I bob. O„zbekiston xalq artisti, sozanda, dirijyor, murabbiy, jamoat arbobi, kompozitor Doni Zokirov
Jamoat arbobi, kompozitor Doni Zokirov ijodiga bir nazar
Download 468.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Doni Zokirov1
1.2. Jamoat arbobi, kompozitor Doni Zokirov ijodiga bir nazar.
1940 - 48 yillari Muqimiy nomidagi musiqali teatrda ikkinchi dirijyor lavozimida ishladim. 1948 - 53 yillari O„zbekiston davlat radio eshittirish komiteti qoshidagi O„zbek xalq cholg„u asboblari orkestrida dirijyor bo„lib ishladim. 30 - yillardan buyon ijrochilikdan tashqari, turli mavzularda klassik va zamondosh 31 shoirlarning she‟rlariga qo„shiq, ashula va spektakllarga musiqalar yaratib kelsam ham ko„p ovozli musiqa vosita uslublarini, shakl va janrlarini, koidalarini va G„arbiy Ovrupo va rus klassik kompozitorlarining ijodiy faoliyatlarini va musiqa fanlaridan bilim olish niyatida 1940 - 42 yillar Toshkent davlat konservatoriyasining tayyorlov kursida o„qidim. Lekin urush kasofati bilan o„qishni tashlashga majbur bo„ldim. 1947 yili tayyorlov kursida o„qishni Hamid Rahimov va Dadaali Soatqulovlar bilan birga kompozitor B. B. Nadejdindan kompozitorlik, mutaxassislik, Y. N. Tyulindan garmoniya, polifoniya, A. F. Kozlovskiydan cholg„ulashtirish va dirijyorliq, I. A. Dulgarova va Yan B. Pekerdan musiqa tarixidan saboq oldik. 1948 - yili konservatoriyaning asosiy kompozitorlik kulliyotida mazkur domlalarda o„qishni davom etib, 1953 yili o„qishni muvafaqiyatlili bitirdik. 1953 yili filarmoniya qoshidagi O„zbek ashula va raqs ansambliga badiiy rahbar lavozimiga tayinlandim. 1957 yili O„zbekiston radio eshittirish ko„mitasi qoshidagi O„zbek xalq cholg„u asboblar orkestriga bosh dirijyor va badiiy rahbar lavozimiga tayinlandim», deb so„zini tamomladi Doni Zokirov. Mazkur lavozimda 1983 yilga qadar faol ishladi va nafakaga chiqdi. D. Zokirov 30 - yillarda teatr va ansambllarda sozanda bo„lib ishlab yurgan paytlarida raqs kuylari, qo„shiq va ashulalar bastalay boshlagan. Uning birinchi yirik ijodi 1934 yili Z. Fatxulinning «G„unchalar» pyesasi uchun bastalagan musiqadir. Bu spektaklga musiqa tayyorlashda u xalq musiqasidan foydalanib, ko„p qismlarni mustaqil ravishda yaratgan. U ilk ijodiy yutug„idan keyin mumtoz va zamonaviy shoirlar she‟rlariga qo„shiq va ashulalar yaratadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling