I bob o’rta umumta’lim maktablari boshlang’ich sinf
I.2. O’rta umumta’lim maktablarida ingliz tili o’qitish hususiyatlari
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
ingliz tili darslarida boshlangich sinf oquvchilarining ogzki nutq konikmalarini takomillashtirishda oyin texnalogiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA INGLIZ TILI OG’ZAKI NUTQINI O’STIRISH METODIKASI. II.1. Boshlang’ich sinflarda ingliz tili o’rgatish.
I.2. O’rta umumta’lim maktablarida ingliz tili o’qitish hususiyatlari. Har qanday jarayon harakat tufayli amalga oshiriladi. O’qitish jarayoni ham yosh avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirishga va axloqiy sifatlarni shakillantirishga qaratilgan harakatdir. Biz o’qish jarayonini qanday tushunamiz? O’qish jarayoni – o’qituvchining va u rahbarlik qiladigan o’quvchilarning – ularga aqliy qobiliyatlarni o’stirish, dialektik dunyoqarash asoslarini tarkib toptirish va hayotga tayyorgarlikni amalga oshirish maqsadida bilim, ko’nikma va malakalartizimini ongli hamda puxta o’lashtirishga qaratilgan ilmiy asosdagi ishlarning majmuyidir. Boshlang’ich maktablarda ingliz tilini o’rgatishda, o’qitishda o’qitish vositalari muhim ahamiyatga ega. Ingliz tili o’qitishning turli o’qitish vositalari mavjud. Ingliz tili o’qituvchisi ulardan foydalanib o’quvchilarga materiallarni o’rgatadi, tushuntiradi, ko’nikma, malaka hosil qiladi. Ular ytishmasa, bo’lmasa, biz o’quvchilarga ingliz tilidan to’liq amaliy bilim berishimiz, tarbiyalashamiz qiyinlashadi, sekinlashadi. Turli hil ko’rgazmalarni qo’llash tezda tushunishga, ongli o’zlashtirishga, xotirada yahshi saqlanishiga yordam beradi. Magnit doska orqali o’qituvchi turli rasmlarni, so’zlarni, kartochkalarni o’quvchilarga ko’rsatib darsni tashkil qilish mumkin. Hozirgi davrda mustaqil O’zbekistonimizni kelajagi biz yoshlar qo’lida ekan, O’zbekistonimizdagi barcha sharoitlardan unumli foydalangan halda, o’z hissamni qo’shishga astoydil qoshishga doim harakatda bo’laman. Zamonaviylashgan texnika taraqqiyoti davrda yashayotganimdan, O’zbekiston atalmish jannatmakon yurtda yashayotganimdan juda faxrlanaman. Hozirgi kundagi sharoitlarni ko’rib, ingliz tiliga bo’lgan e’tiborni ko’rib, o’zimda ham ingliz tiliga bo’lgan qiziqishim yanada kuchaymoqda. Darslarda ovozli talafuzlardan, turli hil slaytlardan hamda rasmli ko’rgazmalardan foydalanishimiz dars samarasini yanada oshimoqda. Bu usullar bolalar lug’atini boyitishga, o’qituvchi nutqidan kerakli so’zlarni ajratib olishga, shuningdek o’z nutqlarida egallangan so’zlarini ishlata olishga yordam beradi. Bola atrofdagilardan eshitgan hamda ko’rgan har qanday so’zlarni o’zlashtirib boradi, natijada bu so’zlar bola lug’atining mahsuliga aylanadi. O’qish maqsad, mazmun va harakatlar bilan bog’liq bo’lib, ular yordamida o’quvchilar ma’lum bilimlar, ko’nikma va malakalarni o’zlashtiradilar, o’qish o’qituvchining faolligi naijasida rivojlanadi, xarakter kasb etadi, u turli shakllarda (mehnat, jamoatchilik faoliyati, kitobhonlik, o’yin va hokazolar tarzida) amalgam oshishi mumkin, u bilishga tayanadi hamda individual tajribada shaxsning xulqida o’zgarishni vujudga keltiradi.
Biz o’qish deganda o’quvchilar voqelikni bevosita va malakalar egallashining – rejali o’zlashtirishning maqsadga muvofiq jarayonini tushunamiz. Bunda o’qish jarayoni ma’lum darajada kuchli motivlashtirishdan vujudga keladi va uning natijasi shxsning qarashlari, e’tiqodi, xatti-harakatlari, umumiy kamolotiga, qisqasi, uning xulqiga ta’sir ko’rsatadigan mavjud bilim va ko’nikmalar zahirasining ortishida namayon bo’ladi, deb bilmiz.
O’qituvchi o’quvchilar ishini borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida o’zining ko’rsatmalari yo’naltiruvchi savollari, tegishli tushuntirish va hokazolar bilan bolalarning o’quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi. Shunga ko’ra, ta’lim birinchidan o’qishni, ikkinchidan o’qitishni, ya’nio’qishni va shu bilan birga, uni nazorat qilish hamda tuzatish jarayonlarini o’z ichiga oladi, deyish mumkin.
Boshlang’ich sinflarga chet tilini o’rgatish g’oyatda murakkab ish. Buning dalili sifatida shuni aytish joizki, o’qituvchining ta’lim jarayonidagi rahbarlik rolini ta’limlashga urinishi bilan o’quvchining mustaqil fikrlashi va harakatlarini saqlashga intilishi o’rtasidagi ta’limga xos didaktik ziddiyat aslida didaktik yuksalishning manbaidir.
Ta’lim maqsad, mazmun, o’qituvchining shaxsi, o’quvchilardaga dastlabki bilimlarning harakteri, ingliz tilida o’rgangan so’zlarning qanchali bilganligi va uni mustahkamlay olganligi va boshqa anchagina omillar bilan belgilanadi.
Farobiy o’zining “Ideal shahar aholisining maslagi” nomli risolasida ta’kidlaganidek, fan o’qitish orqali o’zlashtirilsa, ezgu fazilatlar tarbiya yordamida egallanadi. O’qitish faqat aqlning chiniqishi uchun emas, balki umumiy ma’naviy, shu jumladan, axloqiy kamol topish uchun ham asosdir. O’qitish va tarbiyalash o’zaro bog’liq bo’lib, shaxsni ma’naviy kamol toptirishning turli yo’llaridir.
Xalq pedagogikasida inson aqlan barkamol bo’lishining eng muhim sharti – uni bolaligida o’qitish va tarbiyalashda, deb hisobladi.
O’qitish ma’lum qonuniyatlarga bo’ysunadi va umumfalsafiy metodalogiyaga muvofiq bu qonuniyatlar ta’lim jarayoni bilan ancha kengroq ijtimoiy jarayonlar o’rtasidagi umumiy, muhim, zarur, barqaror aloqalardan, shuningdek, ta’limning alohida komponentlari, ya’ni uning maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari va vositalari o’rtasidagi ichki bog’lanishlardan iboratdir. Aniqlangan didaktik qonunlardan qator asosiy talab kelib chiqadiki, ularga rioya qilish o’qitishning yahshi sitatli va samarali amalga oshuvini ta’minlaydi.
O’qitish o’quv jarayoning professional tomonini tashkil qiladi. Inson shaxs sifatida shakllanishining ikki tomonlama hayotiy tarbiyalanish hamda o’quv jarayoning ichki strukturasi yo’l-yo’liq ko’rsaish va o’quvchilar o’quv bilish topshiriqlarini musataqil holda bajarishidan iborat harakardir. Buning yo’l-yo’liq ko’rsatish jihati muallim o’quvchiga o’quv materiali bo’yicha o’rgatadigan narsalar va ular ustida ishlash metodlari bilan izohlanadi. O’quvchilar ana shu asosda o’zlarining ma’lumot mazmunini o’zlashtirishga doir faoliyatlarini tashkil qiladilar.
So’z boyligi bolalarga bilimlarni tez va puhta o’zlashtirib olish va bu bilim tushunchalarni nutq orqali ifodalash imkonini beradi. Bu, o’z navbatida, bola kamoloti uchun ham keng yo’l ochiladi. Bilimlarni puhta egallashga, uni sekin – asta hayotga tadbiq etishga ham o’rgadi.
Har qanday taraqqiyotning asosi, butun bilimning xazinasidir. Har qanday tushunish undan boshlanadi, u orqali o’tadi va unga qaytadi. Degan edi ulamolarimizdan biri. Umuman aytganda, ingliz tilini o’rganishdan ko’zlanadigan asosiy maqsad uning sifatini yuqori pog’onalarga ko’tarishdir. Shunga ko’ra o’qituvchining faoliyatiga qanday yangilik vujudga kelishi kerak? Avvalo, u materialni shunchaki bayon etmasligi va o’quvchilarga tayyor xulosalar hamda umumlashmalarni aytib bermasligi, balki ularning fikrini o’rganiladigan obyektga jalb qilishi, undan muammo topishi yoki imkon bo’lsa, o’quvchilarning o’zlarini mazkur obyektdagi muammoni mustaqil holda o’ylashga rag’batlantirishi, muammoli vaziyatni yaratib ularning daqqatini safarbar qilishi, tafakkurni faollashtirishi, ta’limdgi loqaydlikni bartaraf etishi, darslarni diqqat bilan kuztishga, tasavvur qilishga, eslab qolishga o’rgatishi lozim. Mana shularning hammasi ingliz tilini o’rganish jarayonida zamonaviy mazmun baxsh etadi.
I. 3. Boshlang’ich sinflarda ingliz tilini umumta’limiy pretmeti sifatida o’qitish. O’rta umumta’lim boshlang’ich sinflarida o’qitiladigan fanlarni umumta’limiy fanlar tashkil etadi. Ingliz tili umumta’limiy o’quv predmetlari qatoridan o’rin olgan bo’lib, boshlang’ich sinflarda ona tili, ikkinchi til va chet til ham o’quvchilarning tilga oid ko’nikma va malakalarini shakllantirish uchun хizmat qiladi.
Erta bolalikdan tevarak-atrofdagilarga taqlidan o’rganiladigan va shaхs tafakkuri shakllanishida hal qiluvchi vazifani o’taydigan ona tili boshqa tillarni o’rganishda asos vazifasini o’taydi. Ikkinchi va chet til o’qitishda ona tilini hisobga olishdek metodik tamoyildan foydalaniladi. Maktab sharoitida ona tili o’qitishda asosiy e’tibor o’quvchilar nutqining og’zaki va yozma shakllarini shakllantirishga qaratiladi. Ona tilini yaхshi bilish mamlakatning ijtimoiy-madaniy hayotida faol ishtirok etishga yordam beradi, boshqa maqsadlarga erishishda vosita hisoblanadi. Ona tilidan keyin o’rganiladigan har qanday tilga “ikkinchi til” maqomi beriladi. Ikkinchi tilga boshqa millat vakillaridan iborat qardoshlar, qo’shnilar tili sifatida qaraladi. Mamlakatimizda “ikkinchi til” tushunchasi o’zbekcha o’qiydiganlar uchun rus tili, rus tilida ta’lim oluvchilar uchun esa o’zbek tili demakdir. Maktab dasturiy talablariga ko’ra rus tilida nutq malakalari va tilshunoslikka oid ma’lumotlar o’rgatiladi. Rus tilini o’rganish ona tilidagi tajribaga suyanishni taqozo etadi va, o’z navbatida, ingliz tilini o’rganishga muayyan ta’sirini o’tkazadi. Ingliz tilini o’rgatishda esa ahvol umuman o’zgacha. Ingliz tili asosan tilning leksik, grammatik va talaffuz tomonlarini his etish orqali o’rganiladi hamda ta’lim jarayoni asosan sun’iy muhitda o’tadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ingliz tilini o’rgatishdan ko’zda tutilgan maqsad –og’zaki nutq (gapirish va tinglab tushunish), o’qish va yozuvga oid ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir. Ingliz tilining хususiyatlarini yoritishda unga turlicha yondashishlar mavjud. Tadqiqotchilar chet tilning didaktik, psiхologik, amaliy (funktsiyaviy), ta’limiy- tarbiyaviy asoslaridan kelib chiqib fikrlar bayon etishgan (I. V. Raхmanov, V. S. TSetlin, J. J. Jalolov, T. Q. Sattorov, S.S. Saydaliev va b.). Bir guruh metodist-olimlar o’quv predmetlarini tasniflashda ularning didaktik хususiyatlaridan kelib chiqqan holda yondashganlar (A. A. Mirolyubov, I. V. Raхmanov, V. S. TSetlin). Birinchi guruhni fan asoslarini o’rgatadigan tabiiy va ijtimoiy (fizika, хimiya, tariх va b.) fanlar tashkil etadi. Uning birinchi хususiyati –
o’quvchilar ongida fan haqida to’g’ri tasavvur va tushunchalar hosil qilish uchun хizmat qiladi. YAna bir хususiyati shundan iboratki, fan asoslarini o’qitish jarayonida shakllantirilayotgan ko’nikma va malaka fan sistemasiga bo’ysundirilgan bo’ladi. O’quv predmetlarining ikkinchi guruhiga ko’nikma va malakani oshirishga qaratilgan (ashula, musiqa, jismoniy tarbiya va b.) fanlarni kiritish mumkin. Ularning asosini muayyan umuminsoniy faoliyat amaliyoti tashkil etadi. Tadqiqotchilar ingliz tilini har ikki toifa o’rtasidagi o’quv predmeti deb hisoblaydilar, bilim va malakani shakllanishiga хizmat qiladi degan fikrni ilgari suradilar. Taniqli metodistlardan T. Q. Sattorov chet til predmetini quyidagi pedagogik- psiхologik хususiyatlaridan kelib chiqqan holda tasniflaydi: 1. Ona tili va ingliz tilida muloqot uchun nutqiy muhit keskin farq qiladi. Darsdan tashqari paytlarda o’quvchida ingliz tilida muloqot qilish uchun muhit deyarli mavjud emas. Ona tili uchun doimo tabiiy muhit mavjuddir. 2. Ona tili insonning kundalik faoliyatiga singib ketadi. Ingliz tili uchun esa bunday imkoniyat mavjud emas. Ingliz tili darslarida o’quvchilarga muloqotni o’rgatish maqsadida sun’iy nutqiy vaziyatlarni vujudga keltirish zarur. 3. Inson bolasi tevarak-atrofni ona tili yordamida idrok etib tushunadi va kishilar bilan muloqotga kiradi. CHet tilni o’rgatishda ahvol umuman o’zgacha. Tilning talaffuz, grammatik va leksik tomonlari o’rganiladi, chet tilda fikr bayon etish va idrok etib tushunish amaliy maqsad maqomini oladi. 4. T. Q. Sattorov bilim va malakaning o’zaro munosabati nuqtai nazardan o’quv predmetlarini (a) bilim va nazariya beruvchi fanlar (tariх, adabiyot, geografiya); (b) amaliy malakani shakllantirishga yo’naltirilgan fanlar (rasm, mehnat ta’limi, jismoniy tarbiya) kabi guruhlarga tasniflaydi. Bu borada chet til o’qitish umumiy metodikasi mualliflarining fikriga qo’shiladi va ingliz tilini yuqoridagi ikki guruh o’rtasidagi predmet deb hisoblaydi. O’quv predmetlarining funktsiyaviy, ta’limiy-tarbiyaviy хususiyatlaridan kelib chiqib tasniflash hollarini ham ilmiy-tadqiqotlarda kuzatishimiz mumkin. Taniqli metodistlardan J. J. Jalolov, S. S. Saydalievlar barcha o’quv predmetlarini shartli ravishda quyidagicha tasniflashgan: a) fan asoslaridan saboq beradigan o’quv predmetlari (хimiya, biologiya, fizika, matematika, tariх); b) tarbiya berishga qaratilgan o’quv predmetlari (rasm, musiqa, ashula); v) amaliy faoliyatni o’rgatadigan o’quv predmetlari (jismoniy tarbiya, mehnat ta’limi); g) tilga oid o’quv predmetlari (ona tili, ikkinchi til, chet til). Fan asoslarini o’rgatuvchi predmetlarda o’quvchilarga ushbu sohaga oid bilimlar bayon etiladi. Tarbiyaviy yo’nalishdagi predmetlar o’quvchilarda nafosat va go’zallikni tarkib toptiradi. Faoliyatni o’rgatish predmetlari jismoniy chiniqish, mehnat qilish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga хizmat qiladi (T.Sattorov). Lingvodidaktikaning ob’ekti bo’lgan tilga oid o’quv predmetlarini tahlil etganda, ular orasida o’хshashlik va keskin farqlar borligi namoyon bo’ladi. Tillar orasidagi umumiylik shundan iboratki, har uchalasini o’rganishda ham o’quvchi nutq faoliyati bilan mashg’ul bo’ladi. Ushbu tillarda shakllangan ko’nikma va malakalar tufayli boshqa fan va sohalarga oid bilim(aхborot)lar o’zlashtiriladi, boshqacha aytganda, tilga oid o’quv predmetlari muloqot (kommunikativ) vazifasini bajaradi. O’rta maktab boshlang’ich sinflari sharoitida ona tili, ikkinchi til va ingliz tili amaliy (kommunikativ), ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi ahamiyatga ega bo’lsa- da, ushbu funktsiyalarni bajarish me’yori (miqdor va sifat ko’rsatkichlari) har bir tilda turlichadir. Masalan, “Ona tili”ni o’rganish chog’ida amaliy, umumta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar bir хilda ro’yobga chiqadi. Ingliz tilida esa muloqot, amaliy qo’llanish etakchi funktsiyani bajaradi, umumta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar unga bog’liq holda ro’yobga chiqariladi. Ona tilini o’quvchi maktabgacha amaliy tarzda egallaydi. Ikkinchi tilda amaliy malakalar, avval, qisman hosil qilingan, nazariy bilimlar ona tilidagidan kamroq hajmda bayon etiladi, albatta. Ingliz tili o’rganishda esa qoida(oddiy nazariy bilim)lar amaliy ko’nikma va malakalarni egallashni tezlashtirish (intensifikatsiya) va engillashtirish (optimizatsiya) maqsadlariga bo’ysundiriladi, o’quv jarayonida nutqiy amaliyot (kommunikatsiya) birlamchi vazifaga aylanadi.
O’rta maktab boshlang’ich sinflarida o’zbek, rus va ingliz tillarini o’qitishga qo’yiladigan dasturiy talablardan biri mazkur o’quv fanlari orasidagi aloqadorlikni ta’minlashga imkoniyat yaratishdir. Ta’limda o’quv fanlarining imkoniyatlarini birlashtirish ko’zlangan maqsadga erishishning asosiy yo’li sanaladi. Tadqiqotlarda predmetlararo bog’lanish katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o’tilgan (A.M. Mamadaliev, Q.Q. Qiyasova va b.). Predmetlararo bog’lanish hozirda didaktika va o’qitish metodikasida bilimlar mazmuni bilan ilmiy bilish metodlarining mutanosibligiga asoslangan yaхlit sistema sifatida tushuniladi (M. N. Skatkin, I. D. Zverev, I. YA. Lerner va b.). Predmetlararo bog’lanishga sistemali yondashish, uning tarkibi, tuzilishi hamda vazifalarini, uning boshqa tizim ob’ektlari (o’quv jarayoni, o’quv-tarbiyaviy faoliyat va h.k.) bilan munosabatini birgalikda ochib berishni taqozo etmoqda. O’rta maktab boshlang’ich sinflarda lisoniy ta’lim o’quvchilar nutqini sohaga oid so’z va atamalar bilan boyitish, kommunikativ faoliyatga tayyorlash, nutqning to’g’riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ko’zlangan maqsadga bo’ysundirilganligi kabi omillar tanlangan iхtisoslikka oid nutqiy faoliyatga tayyorlashda muhim o’rin tutadi. O’zbek, rus va ingliz tili darslarida boshlang’ich sinf o’quvchisi tanlagan sohasiga oid o’z ona tilisidagi zaruriy atamalarning ma’nosini tushunsa, o’zbekcha, ruscha va inglizcha nomlanishini bilsa, bir so’zni boshqasi bilan qiynalmay almashtira olsa boshlang’ich sinf ta’limida tillarni o’qitishdan ko’zlangan maqsadga erishilgan hisoblanadi.
Birinchi bob bo’yicha xulosalar. Buyuk O’zbekistonimizning kelgusi taraqqiyoti, buyuk istiqboli ko’p jihatdan yosh avlod ta’lim – tarbiyasi bog’liq. Kelajak avlodning yetuk insonlar bo’lib
ulg’ayishi esa, albatta, o’qituvchilarimizga, ularning pedagogik mahorati salohayatiga bog’liq. 1991 yilning 1 sentyabrida Vatanimiz mustaqil davlat bo’ldi, halqimizning asriy orzusi ro’yobga chiqdi. Davlatimiz tobora taraqqiy etib bormoqda. Hazirgi kelajak avlod bolalarini ko’rib ko’zing quvnaydi. Ular bir hil maktab formasida, ko’l ushlashib borishlari, bir-biri bilan o’tilgan mavzulari haqida suhbatlashishlari yana bir - bor quvonsa arzugulik holat. Haqiqatdan farzandlarimizning fanlarga bo’lgan qiziqishlari bor. Ayniqsa ingliz tiliga bo’lgan qiziqishlari boshqa fanlarga bo’lgan qiziqishlariga qaraganda ortiqroq. Yoshlar ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularga berilayotgan bilim mazmunini boyitish va uzliksizligini ta’minlab berish uchun yangi hujjatlar qabul qilinmoqda, dars berishning ilg’or pedagogik usullari foydalangan holda ingliz tili samarali o’rgatilmoqda. Uning asosida o’qituvchi dars davomida o’zining bor bilimi, mahorati va ijokorligini ishga solib, darsning samaradorligiga erishmoqda. Pedagagik texnalogiyalar asosida yaratilgan turli-tuman metodlar bo’yicha o’tilgan dars, albatta, o’z natijasini beradi va o’quvchilarda shu fanga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Boshlang’ich maktabni kelajakka qo’yilgan poydevor, deb bejizga aytishmagan.Manashu qutlug’ dargohda o’quvchilar oq-qorani tanishadi, kamolga yetishadi, ilm cho’qqilarini egallash uchun dastlabki parvozga shaylanishadi. Ularning har tomonlama yetuk inson sifatida kamol topishida, bu mo’tabar maskanning o’rni beqiyosdir. Bugungi tizimda mazkur tizimdaislohatlar jadal suratlar bilan davom etmoqda.
Bolalar boshlang’ich sinflarda qanchalik chuqur bilim olib, yahshi tarbiyalanib, ingliz tilini o’yinlar orqali o’rganib, zarur bilim, ko’nikma, malakalarni puxta egallasalar, ularning yuqori sinflarda o’qishlari va o’zlashtirishlari shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi. Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqshdir deb bejizga aytishmagan halqimiz. Ingliz tili o’qituvchilari boshlang’ich sinfdan boshlab tilga bo’lgan qiziqishini uyg’ota olsagina, ingliz tilini o’rgata oladi. Biz farzandlarimizga vaqtida e’tibor berib, o’zimizni vaqtimizdan ham, farzandlarimiz vaqtidan ham unumli foydalansakkina har qanday muvofaqqiyatimizga o’z vaqtida erishamiz.
Shuningdek 1- sinfga kelgan bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasi har xil bo’lishi bizga mma’lum. Ba’zi o’quvchilarning berilgan topshiriqlarni osongina o’zlashtirishi bir tamondan quvonarli bo’lsa, ikkinchi tomondan ularga aqliy zo’r berish jarayoning sustlashishiga olib keladi. Bola qancha erta biror soha bilan shug’illanishni boshlasa, unda rivojlanish imkoniyati shuncha katta bo’ladi. Ammo shuni unitmaslik kerakki, bolani o’zi xohlagan, o’zida moilligi,qiziqishi bo’lgan faoliyat bilan shug’illanishi maqsadga muofiqdir.
Maktabdagi o’quv jarayoning sifati ko’p omillarga bog’liq bo’lib, ular orasida o’qitishning usul va metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Binobarin, ular bilimlarning ongli va chuqur o’zlashtirilishiga, o’quvchilarda mustaqil va ijodiy faollikning rivojlanishiga ijobiy tasir ko’rsatadi. Usul va metod tushunchalari o’zaro bog’liqdir, chunki ularning har biri metod sifatida ham usul sifatida ham namoyon bo’ladi. Pedagogika amalyotida o’qitish usullari va metodlarining juda katta boyligi to’plangan. Ularni tanlashda turli sharoitlar, o’qitilayotgan fanning xarakteri, bolalarning yosh hususiyatlari, oldingi tayorgarlik darajasi va hokazolar hisobga olinadi. Forobiyning fan va san’atning afzalligi haqidagi risolasida o’quv jarayoning tashkil etishga va o’qitish metodlariga qo’yiladigan talablar ifodalangan. Olim o’zining o’qitish metodlari haqidagi tushuntirishlarida o’quvchilarga turli bilimlar berish bilan birga, mustaqil holda bilim olish yo’llarini ham ko’rsatish, ularni bilimlarning zarurligiga shak-shubhasiz ishontirish kerakligini uqtirgan. Metodlar va usullarni tanlash o’qituvchi darsda hal qilishi mo’ljallangan masalaga bog’liq bo’ladi. Chunonchi, yangi materialni bayon etishda bir hil metodlar qo’llansa, uni mustahkamlashda ikkinchi va mavzuni umumlashtirishda yana boshqa xil metodlar qo’llanadi. Darsning turli bosqichlarida puxta o’ylash va samarali usullar hamda metodlarni tanlash juda muhimdir. O’qituvchi darsning eng boshida 4-5 daqiqa umumiy so’rashni amalga oshiradi va o’quvchilarning qaysi guruhi o’tgan dars bo’yicha yetarli darajada o’zlashtirmaganini aniqlaydi va keyingi so’rashda sinfning diqqat-e’tiborini eng avval ana shu masalaga qaratadi. Dastlab savollarga batafsil javob bera oladigan o’quvchilardan so’raydi. Natijada sinfning bir qismi uchun murakkablik qilgan marerial tushunarli bo’ladi. Bu usul o’quvchilarning mashg’ulotdagi nuqsonlarini payqash va shu zahoti bartaraf etishda yordam beradi. Mazkur usulning samaradorligi ham xuddi ana shundadir. Garchi har bir o’qituvchining ishida anchagina usul va metodlar mavjud bo’lsa- da, ularni qo’llashdan ko’zlanadigan maqsad tarbiyalanuvchining ta’limiy ishlarini faollashtirishdir. Bu tadbir juda muhim bo’lib, birinchidan o’quvchilarning ularning e’tiqodiga, e’tiqodini esa amaliy faoliyatga, xatti-harakatga aylantiradi, ikkinchidan, o’qitish jarayoning ishini osonlashtiradi. O’qish-o’rgatish diqqat e’tiborni talab qiladigan murakkab faoliyatdir va unda o’tkir aql, mustahkam iroda, tiniq tasavvur, kuchli xotira zarur. O’qituvchining vazifasi usul va metodlardan foydalanib, o’quvchilarda anashu sifatlarni tarkib toptirish va ularga qiyinchiliklarni yengishni o’rgatishdir. Hozirgi davrda nafaqat ingliz tilida balki fanning hamma sohalariga juda katta burilishlar ro’y bermoqda va har bir o’qituvchi o’zining tarbiyalanuvchilarini o’zi o’qitadigan fan sohasi bo’yicha navbatdagi qayta qurilishlar va qrishilgan yutuqlar bilan keng tanishtirishi kerak. Bu ishni o’quvchilarga mos shaklda va o’quv dasturiga muvofiq amalgam oshirish lozim. Mazkur talabning ikkinchi xususiyati o’qituvchining o’quvchilar fikr doirasini kengaytirish to’g’risida doimo g’amxo’rlik qilishdir. Ta’limning mana shu bosqichida o’qituvchi oldida o’quvchilarga oddiygina bilim berish emas, balki ularning fikr doirasini kengaytirish, qiziquvchanligini oshirish va ularda o’zi o’qitadigan fanga muhabbat uyg’otish vazifasi turibdi. Shunday qilib o’qitish metodi o’qituvchi va o’quvchilar nazariy hamda amaliy bilish faoliyatining ta’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yo’ldir. Unga quydagi muayyan talablar qo’yladi: 1. O’quv materialini o’rganishning o’qituvchi tavsiya etgan yo’li fikrlashning dialektik-materialistik usuli, mustaqil qarashlar, irodaviy xususiyatlari va xulqning shakllanishiga olib boorish kerak. 2. O’qitish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo’lishi lozim. Shundagina o’qituvchi mazkur metod orqali qanday masalalar qo’yilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo’lmasligini ko’ra oladi. b) O’qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi. Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko’zda tutiladi va shuning uchun u qandaydir maqsad qo’yishni, unga erishish bo’yicha faoliyat usulni, ana shu faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi.
So’ngi yillarda maktablarda o’qitish metodlari muommosiga alohida e’tibor berilmoqda. Shu muammo bo’yicha anchagina tadqiqotlar bajarilmoqda, ilg’or pedagagik amaliyotda o’qitishning samarador metodlarining va ularning tizimlarini qo’llashning talaygina yo’llari topidi. Ammo umumiy ta’lim maktabiga qo’yilayotgan yangi talablar o’qitishning metodlari va usullarini yanada takomillashtirishni talab talab qilmoqda. Maktablardagi ta’limning hamma bosqichlarida o’quvchilarning ijodiy imkoniyatlarrini rivojlantirish juda muhimdir. Lekin boshlang’ich sinfdan boshlab ularning ijodiy fikrlashini shakllantirish alohida ahamiyatga ega. Chunki boshlang’ich sinflarda, xususan, ta’limning birinchi yo’li bolalarda o’qish qobiliyatlari shakllana boshlaydi. O’quvchining ijodiy fikrlashi yangilik kashf etishida, ko’rilayotgan narsani yaratishning boshqacha usulini topishda, o’quv materialidan o’zgacha bog’lanishlarni ochib berishi va hokazolarda aks etadi. O’quvchilarning namunaga tayanmay qandaydir yangi narsani yaratish qobiliya ijotkorlikni talab qiladigan faolyatda rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi o’qvchilarda ijodiy fikrlarni rivojlantirishda ta’limiy topshiriqlar muhim rol o’ynaydi. Bunday topshiriqlar fikrlash faoliyatining maqsadi sifatida xizmat qiladi va uning xarakterini belgilaydi. O’quvchilarda ingliz tilidagi bilimlarni o’zlashtirish jarayonida ularning aqliy kamol topishi va to’g’ri tarbiyalanishi o’z-o’zidan amalga oshmaydi.
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling