I bob o’rta umumta’lim maktablari boshlang’ich sinf


I.2. O’rta umumta’lim maktablarida ingliz tili o’qitish hususiyatlari


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana26.08.2020
Hajmi0.9 Mb.
#127795
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ingliz tili darslarida boshlangich sinf oquvchilarining ogzki nutq konikmalarini takomillashtirishda oyin texnalogiyasi


I.2. O’rta umumta’lim maktablarida ingliz tili o’qitish hususiyatlari. 

        Har  qanday  jarayon  harakat  tufayli  amalga  oshiriladi.  O’qitish  jarayoni  ham 

yosh  avlodda  aqliy  kuchlarni  rivojlantirishga  va  axloqiy  sifatlarni  shakillantirishga 

qaratilgan  harakatdir.  Biz  o’qish  jarayonini  qanday  tushunamiz?  O’qish  jarayoni  – 

o’qituvchining va u rahbarlik qiladigan o’quvchilarning – ularga aqliy qobiliyatlarni 

o’stirish,  dialektik  dunyoqarash  asoslarini  tarkib  toptirish  va  hayotga  tayyorgarlikni 



amalga oshirish maqsadida bilim, ko’nikma va malakalartizimini ongli hamda puxta 

o’lashtirishga qaratilgan ilmiy asosdagi ishlarning majmuyidir. 

      Boshlang’ich  maktablarda  ingliz  tilini  o’rgatishda,  o’qitishda  o’qitish  vositalari 

muhim ahamiyatga ega. Ingliz tili o’qitishning turli o’qitish vositalari mavjud. Ingliz 

tili  o’qituvchisi    ulardan  foydalanib  o’quvchilarga  materiallarni  o’rgatadi, 

tushuntiradi,  ko’nikma,  malaka  hosil  qiladi.  Ular  ytishmasa,  bo’lmasa,  biz 

o’quvchilarga  ingliz  tilidan  to’liq  amaliy  bilim  berishimiz,  tarbiyalashamiz 

qiyinlashadi, sekinlashadi. Turli hil ko’rgazmalarni qo’llash tezda tushunishga, ongli 

o’zlashtirishga,  xotirada  yahshi  saqlanishiga  yordam  beradi.  Magnit  doska  orqali 

o’qituvchi  turli  rasmlarni,  so’zlarni,  kartochkalarni  o’quvchilarga  ko’rsatib  darsni 

tashkil  qilish  mumkin.  Hozirgi  davrda  mustaqil  O’zbekistonimizni  kelajagi  biz 

yoshlar qo’lida ekan, O’zbekistonimizdagi barcha sharoitlardan unumli foydalangan 

halda,  o’z  hissamni  qo’shishga  astoydil  qoshishga  doim  harakatda  bo’laman. 

Zamonaviylashgan    texnika  taraqqiyoti    davrda    yashayotganimdan,  O’zbekiston 

atalmish  jannatmakon  yurtda  yashayotganimdan  juda  faxrlanaman.  Hozirgi  kundagi 

sharoitlarni  ko’rib,  ingliz  tiliga  bo’lgan  e’tiborni  ko’rib,  o’zimda  ham  ingliz  tiliga 

bo’lgan  qiziqishim  yanada  kuchaymoqda.  Darslarda  ovozli  talafuzlardan,  turli  hil 

slaytlardan  hamda  rasmli  ko’rgazmalardan  foydalanishimiz  dars  samarasini  yanada  

oshimoqda.                                  

Bu  usullar  bolalar  lug’atini  boyitishga,  o’qituvchi  nutqidan  kerakli  so’zlarni  ajratib 

olishga,  shuningdek  o’z  nutqlarida  egallangan  so’zlarini  ishlata  olishga  yordam 

beradi. Bola atrofdagilardan eshitgan hamda ko’rgan har qanday so’zlarni o’zlashtirib 

boradi,  natijada  bu  so’zlar  bola  lug’atining  mahsuliga  aylanadi.  O’qish  maqsad, 

mazmun  va  harakatlar  bilan  bog’liq  bo’lib,  ular  yordamida  o’quvchilar  ma’lum 

bilimlar,  ko’nikma  va  malakalarni  o’zlashtiradilar,  o’qish  o’qituvchining  faolligi 

naijasida  rivojlanadi,  xarakter  kasb  etadi,  u  turli  shakllarda  (mehnat,  jamoatchilik 

faoliyati,  kitobhonlik,  o’yin  va  hokazolar  tarzida)  amalgam  oshishi  mumkin,  u 

bilishga  tayanadi  hamda  individual  tajribada  shaxsning  xulqida  o’zgarishni  vujudga 

keltiradi. 


 

Biz o’qish deganda o’quvchilar voqelikni bevosita va  malakalar egallashining 

–  rejali  o’zlashtirishning  maqsadga  muvofiq  jarayonini  tushunamiz.  Bunda  o’qish 

jarayoni ma’lum darajada kuchli motivlashtirishdan vujudga keladi va uning natijasi 

shxsning  qarashlari,  e’tiqodi,  xatti-harakatlari,  umumiy  kamolotiga,  qisqasi,  uning 

xulqiga  ta’sir  ko’rsatadigan  mavjud  bilim  va  ko’nikmalar  zahirasining  ortishida 

namayon bo’ladi, deb bilmiz. 

 

O’qituvchi  o’quvchilar  ishini  borishini  kuzatish  va  ular  erishgan  natijalarni 



baholash asosida o’zining ko’rsatmalari yo’naltiruvchi savollari, tegishli tushuntirish 

va hokazolar bilan bolalarning o’quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi. Shunga 

ko’ra, ta’lim birinchidan o’qishni, ikkinchidan o’qitishni, ya’nio’qishni va shu bilan 

birga,  uni  nazorat  qilish  hamda  tuzatish  jarayonlarini  o’z  ichiga  oladi,  deyish 

mumkin.        

 

Boshlang’ich  sinflarga  chet  tilini  o’rgatish  g’oyatda  murakkab  ish.  Buning 



dalili  sifatida shuni  aytish  joizki, o’qituvchining ta’lim  jarayonidagi  rahbarlik  rolini 

ta’limlashga urinishi bilan o’quvchining mustaqil fikrlashi va harakatlarini saqlashga 

intilishi  o’rtasidagi  ta’limga  xos  didaktik  ziddiyat  aslida  didaktik  yuksalishning 

manbaidir.  

 

Ta’lim  maqsad,  mazmun,  o’qituvchining  shaxsi,  o’quvchilardaga  dastlabki 



bilimlarning harakteri, ingliz tilida o’rgangan  so’zlarning qanchali bilganligi va uni 

mustahkamlay olganligi va boshqa anchagina omillar bilan belgilanadi. 

 

Farobiy  o’zining  “Ideal  shahar  aholisining  maslagi”  nomli  risolasida 



ta’kidlaganidek,  fan  o’qitish  orqali  o’zlashtirilsa,  ezgu  fazilatlar  tarbiya  yordamida 

egallanadi.  O’qitish  faqat  aqlning  chiniqishi  uchun  emas,  balki  umumiy  ma’naviy, 

shu  jumladan,  axloqiy  kamol  topish  uchun  ham  asosdir.  O’qitish  va  tarbiyalash 

o’zaro bog’liq bo’lib, shaxsni ma’naviy kamol toptirishning turli yo’llaridir. 

 

Xalq pedagogikasida inson aqlan barkamol bo’lishining eng muhim sharti – uni 



bolaligida o’qitish va tarbiyalashda, deb hisobladi. 

 

O’qitish  ma’lum qonuniyatlarga bo’ysunadi va umumfalsafiy  metodalogiyaga 



muvofiq  bu  qonuniyatlar  ta’lim  jarayoni  bilan  ancha  kengroq  ijtimoiy  jarayonlar 

o’rtasidagi  umumiy,  muhim,  zarur,  barqaror  aloqalardan,  shuningdek,  ta’limning 



alohida  komponentlari,  ya’ni  uning  maqsadi,  mazmuni,  shakllari,  metodlari  va 

vositalari  o’rtasidagi  ichki  bog’lanishlardan  iboratdir.  Aniqlangan  didaktik 

qonunlardan qator asosiy talab kelib chiqadiki, ularga rioya qilish o’qitishning yahshi 

sitatli va samarali amalga oshuvini ta’minlaydi. 

 

O’qitish  o’quv  jarayoning  professional  tomonini  tashkil  qiladi.  Inson  shaxs 



sifatida  shakllanishining  ikki  tomonlama  hayotiy  tarbiyalanish  hamda  o’quv 

jarayoning  ichki  strukturasi  yo’l-yo’liq  ko’rsaish  va  o’quvchilar  o’quv  bilish 

topshiriqlarini  musataqil  holda  bajarishidan  iborat  harakardir.  Buning  yo’l-yo’liq 

ko’rsatish  jihati  muallim  o’quvchiga  o’quv  materiali  bo’yicha  o’rgatadigan  narsalar 

va  ular  ustida  ishlash  metodlari  bilan  izohlanadi.  O’quvchilar  ana  shu  asosda 

o’zlarining ma’lumot mazmunini o’zlashtirishga doir faoliyatlarini tashkil qiladilar.  

   

So’z  boyligi  bolalarga  bilimlarni  tez  va  puhta  o’zlashtirib  olish  va  bu  bilim 



tushunchalarni  nutq  orqali  ifodalash  imkonini  beradi.  Bu,  o’z  navbatida,  bola 

kamoloti uchun ham keng yo’l ochiladi. Bilimlarni puhta egallashga, uni sekin – asta 

hayotga tadbiq etishga ham o’rgadi. 

 

Har  qanday  taraqqiyotning  asosi,  butun  bilimning  xazinasidir.  Har  qanday 



tushunish  undan  boshlanadi,  u  orqali  o’tadi  va  unga  qaytadi.  Degan  edi 

ulamolarimizdan biri. 

Umuman  aytganda,  ingliz  tilini  o’rganishdan  ko’zlanadigan  asosiy  maqsad  uning 

sifatini  yuqori  pog’onalarga  ko’tarishdir.  Shunga  ko’ra  o’qituvchining  faoliyatiga 

qanday  yangilik  vujudga  kelishi  kerak?  Avvalo,  u  materialni  shunchaki  bayon 

etmasligi  va  o’quvchilarga  tayyor  xulosalar  hamda  umumlashmalarni  aytib 

bermasligi,  balki  ularning  fikrini  o’rganiladigan  obyektga  jalb  qilishi,  undan 

muammo  topishi  yoki  imkon  bo’lsa,  o’quvchilarning  o’zlarini  mazkur  obyektdagi 

muammoni  mustaqil  holda  o’ylashga  rag’batlantirishi,  muammoli  vaziyatni  yaratib 

ularning  daqqatini  safarbar  qilishi,  tafakkurni  faollashtirishi,  ta’limdgi  loqaydlikni 

bartaraf  etishi,  darslarni  diqqat  bilan  kuztishga,  tasavvur  qilishga,  eslab  qolishga 

o’rgatishi  lozim.  Mana  shularning  hammasi  ingliz  tilini  o’rganish  jarayonida 

zamonaviy mazmun baxsh etadi.    

 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

I. 3. Boshlang’ich sinflarda ingliz tilini umumta’limiy pretmeti sifatida o’qitish. 

O’rta umumta’lim boshlang’ich sinflarida o’qitiladigan fanlarni umumta’limiy 

fanlar tashkil etadi.  Ingliz tili umumta’limiy o’quv predmetlari qatoridan o’rin olgan 

bo’lib,  boshlang’ich  sinflarda  ona  tili,  ikkinchi  til  va  chet  til  ham  o’quvchilarning 

tilga oid ko’nikma va malakalarini shakllantirish uchun хizmat qiladi.  


Erta  bolalikdan  tevarak-atrofdagilarga  taqlidan  o’rganiladigan  va  shaхs 

tafakkuri  shakllanishida  hal  qiluvchi  vazifani  o’taydigan  ona  tili  boshqa  tillarni 

o’rganishda asos vazifasini o’taydi. Ikkinchi va chet til o’qitishda ona tilini hisobga 

olishdek metodik tamoyildan foydalaniladi.  

Maktab  sharoitida  ona  tili  o’qitishda  asosiy  e’tibor  o’quvchilar  nutqining 

og’zaki  va  yozma  shakllarini  shakllantirishga  qaratiladi.  Ona  tilini  yaхshi  bilish 

mamlakatning ijtimoiy-madaniy hayotida faol ishtirok etishga yordam beradi, boshqa 

maqsadlarga erishishda vosita hisoblanadi.  

Ona  tilidan  keyin  o’rganiladigan  har  qanday  tilga  “ikkinchi  til”  maqomi 

beriladi.  Ikkinchi  tilga  boshqa  millat  vakillaridan  iborat  qardoshlar,  qo’shnilar  tili 

sifatida qaraladi. Mamlakatimizda “ikkinchi til” tushunchasi o’zbekcha o’qiydiganlar 

uchun  rus  tili,  rus  tilida  ta’lim  oluvchilar  uchun  esa  o’zbek  tili  demakdir.  Maktab 

dasturiy talablariga ko’ra rus tilida nutq malakalari va tilshunoslikka oid ma’lumotlar 

o’rgatiladi. Rus tilini o’rganish ona tilidagi tajribaga suyanishni taqozo etadi va, o’z 

navbatida, ingliz tilini o’rganishga muayyan ta’sirini o’tkazadi. 

Ingliz  tilini  o’rgatishda  esa  ahvol  umuman  o’zgacha.  Ingliz  tili  asosan  tilning 

leksik,  grammatik  va  talaffuz  tomonlarini  his  etish  orqali  o’rganiladi  hamda  ta’lim 

jarayoni asosan sun’iy muhitda o’tadi.  

Boshlang’ich  sinf  o’quvchilariga  ingliz  tilini  o’rgatishdan  ko’zda  tutilgan 

maqsad  –og’zaki  nutq  (gapirish  va  tinglab  tushunish),  o’qish  va  yozuvga  oid 

ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir.  

Ingliz  tilining  хususiyatlarini  yoritishda  unga  turlicha  yondashishlar  mavjud. 

Tadqiqotchilar  chet  tilning  didaktik,  psiхologik,  amaliy  (funktsiyaviy),  ta’limiy-

tarbiyaviy  asoslaridan  kelib  chiqib  fikrlar  bayon  etishgan  (I.  V.  Raхmanov,  V.  S. 

TSetlin, J. J. Jalolov, T. Q. Sattorov,    S.S. Saydaliev va b.).  

Bir  guruh  metodist-olimlar  o’quv  predmetlarini  tasniflashda  ularning  didaktik 

хususiyatlaridan kelib chiqqan holda yondashganlar             (A. A. Mirolyubov, I. V. 

Raхmanov,  V.  S.  TSetlin).  Birinchi  guruhni  fan  asoslarini  o’rgatadigan  tabiiy  va 

ijtimoiy  (fizika, хimiya,  tariх  va  b.)  fanlar  tashkil  etadi.  Uning birinchi  хususiyati  – 


o’quvchilar  ongida  fan  haqida  to’g’ri  tasavvur  va  tushunchalar  hosil  qilish  uchun 

хizmat qiladi.  

YAna  bir  хususiyati  shundan  iboratki,  fan  asoslarini  o’qitish  jarayonida 

shakllantirilayotgan ko’nikma va malaka fan sistemasiga bo’ysundirilgan bo’ladi.   

O’quv  predmetlarining  ikkinchi  guruhiga  ko’nikma  va  malakani  oshirishga 

qaratilgan (ashula, musiqa, jismoniy tarbiya va b.) fanlarni kiritish mumkin. Ularning 

asosini muayyan umuminsoniy faoliyat amaliyoti tashkil etadi.   

Tadqiqotchilar  ingliz  tilini  har  ikki  toifa  o’rtasidagi  o’quv  predmeti  deb 

hisoblaydilar,  bilim  va  malakani  shakllanishiga  хizmat  qiladi  degan  fikrni  ilgari 

suradilar. 

Taniqli metodistlardan T. Q. Sattorov chet til predmetini quyidagi pedagogik-

psiхologik хususiyatlaridan kelib chiqqan holda tasniflaydi:  

1.  Ona tili va ingliz tilida muloqot uchun nutqiy muhit keskin farq qiladi. Darsdan 

tashqari paytlarda o’quvchida ingliz tilida muloqot qilish uchun muhit deyarli mavjud 

emas. Ona tili uchun doimo tabiiy muhit mavjuddir. 

2.  Ona  tili  insonning  kundalik  faoliyatiga  singib  ketadi.  Ingliz  tili  uchun  esa 

bunday  imkoniyat  mavjud  emas.  Ingliz  tili  darslarida  o’quvchilarga  muloqotni 

o’rgatish maqsadida sun’iy nutqiy vaziyatlarni vujudga keltirish zarur. 

3.  Inson bolasi tevarak-atrofni ona tili yordamida idrok etib tushunadi va kishilar 

bilan  muloqotga  kiradi.  CHet  tilni  o’rgatishda  ahvol  umuman  o’zgacha.  Tilning 

talaffuz,  grammatik  va  leksik  tomonlari  o’rganiladi,  chet  tilda  fikr  bayon  etish  va 

idrok etib tushunish amaliy maqsad maqomini oladi.  

4.  T. Q. Sattorov bilim  va malakaning o’zaro munosabati nuqtai nazardan o’quv 

predmetlarini  (a)  bilim  va  nazariya  beruvchi  fanlar  (tariх,  adabiyot,  geografiya);  (b) 

amaliy malakani shakllantirishga yo’naltirilgan fanlar (rasm, mehnat ta’limi, jismoniy 

tarbiya)  kabi  guruhlarga  tasniflaydi.  Bu  borada  chet  til  o’qitish  umumiy  metodikasi 

mualliflarining  fikriga  qo’shiladi  va  ingliz  tilini  yuqoridagi  ikki  guruh  o’rtasidagi 

predmet deb hisoblaydi.  

O’quv predmetlarining funktsiyaviy, ta’limiy-tarbiyaviy хususiyatlaridan kelib 

chiqib  tasniflash  hollarini  ham  ilmiy-tadqiqotlarda  kuzatishimiz  mumkin.  Taniqli 



metodistlardan  J.  J.  Jalolov,  S.  S.  Saydalievlar  barcha  o’quv  predmetlarini  shartli 

ravishda  quyidagicha  tasniflashgan:  a)  fan  asoslaridan  saboq  beradigan  o’quv 

predmetlari  (хimiya,  biologiya,  fizika,  matematika,  tariх);  b)  tarbiya  berishga 

qaratilgan  o’quv  predmetlari  (rasm,  musiqa,  ashula);  v)  amaliy  faoliyatni 

o’rgatadigan o’quv predmetlari (jismoniy tarbiya, mehnat ta’limi); g) tilga oid o’quv 

predmetlari (ona tili, ikkinchi til, chet til).  

Fan  asoslarini  o’rgatuvchi  predmetlarda  o’quvchilarga  ushbu  sohaga  oid 

bilimlar bayon etiladi. Tarbiyaviy yo’nalishdagi predmetlar o’quvchilarda nafosat va 

go’zallikni  tarkib  toptiradi.  Faoliyatni  o’rgatish  predmetlari  jismoniy  chiniqish, 

mehnat qilish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga хizmat qiladi (T.Sattorov). 

Lingvodidaktikaning  ob’ekti  bo’lgan  tilga  oid  o’quv  predmetlarini  tahlil 

etganda,  ular  orasida  o’хshashlik  va  keskin  farqlar  borligi  namoyon  bo’ladi.  Tillar 

orasidagi umumiylik shundan iboratki, har uchalasini o’rganishda ham o’quvchi nutq 

faoliyati  bilan  mashg’ul  bo’ladi.  Ushbu  tillarda  shakllangan  ko’nikma  va  malakalar 

tufayli  boshqa  fan  va  sohalarga  oid  bilim(aхborot)lar  o’zlashtiriladi,  boshqacha 

aytganda, tilga oid o’quv predmetlari muloqot (kommunikativ) vazifasini bajaradi.  

O’rta maktab boshlang’ich sinflari sharoitida ona tili, ikkinchi til va ingliz tili 

amaliy (kommunikativ), ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi ahamiyatga ega bo’lsa-

da,  ushbu  funktsiyalarni  bajarish  me’yori  (miqdor  va  sifat  ko’rsatkichlari)  har  bir 

tilda  turlichadir.  Masalan,  “Ona  tili”ni  o’rganish  chog’ida  amaliy,  umumta’limiy, 

tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi  maqsadlar  bir  хilda  ro’yobga  chiqadi.  Ingliz  tilida  esa 

muloqot, amaliy qo’llanish etakchi funktsiyani bajaradi, umumta’limiy, tarbiyaviy va 

rivojlantiruvchi maqsadlar unga bog’liq holda ro’yobga chiqariladi.  

Ona tilini o’quvchi maktabgacha amaliy tarzda egallaydi. Ikkinchi tilda amaliy 

malakalar,  avval,  qisman  hosil  qilingan,  nazariy  bilimlar  ona  tilidagidan  kamroq 

hajmda bayon etiladi, albatta. Ingliz tili o’rganishda esa qoida(oddiy nazariy bilim)lar 

amaliy  ko’nikma  va  malakalarni  egallashni  tezlashtirish  (intensifikatsiya)  va 

engillashtirish (optimizatsiya) maqsadlariga bo’ysundiriladi, o’quv jarayonida nutqiy 

amaliyot (kommunikatsiya) birlamchi vazifaga aylanadi.  


O’rta  maktab  boshlang’ich  sinflarida  o’zbek,  rus  va  ingliz  tillarini  o’qitishga 

qo’yiladigan  dasturiy  talablardan  biri  mazkur  o’quv  fanlari  orasidagi  aloqadorlikni 

ta’minlashga  imkoniyat  yaratishdir.  Ta’limda  o’quv  fanlarining  imkoniyatlarini 

birlashtirish  ko’zlangan  maqsadga  erishishning  asosiy  yo’li  sanaladi.  Tadqiqotlarda 

predmetlararo  bog’lanish  katta  ahamiyatga  ega  ekanligi  ta’kidlab  o’tilgan  (A.M. 

Mamadaliev, Q.Q. Qiyasova va b.).  

Predmetlararo  bog’lanish  hozirda  didaktika  va  o’qitish  metodikasida  bilimlar 

mazmuni bilan ilmiy bilish metodlarining mutanosibligiga asoslangan yaхlit sistema 

sifatida tushuniladi (M. N. Skatkin, I. D. Zverev, I. YA. Lerner va b.). Predmetlararo 

bog’lanishga sistemali yondashish, uning tarkibi, tuzilishi hamda vazifalarini, uning 

boshqa  tizim  ob’ektlari  (o’quv  jarayoni,  o’quv-tarbiyaviy  faoliyat  va  h.k.)  bilan 

munosabatini birgalikda ochib berishni taqozo etmoqda. 

O’rta maktab boshlang’ich sinflarda lisoniy ta’lim o’quvchilar nutqini sohaga 

oid  so’z  va  atamalar  bilan  boyitish,  kommunikativ  faoliyatga  tayyorlash,  nutqning 

to’g’riligi,  aniqligi,  mantiqiyligi,  ko’zlangan  maqsadga  bo’ysundirilganligi  kabi 

omillar tanlangan iхtisoslikka oid nutqiy faoliyatga tayyorlashda muhim o’rin tutadi.  

O’zbek,  rus  va  ingliz  tili  darslarida  boshlang’ich  sinf  o’quvchisi  tanlagan 

sohasiga  oid  o’z  ona  tilisidagi  zaruriy  atamalarning  ma’nosini  tushunsa,  o’zbekcha, 

ruscha  va  inglizcha  nomlanishini  bilsa,  bir  so’zni  boshqasi  bilan  qiynalmay 

almashtira  olsa  boshlang’ich  sinf  ta’limida  tillarni  o’qitishdan  ko’zlangan  maqsadga 

erishilgan hisoblanadi. 

         



 

 

 

 

 

Birinchi bob bo’yicha xulosalar. 

Buyuk O’zbekistonimizning kelgusi taraqqiyoti, buyuk istiqboli ko’p jihatdan 

yosh  avlod  ta’lim  –  tarbiyasi  bog’liq.  Kelajak  avlodning  yetuk  insonlar  bo’lib 


ulg’ayishi esa, albatta, o’qituvchilarimizga, ularning pedagogik mahorati salohayatiga 

bog’liq. 

1991  yilning  1  sentyabrida  Vatanimiz  mustaqil  davlat  bo’ldi,  halqimizning 

asriy  orzusi  ro’yobga  chiqdi.    Davlatimiz  tobora  taraqqiy  etib  bormoqda.  Hazirgi 

kelajak avlod bolalarini ko’rib ko’zing quvnaydi. Ular bir hil maktab formasida, ko’l 

ushlashib  borishlari,  bir-biri  bilan  o’tilgan  mavzulari  haqida  suhbatlashishlari  yana 

bir  -  bor  quvonsa  arzugulik  holat.  Haqiqatdan  farzandlarimizning  fanlarga  bo’lgan 

qiziqishlari  bor.  Ayniqsa  ingliz  tiliga  bo’lgan  qiziqishlari  boshqa  fanlarga  bo’lgan 

qiziqishlariga qaraganda ortiqroq. Yoshlar ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularga 

berilayotgan bilim mazmunini boyitish va uzliksizligini ta’minlab berish uchun yangi 

hujjatlar  qabul  qilinmoqda,  dars  berishning  ilg’or  pedagogik  usullari  foydalangan 

holda  ingliz  tili  samarali  o’rgatilmoqda.  Uning  asosida  o’qituvchi  dars  davomida 

o’zining  bor  bilimi,  mahorati  va  ijokorligini  ishga  solib,  darsning  samaradorligiga 

erishmoqda.  Pedagagik  texnalogiyalar  asosida  yaratilgan  turli-tuman  metodlar 

bo’yicha  o’tilgan  dars,  albatta,  o’z  natijasini  beradi  va  o’quvchilarda  shu  fanga 

nisbatan qiziqish uyg’otadi. 

        Boshlang’ich 

maktabni  kelajakka  qo’yilgan  poydevor,  deb  bejizga 

aytishmagan.Manashu  qutlug’  dargohda  o’quvchilar  oq-qorani  tanishadi,  kamolga 

yetishadi,  ilm  cho’qqilarini  egallash  uchun  dastlabki  parvozga  shaylanishadi. 

Ularning  har  tomonlama  yetuk  inson  sifatida  kamol  topishida,  bu  mo’tabar 

maskanning o’rni beqiyosdir. Bugungi tizimda mazkur tizimdaislohatlar jadal suratlar 

bilan davom etmoqda. 

 

Bolalar boshlang’ich sinflarda qanchalik chuqur bilim olib, yahshi tarbiyalanib, 



ingliz  tilini  o’yinlar  orqali    o’rganib,  zarur  bilim,  ko’nikma,  malakalarni  puxta 

egallasalar,  ularning  yuqori  sinflarda  o’qishlari  va  o’zlashtirishlari  shunchalik 

muvaffaqiyatli bo’ladi. Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqshdir deb bejizga 

aytishmagan  halqimiz.  Ingliz  tili  o’qituvchilari  boshlang’ich  sinfdan  boshlab  tilga 

bo’lgan qiziqishini uyg’ota olsagina, ingliz tilini o’rgata oladi.  Biz farzandlarimizga 

vaqtida  e’tibor  berib,  o’zimizni  vaqtimizdan  ham,  farzandlarimiz  vaqtidan  ham 

unumli foydalansakkina har qanday muvofaqqiyatimizga o’z vaqtida erishamiz.      


Shuningdek 1- sinfga kelgan bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasi 

har  xil  bo’lishi  bizga  mma’lum.  Ba’zi  o’quvchilarning  berilgan  topshiriqlarni 

osongina  o’zlashtirishi  bir  tamondan  quvonarli  bo’lsa,  ikkinchi  tomondan  ularga 

aqliy zo’r berish jarayoning sustlashishiga olib keladi.     

Bola  qancha  erta  biror  soha  bilan  shug’illanishni  boshlasa,  unda  rivojlanish 

imkoniyati  shuncha  katta  bo’ladi.  Ammo  shuni  unitmaslik  kerakki,  bolani  o’zi 

xohlagan,  o’zida  moilligi,qiziqishi  bo’lgan  faoliyat  bilan  shug’illanishi  maqsadga 

muofiqdir.  

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

II  BOB  BOSHLANG’ICH  SINF  O’QUVCHILARIGA  INGLIZ  TILI 

OG’ZAKI NUTQINI O’STIRISH METODIKASI.  

II.1. Boshlang’ich sinflarda ingliz tili o’rgatish. 


Maktabdagi o’quv jarayoning sifati ko’p omillarga bog’liq bo’lib, ular orasida 

o’qitishning  usul  va  metodlari  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega.  Binobarin,  ular 

bilimlarning  ongli  va  chuqur  o’zlashtirilishiga,  o’quvchilarda  mustaqil  va  ijodiy 

faollikning rivojlanishiga ijobiy tasir ko’rsatadi. Usul va metod tushunchalari o’zaro 

bog’liqdir,  chunki  ularning  har  biri  metod  sifatida  ham  usul  sifatida  ham  namoyon 

bo’ladi.  

Pedagogika  amalyotida  o’qitish  usullari  va  metodlarining  juda  katta  boyligi 

to’plangan.  Ularni  tanlashda  turli  sharoitlar,  o’qitilayotgan  fanning  xarakteri, 

bolalarning  yosh  hususiyatlari,  oldingi  tayorgarlik  darajasi  va  hokazolar  hisobga 

olinadi. 

Forobiyning  fan  va  san’atning  afzalligi  haqidagi  risolasida  o’quv  jarayoning 

tashkil  etishga  va  o’qitish  metodlariga  qo’yiladigan  talablar  ifodalangan.  Olim 

o’zining  o’qitish  metodlari  haqidagi  tushuntirishlarida  o’quvchilarga  turli  bilimlar 

berish  bilan  birga,  mustaqil  holda  bilim  olish  yo’llarini  ham  ko’rsatish,  ularni 

bilimlarning zarurligiga shak-shubhasiz ishontirish kerakligini uqtirgan. 

Metodlar  va  usullarni  tanlash  o’qituvchi  darsda  hal  qilishi  mo’ljallangan 

masalaga bog’liq bo’ladi. Chunonchi, yangi materialni bayon etishda bir hil metodlar 

qo’llansa, uni mustahkamlashda ikkinchi va mavzuni umumlashtirishda yana boshqa 

xil metodlar qo’llanadi. Darsning turli bosqichlarida puxta o’ylash va samarali usullar 

hamda  metodlarni  tanlash  juda  muhimdir.  O’qituvchi  darsning  eng  boshida  4-5 

daqiqa  umumiy  so’rashni  amalga  oshiradi  va  o’quvchilarning  qaysi  guruhi  o’tgan 

dars  bo’yicha  yetarli  darajada  o’zlashtirmaganini  aniqlaydi  va  keyingi  so’rashda 

sinfning  diqqat-e’tiborini  eng  avval  ana  shu  masalaga  qaratadi.  Dastlab  savollarga 

batafsil  javob  bera  oladigan  o’quvchilardan  so’raydi.  Natijada  sinfning  bir  qismi 

uchun  murakkablik  qilgan  marerial  tushunarli  bo’ladi.  Bu  usul  o’quvchilarning 

mashg’ulotdagi  nuqsonlarini  payqash  va  shu  zahoti  bartaraf  etishda  yordam  beradi. 

Mazkur usulning samaradorligi ham xuddi ana shundadir. 

Garchi har bir o’qituvchining ishida anchagina usul va metodlar mavjud bo’lsa-

da,  ularni  qo’llashdan  ko’zlanadigan  maqsad  tarbiyalanuvchining  ta’limiy  ishlarini 

faollashtirishdir. Bu tadbir juda muhim bo’lib, birinchidan o’quvchilarning ularning 



e’tiqodiga, e’tiqodini esa amaliy faoliyatga, xatti-harakatga aylantiradi, ikkinchidan, 

o’qitish  jarayoning  ishini  osonlashtiradi.  O’qish-o’rgatish  diqqat  e’tiborni  talab 

qiladigan murakkab faoliyatdir va unda o’tkir aql, mustahkam  iroda, tiniq tasavvur, 

kuchli  xotira  zarur.  O’qituvchining  vazifasi  usul  va  metodlardan  foydalanib, 

o’quvchilarda  anashu  sifatlarni  tarkib  toptirish  va  ularga  qiyinchiliklarni  yengishni 

o’rgatishdir.  

Hozirgi davrda nafaqat ingliz tilida balki fanning hamma sohalariga juda katta 

burilishlar  ro’y  bermoqda  va  har  bir  o’qituvchi  o’zining  tarbiyalanuvchilarini  o’zi 

o’qitadigan  fan  sohasi  bo’yicha  navbatdagi  qayta  qurilishlar  va  qrishilgan  yutuqlar 

bilan keng tanishtirishi kerak. Bu ishni o’quvchilarga mos shaklda va o’quv dasturiga 

muvofiq amalgam oshirish lozim. 

Mazkur talabning ikkinchi xususiyati o’qituvchining o’quvchilar fikr doirasini 

kengaytirish to’g’risida doimo g’amxo’rlik qilishdir. Ta’limning mana shu bosqichida 

o’qituvchi  oldida  o’quvchilarga  oddiygina  bilim  berish  emas,  balki  ularning  fikr 

doirasini  kengaytirish,  qiziquvchanligini  oshirish  va  ularda  o’zi  o’qitadigan  fanga 

muhabbat uyg’otish vazifasi turibdi. 

Shunday  qilib o’qitish metodi o’qituvchi va o’quvchilar nazariy hamda amaliy 

bilish faoliyatining ta’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yo’ldir. Unga quydagi 

muayyan talablar qo’yladi: 

1.  O’quv  materialini  o’rganishning  o’qituvchi  tavsiya  etgan  yo’li  fikrlashning 

dialektik-materialistik  usuli,  mustaqil  qarashlar,  irodaviy  xususiyatlari  va  xulqning 

shakllanishiga olib boorish kerak. 

2.  O’qitish  metodining  ilmiy  asosi  yaqqol  va  aniq  bo’lishi  lozim.  Shundagina 

o’qituvchi  mazkur  metod  orqali  qanday  masalalar  qo’yilishi  va  hal  qilinishi 

mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo’lmasligini ko’ra oladi. 

b)  O’qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi. 

Har  qanday  metoddan  biror  maqsadga  erishish  ko’zda  tutiladi  va  shuning  uchun  u 

qandaydir  maqsad  qo’yishni,  unga  erishish  bo’yicha  faoliyat  usulni,  ana  shu 

faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi.  


So’ngi  yillarda  maktablarda  o’qitish  metodlari  muommosiga  alohida  e’tibor 

berilmoqda.    Shu  muammo  bo’yicha  anchagina  tadqiqotlar  bajarilmoqda,  ilg’or 

pedagagik  amaliyotda  o’qitishning  samarador  metodlarining  va  ularning  tizimlarini 

qo’llashning talaygina yo’llari topidi. Ammo umumiy ta’lim maktabiga qo’yilayotgan 

yangi  talablar  o’qitishning  metodlari  va  usullarini  yanada  takomillashtirishni  talab 

talab qilmoqda. 

 Maktablardagi    ta’limning  hamma  bosqichlarida  o’quvchilarning  ijodiy 

imkoniyatlarrini  rivojlantirish  juda  muhimdir.  Lekin  boshlang’ich  sinfdan  boshlab  

ularning  ijodiy  fikrlashini  shakllantirish  alohida  ahamiyatga  ega.  Chunki 

boshlang’ich  sinflarda,  xususan,  ta’limning  birinchi  yo’li  bolalarda  o’qish 

qobiliyatlari shakllana boshlaydi. 

O’quvchining  ijodiy  fikrlashi  yangilik  kashf  etishida,  ko’rilayotgan  narsani 

yaratishning boshqacha usulini topishda, o’quv materialidan o’zgacha bog’lanishlarni 

ochib  berishi  va  hokazolarda  aks  etadi.  O’quvchilarning  namunaga  tayanmay 

qandaydir  yangi  narsani  yaratish  qobiliya  ijotkorlikni  talab  qiladigan  faolyatda 

rivojlanadi.  

Kichik maktab yoshidagi o’qvchilarda ijodiy fikrlarni rivojlantirishda ta’limiy 

topshiriqlar muhim rol o’ynaydi. Bunday topshiriqlar fikrlash faoliyatining maqsadi 

sifatida xizmat qiladi va uning xarakterini belgilaydi. 

O’quvchilarda ingliz tilidagi bilimlarni o’zlashtirish  jarayonida ularning aqliy 

kamol topishi va to’g’ri tarbiyalanishi o’z-o’zidan amalga oshmaydi.  


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling