Temp(sur’at) va ritm(marom). Badiiy adabiyotda temp va ritm asarning g‘oyaviy – estetik mohiyatini ochishga xizmat iladi. Nutqning emotsional ta’sirchanligini oshiradi. Shundan temp va ritm ifodali o‘kishda, jumladan har qanday nutqda umuman, muhim ahamiyat kasb etadi.
Nutq jarayonida gapirish sur’atini oshirish ifodada jonlantirish demakdir.
Bir me’yorda so‘zlanayotgan nutq bo‘linsa, o‘z sur’ati va maromini yo‘qotib, nutq o‘zining dastlabki tarovatini o‘zgartiradi. U o‘zining ilk holatiga, kayfiyatiga qaytishi shart.
Xullas, yuqorida sanalgan nutq vositalari adabiy me’yordagi nutqning vujudga kelishida muhim o‘rin tutadi, ya’ni sifatli tovush, so‘z, gap va matnning hosil bo‘lishga, talaffuzda orfoepik qoidalarga rioya qilishga bog‘liq.
Mavzu bo‘yicha savollar?
Nutq organlari deganda nimani tushunasiz?
Og‘zaki nutqning psixologik tuzilishining maqsadi va mazmuni nimadan iborat?
O‘qituvchi nutqining mantiqiyligi nima?
O‘qituvchi nutqining grammatik jihatdan to‘g‘riligi, savodxonligi pedagogik mahoratning ko‘zgusidir degan fikrni izohlang.
Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.A.Karimov «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» T. 1997 y.
2. I.A.Karimov «Barkamol avlod orzusi» T.1999 y
3. Yu.A.Ahrorov «Pedagogik mahorat» Samarqand. 2006y.
4. G.J.Berdiev, K.Q.Mamedov. «Pedagogik mahorat»(ma’ruza matnlari). T. 2002 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |