I bob. O’rta osiyoning rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va milliy ozodlik harakatlari tarixshunosligi
O’ZBEKISTONNING XX ASR TARIXIGA OID MANBALAR
Download 56.05 Kb.
|
O’ZBEKISTONNING XX ASR TARIXIGA OID MANBALAR.
XX asr boshlarida O’rta Osiyo xalqlari Rossiya imperiyasi tarkibiga kirar edi va har bir siyosiy voqea shu hududda yashovchi xalqlarning hayotida o’z aksini topadi. XX asr jahon tarixida burilish yasadi. Kapitalizm imperializmga aylanib borib, ko’pgina xalqlarni ayovsiz eksplutasiya qilardi. Qashshoqlik va boshboshdoqlik turli xil ijtimoiy inqiloblarga olib keldi. Rossiya rivojlanish 162 jihatdan eng qoloq kapitalistik davlatlardan biri edi va ijtimoiy taraqqiyot jihatidan halokat yoqasiga kelib qolgan edi. Rossiya imperiyasining qiyofasini 1904-1905 yillardagi Rus-Yapon urushi ko’rsatib berdi, bu urushda Rossiya sharmandalarcha mag’lub bo’ldi. Mag’lubiyatdan so’ng 1-rus inqilobi (1905-1907yy.) bo’lib o’tdi. Shundan so’ng, Rossiya 1-jahon urushigacha tortiladi. Uzoq davom etgan urushda ishtirok etish, iqtisodiy qoloqlikka olib keldi. Bu yangi ijtimoiy portlashga olib keldi. 1917 yilda bolsheviklar qonuniy Muvaqqat hukumatni ag’darib, hokimiyatni egalladilar va yangi davlat apparatini tuzdilar. Turkiston ham bu siyosiy voqealardan chetda qolmadi. 1905-1907 yillarda Samarqandda sosial-demokratik partiya tashkil etildi, temir yo’l deposi ishchilari namoyishlar uyushtirdilar. Rus hukumati ishchilarining 8 soatlik ish kuni haqidagi talabini qondirdi. Shuningdek, yirik xalq qo’zg’olonlari 1916 yilda Turkistonning muhim sanoat markazlarida bo’lib o’tdi. Bolsheviklarning hokimiyat tepasiga kelishi bilan mustaqil rivojlanishga bo’lgan intilishlar yo’q qilindi. Sovet hukumati Rossiya imperiyasining boshqa tomoni edi, hattoki chegaralar ham o’zgarmadi. Yangi sovet, to’g’rirog’i kommunistik hukumat tezlash metodi yordamida sosialistik asoslarni yaratmoqchi bo’ldi va buning uchun quyidagi masalalarni hal qilish lozim deb hisobladi: 1. Ishlab chiqarishni industriallash; 2. Qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish; 3.Madaniy inqilob. Bu masalalarni amalga oshirishning aniq chegaralarini ko’rsatib berdi. Stalin rahbariyati o’zlari xohlagan narsani haqiqat deb ko’rsatishga urinib, 30-yillarning oxirlarida sosializm qurilganligini e’lon qildi. Tez orada mamlakat 6 yil davom etgan 2-jahon urushiga tortiladi. Urushdagi g’alaba Stalin hokimiyatni mustahkamladi va uning repressiya mashinasi qaytadan ishga kiritildi. Siyosiy tizimda hech qanaqa o’zgarishlar ro’y bermadi. Shaxsga sig’inishning tanqid ostiga olinishi demokratik o’zgarishlarga olib kelgandek ko’rinsada, lekin ular vaqtinchalik xarakterga ega edi. Siyosiy rahbariyat jamiyatni demokratlashtirishni o’ylamasdan, aksincha kommunistlar partiyasi o’rnini mustahkamladi. 80-yillar boshida hokimiyat tepasiga demokratik fikr yurituvchi rahbarlarning kelishi bilan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotning barcha tarmoqlarida qayta qurish boshlandi. Bu kommunistik tizimning parchalanishi bilan tugallandi. Turkistonda sovet tuzumining o„rnatilishini aks ettiruvchi manbalar.1917-yil 29-fevralda Rossiyada demokratik inqilob g’alaba qozondi. 2-martda podsho taxtdan voz kechdi va Muvaqqat hukumat tuzildi. 1917 yil mart-aprel oyi siyosiyuyg’onish davrida, asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida jadidlar harakat qildi. Aynan ular mitinglar tashkil etib, buning natijasida «Sho’roi Islom» nomi ostida mahalliy xalq deputatlar kengashini tashkil qildi. 7-15-aprelda Ishchi va Soldat 163 deputatlarining 1-Butun Turkiston Kengashi s‘ezdi faoliyat ko’rsatdi. Turkistonda siyosiy, diniy, davlat tashkilotlarining tashkil etilishi masalalari juda murakkab. Misol uchun «Sho’roi Islom» va «Sho’roi Ulamo» vakillarining asosiy qismi ruhoniylardan iborat bo’lib, ular «Sho’roi Islom»chilar bilan birgalikda harakat qilmadilar, bundan esa keyinchalik bolsheviklar mohirona foydalandilar. Bolsheviklar ularni bita-bitta yo’q qildilar. Shuningdek, islomchilarning o’z qatorlarida ham birlik yo’q edi. Turkiston musulmonlarining 1-chi siyosiy partiyasi faoliyatiga ham alohida e‘tibor berishimiz lozim. Turkiston federatlari partiyasi Turkistonning davlat statusi, uning markaz bilan munosabatlari masalalarini muhokama qildi. Bu Abdurashidxonov, Mahmudxo’ja Behbudiy va bir qator boshqa mutaxassislar milliy-hududiy prinsip asosida avtonom demokratik respublika tuzish masalasini asoslab berdilar. Bu sohada O’zbekiston tarixchi olimlarining ilmiy ishlari chop etildi. Bu davrga oid eng muhim manbalar, Sovet hokimiyati tomonidan e‘lon qilingan dekretlardir. («Yer haqida», «Tinchlik haqida» dekretlar). O’sha davrining muhim manbalari sifatida Sovetlar s‘ezdining, partiyaning qarorlarini ko’rsatish mumkin. Chunki hujjatlarga qarab u yoki bu masalaning ahvoli haqida bilish mumkin. Asosiy o’rinni Turkiston mustaqilligi uchun kurash to’g’risidagi masala, mustaqillik tarafdorlarining repressiya qilinishi yoki uzoq muddatga qamoqqa olinishi bilan izohlandi. Bu savollarga javob berish uchun «Fan va turmush», «Xalq so’zi», «Pravda Vostoka» ro’znomalarining 1988-1995 yilgi sonlarini ko’zdan kechirish lozim, masalan: «Pravda Vostoka»ning 1988 yil № 15-17 sonlarida «Fayzulla Xo’jaev» maqolasi chop etilgan. Unda 1937 yil 41 yoshida repressiya qilingan, O’zbekistonning ko’zga ko’ringan davlat arbobi Fayzulla Xo’jaevning hayot yo’li qisqacha ochib berilgan. Maqolada kommunistik ideologiyaning ta‘siri sezilsada, bu qonunsiz ravishda reabilitasiya qilingan ishlarini oqlashga tashlangan dastlabki qadam edi. Sovet hokimiyati yillarida nashr etilgan manbalar har doim ham o’sha davr voqealarini to’laqonlicha yoritmaydi. Chunki u kommunistik g’oya-qoliplariga kiritib qo’yilgan edi. Shuning uchun ham 80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida chop etilgan maqolalar muhim faktor bo’lib xizmat qiladi. O’rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi masalalari XX asr 20-yillari matbuotida. 1920 yilning boshlarida Turkkomissiya raisi Ya.Rudzutak Turkiston ASSRni bo’lib tashlash va milliy til belgisiga qarab muxtor (avtonom) respublikalar tuzish masalasini qo’ydi. Milliy respublikalar tuzish zarurligi g’oyasi tashabbuschilari bu masalani yerli xalqlar hayotida tengsizlik mavjudligi, milliy mojarolar kuchayib borayotgani bilan asosladilar. Bolsheviklar O’rta Osiyoda yashab kelayotgan millatlarning ushbu geografik hamda siyosiy chegara ichida ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiy qilishi mumkin emas deb topdilar. Ushbu masala yuzasidan matbuotda e’lon qilingan maqolalarni tahlil qilinar ekan, ularni mazmuni va mohiyatiga qarab quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: O’rta Osiyoni milliy-hududiy chegaralash masalasiga doir savollar va murojaatlar; Markazdan yuborilgan va mahalliy rahbarlarning O’rta Osiyoni milliy hududiy chegaralash masalasidagi fikrlari va savollarga javob maqolalari; O’rta Osiyoni milliy-hududiy chegaralash masalasida milliy-etnik nizolarning oldini olishga bag’ishlangan maqolalar; Xorazm Xalq Sovet Respublikasining milliy-hududiy chegaralanishga tortilishi masalasi; O’zbekiston SSRning tashkil topishi va uning poytaxti masalasi; Xorijdagi vatandoshlarimizning O’rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishiga oid maqolalari; O’rta Osiyoni milliy respublikalarga bo’lish masalasi o’rtaga tashlangach, davriy matbuotda milliy ziyolilarning ushbu masalaga oid turli-tuman savollari va murojaatlari chiqa boshladi. «Milliy jumhuriyatlarga ayrilish kerakka o’xshaydir. Busiz iloj yo’q ekan. Ayrilish Turkiston doirasida bo’lsunmi yoxud O’rta Osiyo masshtabidami? Milliy jumhuriyatlar bo’lgach, uni birlashtiradirgan Markaz masalasi qanday hal bo’ladir? O’rta Osiyo federatsiyasi kerakmi? Jumhuriyatlar Rusiya Sovet jumhuriyatiga bog’lanadirmi? Milliy jumhuriyatlar bevosita markazga bog’lansa, millatlar orasida iqtisodiy aloqa qanday bo’ladir? Bo’linish tartiblari va qirg’iz qozoqlar Qozog’istonga qo’shiladirmi yoxud alohida jumhuriyat bo’ladirmi? Turkmanlar, Xorazm va Buxoro turkmanlarini birlashtiradirmi? Tojik, qirg’iz avtonomiyasi qanday tuziladir?». Yuqorida keltirilgan savollar hamda murojaatlar faqatgina hukumatning rasmiy gazeta va jurnallarida emas, hatto hajviy nashr hisoblangan «Mushtum»da ham chop etildi. «Turkistonda barchadan ham katta nufuzga ega biz deb davo qiluvchi ba‘zi rus mustamlakachilarning chegarasi qaerdan boshlanadir yoki bularning respublikasini bo’yab ko’rsatish uchun bo’yoq yetmay qoldimi? Agar taqsimda xiyonat qiling’on bo’lsa, bu masala boshqatdan ko’rilsun!». Yuqorida keltirilgan muhim savollar o’rtaga tashlanganidan keyin ba‘zi bir mutassaddilar «Mushtum» nashriyoti nomidan ushbu savollarga quyidagicha javob qaytargan: «Milliyat masalasi to’g’risida axtarganimizda hech narsa ko’rsatilmagan. Milliy masalaga qaratilib bir lug’at nashr etilgandan keyin munosib bir javob berish niyatidamiz. Har holda, Sovetlar hukumatida mustamlakachilar jumhuriyati bo’lmaydir. O’rtoq, bu masala to’g’risida Angliya hukumatiga murojaat qiling!». Markazdan yuborilgan kommunistlar bilan birga mahalliy rahbar xodimlarning Turkiston mintaqasining milliy-hududiy chegaralanishi masalasidagi fikrlari rasmiy matbuotda bosilib turdi. Masalan, Zelenskiy, Aytakov, Gajuxov, F. Xo’jaev, A. Muhiddinov, S. Xo’janov, I. Xidiraliev va boshqalarning nutqlarida milliy siyosat to’g’ri hal etilishiga ishonch bilan qaraldi. 1924 yil 4-iyun kuni Moskvada 13-firqa qurultoyi bo’lib, unda Turkistondan vakil S. Xo’janov ishtirok etadi hamda unda ko’rilgan masalalar matbuotda e‘lon qilinadi. Bu qurultoyda O’rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishiga doir muhim masalalar muhokama etiladi. Eng asosiysi, milliy respublikalar tashkil topgach, O’rta Osiyo o’lkalari birikib, federatsiya tuzilishi masalasi ko’riladi. Dastlab qurultoyda O’rta Osiyo byurosi nomidan Rudzutak ma‘ruza qilganidan keyin Turkistondan borgan har bir millat vakillariga so’z beriladi. Afsuski, o’zbek, qozoq, turkman va qirg’iz millatiga mansub vakillar ham O’rta Osiyoning yagona federatsiyaga birlashishiga hali erta ekanligini ta‘kidlab, bu masalaga rad javobini beradilar. O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishningo’tkazilishi paytida milliyetnik nizolarning oldini olishga bag’ishlangan bir qator maqolalar e‘lon qilingan. Jumladan, hukumat vakillaridan biri Hojiboev milliy muxoliflikka bormaslik va etnik nizolarning oldini olishga e‘tibor qaratadi. Afsuski, milliy-hududiy chegaralanish arafasida milliy-etnik nizolar va hudud talashishlar kuzatiladi. Mahalliy ziyolilardan bo’lgan Ismoilzoda matbuotda bu kabi janjallarni to’xtatishga chaqiradi. «Milliy jumhuriyatlarga ajratish to’g’risida gazetalarimizda ko’b narsalar ko’rilmoqdadir. Bu to’g’rida «Oq jo’l», «Angbakchil qozoq» (Urunburug’da), Turkiston, Farg’ona va Zarafshonda har xil maqolalarning ichida aksarisi bir tomonliq va tor bir o’lchovda millatchilik ruhida bo’ldikim, bu matbuotimizda katta nuqson hisoblanadir. Bunday maqolalarning natijasida matbuotimizda milliy shovinizm ruhining ko’tarilishini sezamiz, hatto bu to’g’rida gazetamizning bir-birlari bilan so’kushmagi omma orasiga millatchilik shovinizmining tuxumini ekish emasmi? Masalan, «Turkiston» bilan «Oq jo’l» janjallari «Angbakchil qozoq»ning haddan oshishi, Zarafshonning chiqishi va Farg’onada Alievning maqolasi va boshqalar. Albatta, biz bu yerda aybning kimda va qaysi tomonda ekanini surishtirmay matbuotimizning bu xususida to’g’ri yo’l tutishini va uning har masalada ijtimoiy qarashga ega bo’lishini chindan tilab qolamiz». Shu bilan birga, «Yacheyka yoki rayondagi firqa a‘zolarini aldab, sen o’zbek jumhuriyatiga o’t, sen qirg’iz jumhuriyatiga o’t deb ul bechoralarni miyasini aynitishdan nima foyda bor? Tezisdan chetga chiquvchilarga tegishlik firqa idoralari chora ko’rsalar kerak» degan fikrlar matbuot sahifalarida uchragan. 1924 yil 8-mayda O’rta Osiyo iqtisodiy konferensiyasida qatnashish uchun Toshkentga kelgan Xorazm delegatsiyasi a’zolari RKP(b) MQ O’rta Osiyo byurosi raisiga «Xorazmda milliy masalaning hal qilinishi to’g’risida maktub» topshiradilar. Unda Xorazmni mustaqil ma‘muriy rayon sifatida o’zining doirasida qoldirish, shuningdek, Xorazm Respublikasi bilan Turkiston Respublikasining Amudaryo viloyatini birlashtirish taklif qilingan edi. Aslida, bu Xorazmning chegaralanish o’tkazilishini rad qilishi edi... 1924 yilning 26 iyunida yangilangan Xorazm kommunistik partiyasi Xorazm uchun ham milliy chegaralanishning zarurligini e‘tirof etadi. Xorazm Respublikasi Markaziy Ijroqo’mining raisi Sulton Qori Jumaniyozov «Keyinroq qoldik» sarlavhali maqolasida o’lkaning milliy chegaralanish uchun ortda qolganligi sababini tushuntirishga harakat qilib shunday deydi: «O’lkamizning markazdan juda uzoqda bo’lishi va yo’llarining qiyinligi sabablik ko’b masalalar bizga juda qiyin va butunlay eshitilmasdan qolar edi. Milliy chegaralash masalasi ham shunday bo’ldi. 1924 yilning yanvar oyida o’rtoq Mizlavik Xivaga kelib, milliy chegaralash masalasida doklad qildi. Lekin bu doklad bo’yicha uning asosiy qoidasini va qanday yo’lda bo’lishini bilgan odamimiz bir bo’lsa, bilmaganimiz o’n bo’ldi... O’rta Osiyo byurosining kotibi o’rtoq Korklin Xivada bo’lib, milliy chegaralash masalasida qanoatlanarlik dokladlar qildi va uning asosiy foydalarini tamoman tushuntirdi. Shundan keyin biz Xorazm o’zbeklari uchun O’zbek jumhuriyatiga qo’shilishdan boshqa chora yo’qligini tushundik. Lekin shunday bo’lgani holda qo’shilishga qaror berib, shuni O’rta Osiyo byurosiga bildirdik va qarorimizni topshirdik. Natija nima bo’lur, hozircha ma‘lum emas...» Bolsheviklarning Turkiston mintaqasini milliy chegaralashdan maqsadi ushbu o’lkalarni xomashyo yetkazib beruvchi hududiy birlikka yoki rayonga aylantirish edi. Xatto O’rta Osiyoda milliy chegaralanish jarayoni bo’layotgan bir paytda xomashyo va xo’jalikka qarab yirik shirkatlar tuzish loyihasi allaqachon yaratilgan edi. «O’rta Osiyo jumhuriyatlarini chegaralash munosabati bilan Turkiston paxtachilik shirkatini ikkiga ajratish to’g’risida loyiha tayyorlana boshlandi. Bu shirkatlarning biri «rus-o’zbek shirkati» va ikkinchisi «rus-turkman shirkati». «Rus-o’zbek shirkati» hay‘atiga O’zbekiston jumhuriyati bilan unga qaragan qozoq, qora qirg’iz, tojik rayonlari hamda Buxoro bilan Xorazmning ko’proq qismlari kiradir. Buxoro bilan Xorazmning qolgan qismlari «rus-turkman shirkati»ga kiradir. Turkiston paxtachilik shirkatining sarmoyasi bu jumhuriyatlarda ekilgan va ulardan sotib olingan paxtalarning hisobiga qarab taqsim qilinadi – ya’ni bo’linadir». Davriy matbuotda berilgan rasmiy ma‘lumotga ko’ra, O’zbekiston SSRning maydoni (tojik muzofotidan boshqa) 440 ming murabba‘cha qirim va 7 ta muzofotdan: Toshkent, Samarqand, Farg’ona, Zarafshon, Surxon, Qashqadaryo hamda Xorazmdan iborat ekanligi qayd etilgan. Toshkentda 1924 yilning 5-dekabr sanasi O’zbekiston SSRning tuzilgan kuni sifatida bayram qilingan. 5-dekabr tantanasini o’tkazish bo’yicha Rahmat Ahmadiy raisligida komissiya tuzilib, tadbirni o’tkazish rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu tantanada O’zbekiston inqilob qo’mitasi nomidan F. Xo’jaev, Butunrusiya kommunist firqasi O’rta Osiyo byurosi nomidan Zelenskiy, eski shahar ijroqo’mi firqa raykomi kasabalar byurosidan Mallaboev, bundan tashqari, Rahimboevningtabrik so’zlari yo’llangan. 1925 yil fevralda Buxoro shahrida chaqirilgan sovetlarning birinchi syezdi «O’zbekiston SSRni tuzish to’g’risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi. Bu deklaratsiyada shunday deyilgan edi: «Sovet hokimiyatining Sharqdagi avangard posti bo’lgan O’rta Osiyoda millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini amalga oshirish maqsadi bilan sobiq Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalari hududlaridagi o’zbek yerlarining qishloq va ovullari mehnatkashlar ommasi birinchi sovetlar s‘ezdi orqali bu xalqning tarixida ilk marotaba ishchi va dehqonlar O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi ta‘sis qilinganini e‘lon qiladilar». O’zbekiston SSRning poytaxti masalasi ham matbuotda ko’p muhokama qilingan. Respublika markazining Samarqand shahri bo’lishini barcha mahalliy aholi vakillari yoqlab chiqqanidan so’ng, «Markaz» ham buni tasdiqlaydi. Matbuot materiallarida keltirilgan ma‘lumotlarga qaraganda, hukumat va qator muassasalar uchun binolar qurish va shaharni obodonlashtirish maqsadida «Markaz»dan mablag’ ajratilgan. «Samarqandni markaz holiga qo’yish uchun hozirliq boradir. Buning uchun markaz million so’m berdi». To’plangan materiallarga tayanib shuni aytish mumkinki, qisqa muddatda (1924 yil 5-dekabrdan 1925 yilning 3- apreliga qadar) Buxoro va Toshkent shaharlari O’zbekiston SSRning poytaxti vazifasini bajardi. 1925 yilning 3-aprel kuni respublika poytaxti Samarqandga O’zbekiston markaziy hukumati ko’chib boradi. Poytaxtning Samarqandga ko’chib kelishi munosabati bilan shahar maydonida bayram bo’lib, unda F.Xo’jaev, Y.Oxunboboev, I.Xidiraliev, V.Ivanov va boshqalar tabrik yo’llaydilar. Jumladan, Ivanov shunday deydi: «Bu kungacha tarixda hech bir davlatning o’z poytaxtini yaxshi katta shahardan ko’ra quyiroq darajada bo’lgan shaharga ko’chirgani ko’rilmagan. Sovet hukumati bo’lsa o’z poytaxtini mehnatkashlarga eng yaqin bo’lgan joyga quradir». Xorijda yashagan vatandoshlarimiz tomonidan nashr etilgan jurnalda sovet milliy siyosati va O’rta Osiyoning milliy chegaralanishiga oid maqolalar talaygina. Jumladan, shunday jurnalning ta’sischilaridan biri bo’lgan Mustafo Cho’qay O’rta Osiyoning milliy chegaralanishi xususida shunday deydi: «Turkistonning ayrim bo’limlari - Turkmaniston, Qozog’iston, Tojikiston, O’zbekiston, Qirg’iziston sovet jumhuriyatlari bo’ldimi. Yo’qsa, qozoq, o’zbek, qirg’iz, tojik, turkman rayon va yo okruglari ataldimi - farqsizdir, Baribir, ularning hammasida O’rta Osiyo byurosi va boshqa bir ism bilan Moskva idorasining diktaturasi ostida bo’ladir». O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish jarayoni bolsheviklar milliy siyosatining yangi bosqichi bo’lib, bunda milliy mojarolarning oldini olishi va hududlarning iqtisodiy taraqqiy etishi belgilangan edi. Ammo milliy nizolar, ya’ni hudud talashishlarning davom etishi natijasida Turkiston mintaqasining yaxlitligiga putur yetdi. Sovet namunasida tuzilgan mazkur respublikalar iqtisodiyoti bir yoqlama, sobiq Ittifoqning xomashyo yetishtiradigan chekka hududlariga aylantirildi. Download 56.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling