Mazkur metodni qо‘llash texnologiyasi:
Masalan, Oybekning “Qutlug‘ qon” romani” mavzusi bо‘yicha:
1) Roman, qahramon, portret tasviri, badiiy maqsad
2) yozuvchi ijodi, zulm va adolatsizlik; chin muhabbat;
3) Mirzakarimboy obrazi, Gulnor va Yо‘lchi obrazi, epizodik obrazlar;
4) Badiiy mahorat, yozuvchi uslubi, о‘ziga xoslik, poetik tasvir.
О‘quvchilarga ushbu tayanch sо‘zlar tarqatiladi, uni uyda mustaqil holda
bajarib kelish topshiriladi. “Qutlug‘ qon” romani bо‘yicha tuzilgan matnlar keyingi
darsda uy ishini sо‘rash jarayonida о‘qib beriladi. Yaxshi tuzilgan matnlar
rag‘batlantiriladi.
“Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi” interfaol metodi.
Darsda “Oybek hayoti va ijodi” mavzusi mashg‘ulot о‘tkazilayapti.
О‘qituvchi о‘quvchilarga Oybekning doston, hikoya, qissa, roman janriga xos
asarlarini ajratishni topshiradi. Dastlab о‘qituvchi doskaga Oybek asarlarini
chalkashtirilgan holda yozib qо‘yadi. Sо‘ngra, ulardan mazkur qaysi janrga kirishiga
qarab, tasniflashni taklif etadi.
“О‘ch”,
"Oltin vodiydan shabadalar"
“Singan umid”,
“Quyosh qoraymas”,
“Tillatopar”,
58
"Ulug‘ yо‘l"
“Baxtigul va Sog‘indiq”,
"Bolalik",
“Navoiy”,
“Fonarchi ota”,
“Qutulg‘ qon”,
“Gulpor opa”
“Dilbar –davr qizi”
"Nur qidirib",
“Musicha”,
"Bola Alisher"
Do'stlaringiz bilan baham: |