I bob. O’quvchi va o’qituvchi muloqatida muomla madaniyatining nazariy asoslari. 1 Sharqona tarbiya va uning muloqatga ta’siri
Download 1.88 Mb.
|
Clayd tayyor
Maktabda ta‘lim-tarbiya ishlarining samaradorligi faqat o’qituvchining tayyorgarligi, ma‘naviy qiyofasi va o’z vazifasini qanday bajarishigagina bog’liq bo’lmay, balki bola yashaydigan muhit va oilaning ta‘siriga ham bog’liqdir. Oila bolani axloqiy tarbiyalash, uning ma‘naviy-axloqiy yo’nalishlarini shakllantirishning muhim omilidir.
Bola maktabga qadam qo’yganda yaxshi va yomon narsalar haqida o’z tasavvuriga ega bo’ladi. O’qituvchi bolada qanday axloqiy tushunchalar mavjudligini va axloqiy fazilatlar qanday sharoitda shakllanganligini ham bilmog’i creak. Shuning uchun ham muallim o’quvchilarning ota-onalari bilan aloqa bog’lab, bolani tarbiyalashda ular bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishi darkor. Tarbiyaning samaradorligi ko’pincha oila va maktabning bolaga nisbatan bir xil talab qo’ya bilishiga bog’liq. Shuning uchun ham pedagogik axloqda o’qituvchi bilan ota-onalarning o’zaro munosabatlari, muomalasiga katta e‘tibor beriladi, muallim oila bilan aloqa va hamkorlik qilmasdan turib, bolani axloqiy tarbiyalash vazifasini bajara olmaydi.
Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling