I bob og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish
Download 148.55 Kb.
|
Og
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Mehnat ta’limi maktabida bayon va insho ustida ishlash va yozma nutqni o‘stirish II BOB IJODIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA BADIIY VA MATBUOT MATERIALLARIDAN FOYDALANISH
Og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, ijodiy tafakkurni rivojlantirishda badiiy va matbuot materiallaridan foydalanish https://02stroy.ru/uz/komplektuyuschie-dlya-lestnic/sposoby-razvitiya-tvorcheskogo-myshleniya.html I BOB OG‘ZAKI VA YOZMA NUTQNI O‘STIRISH 1.1.Bog‘langan og‘zaki nutqni rivojlantirish yo‘llari. 1.2. Mehnat ta’limi maktabida bayon va insho ustida ishlash va yozma nutqni o‘stirish II BOB IJODIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA BADIIY VA MATBUOT MATERIALLARIDAN FOYDALANISH 2.1. Ijodiy tafakkurni rivojlantirish yo'llari. 1.Bog‘langan og‘zaki nutqni rivojlantirish yo‘llari. Nutq faoliyatining eng murakkab shakllaridan biri-bog‘lanishli nutq. O‘qilgan matn mazmunini og‘zaki yoki yozma xolda bayon etish – bog‘lanishli nutqning asosiy ko‘rinishidir. Insho esa bog‘lanishli nutqning yozma ijodiy shaklidir. Bog‘lanishli nutqning bu ikki shakli ham nutq o‘stirish, nutqni adabiy so‘zlar bilan boyitish, hamda bolalarning tafakkurlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘qilgan asar yoki kuzatilgan narsa hamda voqea xodisalar yuzasidan berilgan savollarga kengaytirib tuliq javob berishga, javoblarning mantiqiy tomoniga ahamiyat berib, uni kichik xikoya tarzida ifodalashga, o‘qilgan asar, kuzatilgan buyumlardagi asosiy tomonlarni ajrata bilish va ularni aniq gapirib bera olishga o‘rgangan bo‘lishlari kerak. Bola aynan shu fikrning o‘zini boshqa so‘zlar bilan gapirib bera bilish va uni aniq ifoda qilish uchun zarur so‘z va so‘z birikmalari hamda gan tanlash lozimligini tushunishi ona tili dasturining bog‘lanishli nutq bo‘limidagi asosiy talablardan biridir. Birinchi sinf o‘quvchilari dastlab unchalik qiyin bo‘lmagan matnlarni mustaqil qayta xikoya qilish, rasmlar seriyasi yuzasidan 3-4 gapli xikoya tuzish, keyinroq borib, bir mavzuga qaratilgan mazmunli sujet rasmdagi voqea yuzasidan 3-4 gap ishtirokida xikoya tuzishga o‘rganadilar. Bunday mashqlar tobora murakkablashib, bolalarda asta-sekin ko‘rganlari va o‘z shaxsiy xayotiy kechinmalari yuzasidan mustaqil gaplar tuzish malakasi shakllantiriladi. Bunday mashqlar vositasida bolalar gap tuzish va bayon, insho yozishda zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni puxta egallab oladilar. Dialogik va monologik nutq. Kishilarniig nutqiy muloqati ikki shaklda amalga oshiriladi: dialog-so‘zlashish (di-ikki,logos-gapirish), ya’ni ikki va undan ortiq kishilarning o‘zaro suxbati, savol-javob almashishi (savollarga javob berish) va monolog-xikoya, ya’ni tinglovchilarga bir kishi(mono-bir, logos-gapirish) batavsil boshidan oxirigacha ma’lumot beradi, gapiradi. Dasturning so‘zlashuv nutqiga va gapirib berishga o‘rgatish soxasidagi, ya’ni bog‘lanishli og‘zaki nutkni o‘stirishga qo‘yilgan talabi, asosan ukuvchilarni savol-javob, qisqa ma’lumotlar berish, kengaytirib gapirib berish, ya’ni dialog va monolog monolog kabi og‘zakn nutqning har xil kerakli shakllaridan foydalana olishga o‘qrgatishdir. Dastur o‘quvchilar oldiga "bolalarnn har xil shakldagi nutqiy muloqatga: kattalar va bolalar bilan so‘zlashish, o‘qituvchining savollariga javob berish, atrofdagilarga savol berish va ular bilan so‘zlashishga jalb qilish vazifasini qo‘yadi. Keyinchalik o‘qituvchining gaplarini tinglash va tushunish, butun sinf uchun berilgan savollarga bitta-bittadan javob berishga, jamoa bo‘lib so‘zlashishga, suxbatda qatnashishga, o‘rtoqlarining javobini qunt bilan tinglash va savol berishga o‘rgatiladi. So‘zlashuv nutqining o‘sishida "Oila", "Maktab" "O‘quv qurollari", "Transport" kabi va boshqa dasturda berilgan mavzu buyicha suxbatlarsuxbatlarrolli o‘yinlar katta ahamiyatga ega. Bunda suxbatlar, didaktik o‘yinlar,rasm ustida ishlash katta ahamiyatga ega. . Suhbat. Suxbat va va mazmuni dasturda belgilangan. Suhbat orqali bolalarning oilada, maktab, sinfda turli faoliyatlar jarayonida va o‘qituvchining raxbarligida o‘tkazilgan kuzatishlar, ekskursiya, amaliy ishlar vakgida egallagan tajribalari, kishilar hayoti va tabiat xaqidagi tasavvurlari va bilimlarini maksadga qarata aniklaydi, mustaqkamlaydi va ma’lum bir tizimga keltiradi. O‘qituvchi bolalar bilan «oila, ota-onalarning mehnati, ona shahar xaqida suxbatlashish orqali, ularda tevarak atrofga nisbatai to‘g‘ri munosabatni, ota-onalar mehnatiga hurmatni, qariyalar va o‘zidan kichiklarga g‘amxo‘rlikni, ota-onalarga, tug‘ilgan joylarga nisbatan muxabbat hislarini uyg‘otadi va sh.k. Suhbatning savol-javob harakteri bolalarda sqzlashuv, muloqat malakalarini tarkib toptirishga yordam beradi. Ularni uz fikriii sodda va tushunarli bayon etishga, so‘zlashish vaqtida o‘zini to‘g‘ri tutishga o‘rgatadi. Suxbat deb o‘qituvchining sinfdagi hamma bolalar bilan qandaydir bir mavzu yuzasidai tashkiliy so‘zlashuviga aygiladi. Suxbat o‘tkazish o‘qituvchidan tayyorgarlikni talab etadi. Suxbatni rejalashtirishda bolalarga tevarak atrof bilan tanishtirish bo‘yicha beriladigan dastur materialini belgilanishi, so‘ngra suhbat boshidan to oxirigacha izchil reja tuzishi zarur. Suhbatning tuzilishi, mazmuni bolalar yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Bolalarda mashgulotga nisbatan qiziqish, faol aqliy faoliyat uyg‘otish, ularning xislariga ta’sir etish uchun suxbatni aniq va emotsional bo‘lishini ta’minlash zarur. Suxbatni turlicha boshlash mumkin, masalan ma’lum voqea yoki xodisani eslatishso‘zlab so‘zlab berish; su’ratlar, o‘yinchoq, buyumlardan: gullar, sabzavotlar va boshqa narsalarni namoish etish bilan ham boshlash mumkin. Masalan, transport haqidagn suhbatni boshlashda "Shaharda" mavzusiga oid suratni namoish etish mumkin. Bolalar o‘z kuzatishlariga tayangan xolda turli transport xillarini solishtiradilar, ekskursiyada ko‘rganlari va transportdan foydalanish qoidalari haqida so‘zlaydilar. Suhbatni she’r va topishmoq aytishdan boshlash ham mumkin. Suhbatning mazmuniga bogliq holda javob berish, tushuntirish, ko‘rgazmali materiallar ko‘rsatish kabi turli usullardan foydalaniladi. Suhbatda bolalarning javoblariga katta e’tibor beriladi. O‘quv yilining boshida xor bo‘lib javob berishga yo‘l qo‘yiladi. Lekin, o‘qkituvchi bu usuldan mumkin qadar kamroq foydalanishi kerak. Ko‘p xollarda suxbat vaqtida o‘qituvi bolalarning ko‘rgan-kechirganlariga asoslangan xolda yangi ma’lumotlar beradi, bolalar javobini to‘ldiradi, kengaytiradi. Download 148.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling