I bob. Oqava va chiqindi suvlarni tozalash jarayonining nazorat qilish va avtomatikasining hozorgi holati
Download 372.88 Kb.
|
1 - Bob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqova suvlaning hosil boilshi, tarkibi va xossalari .
Oqova suvlaning hosil boilshi, tarkibi va xossalari. Yer usti va yer osti suvlarini har xil moddalar va mikroorganizmlar ifloslantiradi. Natijada suvning sifati yomonlashib, ichish va ishlatishga yaroqsiz holga keladi. Maishiy-kommunal xo‘jaliklarda, sanoat korxonalarida va qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orishda ishlatilgan suvlarning ochiq suv havzalariga tushishi hisobiga undagi suvlar ifloslanadi. Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, aholisi bir milliondan ortiq bo‘lgan shaharda bir kecha-kunduzda o‘rtacha 600 ming m3 toza suv ishlatilsa, uning 500 ming m3 oqava suvga aylanadi [1,2]. Oqava suvlar deb qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orishda, sanoat korxonalarining texnologik jarayonlarida va maishiy-kommunal xo‘jaliklarda foydalanib turli zararli moddalar bilan ifloslangan suvlarga aytiladi. Ko‘p hollarda yog‘in-sochin suvlarini ham oqava suvlar qatoriga kiritiladi [2]. Oqava suvlar tarkibiga ko‘ra mineralli, organik. bakterial va biologik ifloslangan suv turlariga bo‘linadi. Mineralli oqava suvlar tarkibida noorganik birikmalar - qum, tuproq, ruda, shlak, mineral tuz zarrachalari, kislotalar va ishqorlar bo‘ladi. Organik oqava suvlar kelib chiqishiga ko‘ra ikkiga, ya’ni o‘simliklar va hayvonlar tomonidan ifloslangan suvlarga bo‘linadi: agar suvda o‘simlik, meva, poliz mahsulotlari va o‘simlik yog‘lari qoldiqlari bo‘lsa, o‘simlik mahsulotlari bilan ifloslangan suv bo‘ladi. Hayvonlarni boqish va saqlash vaqtida ifloslangan suvlar, shuningdek, odamzod tomonidan foydalanib, ifloslangan suvlar ham organik oqava suvlar deyiladi. Bakterial va biologik ifloslangan suvlar deb esa kishilaming kundalik hayoti davomida ishlatilib ifloslangan suvlar va ayrim sanoat korxonalari tomonidan organik xomashyolami qayta ishlash natijasida ifloslangan suvlarga aytiladi [2]. Dunyo bo‘yicha bir yilda kishi boshiga o‘rtacha 30 m3 suv ishlatadi. Uning 1 m3 ichish uchun sarflanadi. Ba’zi bir mamlakatlarda 1 kishiga yiliga bor-yo‘g'i 2 m3 suv to‘g'ri keladi. Sanoatda suv xomashyo, erituvchi, issiqlik tashuvchi va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Juda ko‘p sanoat korxonalarida, jumladan, metallarni qayta ishlash, mashinasozlik, koks kimyosi, issiqlik elektr stansiyalarida suv sovutkich sifatida ishlatiladi. Suv issiqlik tashuvchi sifatida ishlatilganda ifloslanmaydi, biroq xomashyo jihozlarni sovitish uchun ishlatilganda suv turli xil moddalar bilan ifloslanadi [1,2]. Oqova suvlar hosil bo‘lishi sharoitiga qarab maishiy, fekal, atmosfera va sanoat oqova suvlariga bo‘linadi. Xo‘jalik-maishiy oqova suvlari — bu dush, yuvinish, hammom, kirxona, ovqatlanish xonalari, hojatxona, polni yuvishdan hosil bo‘ladigan suvlar hisoblanadi. Bu suvlarning tarkibida taxminan 58% organik va 42% mineral moddadan iborat aralashmalar hosil bo‘ladi. Atmosfera oqova suvlari — yomg‘ir va qor erishidan paydo bo‘ladigan va korxana hududidan oqib chiqadigan suvlar. Ular organik hamda mineral qo‘shimchalar bilan ifloslangan bo‘ladi. Sanoat oqova suvlari organik va noorganik xomashyoni qayta ishlash va qazib olishda hosil bo‘ladi. Texnologik jarayonlarda oqova suvlarni hosil qiluvchi manbalarga quyidagilar kiradi: kimyoviy reyaksiyalar borishi natijasida hosil bo‘ladigan suvlar (ular boshlang‘ich moddalar va reaksiya mahsulotlari bilan ifloslanadi); 2) xomashyo va boshlnng'ich mahsulotlardagi erkin va bog‘langan hamda qayta ishlash jarayonlarida hosil bo‘ladigan namlik ko‘rinishidagi suv; 3) xomashyo, mahsulot va qurilmalarni yuvishdan so‘ng hosil bo‘ladigan suv; 4) oqadigan suvli eritmalar; 5) suvli ekstraktlar va absorbentlar; 6) sovituvchi suvlar; 7) boshqa oqova suvlar; vakuum-nasoslardan, aralashtirish kondensatorlaridan, gidrozol yo‘qotishdan, idishlarni, qurilmalarni va binolarni yuvishdan tushadigan suvlar. Oqova suvlarning miqdori va tarkibi ishlab chiqarish turiga bog‘liq. U quyidagi sintetik birikmalar bilan ifloslanadi: biologik anorganik birikmalar; kam zaharli noorganik tuzlar; neft mahsulotlari; biogen birikmalar; o‘ziga xos zaharli moddalar, jumladan, og‘ir metallar, parchalanmaydigan organik sintetik birikmalar. Oqova suvlar tarkibida erigan anorganik va organik birikmalar, muallaq dag‘al dispers va kolloid aralashmalar, ba’zan erigan gazlar (vodorod sulfid, karbonat angidrid va boshqalar) bo‘ladi. Tayyor mahsulot olish uchun texnologik siklni to‘liq o‘tishda foydalanilgan suv boshlang‘ich, oraliq va oxirgi mahsulotlar bilan ifloslanadi. Masalan, mineral o‘g‘itlar va noorganik moddalar ishlab chiqarish korxonalaridagi oqova suvlar, kislotalar, ishqorlar, har xil tuzlar (ftoridlar, sulfatlar, fosfatlar, fosfitlar va boshqalar) bilan, asosiy organik sintez ishlab chiqaruvchi korxonalar oqova suvlari - yog‘ kislotalari, aromatik birikmalar, spirtlar, aldegidlar bilan; neftni qayta ishlash korxonalarining suvlari — neft mahsulotlari, yog‘lar, smolalar, fenollar, SFM lar (sirt faol moddalar) bilan; sun’iy tola, polimer, har xil sintetik smolalar ishlab chiqaruvchi korxonalarning oqova suvlari — monomerlar, yuqori molekulali moddalar, polimer zarrachalari bilan ifloslangan bo‘ladi. Oqova suvlarning zararlilik darajasi undagi ifloslantiruvchi moddalarning (zaharlilik) xususiyati va tarkibiga bog‘liq. Og‘ir metaHaming tuzlari, sianidlar, fenollar, vodorod sulfid, kanserogen moddalar va boshqa shu kabi moddalar oqova suvning yuqori darajada zaharlanishiga va hidi o‘zgarishiga olib keladi. Oqova suvlarning ishqoriy yoki kislotali bo‘lishi quvur materialiga, kanalizatsiya kollektorlariga va tozalovchi inshootlaming uskunalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Sanoat oqova suvlarining ifloslilik darajalari doimo nazorat qilib turiladi. U quyidagi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi: Organoleptik ko‘rsatkichlar (suvning rangi, mazasi, hidi, tiniqligi, loyqaligi va boshqalar). Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlar (optik zichligi, pH, harorati, elektr o‘tkazuvchanligi, ishqoriyligi, kislotaliligi, qattiqligi, oquvchanligi, zichligi, sirt tarangligi va boshqalar). Erigan organik va anorganik moddalar aralashmasining miqdori, kislorodga bo‘lgan kimyoviy ehtiyoj va kislorodga bo‘lgan biokimyoviy ehtiyoj. Dag‘al dispers, kolloid zarrachalar shaklida aralashmalarning mavjudligi. Oqova suvlarning tahlili organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarni aniqlashdan boshlanadi. So‘ngra iflos aralashmalaming umumiy miqdorini quritish orqali aniqlanadi. Qurigan qoldiq qizdirilganda uning miqdorining kamayishi oqova suvda organik modda borligini bildiradi. Ko‘pincha oqova suvlar qizdirilganda anorganik moddalar ham uchib ketishi mumkin. Shuning uchun organik moddalarning borligini kislorodga bo‘lgan kimyoviy ehtiyoj (KBKE) va kislorodga bo‘lgan biokimyoviy ehtiyoj (KBBE) ni aniqlash yordamida isbotlanadi. KBKE — kislotali muhitda oksidlovchi modda — kaliy permanganatga (KMnO4) yoki kaliy bixromat (K2Cr2O7) ga ekvivalent miqdorda sarflanayotgan kislorodning miqdori. KBBE — ma’lum vaqt davomida organik aralashmalami aerob biologik parchalanishi uchun sarflanayogan kislorodning miqdori va u permanganatli yoki bixromatli oksidlanish yo‘li bilan aniqlanadi. Har ikkala usulda ham kislorodning miqdori sarf bo‘layotgan oksidlovchi, ya’ni KMnO4 yoki K2Cr2O7, ning miqdoriga ekvivalent bo‘lishi kerak. Ifloslangan oqova suvlar miqdorini kamaytirishning qator yo‘llari mavjud. Ularga quyidagilar kiradi: Chiqindisiz texnologik jarayonlarini yaratish va qo‘llash; Mavjud jarayonlarni takomillashtirish; Zamonaviy qurilmalarni yaratish va qo‘llash; Havoda sovitish qurilmalarini qo‘llash; Aylanma va yopiq tizimlarda tozalangan oqova suvlarni qo‘llash. 1.2-§. Oqava va chiqindi suvlarini tozalash usullari. Odatda, sanoat, qishloq xo‘jaligi korxonalari, shahar aholi punktlari faoliyatidagi chiqindilarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: Eriydigan moddalar. Eritmaydigan moddalar. Chiqindi suvlarni tozalash usullarini quyidagilarga bo‘lish mumkin. Biologik, fizik-kimyoviy - eruvchan zarralar uchun. Mexanik - erimaydigan zarralar uchun. Download 372.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling