I bob. Nutq texnikasi va madaniyati
Download 33.45 Kb.
|
Mundarij1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intonatsiya.
To‘xtam(pauza). Kishi nutq jarayonida ma’lum darajada qisqacha to‘xtab, nafas oladi va o‘pkasini qayta havoga to‘ldirib, nutqini davom ettiradi. Nutqdagi ana shunday to‘xtash, tinish to‘xtam deyiladi. Nutq madaniyati tamoyillaridan kelib chiqib, badiiy asarlarni ifodali o‘qishda to‘xtam muallif fikrining tinglovchiga aniq va to‘liq yetib borishiga katta yordam beradi. Jumladan, to‘xtam she’riy asarlarda aksariyat holda turoqlarga tushadi va his-hayajon uyg‘otadi. She’rdagi bayt yoki bandlar asarning bir bo‘lagi sifatida bir-biridan doimo to‘xtam bilan ajratiladi. Masalan:
Ko‘m – ko‘k Ko‘m – ko‘k Ko‘m – ko‘k Mehnat sharaf va shon bo‘lgan Vodiylar ko‘m – ko‘k (H.O.) Ilmiy adabiyotlarda to‘xtamning turlari haqida har xil fikrlar mavjud. Bu yerda biz shulardan uchtasiga to‘xtalib o‘tamiz: grammatik to‘xtam, mantiqiy to‘xtam, psixologik to‘xtam. Grammatik to‘xtam. Badiiy asarlar ifodali o‘qilganda tinish belgilaridan keyin qisqa to‘xtam qilinadi. Bunday to‘xtam grammatik to‘xtam deyiladi. Masalan: nutqda qilinadigan to‘xtam: Ayo do‘stim, bir gapim bor, anglab ol, Men gapiray, zehningni qo‘y, quloq sol, Jallodlarga yalinmagin bo‘yningdan, Gavharni ne bilsin ushalgan sapol. (Ergash Jumanbulbul o‘g‘li) Mantiqiy to‘xtam. Matnda so‘z guruhlarini bir-biridan ajratib, matn ma’nosini aniq va to‘la ifodalashga xizmat qiluvchi to‘xtamga mantiqiy to‘xtam deyiladi. Mantiqiy to‘xtam matnni kesib o‘tgan chiziqcha (/) bilan belgilanadi. U faqat mantiq qonuniyatiga bo‘ysunib, lozim bo‘lsa, tinish belgilarini ham inkor etishi mumkin. Shu ma’noda mantiqiy urg‘u gapning mazmunini tubdan o‘zgartirib yuborish xususiyatiga ega. Yaramas / itday o‘lib ketadi. Yaramas itday / o‘lib ketadi. (N.V.Gogol) Psixologik to‘xtam. Muallifning matnda yashiringan kuchli his-hayajonini psixologik to‘xtam orqali ifodalash mumkin. Ushbu vosita nutqqa jonlilik kiritib, asarning ta’sirchanligini oshiradi va u yozuvda ikki chiziqcha (//) bilan belgilanadi. «Tavba... bu la’nati, asti nima qiladi?! Qani endi... bo‘g‘a bolasam! Iloji bo‘lsa-yu, la’natini Tilka-tilka qilib tashlasam!»// (Uyg‘un) Intonatsiya. Kishi maqsadini ikkinchi bir kishiga so‘zlar vositasida etkazib, o‘zaro fikr almashadi, aloqada bo‘ladi. Fikr – tuyg‘ular, maqsad-intilishlar, his-hayajonlar boshqalarga ovoz tovlanishi orqali yetib boradi. Ana shu ovoz tovlanishi intonatsiya deyiladi. Badiiy asarda intonatsiya yordamida qahramonlarning turli kayfiyati, ichki kechinmalari ifodalanadi. Intonatsiya gaplarning kommunikativ tiplarini va turlarini farqlaydi. Shuningdek, u nutqning stilistik xususiyatlarini farqlash, tilda orfoepik jihatdan to‘g‘ri nutqni ajratib ko‘rsatuvchi vositalardir. Download 33.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling