qo'qqisdan, hammani ajablantirib, ijarachining eshigi o'z-o'zidan ochildi. Shunda ular yuqoriga qarab, o'ranib-chirmanib olgan noma'lum kishining o'zi vahimali ko'zoynagini yaltiratib zinapoyadan tushib kelayotganini ko'rdilar. U qaqqayib qadam tashlaganicha, zinapoyadan asta tushib keldi-da, koridordan o'tib to'xtadi.
— Anovini qaranglar,— dedi u qo'lqopli barmog'ini bigiz qilib.
Odamlar u ko'rsatgan tomonga qarab, yerto'la eshigi oldida turgan sarsaparel to'la shishani ko'rdilar. Noma'lum kishi esa, mehmonxonaga kirdiyu, qo'qqisdan zarda bilan eshikni taraqlatib yopib oldi.
Bir minutcha hech kim churq etib og'iz ochmadi. Hamma sukut saqlab bir-biriga boqardi.
— Ochig'ini aytsam, bezbetlik ham evi bilan.,.— deb gap boshlagan Uojers, jumlani tugatolmay qoldi.
— Sizning o'rningizda men bo'lganimda, oldiga borib «bu nima qiliq o'zi?» deb surishtirgan bo'lardim,— dedi Xakaters Xollga.
— Men bu qilgiligini izohlab berishini talab qilardim.
Shunday qilish zarurligini mister Xollga tushuntirish uchun ancha-muncha vaqt sarf bo'ldi. Nihoyat Xoll eshikni taqillatib ochdi-da, gap boshladi:
— Kechirasiz...
— Tuyog'ingizni shiqillatib qoling!— deb baqirdi noma'lum kishi darg'azab bo'lib.
— Eshikni yoping!
Gap ham shu bilan tugadi.


Download 357.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling