I bob. Nutq texnikasi va madaniyati


Download 33.45 Kb.
bet4/7
Sana03.11.2023
Hajmi33.45 Kb.
#1744522
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mundarij1

Diksiya. Diksiya lotincha “distio” so‘zidan olingan bo‘lib, so‘zlarni aniq, burro talaffuz qilish degan ma’noni anglatadi. Har qanday matnni, jumladan, badiiy asarni ifodali o‘qishda nafas va ovoz qanchalik muhim bo‘lsa, diksiyaning ham shunchalik o‘ziga xos ahamiyati bor. Matn o‘qishda, uning mazmunini hikoya qilib berishda va umuman og‘zaki nutqda diksiyaning qonun-qoidalariga rioya qilinsa, nutqning emotsional ta’siri yana ham oshadi.
Diksiya orfoepiya bilan ham bog‘liqdir. Orfoepiya qoidalari esa abadiy til me’yorlariga bo‘ysungan bo‘lib, nutqning tabiiy, aniq, ravshan, hammaga tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi.
O‘qituvchi, shularni e’tiborga olib, har bir darsda unli va undosh tovushlarning, har bir so‘zning, har bir jumlaning lug‘aviy, frazeologik ma’nosini tushuntirib, so‘ngra shu so‘zning talaffuzini o‘rganishi maqsadga muvofiqdir.
Fonetik akustika. Biror jismning boshqa jism ta’sirida tebranishi va bu tebranishning quloqqa eshitilishi tovushning akustik (eshitilish) tomonidir. Jismning tebranishi havoni to‘lqinlantiradi, natijada tovush hosil bo‘ladi. Nutq tovushlari oliy asab tizimi signali tufayli tovush paychalarining tebranishidan nutq organlarida hosil bo‘ladigan shovqindan iboratdir.
Nutq tovushlarining hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi organlar nutq organlari, ularning jami esa nutq apparati deyiladi.
Nutq apparatiga quyidagilar kiradi: ostki va ustki lab, tishlar, til, tanglay, kichik til, bo‘g‘iz usti, burun bo‘shlig‘i, halqum (tomoq), bo‘g‘iz (hiqildoq), tranxeya (kekirdak, nafas yo‘li), bronx va boshqalar.
Urg‘u. Urg‘u nutq madaniyatining, jumladan, ifodali o‘qishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib, u ta’kidlash, alohida e’tibor qaratish uchun xizmat qiladi. Urg‘u so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga, gapda ma’noni to‘g‘ri va to‘la anglashga yordam beradi.
Ilmiy adabiyotlarda urg‘uning bir necha turi mavjudligi haqida gap boradi. Biz bu yerda uning faqat ikki turi, ya’ni so‘z urg‘usi hamda mantiqiy urg‘u xususida so‘z yuritamiz.

Download 33.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling