Sovet hokimiyatining buxorova xivaga ekspansiyasi Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism
Download 29.86 Kb.
|
Murodullayev Nodir
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Xulosa. Xivada sovet hokimiyatining ornatilishi va yangi davlat organlarining tasis qilinishi
Sovet hokimiyatining buxorova xivaga ekspansiyasi Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism. 1. Xivada sovet hokimiyatining o'matilishi va yangi davlat organlarining ta'sis qilinishi. 2. Buxoroda sovet hokimiyatining o'matilishi va yangi davlat apparatining tashkil qilinishi. 3. Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikasi davlat tuzumi. III. Xulosa. Xivada sovet hokimiyatining o'rnatilishi va yangi davlat organlarining ta'sis qilinishi 1917-yil oktabrda Rossiyada amalga oshirilgan harbiy to'ntarish va Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy voqealar, ayniqsa o'lka xalqlarining istiqlol uchun, milliy-ozodlik uchun muqaddas kurashga otlanishlari Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududidagi xalqlarga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. 1868-yilda Rossiya bilan Buxoro amirligi va 1873-yilda Rossiya bilan Xiva xonligi o'rtasida imzolangan bitimlarga asosan har ikkala davlat Rossiyaning yarim mustamlakasi -- vassallari hisoblanardi. Ular chet el davlatlar bilan mustaqil sur'atda biror-bir sohada aloqa qila olmas edilar. Buxoro amirligi va Xiva xonligida monarxistik tuzum hukmron edi, ya'ni amir va xon o'z hududlarida cheklanmagan hukmronlik mavqeyig11 ega bo'lgan, Buxoro va Xiva hududlari ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotda juda orqada edi. Bu yerda sanoat ishlab chiqarish munosabatlari to'g'risida so'z ham bo'lishi mumkin emas. 1912—1913-yillarda Xiva xonligidagi turkmanlarning chiqishlari, 1916-yiIi Jizzax qo'zg'oloni ta'sirida Buxoro amirligining Murg'ob, Vobkent, Yakkatut, G'ijduvon, Bahovuddin, Ziyovuddin, Xatirchi va boshqa muzofotlarida yuz bergan qo'zg'olonlar bunga yorqin misol ho'la oladi. Ayniqsa Xiva xoni Asfandiyorxonning jabr-zulmidan xalq qattiq azob va musibat chekkan, ochlik va qashshoqlik misli ko'rilmagan darajada kuchaygan. 1914—1918-yillarda yuz bergan jahon urushi, 1917-yilda Rossiyada amalga oshirilgan fevral burjua-demokratik inqilobi, undan keyingi oktabr harbiy to'ntarishi, va nihoyat, Turkiston o'lkasidagi milliy-ozodlik va istiqlolchilik harakatlarining oqibatlari natijasida iqtisodiy hayot keskin tus oldi. Har ikkala davlat hududida iqtisodiy tanglik kuchaydi, narx-navo mislsiz darajada ko'tarildi, qashshoqlik, ochlik avj oldi, paxta ekin maydonlari keskin qisqarib ketdi. Natijada sabr kosasi to'lib-toshgan xalq o'z-o'zidan ixtiyorsiz ko'cha jangiga otilib keta boshladi. Buxoro amirligi va Xiva xonligida sodir bo'layotgan xalq kurashining mafkuraviy asosini jadidchilik harakati tashkil etdi. Buxoro va Xiva jadidlari unchalik keskin bo'lmasa-da, isloh qilish tarafdorlari bo'lib maydonga chiqdilar. Hududiy jihatdan yagona bo'lgan O'rta Osiyoda jadidchilik harakati bir vaqtda paydo bo'lgan bo'lsa-da, o'z oldiga qo'ygan kurash maqsadlari jihatidan ikki xil yo'nalish kasb etgan. Jumladan, Turkiston jadidlari o'z oldilariga bosh maqsad qilib Turkiston o'lkasini Rossiya mustamlaka-chilaridan ozod qilish va milliy mustaqil davlat tuzishni qo'ygan bo'lsalar, Buxoro va Xiva jadidlari hokimi mutloq, o'z monarxlari bo'lgan amir va xon zulmiga qarshi kurashni bosh maqsad deb bildilar. Buxoro va Xiva xalqlari mustamlakachilik zulmini o'z boshidan to'liq kechirmadilar. Chunki Rossiyaga yarim mustamlaka, yarim qaram bo'lsa-da, Buxoro bilan Xiva o'z ichki mustaqilligini saqlab qolgan edi. Bu yerda mahalliy boylar va mushtumzo'rlar zulmi kuchli edi. Boylar va arnaldorlar amir va xon himoyasida edi. Bugina emas, ko'p hollarda amir Va xon zulmi hammasidan ham oshib tushar edi. Mehnatkash xalqning ai'z-dodini eshitadigan bir kimsa yo'q edi. Xalq ommasi hokimi mutloq nionarx - amir va xon o'rniga insofliroq va adolatliroq hukmdorga ega pp'lishni xohlar edi. Xalqning bu intilishi va qiziqishini Buxoro va Xiva Jadidlari idrok etdilar va uni yoqlab chiqdilar. Ular shu boisdan ham a'iiir va xonga qarshi kurashni bosh maqsad deb bildilar. «Yosh turklar» faoliyati Buxoro va Xiva jadidlari faoliyati uchun namuna va o'lchov mezoni bo'ldi. Shuning uchun ular «Yosh turklar»ga taqlid etib o'zlarinj «Yosh buxoroliklar» va «Yosh xivaliklar» deb atay boshladilar. «Yosh buxoroliklar» va «Yosh xivaliklar»ning pirovard maqsadlari konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi edi. Ular ana shu konstitutsiyaviy monarxiya tuzuml doirasida islohotlar o'tkazish yo'li bilan adolatli va insonparvar jamiya't qurish mumkin, deb ishonardilar. «Yosh buxoroliklar» va «Yosh xivaliklar» ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyO( darajasi taqozosiga ko'ra xalq ommasi o'rtasida mustahkam tayancH bazaga ega emas edilar. Ular o'zlariga ittifoqchilarni chetdan izladilar va Rossiya timsolida amir va xon zulmidan ozod bo'lish mumkin, degan fikrga borib katta siyosiy xatoga yo'l qo'ydilar. Rossiyadagi fevral inqilobi Xiva xonligida ham siyosiy jarayonlarning kuchayishiga turtki berdi. Ko'pgina shaharlarda yig'ilishlar, mitinglar va namoyishlar bo'lib o'tdi. 1917-yil 4-aprelda xonlik poytaxtida yosh xivaliklar boshchiligida bo'lib o'tgan namoyishda ko'pchilik ishtiroR etdi. Ularga qo'shilgan Xivadagi Rossiya garnizoni askarlari tinch namoyishga xonga qarshi yo'nalish berishga urindilar va lining qatnashchilarini xonga qarshi qurolli qo'zg'olon ko'tarishga da'vat etdilar. Aynan shu tarixiy sharoitda bunday da'vat qilish g'alamislik, nopok, maqsadni ko'zlab qilingan bo'lib, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Shuning uchun ham osoyishta namoyish qilishga qaror qilgan yosh xivaliklar ularni qo'llab-quvvatlamadilar. Yosh xivaliklar ruhoniylar va qishloq oqsoqollari vakillari kengashida islohotlar talabini ishlab chiqdilar, ular feodal istibdoddan konstitutsion monarxiyaga o'tishni, xon hokimiyatining majlis tomonidan cheklanishini yoqladilar va hokazo. Yosh xivaliklar bunga tinch yo'l bilan, ya'ni xonning bu talabga yon berishi asosida erishishga umid qilgan edilar. Ular rus podshosi istibdodi bilan uyg'unlashgan mustabid xon zulmi, mutaassiblik, xurofot, xilma-xil soliqlarning ko'pligidan azoblanayotgan xalqni erkin va farovon turmushga olib chiqish, Vatanni iqtisodiy va madaniy taraqqiy ettirish yo'lida bosh qotirdilar va demokratik islohotlar o'tkazish, mamlakatda adolatli hayotni yo'lga qo'yishda xon hokimiyatiga muxolifatda bo'ldilar. Bu muxolifat taraqqiyparvarlar, asosan, xonlikdagi yirik ulamo va amaldorlardan iborat bo'ldi. Jumladan, Bobooxun SalinioY islom homiysi shayxulislom, ya'ni qozikalon mansabida edi. U o? lavozimidan foydalanib Xiva xoni Asfandiyorxonni adolatparvarlikka. xalqqa mehr-shafqatli bo'lishga chaqirdi. «Turon» gazetasining yozishicha, 1917-yilning 4-aprelida Xiva shahridag1 rus askarlari deputatlari sho'rosi va Bobooxun Salimov rahbarligidagi «Y°S'1 xivaliklar» namoyishidan cho'chigan Asfandiyorxon 5-aprelda «Yos' xivaliklar» qo'mitasi tomonidan yozilib unga taqdim etilgan manifest imzo chekishga majbur boidi. Bu hujjat asosida Xivada xon boshchiligida tonstitutsiyaviy raonarxiya tuzumi qaror topadi, deb e'lon qilindi. Saylov yo'li bilan deputatlar majlisi va Nozirlar kengashi tashkil topdi. 8-aprelda bo'lgan Majlisning birinchi yig'ilishida deputatlar majlisining ajsligiga Bobooxun Salimov, Nozirlar kengashining raisligiga esa Husaynbek Matmurodovlar saylandi. Ana shundan so'ng majlis va hukumat butunlay «Yosh xivaliklar» qo'liga o'tdi. Majlis nomidan e'lon qilingan Manifestga ko'ra xonlikda vaqf, raulk (xususiy) va podsholik yerlari daxlsizligicha saqlanib qoldi, xazinaning Icirim va chiqimlari ustidan nazorat o'rnatildi, shariat sudlari davlat ta'minotiga o'tkazildi, yangi usuldagi jadid maktablari ochilishi belgilandi. Ammo bu g'alaba uzoqqa bormadi. U bor-yo'g'i 2 oy umr ko'rdi. Asfandiyorxon Rossiya Muvaqqat hukumatining Xivadagi vakili general Mir Badalovga suyangan holda 1917-yil iyun oyining boshlarida xon Nozirlar kengashining raisi H. Matmurodov boshliq jadidlarning 17 vakilini qamoqqa oldi. Ularning juda oz qismi qamoqxonadan qochishga muvaffaq bo'ldi. Qolganlari esa otib tashlandi. Jadidlar «shariatga xiyonat qilgan»likda ayblanib ta'qib ostiga olindilar va quvg'in qilindilar. Xiva xoni Majlisga yangidan «saylov» o'tkazdi. Uning raisi qilib Ortiq Oxun saylandi. Nozirlar kengashining raisi lavozimi esa Bosh vazir deb qayta nomlandi va unga Isoqxo'ja tayinlandi. Bu o'ziga xos davlat to'ntarishi edi. Bobooxun Salimov va boshqa jadidlar yashirin faoliyat yuritishga majbur bo'ldilar. Asfandiyorxon mamlakatda xalq noroziliklarini bostirish va jadidlarni «tartib»ga chaqirishda rus askarlai'idan foydalandi. Harbiy komissar Zaysev xonga yordam uchun jazo otryadlarini tashkil etdi. Xalq ommasining haq-huquqlari rus askarlari tomonidan toptaldi va oyoq osti qilindi. Bu ham yetmagandek, 1917-yilda xonlik hududida ocharchilik avj oldi. Way oyida Xiva shahrida «ochlik isyoni» ko'tarildi. Mamlakatda ana shunday og'ir bir sharoitda 1917-yil sentabrida JUnaidxon o'z qurolli to'dalari bilan Xivaga qaytib keladi. U 1916-yildagi qo'zg'olon davrida Afg'onistonga o'tib ketgan edi. Junaidxon x°nlikda juda katta o'zgarishlar yasashga muvaffaq bo'ldi. Junaidxon Xiva xonligiga xavf solib turgan sho'ro hokimiyatiga qarshi b°sh ko'tardi. Asfandiyorxon 1918-yil yanvarida Junaidxon bilan aloqa o'rnatib, x°nlikni birgalikda idora qilish hamda bolsheviklarga qarshi kurashish maqsadida uni Xivaga taklif qildi. Asfandiyorxon Junaidxonni «sardori karim» (qo'shinlar qo'mondoni) 'I'Hb tayinladi. Junaidxon sal vaqt o'tgach, 1918-yil 30-sentabrda qabul marosimi vaqtida Asfandiyorxonni o'ldiradi, uning o'rniga xonning tog'asi, irodasiz sayyid Abdulla To'raxonni xon deb ko'taradi. Abdullaxon nomigagina xon edi, butun hokimiyat to'laligicha Junaidxon qo'liga o'tadi Junaidxon vaqtdan foydalanish uchun 1919-yilning aprelida sho'ro hukumatiga sulh tuzish to'g'risida taklif kiritdi. 9-aprelda Taxtaqal'ada RSFSR bilan Xiva xonligi o'rtasida sulh shartnomasi imzolandi. Unda har ikkala tomon ham har qanday harbiy harakatni to'xtatishi, Rossiya sho'ro hukumati Xiva xalqining o'z taqdirini o'zi belgilashini tan olishi, har ikki tomon bir-biriga erkin va xavfsiz suv va quruqlik orqali bordi-keldi, savdo va iqtisodiy aloqalarni yaxshilashga harakat qilishi qayd etildi. Bolsheviklarning eng jozibador «millatlarning o'z taqdirini o'zi belgilash to'g'risida»gi shiori tashviqot-targ'ibotchilik maqsadini ko'zlar edi. Shartnomaga asosan Rossiya ana shu shior asosida Xiva xonligi xalqlarining o'z taqdirini o'zi belgilashini ragman tan oldi. Xiva xonligi Rossiya vassalligidan chiqdi. 1873-yilgi Gandimiyon shartnomasi o'z kuchini yo'qotdi. Lekin sho'ro hukumati nafaqat Xiva xalqiga, balki umuman Rossiyaga tobe bo'lgan barcha mamlakatlar xalqlariga ham o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini amalda bermadi. Aksincha, bu xalqlar o'z taqdirini o'zlari «inqilobiy yo'l» bilan hal qilsin, degan vaj-karson bahonada bu davlatlarning ichki ishlariga aralashdi, qurolli harbiy yurishlar qildi va ularni bosib oldi. Xuddi ana shu yo'l Xiva xonligiga nisbatan ham qo'llanildi: birinchidan, bosqinchilik va mustamlakachilikdan iborat bosh maqsad «inqilob» pardasi bilan niqoblandi, targ'ibot va tashviqot ishlari kuchaytirildi. Bolsheviklar o'zlarining asl maqsadlari Xivada davlat to'ntarishi yasashdan iborat bo'lsa-da, uni «xalq inqilobi» nomi bilan niqobladilar. Ikkinchidan, bolsheviklar millatlar, urug'lar va tabaqalararo kelishmovchilik va nizolardan ustalik bilan foydalandilar. Ular o'rtasida qurolli to'qnashuvlarni keltirib chiqardilar, bunday to'qnashuv va qarama-qarshiliklarga sinfiy kurash va inqilobiy harakat tusini berdilar. Aslida esa, butun Turkistonda bo'lganidek, xususan, Xiva xonligida sinflar ham, sinfiy kurash ham bo'lmagan. Xiva xonligi tipik agrar mamlakat edi. Ular turli nayranglar bilan taraqqiyparvar jadidlar va oddiy mehnatkash xalqdan «inqilobchilar» yasadilar. «Taxtaqal'a sulhi» Xiva xonligi uchun o'ziga xos tuzoq rolini o'ynadi, bolsheviklar uchun esa nafasni rostlash uchun imkoniyat yaratdi. 1917-yil dekabr va 1918-yil yanvarida Sho'rolar Amudaryoning quyi oqimi va o'ng qirg'og'idagi To'rtko'l (Petro-Aleksandrovsk), Nukus, Chimboy, Qizil Arvot, Bayram Ali, Tejen, Krasnovodsk, Kazanjiqda o'z hokimiyatlarini o'rnatdilar. Kommunistlar o'zlarining razil maqsadlarini amalga oshirish uchun To'rtko'l shahrini «Inqilob markazi»ga aylantirdil^1"- Sho'rolar o'zlarining qora niyatli maqsadlarini amalga oshirishda hai doim «baynalmilal burch» deb atalmish g'oya pardasiga yashirindilar-Buning uchun ular o'zlarini mahalliy xalqni xon, beklar, boy va feodal zulmidan ozod bo'lishda «yordam» beruvchilar qilib ko'rsatib, amalda «hai'biy inqilobiy» harakatni kuchaytirdilar. 1919-yilning oxirlariga kelib Sho'ro hukumatining Xiva xonligini jjosib olish bo'yicha amalga oshirgan tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetdi. Bolshevoylar liar doim bo'lganidek Xivani bosib olish jarayonida tub yerli aholi o'rtasida birlik va hamjihatlikning yo'qligidan, qabila va urug'lar o'rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklardan foydalandilar. Bu o'rinda, xususan, Junaidxonga qarshi bo'lgan turkman urug' boshliqlari Qo'shmamedxon, G'ulomalixon va Yaxshigeldilarning aldanib, 1919-yil noyabrida bolsheviklar tomoniga o'tishlari xarakterlidir. Xiva xonligi hududlarini bosib olish Moskva va Toshkentdagi Sho'ro hukumati tayyorlagan dastur asosida amalga oshirildi. Qizil askarlar yovuzlarcha bostirib kirib, 1919-1920-yillarning dekabr-yanvar oylarida Xiva xonligining asosiy yirik markazlari Xo'jayli, Ko'hna Urganch, Omonqal'a, Porsu, Iliali, Toshhovuz va boshqalarni egallab oldilar va 1-fevralda Xivaga jangsiz kirib keldilar. Junaidxon Qoraqumga qochib o'tishga majbur bo'ldi. Qizil armiya xonlik poytaxtini egalladi. Asosiy hukmronlik Junaidxon qo'lida bo'lsa ham, Sayyid Abdullaxon Xivaning rasmiy xoni edi. U hali Xivaga bosqinchilar kirmasidan oldinoq Qizil armiyaning bosh qo'mondoniga vakil yuborib, urushni to'xtatishni talab etdi va 2-fevralda taxtdan voz kechdi. Qizil armiya xonlik poytaxti Xivani hech qanday qarshiliksiz egalladi. RSFSR Markaziy ijroqo'mi va Rossiya komfirqasi markaziy qo'mitasining Turkiston komissiyasi va Turkiston harbiy inqilobiy kengashining maxsus vakili G. B. Skalov Xivada Muvaqqat hukumatni tuzdi. Birinchi kundan boshlab Xivada Rossiya hukumati, komfirqasi va uning Turkkomissiyasi hamda Turkfront harbiy kengashi a'zolari G. I. Broyda, A. Izmaylov, G. B. Skalov va boshqalar hukmronlik qila boshladilar. V. I. Lenin boshliq bolsheviklar Sankt-Peterburgda davlat to'ntarishi yasab sho'ro hukmronligini o'rnatish uchun qanday noqonuniy va harbiy to'ntarishni amalga oshirgan bo'lsalar, Xivada ham aynan shu ishlar takrorlandi. Mahalliy o'ziga xos sharoit, tarixiy an'ana va urf-odatlar, xalqning xohish-irodasi umuman e'tiborga olinmadi. Xonlikda bosh vazir lavozimida ishlagan Davlatmurod Tozamahram otib tashlandi, hukumatning boshqa a'zolari qamoqqa olindi. Xorazm Xalq Sho'ro jumhuriyati 1920-yil 27-30-aprelda Xorazm Muvaqqat hukumati tomonidan chaqirilgan Butun Xorazm xalq vakillarining I qurultoyida tashkil topdi. Uning Nozirlar sho'rosining raisi (Polvonniyozxoji Yusupov) va muovini (Bobooxun Salimov) hamda 15 ta nozirlari saylandi. Jami 17 ta hukumat rahbaiiaridan 11 tasi «Yosh xivalik»lardan bo'ldi. Ular hukumatni milliy manfaat, mahalliy urf-odat va shariat qoidalari va, eng muhimi, mustaqillik asosida boshqarishga harakat qildilar. Bu esa Turkiston va Xivadagi vakolatli firqa va sho'ro rahbarlariga yoqmadi. Shuning uchJ bu gal ham «Yosh xivaliklar» firqasiga uyushgan jadidlar hukmronligi O'n oy to'lar-toimas, 1921-yil martda sho'ro hukumati va komfirqasi tomonidan ag'darib tashlandi. P. Yusupov hukumati a'zolari qamoqqa olindi. 1920. yilning kuzidayoq hukumat boshlig'ining o'rinbosari va turkman bo'limining 600 jangchisi otib tashlandi. 1921-yil martida chaqirilgan Butun Xorazm qurultoyi Ota Mahsuni rahbarligida yangi hukumatni sayladi. Bu hukumat ham kommunistlarning kuzatuvida bo'lib, 1922-yil noyabrida ag'darib tashlandi. «Yosh xivaliklar» va boshqa milliy rahbarlar hamda ziyolilar sho'ro hukumati va firqasining «birodarlik yordami» mohiyatini va o'zlarining aldanganliklarini tushunib yeta boshladilar. Shuning uchun Ota Mahsuni hukumati a'zolarining ko'pchiligi sho'ro hukumati va komfirqaga qarshi milliy istiqlolchilarning «bosmachilik urushi» tomon o'tib ketadi. Kommunistlar rahbarligi va hukmronligida chaqirilgan Xorazm sho'rolarining IV qurultoyi (1923-yil oktyabr) Xorazmni Xorazm sho'ro sotsialistik jumhuriyati deb e'lon qiladi va uning Konstitutsiyasini qabul qiladi. Bu mamlakatdagi beqaror ijtimoiy-siyosiy va milliy vaziyatni yanada og'irlashtirib yuboradi. Nihoyat, 1924-yil yanvarida Sho'ro hukumati va kommunistlarga qarshi xalq qo'zg'oloni ko'tarildi. Qo'zg'olon qatnash-chilarining soni 10-15 mingga yetdi. Unga hukumatdan haydalgan jadid va boshqa millatparvarlar rahbarlik qildilar. Qo'zg'olon tezda bostirilib, qo'zg'olonchilar tinch muzokara olib borishga hukumatni majbur etsa-da, biroq ular ayovsiz qirildi, ta'qib ostiga olindi. Shundan so'ng Markaz kommunistlari mahalliy kommunistlarga tayanib, O'rta Osiyoda «milliy davlat chegaralanishi» siyosatini o'tkazish bilan qadim Xorazm mamlakatini parchalash va butunlay yo'q qilishga muvaffaq bo'ldilar. Download 29.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling