I-bob. O’rta osiyoda davlat muassasalari va ularning davlat boshqaruvidagi o’rni
Download 226.81 Kb. Pdf ko'rish
|
Buxoro
- Bu sahifa navigatsiya:
- K u r s ishi o’rganganlik darajasi.
Kurs ishi davriy chegarasi sifatida asosan, Buxoro amirligi tashkil topgan
davrdan boshlab, ya’ni, XVIII asr ikkinchi yarmi – XX asrning 20- yillarigacha Buxoro amirligidagi davlat muassasalari faoliyati yoritishdan iborat. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi XVIII asrning o’rtalaridan va XX asrning 20-yillarida Buxoro amirligi davlat muassasalari faoliyati yoritishdan iborat. Bunda quyidagi vazifalar belgilangan: – XVIII asrning 50-yillari – XX asrning 20-yillari Buxoro amirligidagi davlat muassalarini faoliyati va strukturasini o’rganish; – Buxoro amirlidagi davlat muassasalarining Qo’qon xonligi va Buxoro amirligi davlat muassasalari faoliyati bilan o’zaro solishtirish, taqqoslash; – XVIII asrning 50- yillari va XX asrnin 20-yillari Buxoro amirlidagi davlat muassalarini faoliyatini arxiv manbalari orqali yoritib berish; – bitiruv malakaviy ish yakuniga ko’ra zarur xulosalar berish. K u r s ishi o’rganganlik darajasi. Buxoro amirligining davlat muassasalari faoliyatini bugungi kungacha o’rganilmagan, ammo amirlik tarixining u yoki bu jihatlarini bir qator sharqshunos, o’lkashunos va tarixchi olimlar 4 tomonidan muayyan darajada ilmiy tadqiqotlar olib borilganligini e’tirof etish lozim. Jumladan, davlatchilik masalalari bo’yicha Ular qatorida xususan, E. K. Meyendorf, A.A. Semenov, P.Ivanov, O.Chexovich, N.A.Xalfin, G.A.Mixaleva, A.Vildanova, B.Iskandarov, A.R.Muhammadjonov, H.N.Bobobekov, Sh.Karimov, M.Sodiqov, D.Valiyeva, I.G.Nizamuddinov, B.Xo’jayeva, B.Mannonov, Z. Rahmonqulova, H.To’rayevlarning tadqiqotlarini ko’rsatib o’tish mumkin 2 . Mustaqillik yillarida yaratilgan Buxoro amirligi tarixiga oid ayrim ma’lumotlarni bir qator tarixchilarining asarlaridan ham olish mumkin. Jumladan, H. Boboyev, Z. Xidirov, R. Xoliqova, Yu. Shukurullayev, B. Xodjayeva, B. Eshov kabi olimlar asalarini, Buxoroning 2500 yillik yubileyiga bag’ishlangan turli mavzudagi 3 risolalarni ham aytib o’tish lozim. Mazkur manbaalarda Buxoro amirligi ijtimoiy – siyosiy hayoti, amirlikrning shajaraviy tarixi, xonlikning XX asrning 20 yillaridagi hayoti, xonlikning tugatilishi, “Yosh buxoroliklar” harakati hamda xonlikdagi madaniy rivojlanish, ya’ni Rossiya imperiyasi bosqinidan keyin ham Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy sohalar haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Download 226.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling