I-bob. Oliy nerv faoliyati haqida umumiy tushunchalar


Bolalarda psixofiziologik jarayonlarning rivojlanishi


Download 49.37 Kb.
bet9/10
Sana27.01.2023
Hajmi49.37 Kb.
#1130016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
oliy nerv

2.2. Bolalarda psixofiziologik jarayonlarning rivojlanishi.
Sistemogenezga yaqqol misol bo‘la oladigan go‘dakda kuzatiladigan ushlab olish refleksi mexanizmiga e’tibor beraylik. Embrional rivojlanishning IV—VI oylarida qo‘lning barcha nerv tolalari ichida eng yaxshi yetilgani barmoqlarning bukilishini ta’minlovchi nerv tolalaridir. Bundan tashqari, bu davrga kelib sakkizinchi bo‘yin segmentining oldingi shox motor hujayralari ham takomillashgan bo‘ladi. Bu motor hujayralar barmoqlarni bukuvchi mushaklarni nervlaydi, bundan tashqari, ushbu hujayralarni boshqaruvchi asab tizimining yuqorida joylashgan tuzilmalari ham shakllangan bo‘ladi. Sistemogenezning bir nechta muhim jihatlari o‘rganilgan. Birinchisi shundan iboratki, funksional sistemalar bir vaqtda shakllan- maydi. Organizm uchun hayotiy muhim bo‘lgan sistemalar awal shakllana boradi. Masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun hayotiy muhim bo'lgan jarayonlar — emish, yutish, nafas olish tug'ilgan zahoti faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Ba’zi jonzotlarda esa funksional sistema tug‘ilgan zahoti mukammallashgan bo‘ladi. Kenguruning bolasi tug'ilgan zahoti onasining qornidagi xaltachaga sakrab chiqa oladi yoki endigina tuxumdan chiqqan g‘ozning bolasi onasining izidan yura boshlaydi va hokazo. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda tug‘ma mexanizmlar go‘yo kamdek tuyulsa-da, ba’zi boshqaruvchi vazifalarning juda nozik ishi kishi e’tiborini o‘ziga tortadi. Masalan, go‘dakda yutish va nafas olish bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi, keyinchalik bu qobiliyat yo‘qolib boradi.
Shu bilan birga ko‘ruv, eshituv, harakat reaksiyalari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Asab tizimi ba’zi bo'limlarining bir maromda rivojlanmasligi va yetilmasligiga geteroxronlik prinsipi deyiladi. Sistemogenezning ikkinchi prinsipi sistemalararo vasistemalar ichra geteroxronlik prinsipidir. Sistemalararo geteroxronlik — bu turli funksional sistemalarning (emish va ko‘ruv nazorati) turli davrlarda paydo bo‘lishi va shakllanishidir. Sistemalar ichra getero- xronlik — bu shakllangan funksiyaning asta-sekin murakkablashib borishidir. Dastawal minimal funksiyani bajara oluvchi asab to'qimalari yetilib boradi, keyinchalik tashqi va ichki ta’sirlarga javob beruvchi shu sistemaning boshqa bo‘limlari ham safga turadi. Masalan, go'dakda 3 oygacha so'rish refleksi juda oson chaqiriladi, lunjiga yoki iyagiga qo‘l tekkizilsa bas, u darrov labini cho'chchaytiradi. Shu bilan birga, go‘dakda qalqib ketish yoki havo yutib yuborish holatlari ham tez-tez kuzatilib turadi. Uch oylikdan keyin so‘rg‘ich harakatlari faqat labiga tekkanda paydo bo'ladi va qalqib ketishlar kam uchraydi. Xuddi shunday manzarani ushlab olish refleksiga nisbatan ham kuzatishimiz mumkin.
Go'daklik davrining birinchi oylarida uning kaftiga sal tegilsa, qo'lini musht qilib oladi, keyinchalik ushlab olish biroz pasayadi, ya’ni bosh bannoq qolganlariga qarshilik ko‘rsata boshlaydi. Sistemalar ichra geteroxronlik biror funksional sistemaning nafaqat yetilishi, balki sistemalararo aloqaning o‘rnatilishi bilan ham kechadi. Masalan, avtomatik tarzda ushlab olishda harakat murakkablashib boradi, shu bilan birga qo‘lning harakati ustidan ko‘zning nazorati kuchaya boshlaydi. Sistemogenez haqidagi ta’limot bolaning asabiy-ruhiy rivojlanishining uzviyligi va ketma-ket rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Masalan, boshini ushlab turishdan keyin o‘tirish, o‘tirishdan keyin tik turish, tik turishdan keyin yurish boshlanadi. Boshini ushlab turish qobiliyati tana holatini nazorat qilishga zamin yaratib beradi. Bu muvozanat a’zosi va ko'ruv nazoratining takomillashuvi natijasida amalga oshiriladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, juda ko‘p funksional sistemalarning o‘zi bir qancha kichik sistemalardan tarkib topgan. Bular bir vaqtning o‘zida paydo bo'lmaydi va o‘zaro bog'lanishlarni asta-sekin murak- kablashtirib boradi. Masalan, harakatni boshqarish kompleksiga muskul tonusini, tana muvozanatini va koordinatsiyasini boshqaruvchi sistemalar kiradi. Bundan tashqari, har qanday harakatni amalga oshirish uchun biron-bir harakatni boshqa harakat bilan almash- tiruvchi, uning ustidan nazorat qiluvchi dastur zarur bo‘ladi. Masalan, oldinga bir qadam tashlash uchun tananing og'irligini ikkinchi oyoqqa o‘tkazish, shu vaqtda tananing muvozanatini saqlab qolish, bir guruh muskullarning qisqarishini, boshqalarining yozilishini amalga oshirish kerak bo'ladi. Biz yurib borayotganimizda oyoqni qanday tashlash kerak, gavda qanday, qo`llar qay holatda harakat qilishi zarurligi hisob-kitobini qilmasdan hammasini beixtiyor tarzda amalga oshiramiz. To‘g‘ri, biz ongli ravishda tezlikni oshirishimiz yoki pasaytirishimiz, qadamni katta yoki kichik tashlashimiz mumkin, ammo qaysi muskulni qisqartirib, qaysi birini bo'shashtirishimiz kerakligini o'ylamay amalga oshiramiz. Harakatni boshqaruvchi sistemalarning bunday kelishilgan holda ishlashi bolalik davridan rivojlana boshlaydi. Har xil yoshdagi bolalaming harakat faoliyatini kuzata borib, ularning harakat funk- siyalari takomillashib borayotganligini va kichik sistemalardan yirik integrativ sistemalar paydo bo‘lishini kuzatish mumkin. Sistemogenez nuqtai nazaridan qaraganda, har bir yosh uchun xos bo‘lgan normal funksiyalarning rivojlanish mexanizmlarini, funksiyalar takomillashuvining kam-ko‘stligini tushunib olish mumkin. Ba’zi funksional sistemalar yoki ularning boiimlari rivojlanishi sust kechsa, boshqa funksional sistemalar esa normal rivojlanib va takomillashib boraveradi. Masalan, chaqqon, o‘yinqaroq bolalar diqqat-e’tiborni talab qiluvchi nozik harakatlami bajara olmaydi. Buning sababi, harakatni boshqaruvchi miya po‘stlog‘i markazlari takomillashmaganligidir. Ba’zan kundalik hayotda beso'naqay bola- larda surat chizish, musiqiy asboblarni chiroyli chalish kabi maho- ratni kuzatishga to‘g‘ri keladi. Bolalarda nutqning turli buzilishlarining sababi ham, ko‘pincha, sistemalararo va sistemalar ichra aloqalarning yetilmay qolishi oqibatida kuzatiladi. Harakat beso‘naqayligining duduqlanib gapirish bilan birga kelishi yoki harakati to‘liq rivojlangan bo‘lsa-da, duduq- lanadigan bolalarni ko‘p uchratamiz. Ba’zan og‘zaki nutq juda yaxshi rivojlansada, husnixati xunuk bolalarni kuzatish mumkin.
Sistemogenez prinsiplari asab tizimining evolutsion rivojlanish jarayonida kuzatiladigan morfofunksional o‘zgarishlarni takomillashtirishga yordam beradi, rivojlanib kelayotgan sistemalarning kam-ko‘stligining oldini olish yo’llarini ko‘rsatadi. Bu yetishmovchiliklami tuzatishning prinsiplarini bir necha guruhlarga bo’lish mumkin: 1) o‘sish ko'rsatkichlaridan orqada qolayotgan funksiyalarni rag‘bat- lantirish; 2) buzilib qayta rivojlanayotgan aloqalarni to'xtatish yoki pasaytirish; 3) sistemalararo va sistemalar ichra aloqalarning yangi komplekslari shakllanishiga yordam berish va hokazo. Demak, nuqsonning konkret shaklini topib, davolash choralarini o‘tkazish bir nechta yo'nalishda olib borilishi kerak, lekin bunda individual rivojlanish bosqichlaridagi uzviylikni ham e’tiborga olish zarurdir. Ko‘ruv va eshituv sistemalari ham bosh miyaning murakkab funksional sistemalari guruhiga kiradi. Har qaysi funksional sistema yoki uning har bir bo'limi o‘zining rivojlanish dasturiga ega bo'lishiga qaramasdan, bosh miya doimo yagona yaxlit a’zo sifatida ishlaydi. Miyaning bu integrativ funksiyasi turli sistemalarning o‘zaro muno- sabatini mustahkamlaydi va rivojlantiradi. Bu holda rivojlanayotgan miyada sistemalararo aloqalami o‘rnatish mexanizmi qanday kechadi, degan savolga duch kelamiz. Miya o‘z faoliyatida yagona bo‘lib qolishiga qaramasdan, rivojlanishning har bir bosqichida u boshqacha miya va boshqacha sistemadir. Shuning uchun hatto ba’zi funksional sistemalar rivoj- lanishining xronologiyasini mukammal o‘rgansak-da, hayot yo'lining har bir konkret rivojlanish darajasini to‘g‘ri baholab borish o‘ta murakkab muammodir. Bolada funksional sistemalarning rivojlanish tezligini velosipedchilar poygasigahamtaqqoslash mumkin. Masalan, bitta velosipedchi poyga davomida doimo oldinda boravermay- di, bunga uning kuchi ham yetmagan bo‘lur edi. U goh oldinda, goh orqada qolib boradi va nihoyat, marrani birinchi bo‘lib egallaydi. Rivojlanayotgan miyani o‘rganganimizda bolaning dastlabki yoshlari- da shunga o‘xshash manzarani ko‘ramiz.
Rivojlanishning yangi shakl- lari paydo bo‘lishi go‘dakdagi birlamchi avtomatizmlarning reduk- siyasi (yo‘qolishi) bilan kechadi. Bunda ikkita, ya’ni yangilanish va yo‘qolish jarayoni bir maromda kechishi katta ahamiyatga egadir. Birlamchi avtomatizmlarning erta so‘nishi miya rivojlanishidagi uzviylikni buzib yuborishi mumkin. Shu bilan birga, eskirib qolgan funksiyalarning juda kech yo'qolishi ham yaxshi emas, chunki u yangi, yanada murakkab sistemalarning paydo bo'lishiga xalaqit beradi. Reduksiya va yangilanish jarayon- larining bir maromda kechishiga bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda harakatning rivojlanishini misol qilib ko‘rsatsa bo'ladi. Go‘dakda boshning fazodagi holatini nazorat qiluvchi birlamchi tonik avto- matizmlar mavjud. Bu avtomatizmlar 2—3 oylarga borib so‘nib, o‘rniga boshni aniq ushlab turishini ta’minlovchi, muskul tonusini boshqaruvchi sistema rivojlanadi. Agar bu so‘nish muddatidan kechiksa, birlamchi tonik avtomatizmlarni anomal hodisa deb qabul qilish kerak, chunki u boshni ushlab turuvchi mexanizmlaming rivojlanishiga xalaqit beradi. Keyinchalik zanjirli patologik holatlar rivojlanib boraveradi: boshni ushlab tura olmaslik ko‘ruv nazoratini va vestibulyar apparatning ishini buzadi, vestibulyar apparatning rivojlanmay qolishi natijasida o'tirishni ta’minlab beruvchi muskullar tonusi ishdan chiqadi va hokazo. Natijada yaxlit bir harakat mexanizmlari buzilib, aqliy zaiflik rivojlanishiga zamin vujudga keladi. Demak, ruhiy buzilishlarning bolalik davrida oldini olish uchun dastlabki shakllanayotgan patologik jarayonni o‘z vaqtida davolash muhim ahamiyatga ega.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, reduksiya va yangilanish jarayonlarining bir maromda kechishi deganda, faqat bir funksiyaning ikkinchi funksiyaga yo‘l ochib berishini tushunmaslik kerak. Vaholanki, reduksiya faqat avtomatizmlaming butunlay yo'qolishi degani emas, balki murakkab funksional sistemalarga qo'shilib ketishi degani hamdir. Shuning uchun birlamchi avtomatizm to‘la reduksiyaga uchramasada, rivojlanishning umumiy rejasiga xalaqit bermasligi ham kerak. Agar reduksiyaning kechikishi yangi mexanizmlar shakllanishining sustligi bilan uyg'unlashib ketsa, funksional sistemalarning rivojlanishiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatib, asabiy-ruhiy qoloqlikka zamin yaratib beradi.
Shunday qilib, funksional sistema ba’zi bo‘limlarining geteroxron rivojlanishi bilan bii^a ularning o‘zaro munosabatida sinxronlik bo‘lishi kerak, individual ontogenezning har qaysi davrida ba’zi sistemalar barkamollikning shu davrga mos bosqichida bo‘lishi zarur. Boringki, bu farqlar har xil bo‘lsin, lekin farqlar ma’lum bir paytda bir-biri bilan uyg'unlashgan bo‘lishi shart, aks holda ziddiyatlar yuzaga kelib, funksional sistemalarning rivojlanishiga katta ziyon keltiradi. Ushbu bobda neyrofiziologik va psixofiziologik jarayonlar bilan tanishib chiqdik, funksional sistemalarning rivojlanish davrlarini o‘rgandik. Keyingi bobda esa, bosh miya katta yarim sharlarining patologiyasini, ya’ni oliy ruhiy funksiyalaming buzilishini o‘rganamiz. Bu muammo bilan neyropsixologiya fani shug‘ullanadi.³ Psixofiziologiyaga eng yaqini fiziologik psixologiya boʻlib, 19-asr oxirida eksperimental psixologiyaning boʻlimi sifatida vujudga kelgan fan. "Fiziologik psixologiya" atamasi V. Vundt tomonidan inson fiziologiyasidan usullar va tadqiqot natijalarini oladigan psixologik tadqiqotlarni bildirish uchun kiritilgan. Hozirgi vaqtda fiziologik psixologiya deganda psixik faoliyatning fiziologik mexanizmlarini uni tashkil etishning eng pastdan yuqori darajalarigacha o'rganadigan psixologiya fanining bir tarmog'i tushuniladi (qarang Psixologik lug'at, 1996).
Shunday qilib, psixofiziologiya va fiziologik psixologiyaning vazifalari amalda bir-biriga mos keladi va hozirgi vaqtda ular orasidagi farqlar asosan terminologik xususiyatga ega. Biroq, rus psixofiziologiyasi tarixida fiziologiyada paydo bo'lgan inson psixikasi va xatti-harakatlarini o'rganishga funktsional-tizimli yondashuvning mahsuldorligini ko'rsatish uchun terminologik farqlardan foydalanilgan davr mavjud edi. Psixofiziologiyani fiziologik psixofiziologiyaga nisbatan mustaqil fan sifatida ajratish A.R. Luriya (1973). Luriya, fiziologik psixologiya murakkab aqliy jarayonlarning asoslarini o'rganadi - motivlar va ehtiyojlar, hislar va hislar, diqqat va xotira, nutq va intellektual harakatlarning eng murakkab shakllari, ya'ni. individual psixik jarayonlar va funktsiyalar. U turli ruhiy holatlardagi organizmning turli fiziologik tizimlarining faoliyati bo'yicha ko'p miqdorda empirik materiallarning to'planishi natijasida shakllangan. Luriya ta'kidlaganidek, fiziologik psixologiyadan farqli o'laroq, predmet individual fiziologik funktsiyalarni o'rganish, psixofiziologiyaning predmeti. Luriya, odam yoki hayvonning xatti-harakatiga xizmat qiladi. Bunday holda, xatti-harakatlar mustaqil o'zgaruvchi, fiziologik jarayonlar esa qaram o'zgaruvchidir. Luriyaning fikricha, psixofiziologiya psixik faoliyatning yaxlit shakllari fiziologiyasi boʻlib, u psixik hodisalarni fiziologik jarayonlar yordamida tushuntirish zarurati natijasida paydo boʻlgan va shuning uchun u insonning xulq-atvor xususiyatlarining murakkab shakllarini turli darajadagi fiziologik jarayonlar bilan taqqoslaydi.

Xulosa
Ko`rish eshitish, hid sezin, ovqat ta’mini bilish kabi sezgi organlari birinchi signal sistemasi bo`lib, ular odam va yuksak hayvonlarda deyali o`xshash. Bu sezgi organlar orqali qabul qilingan tashqi va ichki muhitning ta’siri miyaning shunga tegishli markazlarida refleks hosil qiladi. Odamning yuksak xayvonlardan asosiy farqlaridan biri unda og`zaki va yozma nutqning rivojlanganligidir. Nutq ta’sirlovchi sifatida sezgi organlari orqali qabul qilinib, shartli refleks hosil qiladi. Odamda atrofdagi muxit bilan aloqa bog`lanishning yangi shakllari paydo bo`ladi. I.P. Pavlov,- odam bosqichiga kelib nerv faoliyati mexanizmlariga nixoyatda katta qo`shimcha qo`shildi». Bu qushimcha odamda nutq paydo bo`lishi va yangi signal sistemasi vujudga kelishidan iborat bo`ladi. Organik dunyo taraqqiyotining bosqichida muhit bilan aloqa bog`lanishning yangi faqat odamgagina xos bo`lgan ikkinchi signal sistema qaror topdi. “Home sapens” oilasi paydo bo`lguncha hayvonlar, deb yozgan edi I.P. Pavlov - atrofdagi duyoning havonlaridagi xilma xil retseptor mexanizmlar ta’sir etadigan va markaziy nerv sistemasining tegishli xujayralariga etib boradigan turli agentlaridan kelib chiquvchi bevosita taasurotlari orkaligina o`sha dunyo bilan aloqilar edi. Bu tasurotlar tashqi ob’ektlarning birdan bir signallari edi. Odamda ikkinchi darajali signallar, birinchi signallarning signali – talaffuz etiladigan, eshitiladigan, ko`riladigan so`zlar ko`rinishda paydo bo`lib,rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga etdi.Oliy nerv faoliatining fiziologiyasi odam va hayvonlar bosh miyaning oliy bo`liming funksiyalarini o`rganadi. Oliy nerv faoliyati tashqi muhitga moslanishning oliy shakllarini amalga oshirishdaasosiy o`rinni egallaydi va odam organizmida kechayotgan psixologik jarayonlarning asosi hisoblanadi. I.Pavlovning hayvonlar oliy nerv sistemasini eksprimentlar asosida o`rganishda Schenovning “ Bosh miya reflekslari” nomli asari muhim rol o`ynadi. I.Pavlov 35 yil davomida oily nerv faoliyatini shartli reflekslar faoliyati qonuniyatlarini o`rganib oily nerv faoliyati fiziologiyasi bo`limi ochilishiga sabab bo`ldi. Odam organizmini O`rab olgan muhit benihoya chegarasiz bo`lib, bu muhitga juda qiyinchilik bilan ba`zi funksiyalarning qayta qurilishi bilan erishiladi. Bolada yarim tovish va fonemalar hayotining dastlabki oylarida ham paydo bo’lsada, lekin bular hali ikkinchi signallar rolini o’ynamaydi va faqat odamga xos bo’lgan signal sistemasining ishga tushishi uchun go’yo tayyorgarlik davri bo’lib hisoblanadi. Shartli ta’sirot bo’lmish so’z avvaliga faqat muayyan vaziyatda ma’lum bir ohang bilan talaffuz qilinganda ta’sir ko’rsatadi, bola hayoti ikkinchi yilining birinchi yarmi oxiriga kelganda esa u signallarning signali bo’lib qoladi. Bolaning ayrim so’zlarni, goho bularning ma’nosini tushunmasada, oson takrorlay olishi va eslab qolish qobiliyati ham ana shu davrda ribojlanib boradi. Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemalari o’zaro mahkam bog’langan bo’lib, bir- biriga doim ta’sir ko’rsatib turadi. So’zining signal sifatidagi ahamiyati bir-biri bilan qo’shilib keladigan oddiy tovushlar bilan emas, balki so’zning lug’aviy ma’nosi bilan bog’liqdir. It va yuqori darajali hayvonlarda so’zga yoki jumlaga javoban shartli refleks hosil qilish mumkin, lekin hayvonlarda bu narsa so’zning lug’aviy ma’nosiga bog’liq bo’lmasdan , bir-biri bilan qo’shilib kelgan muayyan tovishlarga bog’liq bo’ladi.


Download 49.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling