I bob. O„zbekiston xalq artisti, sozanda, dirijyor, murabbiy, jamoat arbobi, kompozitor Doni Zokirov


II BOB. Doni Zokirov nomidagi “o„zbek xalq cholg„ulari orkestri”


Download 468.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana09.01.2023
Hajmi468.28 Kb.
#1085459
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Doni Zokirov1

II BOB. Doni Zokirov nomidagi “o„zbek xalq cholg„ulari orkestri” 
faoliyatining yoshlar tarbiyasida tutgan o„rni va ahamiyati 
2.1. Doni Zokirov yoshlar tarbiyasida tutgan o„rni va ahamiyati 
Yosh avlodni milliy istiqlol g„oyalari ruhida tarbiyalash, qadriyatlarimizni va 
milliy musiqa madaniyatimizni har qachongidan chuqurroq o„ rganish hamda 
xalqimizning o„zligini anglash, o„z urf-odatlarini saqlay bilishi, ularni tiklab
avaylab, e‟zozlab, yangi o„sib kelayotgan yosh avlodga yetkazib berish bugungi 
kunning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Yosh avlodni milliy-axloqiy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalashning muhim vositalaridan biri sifatida ularni har 
taraflama estetik badiiy did sohibi bo„ lib yetishishida milliy musiqa merosining 
cholg„uchilik san‟ati orqali tanishtirib borish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Ma‟lumki, maqomlarga, xalq kuy va ashulalariga talab xalqimiz orasida tobora 
ortib bormoqda. Ana shunday talab va ehtiyojni qondirish maqsadida yetuk ijrochi 
mutaxassislarni tarbiyalash mas‟uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi. O„zbek 
xalqining boy musiqa merosini o„rganish va uni keng omma ichida targ„ib qilish 
ishlari san„atimizning jonkuyar tashabbuskorlari, mohir ijrochilari zimmasida 
bo„lmog‟i zarur. Chunki bizning davrimizgacha yetib kelgan ulkan musiqiy 
merosning ustozdan shogirdga bevosita o„tishida tabarruk zotlar ko„prik vazifasini 
o„tash bilan birgalikda, o„zlarining ijodlari bilan ham namuna bo„lganlar. 
O„zbekiston xalq artisti, sozanda, dirijyor, murabbiy, jamoat arbobi, 
kompozitor Doni Zokirov ajoyib qo„shiq, roman, musiqali drama, balet, simfonik 
va xalq cholg„ulari orkestri uchun bastalagan musiqiy asarlari bilan XX asr o„zbek 
musiqa madaniyatini boyitdi. O„zbekistonda ko„p yillardan beri salmoqli ijod qilib 
kelayotgan Doni Zokirov nomidagi “O„zbek xalq cholg„ulari orkestri” faoliyatiga 
nazar tashlab, ular ijrosidagi musiqalarni tahlil qilib ko„ rsak bu ijrolardagi nafislik, 
umumiy jo„rnavozlik, dinamika, sozandalarning o„zaro bir-birlarini va musiqani 
qanchalik teran his qilishlarini kuzatishimiz mumkin. Bunday jamoada uzoq vaqt 
ishlagan sozandalar faqat mohir sozandalargina bo„lib qolmasdan, o„zbek xalq 
musiqasi, bastakorlarimiz asarlarining puxta bilimdoni bo„lib yetishganliklarining 
guvohi bo„lamiz.



Download 468.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling