I bob. Oqava va chiqindi suvlarni tozalash jarayonining nazorat qilish va avtomatikasining hozorgi holati
Download 372.88 Kb.
|
1 - Bob
Biologik usullar. Bu usul suvlardagi iflos organik birikmalarni aerob sharoitda biokimyoviy jarayonlar yordamida minerallashtirilishiga asoslangan. Bu usul iflos suvlarni tozalash 2 xil yo`l bilan, ya’ni tabiiy va sun’iy sharoitda amalga oshiriladi.
Oqova suvlarni tabiiy sharoitda tozalashda biologik xovuzlardan foydalaniladi. Bunda oqova suvlar 0,5 metrdan 1 metrgacha chuqurlikda bo‘lgan suv havzalariga haydaladi. Bu xavzalarda suvlarning o‘z-o‘zidan tozalanishdagi kabi jarayonlar sodir bo‘ladi. Biologik hovuzlardagi tozalanish jarayoni 6 gradusdan past bo‘lmagan haroratda yuz beradi. Xovuzlar 4-5 ketma-ket joylashgan qismlardan tashkil topadi va tozalanayotgan suvni yuqoridan joylashgan birinchisidan ikkinchisiga va so‘ng uchinchisiga va x.k.z quyida o‘tishni ta’minlovchi tartibda joylashtiriladi. Oqova suvlarni sun’iy sharoitlarda tozalash maxsus qurilmalar biofiltrlar yoki aerotenklar vositasida amalga oshiriladi. Biofiltr deganda shunday qurilma tushuniladiki, unda oqova suvlarning biologik tozalanishi, ularning yirik donali zarrachalardan iborat materialdan filtrlanishi orqali o‘tish yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Biofiltrdagi donador material aerob mikroorganizmlar bilan botilgan biologik parda bilan qoplangan bo‘ladi. Oqova suvlarning biofiltrlar vositasida biologik tozalanishi sug‘oriladigan joylarda yoki filtrasiya dalalarida amalga oshiriladigan biologik tozalanishda o‘xshash, lekin bu uslubda biologik oksidlanish jadalroq yuz beradi. Aerotenklar temir beton rezervuar bo‘lib, undan faol loyiha bilan aralashtirilgan oqova suvi aerasiyaga duch kelib oqib o‘tadi. Faol loyiha qo‘ng‘ir rangli pag‘a-pag‘a xildagi zarrachalardir. U asosan bakterial xujayralardan iborat. Odatda pag‘a-pag‘ani yuzasida, ularning orasida yoki ichida xilma-xil sodda organizmlar mavjud bo‘ladi. Faol loyihadagi organizmlarning ozuqa manbai oqova suvning iflosliklari hisoblanadi. Oqova suvdagi moddalar faol loyqa yuzasidan sorbsiyalanadi. Faol loyqaning oqova suvi bilan to‘qnashganidan bir necha daqiqadan so‘ng undagi biologik moddalar konsentrasiyasi teng yarimga kamayadi. Erigan biologik moddalar permeaza fermentlari tasiri tufayli bakterial xujayralarning ichkarisiga o‘tkaziladi va ular parchalanib qayta tiklanadi. Aerotenklarga o‘tgan oqova suvning tarkibida muallaqholatda bo‘lgan moddalar ham faol loyqaning yuza qismi tomonidan sorbsiyalanadi (yutiladi). Qisman, ular bakteriyalar bilan birga hayvonlarning ozuqasiga aylanadilar, qisman fermentlar ta’sirida parchalanib eriydigan moddalarga aylanadi va mikroblar tomonidan o‘zlashtiriladi. Biologik tozalash jarayonida oqova suvlar tarkibidagi hamma bakteriyalardan, ayniqsa kasallik keltirib chiqaruvchilaridan xolos bo‘lish imkoniyati yo‘q. Shu sababli biologik tozalashni amalga oshirilgandan so‘ng suv suyuq, xlor yoki xlorli oxak bilan dezinfeksiya qilinadi. 1.3-§. Oqava va chiqindi suvlarini tozalash tizimidagi mavjud muammolar Hozirgi kunga kelib chuchuk suvning tabiiy xom ashyo sifatidagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. Kundalik hayotda va sanoatda foydalanilganda suv mineral va organik moddalardan kelib chiqadigan turli moddalar bilan ifloslanmoqda. Bu ifloslangan suv chiqindi suv deb ataladi. Sanoatning tobora rivojlanishi sanoat oqava suvlarining suv havzalariga salbiy ta’sirini oldini olish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Ko‘pgina zamonaviy texnologik jarayonlar oqava suvlarni suv havzalariga oqizish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarmoqda. Sanoat korxonalari oqava suvlarining tarkibi, xossalari va oqim tezligining haddan tashqari xilma-xilligi tufayli ularni mahalliy, dastlabki va to‘liq tozalash uchun aniq usullardan, shuningdek, inshootlardan foydalanish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Har bir sanoat korxonasining muhandislik kommunikatsiyalari tarkibida kanalizatsiya tarmoqlari va inshootlari majmuasi mavjud bo‘lib, ular yordamida korxona hududidan chiqindi suv chiqariladi. Shuningdek oqava suvlarni oldindan tozalash va ulardan qimmatli moddalar va aralashmalarni olish uchun qurilmalar yaratish va mavjudlarini takomillashtirish zarurati mavjud. [2, 3]. Oqava suvlarni tozalash usullarini mexanik, fizik-kimyoviy va biokimyoviy usullarga bo‘linadi. Mexanik oqava suvlarni tozalash inshootlari erimagan aralashmalarni ushlab qolish va oqava suvdan ajratib olish uchun mo‘ljallangan. Bunga quyidagilar kiradi: panjaralar, elaklar, qum qopqonlari, cho‘ktirish tanklari, turli ko‘rinishdagi filtrlar. Panjara va elaklar organik va mineral kelib chiqadigan katta miqdordagi ifloslanishlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Qum tuzoqlari mineral tarkibidagi aralashmalarni, asosan qumni ajratish uchun ishlatiladi. Sedimentatsiya tanklari cho‘kma va suzuvchi kanalizatsiya ifloslantiruvchi moddalarni ushlab turadi. Shahar oqava suvlarini mexanik tozalash bilan erimagan ifloslantiruvchi moddalarni 60% gacha saqlab qolish mumkin. Texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda shahar oqava suvlarini tozalashning fizik va kimyoviy usullari juda kam qo‘llaniladi. Bu usullar asosan sanoat oqava suvlarini tozalash uchun ishlatiladi. Sanoat chiqindi suvlarini fizik-kimyoviy tozalash usullariga reagent bilan ishlov berish, sorbsiyalash, ekstraksiyalash, bug‘lantirish, gazsizlantirish, ion almashish, ozonlash, elektroflotatsiya, xlorlash, elektrodializ va boshqalar kiradi [4]. Oqava suvlarni biologik tozalash usullari mikroorganizmlar uchun oziq-ovqat manbalari bo‘lgan erigan organik birikmalarni mineralizatsiya qiluvchi mikroorganizmlarning hayotiy faoliyatiga asoslanadi. Biologik tozalash inshootlarini shartli ravishda ikki turga bo‘lish mumkin. Birinchi turga biologik tozalash jarayoni tabiiy sharoitga yaqin sharoitlarda (filtrlash maydonlari va biologik hovuzlar) amalga oshiriladigan inshootlar kiradi. Ikkinchi turdagi inshootlarda shunga o‘xshash tozalash sun’iy ravishda yaratilgan sharoitlarda - aerotanklar va biofiltrlarda amalga oshiriladi. Panjara bilan tutilgan ifloslanish tozalash stansiyalari hududidan chiqariladi yoki cho‘kindilar bilan birga maydalanadi va qayta ishlanadi. Qum tuzoqlaridan qumlar oqva suvdan ajratib olib maxsus qum maydonlariga jo‘natiladi. Birlamchi cho‘ktirgichlardan olingan loy va ikkilamchi cho‘ktirgichlardan siqilgan loy (faollashtirilgan loy) parchalanuvchilarga - anaerob mikroorganizmlar ta’sirida organik moddalar minerallashgan germetik rezervuarlarga yuboriladi. Parchalanuvchilar o‘rniga anaerob stabilizatsiya usulini qo‘llash mumkin. Cho‘kindilarning namligini yanada pasayishiga mexanik qurilmalarda - vakuum filtrlarida, filtr presslarida, sentrifugalarda erishish mumkin. Loy qatlamlari parchalanuvchilarda parchalanadigan loyni tabiiy sharoitda suvsizlantirish uchun tashkil etilgan [5]. Oqava suvlarni tozalash jarayonida oqava suvning sifatli tozalalanishiga salbi ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ham vajud. Bulardan birinchi sabab urbanizatsiya darajasining ortishi, ishlab chiqarish korxonalarining soni ortishibi bilan oqava suvning ham miqdori ortishidir. Oqava suv miqdorini ortishi esa oqava suv tozlash inshoatlarida qo‘shimcha quvvat talab etishiga olib keladi yoki qayta madernizatsiya qilinmagan insoatlar esa talab darajasida oqava suvni tozalaly olmaydi. Oqva suv tozalash inshoatlarida oqav suvning xususuiy parametrlarini real vaqt rejimida aniqlash va olingan ma’lumotga asosan texnologik jarayonni tavom ettirish zarur. Aks holda oqava suv kerakli talablarga javob bermasligi va tashqi muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Andijon shahar “Oqava suvlarni tozalash inshoati” misolida oqav suv tozalash jarayonini avtomatlashtirish va tizimni sifatli avtomatik boshqarishda turli muammolar o‘rganib chiqildi. Oqava suv tarkibidagi kimyoviy moddalarni va xususiy parametrlarini sensorlar orqali aniqlash va real vaqt rejimida ma’lumotlarnini baza berish, olinga ma’lumotlaga ko‘ra qurulmalarni boshqarish va oqava suvni tozalik darajasini yanada oshirish mumkin. Real vaqt rejimida ishlash oqava suv holatini doimiy nazorat qilshaga yordab beribma’lumotlar bazasini shakillantirishga yordam beradi. 1.4-§. Oqava va chiqindi suvlarini tozalash tizimidagi rivojlanish tendensiyalari Suv resurslari muhim va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosi bo‘lib, odamlar xavfsizligi va turmush darajasini ta'minlash bilan bog'liq. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining rivojlanishi va aholi turmush darajasining yuksalishi munosabati bilan oqava suvlarni oqizish kun sayin ortib bormoqda, oqava suvlarni tozalash sanoati oldida esa ulkan vazifalar turibdi. Chiqindilarni tozalash jarayoni shundan iboratki, ma'lum bir tozalashdan so‘ng suv belgilangan me'yoriy me'yorlarga javob berishi kerak va tozalashdan keyingi suv suv omborlarida ishlatilishi mumkin. [1] 1.8-rasm. Oqava suvlarni tozalash jarayonining blok diagrammasi. Chiqindilarni tozalashning asosiy jarayoni oqava suvning kanalizatsiya inshootlariga tushishi va quyidagi ketma-ketlikda tozalanishi bilan boshlanadi. Download 372.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling