I bob. O’zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta’limni vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari
Maktabgacha ta’lim tizimining asosiy maqsadi
Download 0.6 Mb.
|
Xudoyqulova Sevinch Kurs ishi
2.2. Maktabgacha ta’lim tizimining asosiy maqsadi
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" umumiy qoidalar va 5 bobdan tashkil topgan. Umumiy qoidalarda bu dastur "Ta’lim to`g`risida"gi qonun qoidalarga muvofiq tayyorlanganligi aytiladi. 1-bob muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh kilish omillarini yoritishga bag`ishlangan. Dastlab O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng maorif sohasida yuz bergan o`zgarish va rivojlanish tahlil etiladi, kamchilik va muammolar ko`rsatiladi, isloh qilish omillari yoritib beriladi. 2-bobda dasturning maqsad, vazifalari va uni ruyobga chiqarish bosqichlari ko`rsatib beriladi. "Mazkur dasturning maqsadi - ta’lim sohasi ni tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar doirasida, yuksak axloqiy va ma’naviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir", deyiladi dasturda. Dasturni ruyobga chiqarishning bosqichlari (1. 1997-2001, 2. 2001-2005, 3. 2005 va undan keyin), ularda amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar belgilab berilgan. 3-bobda Kadrlar tayyorlashning milliy modeli (shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish) tahlil etib beriladi. 4-bobda kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning 15 ta asosiy yo`nalishlari belgilab berilgan. 5-bob esa dasturni ruyobga chiqarishga doir chora-tadbirlarni belgilashga qaratilgan. Ta’lim to`g`risidagi Qonun va milliy dasturni amalga oshirish borasida katta ishlar olib borilmoqda. Tajriba- sinovlar o`tkazilmoqda. Ta’limning davlat standartlari ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etila boshlandi. Yangi o`quv dastur, darsliklar yaratilmoqda. Ayniqsa, akademik litsey va kollejlarga katta e’tibor berilmoqda. O`quv yurtlarimizda milliy o`zligimizni anglashga olib keladigan masalalarni o`rgatishga e’tibor kuchaytirilmoqda. Oliy ta’limda ham milliy dastur talablari asosida ishlar olib borilmoqda. Bakalavrlik va magistrlik bo`yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Test asosida o`qitishga e’tibor kuchaymoqda. Biz o`ylaymizki, milliy dasturning amalga oshib borishi bilan jahon standartlariga javob bera oladigan ta’lim-tarbiya tizimimizga erisha olamiz. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling