Sovet hokimiyatining buxorova xivaga ekspansiyasi Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Xorazm Xalq Sovet Respublikasi davlat tuzumi


Download 29.86 Kb.
bet3/5
Sana25.04.2023
Hajmi29.86 Kb.
#1397514
1   2   3   4   5
Bog'liq
Murodullayev Nodir

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi davlat tuzumi
1920-yil 27-30-aprelda Xivada bo'lib o'tgan xalq vakillarining 1 Butunxorazm qurultoyi Xiva xonligini bekor etilgan deb e'lon qildi va mamlakatni Xorazm Xalq Respublikasi deb e'lon qildi. Qurultoy XXRning Muvaqqat Konstitutsiyasini qabul qildi. U ro'y bergan to'ntarishni va uning natijasida o'rnatilgan tuzumni antimonarxistik, antifeodal, xalq-demokratik xususiyatiga ega bo'lgan tuzum sifatida aks ettirdi. Ayni vaqtda Konstitutsiyada RSFSRning hokimiyat shakli bo'lgan sovet andozasi qabul qilindi, lekin Xorazmdagi sovetlar o'z mazmuniga ko'ra proletar diktaturasini ifoda etmasdi, u demokratik xususiyatga ega edi. Qurultoy sobiq yosh xivaliklar a'zosi bo'lgan Polvonniyoz Hoji Yusupov boshchiligida Xalq Nozirlar Kengashini sayladi. Hukumat sobiq yosh xivaliklar, turkman urug'lari rahbarlari va kommunistlardan tashkil topdi. Qizil askar nayzalari yordamida o'rnatilgan bu tuzumni o'z kuchlari bilan saqlab va mustahkamlab bo'lmasligini yaxshi tushungan Xorazm Xalq Respublikasi rahbarlari RSFSRning ko'magiga umid qilishga intildi.
1920-yil 13-sentabrda RSFSR bilan XXSR o'rtasida Ittifoq shartnomasi, shuningdek, harbiy-siyosiy va iqtisodiy bitimlar tuzildi. Bu hujjatlar, bir tomondan, mamiakatdagi to'ntarish natijasida o'rnatilgan tuzumni mustahkamlashga yordam bergan bo'lsa, ikkinchi tomondan, uning RSFSRga to'liq qaramligini qonunlashtirdi.
Konstitutsiyada davlat hokimiyatining oliy organi Butunxorazm Sovetlarining qurultoyi ekanligi ko'rsatilgan. 1921 -yilning mayida bo'lib o'tgan XXSR Sovetlarining II-qurultoyida Konstitutsiyaga kiritilgan qo'shimchaga binoan Sovetlar Qurultoylari davrida Sovetlarning qurultoyida saylanadigan Markaziy Ijroiya Qo'mita Oliy qonun iiiiqaruvchi, ijroiya va nazorat vazifalarini amalga oshiruvchi idora ti5 belgilangan. Konstitutsiyaga binoan Oliy ijroiya-farmoyish beruvchi idora qilib XXSR Xalq Nozirlar Kengashi belgilangan.
Konstitutsiya VI bo'lim, XV bob va 87 moddadan iborat edi. Birinchi bo'li'11 kirish qismi va III bobdan iborat edi. Ikkinchi bo'lim XXSR Konstitutsiyasining Umumiy qoidalari deb atalib, rsspublikaning ijtimoiy-siyosiy tuzumi fuqarolarning huquq va burchlariga bag'ishlangan edi.
Uchinchi qism davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy va markaziy organlari, to'rtinchi qism saylov huquqi, beshinchisi budjet huquqi, oltinchisi gerb va bayroq haqidagi qoidalardan iborat bo'lgan.
Konstitutsiya RSFSRning 1918-yilgi Konstitutsiyasi asosida qabul qilingan edi. Respublikada xususiy mulk, sohibkorlik va savdo oboroti bilan shug'ullanishning to'la ozodligi saqlab qolinishi e'lon qilindi. «Shaxslarga erkin holda kommersiya ishlari bilan shug'ullanish huquqi berildi», kommersiya va savdo kompaniyalarini tashkil qilishga qarshilik qilinmadi (Konstitutsiyaning 16-moddasi). Ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik saqlab qolindi. Xon va uning avlodlariga, amaldorlariga tegishli yerlar musodara etilib, yersiz dehqonlarga bo'lib berildi. Vaqf yerlari saqlab qolindi. XXSR iqtisodi davlat sektori, kooperativ sektor, yakka xo'jalikchi dehqon va hunarmandlar sektori, feodal kapitalistik (xususiy) seklorlardan iborat edi.
Oliy Qonunchilik va hokimiyat organi - xalq vakillari Umurnxorazm Qurultoyi hamda Umumxorazm Markaziy Ijroiya Qo'mitasi va uning Prezidentidan iborat bo'lib, 4 ming aholidan 1 ta deputat, 100 askarlardan bir vakil tartibida tashkil topdi.
Davlat boshqaruvining oliy organi Xalq Nozirlar Soveti edi. U dastlab yettita nozirlik - harbiy, moliya, davlat nazorati, iqtisodiy, tashqi ishlar, madaniyat va maorif, adliya nozirliklaridan iborat edi. Adliya nozirligida bis va 3 ta a'zo tarkibida Oliy Inqilobiy sud tuzilib, jinoyatchilarga liisbatan eng oliy jazo - otib o'ldirishga qadar jazolar tayinlash huquqi berildi. Umumjinoiy va grajdanlik ishlarini ko'rib hal etish uchun esa, adliya nozirligida Xalq sudi tuzildi. Xiva shahrini qo'riqlash maqsadida ushbu nozirlik tarkibida militsiya boshqarmasi ham tashkil etildi. Yangi mahalliy organlar Kengashlari tuzildi.
Saylovlar ko'p pog'onali bo'lib, tuman ijroiya komitetlariga ikki pog'onali, oliy hokimiyat organlariga esa uch pog'onali saylovlar joriy qilingan. 1923-yilning oktabrida Umumxorazm Sovetlarining IV Qurultoyida XXSR XSSR deb e'lon qilindi. Nozirlar Kengashi vazifasini XSSR MIK xodimlari bajaradi deb belgilandi. Bu ishni amalga oshirish uchun maxsus komissiya tashkil qilindi. Nozirlar Kengashining raisi lavozimi tugatildi va uning vazifasi MIK raisiga yuklatildi.
Qozilar o'rniga yangi sudlar, qishloqlarda esa Sho'rolar Kengashj tuzildi. Qabul qilinayotgan dekretlarning deyarli hammasi uchun asoi qilinib shariat qonunlari qabul qilingan edi. Jumladan «Sudxo'rli|ishlarini amalga oshirish to'g'risida»gi dekretga muvofiq sudxo'rlardan 20 foizdan ziyod qarz olgan barcha qarzdorJarning qarzi bekor qilindi Berilgan kreditning 10 idan ortiq olgan sudxo'rlarning bir yildan besh yilgacha qamalishi belgilanadi. Syezd qabul qilgan qonunlardan biri «Vaqf yerlari haqidagi qonun» bo'lib, unda machit va madrasalar, diniy tashkilotlarga tegishli barcha mulklar davlat mulki deb e'lon qilindi. Hosilning o'ndan bir qismi davlat solig'i sifatida to'lanishi" belgilandi. Mehnatkashlarning mavjud huquq va erkinliklari kengaytirildi, xususiy mulk tugatildi. Mulkdorlarning, ruhoniylarning, aksilinqilobiy kuchlarning saylov huquqlari bekor qilindi.

Download 29.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling