Energetik suvlar bug‘ olish, qurilmalar, binolar va mahsulotlarni isitishda ishlatiladi. Texnologik jarayonda ishlatiladigan suvning sifati aylanma suv tizimlaridagi suvning sifatidan yuqori boilshi kerak. Suvning sifati deganda, uning sanoat korxonasida ishlatilishi mumkinligini ta’minlovchi fizik, kimyoviy, biologik va bakteriologik ko‘rsatkichlari yigindisi tushuniladi. Ba’zan tarkibida tuz miqdori 10—15 g/m3, qattiqligi 0,01 mol-ekv/m3 dan yuqori bo‘lmagan va oksidlanishi 2 g 02/m3ga teng bo‘lgan suv kerak bo‘ladi.
Korxonalarda toza suv sarfini kamaytirish maqsadida aylanma va yopiq tizimli suv ta’minoti hosil qilinadi. Aylanma suv ta’minotida oqova suvlarni zaruriy tozalash, aylanma suvni sovitish, ishlov berish va takroriy ishlatish ko‘zda tutiladi. Aylanma suv ta’minotini qo‘llash tabiiy suv sarfini 10-15 marta qisqartiradi. Aylanma suv karbonat qattiqlik, pH, muallaq zarrachalar va biogen elementlar, KBKE (kislorodga bo‘lgan kimyoviy ehtiyoj), KBBE(kislorodga bo ‘lgan biologik ehtiyoj) ko‘rsatkichlarining ma’lum miqdorlariga mos kelishi kerak.
Aylanma suv asosan, issiqlik-almashtiruvchi qurilmalarda ortiqcha issiqlikni chiqarib yuborish uchun ishlatiladi. U ko‘p marotaba 40 ÷ 5°C gacha isitiladi va purkovchi havzalarda sovitiladi. Uning anchagina qismi purkash va bug‘lanish natijasida yo‘qoladi. Issiqlik-almashtiruvchi qurilmalarining buzilishi va nosozligi tufayli u ma’lum me’yorda ifloslanadi.
Texnologik suv sifatiga qo‘yiladigan talablar
2-jadval
Ko‘rsatkichlar
|
Kimyoviy
tolalar
ishlab
chiqarish
sanoati
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |