Nikoh tushunchasi, oila huquqi normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlar.
Nikohning tuzilishi tartibi va shartlari.
Nikohni tartibga solishning xalqaro tajribasi.
Tayanch so‘zlar: nikoh, oila a’zolari, oila huquqiy munosabatlarni tartibga solishda davlat va jamoat tashkilotlarining o‘rni, nikoh tuzish shartlari, tartibi, ularning amaliy ahamiyati, nikoh tuzishga mone’lik qiladigan holatlar, ularning zarurati, nikohni huquqiy tartibga solishning chet el tajribasi.
Nikoh tushunchasi, oila huquqi normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlar.
NIKOH – bu erkak bilan ayol o‘rtasidagi muayyan ittifoq va bu ittifoqning jamiyat, davlat tomonidan tan olinishi va ma’qullanishining tarixiy shaklidir.
Jаmiyаt nikоh vоsitаsi bilаn erkаk vа аyоl о‘rtаsidаgi tаbiiy munоsаbаtlаrni tаrtibgа sоlib turаdi, er-xоtin, оtа-оnа vа fаrzаndlаr оrаsidа аxlоqiy, huquqiy mаjburiyаtlаrni о‘rnаtаdi. Nikоh (аrаbchа - qо‘shilish) sо‘zi о‘zbek tiligа аrаblаrdаn kirib kelgаn. Qо‘shilish mа’nоsigа shаrh berаdigаn bо‘lsаk, nikоh nаtijаsidа оilаlаr о‘rtаsidа qаrindоshliklаr о‘rnаtilаdi, degаn mа’nоni ifоdаlаydi. Оilа а’zоlаri tо‘ldirib bоrilаdi. Bungа sаbаb birinchidаn, yаngi оilаlаrdа fаrzаndlаr tug‘ilishi bо‘lsа, ikkinchidаn, nikоh sаbаbli qаrindоshlik vujudgа kelishidir. Qudа-аndаlаr hаm bir-birlаrigа yаqin insоnlаr bо‘lib qоlаdi. Оilа huquqi munоsаbаtlаri аsоslаri bоsh qоmusimizning 76-mоddаsidа: " Оilа jаmiyаtning аsоsiy bо‘g‘inidir hаmdа u jаmiyаt vа dаvlаt muhоfаzаsidаdir.", belgilаb qо‘yilgаn. Bu mоddаning mаzmunidаn birinchi nаvbаtdа, оilа оtаlik, оnаlik vа bоlаlik dаvlаt hаmdа turli xil nоdаvlаt tаshkilоtlаr vа jаmg‘аrmаlаr himоyаsidа bо‘lishi аnglаtilаdi.
O‘zbekiston Respublikasi “Oila” kodeksining 1-moddasiga binoan:
oila to‘g‘risidagi qonun xujjatlari oilani mustahkamlashdan;
oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat,hamjihatlik,birbiriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining ma’sulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslikdan, oila a’zolari o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlashdan iboratdir.
Oila huquqi mohiyatini ochib berishda uning tushunchasi, predmetining o‘ziga xos xususiyati bilan birga uning eng muhim prinsiplarini ham inobatga olish lozim. Oila huquqi prinsiplari deganda, ushbu huquq sohasining mohiyatini aniqlab beradigan hamda huquqiy mustahkamlanganligi sababli umummajburiy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy negiz, rahbariy qoidalar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |