I bob. Oybek o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi sifatida
. Oybek romanlarida davr talqini masalasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
404-guruh O'rolov Sardor BMI-2
1.2 . Oybek romanlarida davr talqini masalasi
XX asr о‘zbek adabiyoti tarixida muhim о‘rin tutadigan serqirra iste’dod sohiblaridan biri bu Muso Toshmuhammad о‘g‘li Oybekdir. Oybek she’r, doston, hikoya, qissa va roman janrlarida samarali ijod qildi. Oybek haqida tо‘xtalar ekan, akademik Baxtiyor Nazarov “Uning ijodi shu qadar rang-barang va serqirraki, hech mubolag‘asiz, bir yozuvchi qalamiga mansub bu darajadagi salmoqli va boy adabiy merosni о‘zbek adabiyoti tarixida uchratish qiyin” 19 , - deb yozadi. Oybek yetuk prozaik edi. Uning qator romanlari, kо‘plab qissalari о‘zbek nasri rivojiga sezilarli ta'sir kо‘rsatgan. Yozuvchining nasriy asarlari millat vakil- lari ruhiyatini aks ettirish jihatidan katta о‘rin tutadi. Oybekning prozaik asarlari orasida "Qutlug‘ qon" romani alohida badiiy ahamiyatga egadir. Adib bu asarni yozishga qatag‘on avj olgan mash'um 1937- yillarda kirishgan edi. Zarifaxonim shunday xotirlaydi: "Biz har kuni ertalab hali u, hali bu tanishimizning qa- malganini eshitamiz. Kunlar nihoyatda betinch. Hamma ziyolilar "xalq dush- mani" deb e'lon qilinib qamalmoqda. Na kunduz halovat bor, na tunda uy- quda. Har daqiqa tashvish, har daqiqa yurak titroqda. Biz bolalarni qо‘rg‘onda qaynota- qaynonamga qoldirib, ikki temir karavotni bog‘ning chetiga kо‘chirdik. (Gо‘yo bizni bog‘dan topisholmaydiganday)... Oybek... butun yoz ichi bog‘dan chiqmay ijod qildi. Oybek buyuk iroda egasi edi. Shuning uchun ham u о‘ta tahlikali va fojiali kunlarda, g‘urbat yutib kechirilgan hayotda "Qutlug‘ qon"day gо‘zal va о‘lmas bir asarni yaratdi". Tahlikali vaziyatda bо‘lishiga qaramay, roman ilhom og‘ushida shiddat bilan yozilgan. Bu haqda adibning sinfdoshi, adabiyotshunos olim Homil Yoqubov ke-
19 Nazarov B.A. Oybek // O’zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O’qituvchi, 1990. – B. 197. 17
yinchalik: "Oybek shu qadar qizg‘in ilhom bilan qalam tebratdiki, olti oy badali- da milliy ozodlik harakatida mehnatkash xalq ongining munavvarlashishini tas- virlagan, badiiy jihatidan yuksak asar "Qutlug‘ qon"ni yozib bitirdi", — deb eslaydi. Ehtimol, adib hayotdagi adolatsizlikni, zulm-zо‘rlikni kо‘rmaslik, undan о‘zini chalg‘itish uchun butun e'tiborini romanga qaratgandir. Yozuvchi bunga qadar nasrda bor-yо‘g‘i bir necha hikoyagina yaratgan edi xolos. Lekin hayotni sinchiklab kuzatgan, dunyo adabiy tajribalaridan atroflicha xabardor, atrofida rо‘y berayotgan hodisalardan kuchli ta'sirlanadigan qalb egasi Oybek yirik nasriy asar yozishga ruhan tayyor edi. Yozuvchi qо‘lyozma ustida jiddiy ishlab, 1939- yilda asarni yozuvchilar uyushmasida muhokama qildirdi. Muhokama chog‘ida ayrim kishilar adibni asar- ga inqilobchi kuchlarni, rus proletariati vakillarini kiritmaganlikda aybladilar. Sо‘ng yozuvchi romanda shu jihatni kuchaytirishga, unga revolyutsioner Petrov timsolini kiritishga majbur bо‘ldi. "Qutlug‘ qon" tarixiy romanida о‘zbek xalqining yaqin о‘tmishda rus bosqinchilari va mahalliy amaldorlar tomonidan ezilganligi, xalqning о‘z ahvolini anglab, ezuvchilarga qarshi qо‘zg‘olishi badiiy ifodasini topgan. Roman asosida 1916- yilda Toshkentda bо‘lib о‘tgan xalq qо‘zg‘oloni yotadi. О‘sha vaqtda о‘n bir yoshli о‘smir bо‘lgan Oybek bu voqealarni о‘z kо‘zi bilan kо‘rgan. Bо‘lajak yozuvchi u paytda kо‘rganlarining asl mohiyatini anglamagan bо‘lsa-da, milliy ozodlik yо‘lidagi qо‘zg‘olon о‘smirning ta'sirchan kо‘nglidan chuqur о‘rin olgandi. Nazardan qochirmaslik kerakki, Oybek uchun qо‘zg‘olon va uning sabablari- ni kо‘rsatish asosiy maqsad emasdi. Qо‘zg‘olon tо‘g‘risida birorta ilmiy-tarixiy yо‘nalishda maqola yozishi ham mumkin edi. Adib bu davr kishilari ruhiyatini, ularning kо‘nglidagi ezgulik va yomonlikka munosabatni, yangilanib borayotgan davr va unda yashashi lozim bо‘lgan odamlar tabiati о‘rtasidagi muvofiqlik kabi jihatlarni aks ettirmoqchi edi. Shuning uchun ham asar markazida 18
qо‘zg‘olon emas, balki Yо‘lchi, Gulnor, Shokir ota, Mirzakarimboy, Yormat, Tantiboyvachcha singari kishilar taqdiri turadi. Romanning bosh qahramoni Yо‘lchi – mard, halol, oqkо‘ngil, olijanob yi- git. Ma'lumki, inson о‘zi qanday bо‘lsa, о‘zgalar haqida ham shunday о‘ylaydi. Shuning uchun ham Yо‘lchi shahardagi qarindoshlardan mehr-u muruvvat kuta- di. U о‘ziga qilinadigan yaxshiliklar evaziga halol mehnati bilan badal tо‘lay oladi. Buni siz romanda yigitning mehnatdan qо‘rqmasligi, ishning kо‘zini bilishi tasvirlangan о‘rinlardan payqab olasiz. Yо‘lchi kunda kovlash, beda о‘rish singari kuch talab etiladigan og‘ir ishdan ham, mehmonlarga xizmat qilishday yengil yu- mushlardan ham og‘rinmaydi. Yо‘lchining tabiati roman bilan chuqurroq tanishilgani sari yorqinlashib, yuksalib boraveradi. О‘zi qanchalik og‘ir sharoitda yashayotgan bо‘lishiga qara- may, Shokir otaga yordam berishga urinishi, Shoqosim, О‘roz, Qoratoy singari nochorlarga qayishib turishi kabi jihatlar uning tabiatidagi olijanoblik, in- songa mehr ustuvorligini anglatadi. Yо‘lchi qiyinchiliklardan qо‘rqmagani, og‘irliklardan chо‘chimagani uchun ham tubanlikka bormaydi. U qiynalmay yaxshi yashash emas, balki halol va tо‘g‘ri hayot kechirish muhim deb bilgani sabab lozim kо‘rmagan ishlarni qilmaslikka о‘zida kuch topadi. Oybek asl inson qanday tabaqadan chiqqan bо‘lishiga qaramay, uni yengib bо‘lmasligini aks ettiradi. Shuning uchun ham na Mirzakarimboy, na Tantiboyvachcha, na о‘ris tо‘ralar Yо‘lchini о‘zi tо‘g‘ri deb bilgan yо‘ldan qaytara oladi. Chunki yigit puli, mavqei, mansab-u martabasi bо‘lmasa ham о‘zini ulardan past hisoblamaydi. Ular kо‘rsatgan yо‘ldan yurishni esa, pastkashlik sanaydi. Romanda Yо‘lchi og‘ir-bosiq, sabr-bardoshli, kechirimli yigit sifatida tasvir- lanadi. Lekin u faqat chidabgina qolmay, harakat qilish, kurashish ham lozimligi- ni biladi. Shu bois Gulnorning boshiga ish tushganda, qо‘l qovushtirib о‘tirmaydi. Pichoqning tig‘iga tik borib bо‘lsa-da, sevgilisini qutqaradi. Yigitning rus mir- shabboshisi bilan janjalida ham, tog‘asiga: "Bundan kо‘ra gо‘ng titganing yaxshi
19
emasmi, keksa tovuq", – deyishida ham oriyatli, о‘z haq-huquqi uchun kurasha oladigan erkak ekani sezilib turadi. Yо‘lchining zulmga, zо‘rlikka qarshi qо‘zg‘algan xalqqa qо‘shilishi ham, ta- sodifan bu tо‘daning yetakchisiga aylanib qolishi ham uning tabiatidagi kurash- chanlik va adolatga tashnalik tuyg‘usidan. Muhimi shundaki, adolatga intilgan odam kuchli bо‘ladi. Hazrati Temurning: "Kuch — adolatda", – degan hikmati bejiz emas. Chunki adolat yо‘lini tutgan odam Haq о‘zi tomonda ekanini biladi, haq hamisha adolatning qaror topishiga yordam qilishiga ishonadi. Tо‘g‘ri, Yо‘lchi maqsadiga erisholmadi, u bosh qо‘shgan kurash g‘alaba bilan tugamadi. Chunki zulmni, adolatsizlikni, yovuzlikni yengish hech qachon oson bо‘lmagan. Lekin u haq yо‘ldan qaytmagani, vijdoniga, imoniga xiyonat qilmagani, ezguliklarga is- honib, ularni qaror toptirishga intilib yashagani bilan tirikdir. Oybek “Navoiy” romanini yaratish uchun uzoq yillar ijodiy ish olib bordi. Kо‘pgina she’rlarida Navoiy obrazini gavdalantiradi. Besh asr oldin xalq dardi, xaqiqat va ishqni kuylagan, yorug‘ kunlar umidi bilan yashagan shoirni ulug‘laydi. (“Haykal oldida”) Shoirning “Navoiy” 20 dostonida esa Navoiyning kо‘nglidagi buyuk orzular, tafakkurini band etgan о‘ylar, shaxsiyatiga xos iliq samimiyat, nozik zavq, ulug‘vor siymosiga xos ruhiy nafislik va mag‘rurlik о‘z ifodasini topadi. Nodir is’tedod sohibi, akademik shoir, nosir Muso Toshmuhammad о‘g‘li Oybek “Qisqacha tarjimai holim” asarida “Navoiy” 21 romanining yozilish jarayonini xotirlab: “Romanni urush yili, qish faslida sovuq xonada jinchiroqning titroq shu’lasida yozganman” 22 ,- degan edi. Bolalik yillaridanoq mumtoz adabiyotimizni sevib mutoala qilgan Oybek ijodiy niyatida jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashgan ulug‘ insonparvar shoir siymosini badiiy adabiyotga olib
20 Oybek. Tanlangan asarlar. 4 tomlik. 1 – tom. She’rlar, poemalar. – Toshkent: Fan, 1957. – B. 273 - 282. 21 Oybek. Navoiy. Roman. – Toshkent: O’qituvchi, 1985. 22 Oybek. O’n to’rtinchi tom. – Toshkent: Fan, 1979, – B. 16. 20
kirish fikri xalq taqdiri xaqidagi teran mushohadakorlikning natijasi о‘laroq tug‘ilgan. Agar Oybek о‘zaro urushlar olovida qovurilgan temuriylar davrining mohiyatini aks ettirish, Husayn Boyqaro saltanatidan yorug‘lik nurlarini topib zamondoshimiz kishisining nazari bilan qarash, uzoq о‘tmish manzaralarini jonli xarakterlar orqali kо‘rsatib berishni kо‘zlaganligini inobatga olsak, yuqoridagi tasvirlardagi miltillagan shu’lalar ulkan ramziy-majoziy mohiyat ham kasb etadi. Qolaversa, temuriyzodalar taqdiri bir umr Oybek fikr-о‘ylarini band etgan, ijodiga ilhom bergan olis moziyning lippillagan shu’lasidir. Zero, adibning ijodiy reja va niyatlarida Sohibqiron Amir Temur haqida tarixiy doston yozish bо‘lganligi, ulkan yozuvchiinng uni tо‘kis amalga oshirishga shafqatsiz о‘lim imkon bermaganligi ayon.
Sirtdan qaraganda “Navoiy” romanida ulug‘ gumanist shoirning tarjimai holi batafsil yoritilganday tuyuladi. Chindan ham romanda 1469- yilning kо‘klamidan 1501 -yilning yanvarigacha bо‘lgan о‘ttiz ikki yillik voqealar qalamga olingan. Navoiy qizg‘in madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy faoliyatda tasvirlanadi. Donishmand va tadbirkor Navoiy marhamatli va talabchan ustoz, madaniyat-ma’rifat va obodonchilik ishlarining rahnamosi, insof diyonat, adolat himoyachisi, mamlakat va xalq osoyishtaligining posboni sifatida namoyon bо‘ladi. Mutafakkir shoir va olim sifatida о‘z ichki imkoniyatlaridan unumli foydalanadi. Davlat va idora usulida mustahkam tartib о‘rnatish va ayrim isloxatlar о‘tkazish yо‘lida jon kuydiradi. Nizo va adovatlarni bartaraf etishga urinadi. Qalbini ishonch va umid tark etmagan Navoiy tobora tanazzul botqog‘iga botib borayotgan Husayn Boyqaro saltanatida kechayotgan voqealar mantig‘ini teran anglaydi. Jaholat iskanjasidagi yurt peshvolarining qilmishlaridan ranj-alam, iztirob chekadi. Roman Navoiy fikri va aqidalarining yashovchiligiga da’vat etuvchi optimistik yakunga ega. “Oybek qalamiga mansub roman va qissalar, - deb yozadi Naim Karimov, - qaysi davr hayotidan olingan bо‘lmasin, adib shu davr 21
hayotini mukammal о‘rgangan,ayniqsa,tarixiy davr va tarixiy shaxs hayoti bilan birlamchi manbaalar asosida yaqindan tanishgan yozuvchi” 23 . Roman yozilganidan buyon yarim asrdan ortiq vaqt о‘tgan bо‘lsa-da, har bir avlod undan yangi-yangi ma’nolarni kashf etib kelmoqda. Chunki Oybek romanida davr mohiyati va ruhi, tarixning muhim pallasidagi millat kishisining о‘zlikni anglash yо‘lidagi intilishlarini ifoda etgan. Demak, Navoiy biografiyasi va taqdiri orqali yozuvchi ilg‘or g‘oyalarni shunchaki tasdiqlash yо‘lidan bormaydi. Balki xarakterlarning rivojlanishi orqali tasvirlanayotgan davr mohiyatini ham ochadi. Romanda xalqchillik pafosi qabariq tasvirlangan. Shuningdek, insonparvarlik va real voqelik о‘rtasidagi ziddiyatga ham jaholat, nodonlik va zulm bilan gumanizm, adolat, ilm-fan va tafakkurning kurashidan kо‘ra bir qadar sinfiy yondashuvning izlari soya tashlagan. Xarakterlarning intilishlarini baholashda kuchlar nisbati ma’lum ma’noda ijtimoiy tabaqalarga moddiyuncha yondashuv asosida hal etiladi. Oybekning ulug‘vorlik haqidagi estetik ideali ma’lum darajada mutafakkir olimning guruhlar ustidan oddiy xalqqa tayanib g‘alaba qilishdek primitiv mantiqqa asoslanadi. Shubhasiz, Navoiy ulug‘vorlik va mardonalikni о‘zida mujassamlashtirgan nodir shaxs. Biroq bu hol uni о‘z g‘azabini bosolmay qoladigan jangari va jaydari odam sifatida tushunishga asos bо‘la olmaydi. О‘z suhbatdoshlari ustidan kinoyali va zardali kulib: “ajdarnafs”, “darranda”, “gazanda”, “bо‘rilar”, “itlar”, “chirkin maxluqlar”, “iflos pashshalar” deb oshkora qayirib tashlovchi, “johillarning qо‘llarini kesmoq zarur” deguvchi kurashchiga aylanadi. U о‘z oqilona fikri bilan voqealar oqimini osongina izga solib yuboraveradi. Sulton Husayn gо‘yo uning yetovidagina harakat qiluvchi, bazm va mayhо‘rlikka berilgan, mustaqil fikrdan mahrum kishidek taasurot uyg‘otadi. Navoiyning bu qadar keskirligi oldida Majididdin va uning tarafdorlari qо‘rquvdan titrab, tillari kalomga kelmay qoladi. Bunday sxematizm ta’sirida Navoiy shaxsiyatidagi mutasavvuf shoirlik va
23 Karimov N. Oybek. O’zbekiston Milliy entsiklopediyasi. 6-jild. – Toshkent: 2003. – B. 476. 22
shayxlikka hos bosiqlik, vazminlik о‘rnini tahdid va siyosat, xaqorat va dag‘dag‘a egallaydi. U podshoh xuzurida xukmdorning о‘jarligini sindirish uchun shunday shiddat, jasurona ohang bilan sо‘zlaydiki, xukmdor ham har qanday e’tirozdan ojiz qoladi. SHoirning bu qadar ishbilarmon va sohibtadbir kishiga aylanishi ham real mantiqqa bir qadar muvofiq emasdek tuyuladi. Bunday о‘rinlarda shо‘ro adabiyotining mexnat kishisini ulug‘lashga moyilligi ta’siri kо‘zga tashlanadi. “Navoiy” romani mafkuraviy taziyqlar adabiy siysatga aylangan davrda yaratilgan asardir. Binobarin, Oybek о‘zi tilamagan holda shohni “qoplon”ga uning atrofidagi amaldorlarni “it”ga qiyoslashga majbur edi. Agar jiddiy e’tibor berilsa, romanning aksariyat qahramonlari ulug‘ bir taxlika va qо‘rquv saltanatining zalvori ostida harakat qiladilar. Arslonquldan Dildorga xabar keltirgan folbin kampir atrofga alanglab sekingina sо‘zlaydi. Hayajonini bosolmagan Dildorni: “Hoy, sekin gapir!... Jinni bо‘ldingmi? Qerdasan?” - deya ogohlantirar ekan, darichani yopib qо‘yib, shivirlagan holda sо‘zlaydi. Hatto vahimaga tushib, zinhor birovga og‘iz ochma, - deya ta’kidlaydi. Dildorning: “Xat bermadimi sizga?” - degan sо‘rovga: “Til zindonga sudraydi, xat dorga eltadi, bolam!” - deya bir qadar о‘kinish va jafoni bо‘yniga olgan kishiga xos vazminlik bilan javob beradi. (228 b.) Dildorga g‘amg‘о‘rlik qilish ilinjida Sultonmurod Tо‘g‘onbekning dargohiga bosh urib kelganida Aloiddin Mashhadiy, mavlono SHahobiddin va boshqa amaldorlar davrasida о‘tirgan Tо‘rg‘onbekday odam ham yurt ulug‘larining pinjiga qanchalik kirib olgan bо‘lishiga qaramasdan, dabdurustdan aniq javob ayta olmaydi. Sun’iy qiyofaga kirib, sovuq va rasmiy muomala qiladi. SHohning qonuni ustivorligi, Shayxulisomning adolati tо‘g‘risida sо‘zlashga majbur bо‘ladi. U о‘zining muztarib ahvolini tan olishga, ayni vaziyatda boshqacha yо‘l tuta olmasligini tushintirishga majbur bо‘ladi. (245-246 b.) Xо‘ja Afzal Navoiy bilan suhbatda: “Hirotdagi mash’um hodisalarni aytishdan til ham
23
chо‘chiydi”, - deydi chuqur xо‘rsinib. (275 b.) Eshik og‘a Boboali Haydarni muomalada “tilga ehtiyot bо‘lish”likka chaqiradi (327 b.) Oybek “Navoiy” romaniga bunday о‘rinlarni bejiz kiritmagan, albatta. U о‘z davrining ruhiga ham ishoralar tili bilan urg‘u bermoqni tilagan bо‘lsa ne ajab. Darhaqiqat, Oybek qalbidagi pо‘rtanalar roman matniga kо‘chmasligi mumkin emas. Zero ijodkorning mudom uyg‘oq qalbi olam hodisalarini idrok va his etadi. XV asr voqea-hodisalarini badiiy umumlashtirishda adib qalbida musiqiy bir ohang oqqanki, Oybek tomonidan his etilgan bu holat romanga о‘ziga xos ichki harorat bag‘ishlaydi. Kitobxon romanda goh balandlab, goh pastlab jо‘shqin va sokin ohanglarda taralayotgan hazin kuyni xis etadi. Navoiyga xos ulug‘vorlik va mag‘rurlik, qudrat, iroda, matonat ruhi unda mamnunlik va iftixor hissini uyg‘otadi. Romanda hayot sinovlarini matonat bilan yengib о‘zligini anglagan qahramonlar holati jonli tasvirlanadi. Ular orasida Navoiy xarakter sifatida о‘z erkinligi bilan alohida ajralib turadi. Aqidalarida sobit, istiqbolga komil ishonch bilan boquvchi qudratli ruh kishisining ezgulik yо‘lidagi harakatlari kitobxon qalbiga dalda beribgina qolmay, yaratuvchanlik va ijodkorlik ruhini ham tug‘diradi.Romandagi ritm qismlar uzviyligini ta’minlaydi. Ohangning goh avj pardalarda, goh sokin, goh tantanavor, gohida esa ma’yus oqishi surat va siyrat jilvalaridagi qalb tug‘yonlari, isyon va itoat, qat’iyatlilik hamda bandasining ojizligi ruhini ifodalaydi. Oybekning Olamu Odam yaxlitligini namoyon etishida romandagi yagona ovoz ohanglarning о‘zaro uyg‘unligi kitobxonning butun borlig‘ini qamrab oladi. Yozuvchi romanda sodir bо‘layotgan jarayonlarning manbalarini kо‘rsatish orqali qahramon harakterining shakllanishi sabablarini ochishga muvaffaq bо‘ladi. Aksariyat obrazlarning intilish va kechinmalar olamini ishonarli tahlil qiladi. Boshqacharoq ayganda, syujet qurishning retrospektiv usulidan imkon qadar foydalanishga urinadi. Qahramon ichki dunyosini taftish qilishda ularning о‘y- 24
xayollari, iztirob va kechinmalari, о‘z qilmishlarini tahlildan о‘tkazishlaridan foydalangan holda borliqni keng kо‘lamda tasvirlash imkoniga ega bо‘ladi. Afsuski Oybek kо‘proq e’tiborni personajlarning bevosita ob’ektiv faoliyatiga qaratadi. Chunki “Navoiy” romanida hayot hodisalari zamonda sababiy ketma- ketlikda joylashtirish tamoyili asosida yoritilgan. Yozuvchi hamisha ham inson ruhiyatidagi jarayonlar, uning qalb dealektikasini nazarda tutadi deyish qiyin. Bu hol keng kо‘lamdagi epik voqealarning ifodasida lirik haroratning susayishiga olib keladi. Biroq bunga asoslanib “Navoiy” romanida faqat hayotiy voqealar tasvirigina berilgan ekan, degan xulosaga kelmaslik lozim. Romanda voqealarning qahramonlar ongi va qalbiga ta’siri, xotira va tasavvurlar, shaxsning jamiyat bilan chambarchas aloqadorligini kо‘rsatish maqsadida Oybek tasvirda tashqi jarayonarning inson ruhiyatiga ta’sirini kо‘rsatish yо‘lidan boradi. SHu boisdan ham romandagi aksariyat qahramonlarning qalb torlari ijtimoiy jarayonlarning kuchli ta’siri ostida tebranishiga ahamiyat qaratiladi. Oybek iqtidori, himmat va g‘ayrati, ilhom bulog‘ining mahsuli bо‘lgan Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling