I bob Noma'lum kishi
V Bob Vikariyking uyini o'g’ri urdi
Download 357.17 Kb.
|
fayl Korinmas
V Bob
Vikariyking uyini o'g’ri urdi Vikariyning uyini o'g'ri urgani haqida biz asosan vikariyning o'zi va uning xotinidan eshitdik. Bu voqea arvoh kuni tong qorong'isida yuz berdi; har yili shu kuni Ayping klubi bayram qiladi. Missis Banting tong qorong'isidagi sukunatda yotoqxonaning eshigi taraqlab yopilganini aniq sezib, daf'atan uyg'onib ketdi. Avvaliga u erini uyg'otgisi kelmay, karavotda o'tirib quloq sola boshladi. Ayol yalang oyoqlarning shapillab yurganini aniq eshitdi, go'yo birov hojatxonadan chiqib, koridordan zinapoya tomon o'tganday bo'ldi. Shunda u iloji boricha ehtiyotlik bilan mister Bantingni uyg'otdi. Mister Banting uyg'onib, voqeani tushungach, chiroqni yoqib o'tirmay, ko'zoynagini taqdi-da, xotinining kapoti va yengil shippagini kiyib yo'lakka chiqdi. U pastdagi o'z kabinetida kimdir ivirsiyotganini aniq eshitdi, keyin allakim qattiq aksirdi. Shunda mister Banting yotoqxonaga qaitdi, uida topilgan eng e'timodli aslaha bo'lmish kosovni qo'liga oldi-da, tiq etgan tovush chiqarmaslikka harakat qilib, zinapoyadan ohista pastga tushdi. Missis Banting ham erining ketidan yo'lakka chiqdi. Soat to'rtlar chamasi edi, qorong'ilik siiraklashib borardi. Dahliz yorishib qolgan, lekin kabinetning eshigi raxnaga o'xshab ko'rinardi. Sukunatni mister Bantingning ostidagi zinapoyalarning sezilar-sezilmas g'ijiolagani-yu, kabinetdan eshitilayotgan ohista shitirlash buzardi, xolos. Keyin bir narsa «sharaq» etdi, stol tortmasi ochilgani eshitilib, qog'ozlar shitirladi. Kimdir so'kindi-da, gugurt chaqdi, kabinetga sarg'ish nur taraldi. Bu vaqtda mister Banting dahlizga tushgan bo'lib, qiya ochiq turgan eshikdan tortmasi chiqarib qo'yilgan yozuv stoli va uiing ustidagi yonib turgan shamni ko'rib qoldi. Biroq o'g'ri ko'rinmasdi. Mister Banting yo'lakda nima qilishini bilmay turardi, orqasidan esa qo'rqib ketganidan rangi quv o'chgan missis Banting zinapoyadan asta-sekin tushib kelardi. O’g'ri aholidan bo'lishi kerak degan ishonch mister Bantingning yuragiga birmuncha dalda berdi. Keyin ular pulning jiringlashini eshitishdi va o'g'ri ro'zg'or uchun olib qo'yilgan mablag' — yarim soverenlik ikki funtu, o'n shilling pulni topib olganini anglashdi. Bu hol mister Bantingning kuchiga kuch, yuragiga yurak qo'shib yubordi. U kosovni mahkam ushlaganicha kabinetga bostirib kirdi. Missis Banting ham erining ketidan qolmay, xonaga kirdi. — Taslim bo'l!—g'azab bilan qichqirdi mister Banting va hayron bo'lib to'xtab qoldi: xonada hech zog' yo'q edi. Biroq bundan bir minutcha oldin, shak-shubhasiz, bu yerda kimdir yurgandi. Eru xotin yarim minutcha dong qotib turdilar, keyin missis Banting darpardani ochib ko'rdi, mister Banting bo'lsa, engashib stolning ostiga qaradi-da, keyin kaminning ichiga nazar tashlab, kosov bilan uning trubasini titib ko'rdi. Ular qog'oz solinadigan korzinani ham, ko'mir solingan yashikni ham tekshirib chiqishdi. Shundan so'ng ular hayron bo'lishib bir-birlariga baqrayganlaricha qarab qolishdi. — Ulay agar...— dedi mister Banting.— Ha, aytmoqchi, shamchi!—deb xitob qildi u,— shamni kim yoqdi? — Yashik-chi!— dedi missis Banting. — Pullar qayoqqa ketdi? Missis Banting shoshilib eshikka tomon yo'naldi. — Umrim bino bo'lib bunaqangi... Koridorda allakim qattiq aksirdi. Ular kabinetdan yugurib chiqishdi, shu payt oshxonaning eshigi taraq etib yopilgani eshitildi. Shamni keltir-chi,— dedi mister Banting va oldinga qarab yurdi. Ular kimdir shosha-pisha eshikning tambasini olib tashlayotganini aniq eshitishdi. Oshxonaning eshigini ocha turib mister Banting ko'cha eshikning ochilayotgani va tongning g'ira-shira yorug'ida bog'dagi ko'katlar qorayib ko'aga chalinganini ko'rdi. Biroq keyinchalik u eshikdan hech kim chiqqani yo'q, buni o'z ko'zim bilan ko'rdim, deb yurdi. Eshik ochildi-yu, keyin taraqlab yopildi. Missis Banting olib kelayotgan sham lipillab, ravshanroq yondi. Ular oshxonaga kirishguncha oradan bir necha minut vaqt o'tdi. U erda ham hech kim yo'q edi. Ular eshikni qaytadan tambalashdi, oshxonani, qaznoqni va idish-tovoq saqlanadigan xonani diqqat bilan ko'zdan kechirishdi, nihoyat erto'laga tushishdi. Biroq qanchalik sinchiklab axtarishmasin, hech kimni topisha olmadi. Tong otganida vikariy bilan xotini juda antiqa libosda edilar ular hamon uylarining pastki qavatida, tamom bo'layotgan shamning oldida o'ylayverib boshlari qotgan holda o'tirishardi. — Umrim bino bo'lib bunaqangi...— yigirmanchi marta derdi vikariy. Azizim,— deb uning gapini bo'ldi missis Banting,— o’sha Syuzi kelyapti. U oshxonaga o'tib ketsin, keyin biz kirib kiyinaylik. Download 357.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling