I-bob. Oliy nerv faoliyati haqida umumiy tushunchalar
Odamning oliy nerv faoliyati yosh xususiyatlari
Download 49.37 Kb.
|
oliy nerv
Odamning oliy nerv faoliyati yosh xususiyatlari 3-yoshgacha bo’lgan bolalar: Bola nasldan o’tgan bir ozgina reflekslar bilan tug’iladi. Tug’lish vaqtiga kelganda bola miyasi, garchi ko’p jihatdan halikamolga etmagan bo’lsada, lekin vaqtincha aloqalar paydo qilishga tayyor bo’ladi. Ko’pdan –ko’p tekshirishlardan ma’lum bo’lishicha, ovqatlanishga taaluqli bo’lgan shartsiz reflekslar asosida bola hayotining 5 va 6 kunlarida, ba’zima’lumotlarga qaraganda esa 10 kunida birinchi marta shartli reflekslarni hosil qilishi mumkin. Bola 15 kunlik bo’lganidan keyin kompleks teri, proprioreseptiv va labirint ta’sirlari bilan ish ko’rib tana vaziyatiga javoban shartli refleks hosil qilishi mumkin bo’lib qoladi. Odamda 1-chi va 2-chi signal sistemalari o’zaro mahkam bog’langan bo’lib, bir-biriga doim ta’sir ko’rsatib turadi. Bolada 2-chi signal sistamasining shakillanib borishi nutqning rivojlanishi bilan bevosita bog’langan.
Bola hayotining 1-chi yilidagi so’ngi oylarida va butun 2-chi yili nutq qaror topib boradigan davr hisoblanadi. Bolalarda nutqning qaror topish jaroyoni shartli reflekslar hosil bo’lish qonunlariga muvofiq o’tadi. Nutq reflekslari taqlid yo’li bilan hosil bo’lib boradi. Bureflekslarning qaror topib, rivojlanishi esa bolaning katta yoshli odamlar bilan doiniy aloqa qilib turishiga, ya’ni ta’lim olish, o’rganishiga asoslangan. Hayotining 2-chi yili davomida lug’at zapasi ancha tez ortib boradi. 3- yoshgacha bo’lgan davr nutq qaror topib, shakillanib boradigan davr hisoblanadi. 3-yoshdan –5yoshgacha bo’lgan bolalarning oliy nerv faoliyati: Maktabgacha tarbiya yoshidagi, ya’ni 3-5 yashar bolalar uchun jonli orientirovka reaksiyasi xarakterlidir. Bu yoshdagi bolarda musbat shartli reflekslarni mustahkamlash ancha qiyin bo’ladi. Shartli reflekslarni mustahkamlashning qiyinchiligi shunga bog’liqki, bu yoshdagi bolalarda uxlab qolishigashigacha borib etadigan soqlovchi tormozlanish juda barvaq rivojlanadi. Tormozlanishning rivojlanishi shartli reflekslar intensivligining kamayib qolishi yoki ularning tamomila yo’qolib ketishi, ba’zan esa bolalarda harakat va nutq aktivligining kuchayishi bilan ham ifodalanadi. Bu yoshda reflekslar tashqi ta’sirotlarga chidamsiz bo’ladi. Shartli reflekslarning sekinlik bilan mustahkamlashib borishi ularning tashqi ta’sirlariga chidamsizligi, ta’sirlovchi va tormozlovchi jaroyoning keng tarqalib ketishi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar 3-5 yashar bolalar bosh miyasi po’stlog’dagi shu nerv jarayonlarining zaif bo’lishini ko’rsatadi. 2-chi signal sistemasi tobora ko’proq ustun ahamiyat kasb etib boradi. 4-5 yashar bolalarda shartli reflekslar aloqalar nutq va himoya reaksiyalari bilan mustahkamlamib turadigan bo’lsa, ovqat bilan mustahkamlangandan ko’ra osonroq bujudga keladi. 5-yashardan-7-yashgacha bolalar 5-6 yashar bolalarda nerv jarayonlarining kuchi va harakatshanligi ortib boradi. Mana shu davrda hususan bola 6yoshga to’gan paytida ichki tormozlanish ancha barqaror bo’lib qoladi. Po’stloqning ish qobiliyati esa kuchayadi. 6yoshli bolalar endi ma’lum bir ob’ektga 15-20 daqiqa davomida o’z diqqatini jalb etib tura oladi. Shu munosabat bilan muntazam mashg’ulotlar olib borish imqoniyati tug’iladi, lekin bu mashg’lotlar 15-20 daqiqa uzoqqa cho’zilmaydigan bo’lishi kerak. Ichki tormozlanish kuchayib boradi. Ichki tormozlanishning bolani o’qitib o’rgatishda juda muhim bo’ladigan differehsirovka (qiyosiy) va so’nish singari turlari 4-5 yashar bolalardagiga qaraganda ikki baravar tezroq hosil bo’ladi. Paydo bo’lgan tormozlanish birmuncha yzoq saqlanib turadiki, bu hulq-avtor aktlarining ancha aniq shakllanib borishiga yordam beradi, biroq shartli reflekslarning differensirovkasi bilan so’nishi ancha qiyinlik bilan ro’y beradi. Bunda vegetativ jarayonlar juda zo’rayadi, yurak urishi tezlashadi, nafas olish o’garadi va hakozalar. 5-6 yoshli bolalarda 2-chi signal sistemasining ahamiyati keskin ortadi, so’lar yordami bilan fikrlash tobora ko’proq ro’l o’ynaydigan bo’lib qoladi, ichki nutq paydo bo’ladi. Bolalar 6 yoshidan boshlab harakatdan ajratib olingan abstraksiyalangan tushunchalardan foydalana boshlaydi. Ular endi umumiy yoki gruppa belgilarini farq qiladigan bo’lib qoladi. Mana shu davrda bolalarni yozish va o’qitishga o’rgatishga kiriladi. 7yoshga borganda bola bosh miyasining peshona bo’limi mofologik jihatidan etilib qoladi va xuddi shu davrda bir qancha harakatdan tashqil topadigan ish programmasini miyaga jo qila olish va o’sha ish natijasini ko’ra o;ish qobiliyati paydo bo’ladi. 7-yoshdan- 12 yoshgacha bolalarda musbat shartli reflektor aloqalar tezroq tutashadi. Ba’zi bolalarda bular paydo bo’lgan paytdanoq mustahkamlanib boradi. Shartli refleks birdan mustahkamlangan bo’lsa, buni mustahkamlash uchun shartli ta’sirotlarni shartsiz ta’sirot bilan birgalikda bir necha marta qo’ shmcha tatbiq qilish kerak bo’ladi. 7-12 yashar bolalarda musbat va manfiy shartli reflekslarning tez mustahkamlanib borishi, tashqi ta’sirotlarga chidamli bo’lishi va nerv jaroyonlarining ancha tez qonsentrasiyalanishi bilan ta’riflanadi. 10-12 yashar bolalarda oddiy ta’sirotlarga javoban ham musbat shartli reflekslar tez paydo bo’ladi va odatda darrov o’rnashib qoladi. Shartli reflekslarning bir turdan ikkinchi turga aylanishi oson bo’ladi. Yangi shartli reflektor aloqalar mustahkamligi bilan ajralib turadi. Shunday qilib 10-12 yashar bolalar uchun musbat shartli reflekslarni ham, tormozlovchi shartli reflekslarni ham tez va mustahkam hosil qilish xarakterlidir. 12-16 yoshgacha bo’lgan bolalar Qizlarda o’smirlik davri o’g’il bolalardagiga nisbatan 1-2 yil ilgari boshlanadi. Qizlarda bu davr 12-yoshdan boshlanib, 15 yoshda tugallanadigan bo’lsa, o’g’il bolalarda esa 13 yoshdan boshlanib, 16 yoshda tugallanadi. Bu yoshda qo’zg’lish jaroyonlari ro’yi rost ustun turadi. Nutq o’zgaradi- usekin bo’lib qoladi, javoblar nisbatan qisqa, lo’nda holga kiradi. Shu munosabat bilan to’la javob olish uchun bir qancha qo’shimcha savollar berish kerak bo’ladi. Mana shu hususiyatlar jinsiy jihatidan etilish davrining boshida po’stloq faoliyati 2-chi signal sistemasining funksional darajasi bir muncha susayib qoladi, bevosita signallarga javoban shartli reflekslar tezroq hosil bo;lsa, so’z signallariga javoban ancha sekin hosil bo’ladi. Download 49.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling