I bob o’rta umumta’lim maktablari boshlang’ich sinf
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
ingliz tili darslarida boshlangich sinf oquvchilarining ogzki nutq konikmalarini takomillashtirishda oyin texnalogiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Three bears
- “Blind Man’s Buff”
- “What animal is it”
- “Leksik o’yinlar”
- What kind
- “A” “B”
- “Go, my little pony, go!” {ou}
- An Old Grey Goose {u}
- Imloga oid (orfografik) o’yinlar.
Fonetik o’yinlar o’quvchilarni talaffuzini mashq qilirish, she’rlarni baland ovozda talafuz qilishga o’rgatishga o’rgatishda ishlatiladi. Bunda she’rlar o’quvchilar bilan oldin yodlanadi, so’ng yodda musobaqa qilib aytiladi. Fonetik o’yinlarning turlari ham ko’p. 1. Kim {r}tovushi bor so’zlarni tez, to’g’ri talafuz qiladi, bunda 2 o’quvchi qatnashadi. 2. Kim [y] tovushi bor so’zdan ko’p topib tez, to’gri talafuz qiladi va yozadi. 3. She’r ayttirish kabilar. Orfografik o’yinlar Bu o’yinlardan yozuvni o’rgatishda foydalaniladi. Bunday o’yinlarni ham turi ko’p bo’lib, men kuyidagilarini aytib o’tmoqchiman. 1. O’qituvchi 2ta o’quvchini qo’liga alohida qog’ozga yozilgan harflarni berib, “pencil” deydi, kim tez doskaga borib shu so’zni yasasa, u g’olib sanaladi. 2. Doskada so’zlarni bitta bosh va oxirgi harfini yozib to’ldirish. 3. Kim ko’p so’z yozish kabilar. Bu o’yinlar ham musobaqa tarzida o’tadi. Hozirgi paytda ingliz tilini o’rgatida rolli o’yinlardan keng foydalaniladi. Ular oldimizga qo’ygan maqsadga erishishda, qiziqtirishni orttirishda, darsga jalb qilishga salmoqli ijobiy yordam beradi. Shu sababli o’yinlarni yanada keng qo’llash maqulroqdir. Three bears Characters: Father bear. Mather bear. Baby bear. Little girl.
(three Bears are sitting at the table, drinking milk.) Mother Bear: Take your cup, Father! Father Bear: Thank you! Mother Bear: Take your little cup, Baby. Baby Bear: Thank you, Mummy dear…Mother, it is too hot! Father Bear: Then let us go for a walk. (The Bears go out of the room.) Scene II (A little girl comes in and looks round) Little girl: Whose room can it be? (Looking at the table). I am hungry. (Sits down at the table and tastes the milk). Oh, this milk is too hot for me!.... Oh, this milk is too cold for me!... This milk just right for me. (The noise of the Bears steps is heard. The Girl hides under the table). Scene III (the Bears enter the room and take their places at the table). Father Bear: My cup is not full. Mother Bear: And my cup is not full. Baby Bear: And my cup is empty. (They look round) Oh, who is this? A little girl! Father Bear, Mother Bear and Baby Bear: Let us eat her up! Little girl: No, you won’t! (Runs away. The Bears try to catch her, but fall down). Mother Bear: It is your fault. Father! You fell and I fell, too! Baby Bear: And I fell because you fell. (All together, shaking their heads): And the Little girl has run away. Oh, oh, oh. New words. Bear – ayiq Thank you – rahmat. For a walk- piyoda yurmoq. Room- xona. Girl-qiz bola. Boshlang’ich sinf o’quvchilarni hozirgi kuda ingliz tilidan nutqini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar, shart-sharoitlar etarli darajada.
Boshlang’ich sinfda o’qituvchi rahbarligida turl faoliyatlarda (o’yinlarda, mashg’ulotlarda, mehnatda) bir-birlari bilan nutqiy muloqatda bo’ladilar. Turli hildagi ijodiy va harakatli o’yinlar, mashg’ulotlar, mashqlar, sayr va kuzatishlar – bularning hammasi bolalar hayotining mazmunini to’ldiradi. Bolalar nutqini rivojlantirishda rolli o’yinlarning ahamiyatini alohida ta’kidlab o’tish kerak. Bu o’yinlar keng muloqot va fikr almashishda imkon yaratadi. Mazmunli hayot bolalarni bir-biriga yaqinlashtiradi, ahil jamoa bo’lib yashashgao’rgatadi, urish-janjal, hafagarchilikka yo’l qo’ymaydi. Agarda bolada yorqin tasurotlar bo’lmasa, ularning hayotlari kambag’al va bir hil bo’lsa, u holda ularning nutqlari bo’sh rivojlanadi, ular biror narsa haqida gapirib berolmaydilar,
ularan biror narsani so’rab olish ham qiyin bo’ladi, so’z boyliklari juda sekin ortib boradi; zerikish urish-janjalni vujudga keltiradi, bunday sharoitda esa bola nutqining to’gri rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Nutq amaliyoti bolalar o’yinlarida, mashg’ulotlarda bir-biri bilan muloqotda bo’lishda katta ro’l o’ynaydi. Bolalarning o’zaro do’stona, samimiy aloqada bo’lishlari muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Agar bola nima bilandir band bo’lsalar, qandaydir qiziqarli mashg’ulotlarga, o’yinlarga ishtrok etsalar, u yerda hech qanday kelishmovchiliklar yoki tushunmovchiliklar bo’lmaydi, balki o’quvchilar nutqining faol rivojlanishi uchun imkoniyat yaratiladi. O’qituvchi o’quvchilarning bir-birlari bilan bo’lgan o’zaro so’zlashuvlarini rag’batlantirib borishi, uyatchan bolalarni o’yinga, boshqa bolalar bilan so’zlashishga jalb qilib boorish kerak. Bolalar nutqini rivojlantirishda eng zaruriy shartlardan yana biri nutq o’stirish bo’yicha ko’rgazmali qurollarning mavjudligidir. Bolalar nutqini rivojlantirish bo’yicha o’tkaziladigan o’yinlarda turli xildagi didaktik materiallardan foydalaniladi. So’z bolalar ongida ko’rgazmali obraz bilan chambarchas bog’langan bo’ladi.
O’quvchilarga xorijiy tillarni o’rgatish bir muncha qiyin bo’lib, bunda turli usul va uslublardan foydalanish ko’zlangan samara beradi. Bu borada “Oddiydan murakkabga”usulidan foydalanish maqsaga muvofiqdir. Bu usul turkum o’yinlarni o’z ichiga oladi. O’yinlar orqali til o’rganish o’quvchini zeriktirmaydi, tilni osonlik bilan o’zlashtirishga xizmat qiladi.
Bolalar, avvalo, o’yinlarni ko’ngil ochuvchi mashg’ulot deb biladi, u hatto darsga qiziqishi bo’lmagan o’quvchini ham faollashtiradi. Ingiliz tilini o’rganish va o’rgatishda o’qituvchi bilimdonligining o’zi etarli emas, balki o’qituvchining uslubiy mahorati va muntazam tashabbuskorligi talab etiladi.
Grammatik o’yinlar ingliz tilidagi grammatik murakkabliklarni sodda usulda o’quvchilar ongiga singdiradi, o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantiradi. Shu bilan birga og’zaki nutqni mustaqil qo’llashda imkoniyat yaratadi va ijodiy – mantiqiy faolligini oshiradi.
“where is the pen” Bu o’yinni tashkil etish oson bo’lib, o’yin shartiga ko’ra, bir o’quvchi tashqariga chiqarib yuboriladi. Qolgan o’quvchilar o’quv qurollaridan birini yashiradilar. Tashqaridagi o’quvchi sinfga taklif etilib, qolganlar nimani berkitib qo’yganlarini topishini so’raydi. Pupil 1: Where is the pen? He (She): The pen is in the bag. Pupil 2: No, it is not. He (She): The pen is on the desk. Pupil 3: No, it is not. He (She) The pen is under ths desk. Pupil 4: Yes, it is. “Blind Man’s Buff” Bolalar ko’z boylog’ich o’yinini yahshi ko’rishadi. Mazkur o’yinda 10 nafar o’quvchi ishtrok etadi. Ular doskaga chiqariladi va bir ishtrokchining ko’zi bog’lanai. U “Where are you” deb takrorlayveradi. Qolganlar “I am here” deb, joylarini o’zgartirib turishadi. U bitta ishtrokchini tutib oladi va undan so’raydi: She (He): Are you Nodir? Odil: No, I am not. U boshqa o’quvchini ushlaydi.
He (She): Are you Lola? Yes, I am. Endi Lolani ko’zi bog’lanadi. Bu o’yin orqali o’qiuchilar ismlar oldida artiklning ishlatilmasligini yahshi eslab qoladilar.
O’qituvchi tashqariga chiqib turadi. O’quvchilar esa o’zaro maslaharlashib, biror hayvon yoki buyumni tanlashadi. O’qituvchi o’quvchilardan uning sifatlarini so’ragan holatda tanlangan narsa nima ekanligini topadi.
Teather: Pupil: -Does it live in the forest? - No, it doesn’t - Does it live with people? - Yes, it does. - Does it drink milk? - No, it doesn’t. - Does it eat grass? - Yes, it does. - Does it give milk? - Yes, it does. - Is it a goat? - Yes, it is. “Leksik o’yinlar” Bunday o’yinlarni tashkil etishdan maqsad, o’quvchilarning o’rgangan lug’at boyligini amalda qo’llashni mashq qilish, nutqiy fikrlash qobiliyatini faollashtirish va mustaqil fikrlash, so’zlarni bayon qila olishga o’rgatishdan iborat. What kind? Sinf ikki guruhga bo’linadi. Oldindan “A” va “B” tarqatmalaritayyorlab qo’yiladi. “A” guruh otlarni o’qiydi, “B” guruh esa shu otlarga tegishli sifatlarni topishi kerak. Masalan: “A” “B” Day grey, rainy Kitten playful, little Rose beautiful, fragrand Bee busu, buzzing Stars turkling, distant Hike interesting, pleasant
Fonetik o’yinlar. O’quvchilarga tovushlarni to’gri talaffuz qilish, inglizcha she’rlarni baland ovozda va aniq chiroyli talaffuz qilishga o’rgatish fonetik o’yinlar orqal o’rgatiladi.
Go, my little pony, go
Go, go, go! Gallop, pony, gallop, go
Go, go, go! An Old Grey Goose {u} An old grey goose game,
Th! Th! Th! At puppies passing by, I like to make them cry,
Th! Th! Th!
O’quvchilarni ingliz tilida so’zlarni to’g’ri yozishga o’rgatish va ularning xotirasida saqlanib qolishiga erishishda mazkur o’yinlar qo’l keladi.
O’qituvchi doskaga 4 harifidan iborat so’z yozadi. Masalan “farm”. O’yin shartiga ko’ra, har bir harfga 4tadan so’z toppish kerak. Guruhlarga bittadan ekspert tayinlanadi. A’zolar maslahatlashib, so’zlarni berilgan vaqt ichida topishlari kerak. Guruhlarga so’zlarni yozish uchun qog’ozchalar tarqatiladi:
F
A
R
M
Fall Anny Room Meat Fool Air Rose Many Food Any Rain Man Fast About Road More III. 2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ingliz tilida nutq ko’nikmalarni takomillashtirish usullari Maktablarda boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim – tarbiya berishda eng asosiy vazifalardan biri o’quvchilarga ona tilini o’rgatish bilan bir qatorda xorijiy
tillarni o’rgatish, shu nuqtaiy nazardan ingliz tilini o’rgatishdir. O’quvchini ingliz tiliga qiziqtira olish, ingliz tilida nutqini rivojlantirish, nutqiy munosabatga, muomalaga o’rgatishdir. Nutq o’stirishning asosiy maqsadi: o’quvchilarning ingliz tilidagi og’zaki nutqini rivojlantirishdan, atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bo’lish malakasini shakllantirishdan iborat. Nutq o’stirish vazifasi o’z ichiga bir qancha maxsus vazifalarni oladi: 1. O’quvchilarni sinf xonasi va tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o’stirish, lug’atini boyitish. 2. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish. 3. nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. Lug’at ustida ishlash ko’rgazmali qurollardan tahqari sinf xonasidagi ko’rgazmalardan hamda tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali ham amalgam oshiriladi. O’quvchilarni tevarak - tarofdagi buyumlar, hodisalar, o’simliklar, hayvonot dunyosi va hokozolar bilan tanishtirish jarayonida ularning nomlarini, sifatlarini, hususiyatlarini ingilizcha so’zlar bilan aytamiz. Masalan: Buyumlarning nomini anglatadigan: (things) mirror (ko’zgu) camp (taroq), soup (sovun), carteen (gilam), cupboard, (shikaf) bad (kirovat), tableclothe (dasturhon). Vagetables: (sabzavotlar nomini anglatadigan carrot (savzi), cabbage (karam), turnip (shalg’om), cucumber (bodring). Fruits: (mevalar) apple (olma), pear (nok), cherry (olcha), peach (shaftoli), banana (banan), grape (uzum) domestic animals (uy hayvonlari) rooster (xo’roz), hen (tovuq), horse (ot), cow (sigir), dog (it), cat (mushuk), goat (echki). Verbs (harakatni ifodalovchi) washing (yuvinmoq), cleaning (tozalamoq), doing iron (dazmollamoq),cooking (pishirmoq) va boshqalar. Adjectives: (sifatlari) big (katta), small (kichkina), red (qizil), green (yashil), hot (issiq), cold (soviq) va hokazo so’zlar sozlar o’quvchilarning sinf xonasi va tevarak- atrof bilan tanishtirish jarayonida o’quvchlar lug’atiga kiritiladi, buning natijasida ularning lug’ati boyitiladi, nutqi rivojlanadi.
Ingliz tili darslaida lug’at bilan ishlash juda muhim bo’lib, o’qituvchi o’quvchilarga o’rtoqlari bilan ingliz tilida nutqiy muloqotga kirishib keta olishiga yordam beradigan tanlab hamda diologik nutq yordamida ular nutqiga kiritib boradilar. O’quvchilarni so’zlarning tarjimasini tushunishga o’rgatibgina qolmay, balki bu so’zlarni nutqlarni faol ishkatishga ham odatlanib boradilar.
Lug’at tilning qurilish materiali hisoblanadi. Grammatika esa gapda so’zlarning o’zgarishi va ularning bog’lanish usullarini belgilaydi. Bundan tashqari, grammatika tilning qurilish modelini (so’z yasovchi, so’z o’zgartiruvchi) belgilaydi.
O’quvchi ingliz tilining barcha grammatik shakllarini qancha erta o’zlashtirsa, u aqliy jihatdan ham, nutqiy jihatdan ham sunchalik tez rivojlanadi. Agar o’quvchida nutqning grammatik tomoni noto’g’ri shakllansa, aqliy rivojlanishi kechkadi.
O’qituvch har bir mashg’ulot va o’yin turlarida bolalar nutqidagi grammatik xatolarni tuzatishi kerak. O’z vaqtida tuzatilmagan grammatik xato bola nutqida mustahkamlanib, uni tinglayotgan boshqa bolalar nutqida ham grammatik xatolarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Biroq maxsus tashkil etiladigan o’yinlarda bola nutqidagiu yoki bu salbiy jihatlarni ogohlantirish bo’yicha ish olib, bola nutqida paydo bo’lgan grammatik hatolarni o’z vaqtida bartaraf etish lozim. Mahsus tashkil etiladigan o’yin va mashg’ulotlarda bolaning diqqati faqat kerakli Grammatik shakllarga jalb qilinadi. So’z, uning shakl jihatdan o’zgarishi, so’z birikmasi yoki gaplar ular aqliy faoliyatining mazmuni bo’lib qoladi. Bunday mashg’ulotlarni izchillik va ketma-ketlik bilan olib barish natijasida bolalar qanday gapirish kerakligini anglaydilar, savodli chiroyli gapirishga harakat qiladilar. Qulay ishchanlik ruhida tashkil etiladigan mashg’ulotlar bola diqqatini chalg’ib ketishining oldini oladi, ular o’qituvchining tushuntirishlarini, ko’rsatmalarini diqqat bilan tinglaydilar, o’rtoqlarini nutqini kuzatadilar. Mashg’ulotda nutq namunasini oladilar va o’z nutqlarida undan foydalanadilar. Ko’pgina o’quvchilar o’z o’rtoqlarining xatolarini tuzatishda o’qituvchining eng yaqin yordamchisiga aylanib qoladilar. Bolalar nutqidagi grammatik xatolarni ogohlantirish, tuzatish maqsadida tashkil etiladigan maxsus mashg’ulotlar olib borishda quyidagi metodik ko’rsatmalarga amal qilish kerak: Ma’lum bir sinfda tashkil etiladigan mashg’ulot mazmunini uzoq muddatga mo’ljallab tashkil etish kerak. Mashg’ulot uchun bolalarning o’zlashtirishlari, ishlatilashi qiyin bo’lgan grammatik kategoriyalarni qayta – qayta tashkil etib mashqlar bajarish lozim. Bolalar oson va tez o’zlashtirgan birorta Grammatik formani (shakni) qayta o’rgatish maqsadga muofiq emas. O’qituvchi yilning boshida o’quvchilar qanday Grammatik shakllarni qo’llashda qiynalishlarini, xatoga yo’l qo’yishlarini aniqlab olishi kerak. Buning uchun o’quvchi nutqini kuzatadi, alohida o’quvchilar uchun surali kartochkalar yoki biror - bir predmet yordamida o’tkaziladi.
O’quvchilar grammatik shakllarni doimo to’g’ri ishlatashlari uchun dinamik stereotipni hosil qildirish kerak. Buning uchun eshitgan so’zini kerakli grammatik shaklda ko’p marta takrorlash zarur. Takrorlash sedan chiqarganlarini esga tushurish maqsadida emas, balki sedan chqarishning oldini olish uchun zarurdir, chunki esdan chiqarganni qayta tiklash uchun juda ko’p vaqt sarf etiladi. Grammatik jihatdan to’g’ri shakllangan nutq malakasini hosil qilishning sharti bu – takrorlashdir. Biror mavzu mazmunini to bola nutqidagi grammatik xato turi bartaraf etilmaguncha takrolash zarur. 3-4 ta grammatik shakl ustida ishlash bo’yicha mashgulot bir necha kun davom etishi mumkin.
Grammatik jihatdan to’g’ri nutqni shakllantirish bo’yicha mashg’ulotlar ko’rgazmali materiallar yoki ko’rgazmasiz o’tkaziladigan talimiy o’yin xarakteriga ega.
Har bir boshlang’ich sinf uchun dastur mazmuniga mos talimiy o’yinlar, mashqlar tanlanadi. Masalan: Birinchi sinflar uchun “English alphabet”, “Numbers”, “Domestic animals”, “Family” va boshqalar. Ikkinchi sinf va undan yuqori sinflar uchun ”Verbs”, “Jobs”, “Body”, “Seasons”, “Months and weeks” va hokazolar.
Bola nutqidagi xatolarni do’stona, xushmuomilalaik bilan tuzatish kerak. Hech vaqt bola nutqidagi xatoni takrorlash yaramaydi, yaxshisi grammatik shaklli to’g’ri bo’lgan so’zlarni, talimiy o’yinlarni takrorlash joizdir, o’qituvchi dars davomida yoki turli hil o’yinlar davomida bola nutqini kuzatib borishi va grammatik xatolarni tuzatishi shart.
Bola nutqida grammatik xatolarni dars jarayonida etarli ovoz tonida, boshqa o’quvchilarga ham eshitarli qilab to’g’rilash kerak.
O’quvchilarni grammatik to’g’ri gapirishga o’rgatish bilan bir qatorda nutqning tovush madaniyati ham o’rgatish lozim.
Nutq madaniyati – bu bayon etiladigan fikr mazmuniga mos tarzda til vositalarining barchasidan (Tovush, intonatsiya, Grammatik shakllar, leksik urg’ulardan) foydalana olishdir.
O’qituvchi oldida quyidagi vazifalar turadi: o’quvchilarda so’zlardagi tovushlarni aniq, to’g’ri talaffuz etishni tarbiyalash, ingliz tili orfoepiya qoidalari asosida so’zlarni to’g’ri talaffuz etishni, aniq talaffuzini, bola nutqining ifodaliligini tarbiyalash.
Biroq nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash bu tovushlarning to’g’ri talaffuzini shakllantiish ekan deb tushunmaslik kerak. To’g’ri tovush talaffuzini shakllantirish nutqining tovush madaniyati bo’yicha ishlarning bir bir qismigina hisoblanadi. O’qituvchi bolalarda to’g’ri nafas olish va chqarishni, ingliz tilidagi hamma tovushlarni to’g’ri talaffuz etishni, so’zlarni aniq talaffuz etishni, ovozdan to’g’ri foydalanishi, shoshilmasdan nutqning mazmuniga qarab, ifodali gapirishni tarbiyalaydi.
Nutqning fonetik va orfoepik jihatdan to’g’riligi, sozlashgan vaqtida to’g’ri nafas olish va chiqarish, ravshan gapirish, so’zlarni to’g’ri isjlatish, ovoz kuchi va nutq suratini tartibga solish tushuniladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari ingliz tili lotin alifbosiga o’hshab ketganligi bois ayrim tovushlarni almashtirib yuboradilar. Masalan: “school” [sku:l] so’zini “schol”, “book” [bu:k] so’zni bok, “bag”[ba:g] bag . O’quvchilarga bilim va tarbiya berishada so’zlashuv nutqiga (dialog) o’rgatish katta ahamiyatga egadir. Bolada so’zlashuv nutqini shakllantirish – bu boshqalarning nutqini tinglash va tushunish, so’zlashishni quvvatlash, savollarga javob berish va so’rashdir (savollar beris). Bola so’zlashuv nutqining rivojlanganlik darajasi uning lug’at boyligiga, tilning grammatik tomonini egallaganligiga bog’liqdir. Bolaning so’zlashuv nutqiga o’rgatish uning madaniy nutqni egallagnli darajasiga ham bog’liqdir. Masalan , suhbatdosh bilan so’zlashayotgan vaqtda o’zining va suhbatdoshining nutqiga doimo e’tiborli bo’lish, suhbatdoshining nutqini also bo’lmaslik, savollarga odob bilan qo’l ko’tarib, ruhsat berilgach javob berish, “ha” yoki “yo’q” deb qisqa javob bermay, balki shoshmay, o’ylab, so’ng to’liq, to’g’ri javob qaytarishga odatlantirish lozim. So’zlashganda o’rtacha ovozda fikrni tushunarli qilib bayon etish, nutqning yoqimli bo’lishiga e’tibor berish, so’zlaganda hamma uni miriqib tinglashiga o’rgatish, shuningdek, gapirayotgan vaqtda yerga, tevarak – atrofga qaramay, balki o’rtoqlariga qarab, ikki qo’lini yonga tushurib, erkin, samimiy so’zlashishga o’rgatishi va buni darsda bolalardan talab qilib borish zarur. Til o’rganishning asosiy shakli bu mashg’ulotdir. Nutq o’strish mashg’ulotlarida bola o’z nutqini o’qituvchining namunaviy nutqi bilan taqqoslashga, boshq bolalar bilan o’quv materiallarini bajarishga, yani o’qituvchining tushuntirishini, hikoyasini tinglashga, birgalikda rasmlarni, diafilmlarni ko’rishga suhbatlashishga, didaktik o’yinlarda ishtirok etishga, birgalikda o’ynashga ma’lum bir obyektga diqqatini qarata olishga, navbat bilan gapirishga o’rganadi. O’quvchilar har darsda yangi bilimlar bilan tanishdilar, o’qituvchining nutqiy ko’rsatmasi orqalio’quv ishlarini bajarishga, o’z ishlariga baho berishga o’rganadilar. O’quvchilarning dars davomida hammaga eshitarli qilib gapirishi emas, balki o’qituvchining va tengdoshlarining nutqini faol tarzda idrok qilishi va tushunishi demakdir. Imkoniyatg qarab ko’proq bolalarning ovoz chqarib gapirishlari, fol nutqlari uchun sharoit yaratib berish kerak. O’quvchilarning nutqiy faolligini oshirishda ko’rgazmali qurollardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Shuningdek, faoliyatning xilma – xilligi, ularning turlarini o’zgartirib turilishi, o’yin usullari ham o’quvchilarning nutqiy faolligini oshriradi. To’g’ri tanlangan va tuzilgan, topshiriqlar ham nutq faolligini taminlovchi vositalardan biridir. Tarbiyachi savollar va topshiriqlar berganda, sinfdagi hamma o’quvchilarga qarata murojat qiladi, zarur bo’lganda uni takrorlaydi, javob beruvchiga baland, to’g’ri, hammaga tushunarli qilib gapirish kerakligi haqida ko’rsatma beradi, nutqiy rivojlanishi har xil darajada bo’lgan o’quvchilardan navbatma-navbat so’raydi, hadeb bir o’quvchidan so’rayvermaydi, sinfdagi o’quvchilarga javob berayotgan o’quvchining javobi to’g’ri yoki nato’g’ri ekanligini nazorat qilib borishni aytadi, ularga savol bilan murojat etadi: u to’g’ri gapirdimi? Yana nimalar haqida gapirishi kerak edi? Shuningdek o’qituvchi darsda nutqi yaxshi rivojlanmagan o’quvchilarga alohida e’tibor qaratishi kerak. Ayniqsa indamas, muloqat qilishni istamaydigan, o’zini tutib tura olmaydigan, ezma o’quvchilarga yakkama – yakka yondashishi kerak.
Maktab sanf xonalarining ham ko’rinishi alohida o’rin egallaydi. Yani yorug’lik yetarli darajada bo’lishi, stollar, jihozlar o’quvchilar bo’yiga mos bo’lishi kerak. O’quvchilarning va o’qituvchining doimiy o’tiradigan joyi bo’lishi, o’quvchilar stolga o’tirishganda o’qituvchining aniq ko’rib turishlari, o’quvchilar o’qituvchiga, o’qituvchi esa o’quvchilarga qarab o’tirishlari kerak. Sinf xonasining havosi doimo yangilanib turishi lozim.
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling