I bob. Oybek o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi sifatida
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
404-guruh O'rolov Sardor BMI-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. OCHIQ DARS ISHLANMASI
“Zakovatli
zukko” metodi. Bilimlarni puxta о‘zlashtirishda о‘quvchilarning fikrlash, tafakkur yuritish qobiliyatlariga ega bо‘lishlari muhim ahamiyatga ega. Ushbu metod о‘quvchilarda tezkor fikrlash kо‘nikmalarini shakllantirishga, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Uni qо‘llash о‘z xohishiga kо‘ra shaxsiy imkoniyatlarini sinab kо‘rish istagida bо‘lgan о‘quvchilar uchun qulay imkoniyatni yaratadi. Bunda о‘quvchilar о‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatlarda tо‘g‘ri, aniq javob qaytara olishlari zarur. Murakkablik darajasiga kо‘ra har bir savolga qaytarilgan tо‘g‘ri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning о‘rtacha arifmetik qiymatini topish asosida о‘quvchi (talaba)larning tafakkur tezligi aniqlanadi.
62
Mashg‘ulotlarda metodni qо‘llash orqali о‘quvchi (talaba)larning tafakkur tezligi quyidagi sxemaga asoslanuvchi faoliyat yordamida aniqlanadi:
Bunda Oybekning “Qutlug‘ qon” romanini о‘rganishda quyidagi savollarni о‘quvchilarga tavsiya etish mumkin: 1. Romanda qaysi davr voqealari aks ettirilgan? 2. “Qutlug‘ qon” romani qahramonlari kimlar? 3. Mirzakarimboy va uning dunyoqarashini yoritishda yozuvchi mahorati nimada kо‘rinadi? 4. Yormat obrazini ta’riflang. 5. Romanda Gulnor va Yо‘lchi muhabbati qanday aks ettirilgan? 6. Nima uchun romanga “Qutlug‘ qon” sarlovhasi qо‘yilgan? Umuman, ta’lim tizimida Oybek romanlarini о‘rganishda interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati katta. Biz darsda interfaol metodlar orqali о‘quvchi bilim va kо‘nikmalarini shakllantirish bilan birgalikda Oybek romanlari mohiyatini chuqurroq anglab yetishlariga erishamiz.
Савол
Жавоб Жавобнин г Жавоб учун қўйиладиган балл |
ma'muriyatiga murojaat qiling