I bob. Oybek o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi sifatida
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
404-guruh O'rolov Sardor BMI-2
“Navoiy” axloqiy-siyosiy, ijtimoiy-falsafiy romani adib xayolining kо‘rkam
chamanzoridan terilgan gо‘zal guldastadir. Mamlakat hayotida tо‘xtovsiz siyosiy zilzilalar davom etayotgan bir davrda imonli va vijdonli adib sifatida Oybek el, yurt taqdiriga befarq qaray olmas edi. Uning fikri davr va saltanatlar osha kezib, temuriyzodalar taqdiri misolida tubsiz о‘pqon yoqasiga kelib qolgan imperiyani muqarrar halokatdan ogoh etibgina qolmay, istiqbolda boshlanajak mash’um bо‘rondan ham darak berdi. Insoniyatning ulug‘ falokatlar qarshisida takror qolmasliklari uchun bani odam farzandlari bir-birlariga о‘zaro muhabbat rishtalari bilan bog‘lanmoqlari, yurtda adolat barqaror bо‘lishini tilagan Oybekning bedor ruhidan taralgan hayotbaxsh nurlar basirat kо‘zini ochuvchi kalit vazifasini о‘taydi. 25
Oybek orzu qilgan chinakam erkinlik shamollari yurtimizda esib adibning muborak poyqadamlari gardidan bо‘sa olayotganidan tabarruk yuzinchi bahorini qarshilayotgan donishmand adibning ruhlari shod bо‘lsa ajab emas.
etuvchi, aql va tafakkur ustunligini ulug‘lovchi zamona zulmi, ta’qib va qiynoqlari, adolatsizliklarini ayblovchi hukmnamogina emas. Hasadgо‘ylar bilan kurashishni о‘ziga noloyiq deb bilgan, insoniy g‘ururi va qadri uchun nuqson deb hisoblangan, bо‘ysunmas qalbidagi yuksak tuyg‘ularning erkin zamona zanjirband eta olmagan ulug‘ insonning kelajak nasllarga qoldirgan munosib tuhfasidir. Kо‘rinadiki, Navoiy obrazida adolat va buyuk insonparvarlik g‘oyalari mujassam. U amalga oshirayotgan har bir ishidan el-yurt manfaati, mamlakat tinchligi va xalq osoyishtaligini kо‘zlaydi. Ulug‘ mutafakkir о‘z dono maslahatlari bilan shohga tо‘g‘ri yо‘l-yо‘riqlar kо‘rsatgan bо‘lsa, amaliy faoliyatida insonparvarlik g‘oyalarini amalga oshirgan. Oybek “Navoiy” romanida ulug‘ mutafakkir xarakterining shu jihatlarini mahorat bilan tasvirlay olgan.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling