I bob. O’zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta’limni vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari
Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining qonuniy asoslari
Download 0.6 Mb.
|
Xudoyqulova Sevinch Kurs ishi
1.2.Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining qonuniy asoslari
Maktabgacha ta’limni tashkil etish va unga rahrarlik qilish sohasining metodologik asosini O`zbekistan Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to’g’risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Maktabgacha ta’lim to’g’risida»gi konsepsiya va nizomda ko’rsatib berilgan maqsad va vazifalar tashkil etadi. Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasasi mustaqil ravishda o`z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan, qonunchilikka va pedagogik tamoyillarga zid bo’lmagan har qanday qarorlar qabul qilishga haqlidir. Uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o`zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat tomonidan boshqarib boriladi. Barcha bo’g’in ta’lim boshqaruv organlarining huquq va vakolatlari «Ta’lim to’g’risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi. Mazkur qonun ta’lim muassasalari faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslarini belgilab berish barobarida uning moliya-xo’jalik ishlarini to’g’ri va oqilona yuritishni, ta’lim jarayonini tashkil etishda o’quv yurtlarining mustaqil faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi. Ta’lim muassasalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestasiyadan o’tkaziladi hamda akkreditatsiya qilinadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko’ra, ularga ta’lim soxasida faoliyat yuritish huquqi beriladi. Muassis tashkilotlar, mahalliy hokimiyat organlari, tadbirkorlar doiralari, jamoat tashkilotlari, turli jamg’armalar va homiylar vakillarini o’z ichiga olgan vasiylik va kuzatuv kengashlarini tuzish orqali ta’lim muassasalarida samarali jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi. Shunday qilib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimi, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimini tubdan yangilash va takomillashtirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Shu yillar mobaynida yurtimizda mazkur sohani rivojlantirishning mustahkam huquqiy-konstitutsional asoslari yaratildi. Jumladan, «Ta’lim tug’risida»gi Qonunning alohida moddasi maktabgacha ta’lim ga bag’ishlangani shundan dalolat beradi. Unga ko’ra, maktabgacha ta’lim tizimining asosiy maqsadi — bola shaxsining asoslarini shakllantirish, uning jismoniy va aqliy jihatdan sog’lom va yetuk bo’lib voyaga yetishini ta’minlash, ta’limning keyingi bosqichi — o’rta maktabda o’qishga tayyorlash, bilim olishga qiziqishini uyg’otishdan iborat. Shuningdek ushbu moddada, «maktabgacha ta’lim olti-etti yoshgacha oilada, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladi», deya qayd etilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi ham komil inson tarbiyasiga qaratilgan. Mazkur huquqiy negizlar asosida yaratilgan maktabgacha ta’lim konsepsiyasiga tayangan holda maktabgacha ta’limning tarkibi va mazmunini qayta ko’rib chiqish, jismoniy, ma’naviy va intellektual jihatdan barkamol, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, uni milliy an’ana va qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ulkan ma’naviy-ma’rifiy meros, xalq pedagogikasi tajribasi, zamonaviy ilm-fan erishgan yutuqlarga tayangan holda tarbiyalash, tarbiyaviy jarayonda maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va ota-onalarning o’zaro munosabatlarini uyg’unlashtirish masalalari uzluksiz va izchil hal etilmoqda. Shu ma’noda 1993 yilda qabul qilingan hamda farzandlarimizni yoshligidanoq jismonan, ruhan, ma’naviy jihatdan tarbiyalashni ko’zda tutgan «SOG’LOM avlod uchun dasturi» ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Unda, jumladan, quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan: 1) maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya mazmunini takomillashtirish va boyitish; 2)maktabgacha ta’lim muassasalarida basseyn, suv havzalari, turli sport inshootlari va to’garaklarini tashkil etish; 3) bu borada mamlakatimizda va xorijda to’plangan ilg’or tajribani o’rganish va ommalashtirish; 4) mashg’ulotlarni qiziqarli o’yin tarzida, xususan, xalq milliy o’yinlari asosida tashkil etish va o’tkazish; 5) bolalarning sog’lig’ini saqlash, muhofaza qilish va mustahkamlash, sog’lomlashtirish va chiniqtirish mash- g’ulotlarini uzluksiz olib borish. Maktabgacha ta’lim buyicha asosiy ish hujjatlari; 1.«Ta’lim tug’risida»gi Qonun (T., 1997). 2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (T., 1997). 3.«Maktabgacha ta’lim muassasalari to’g’risida»gi Nizom (T., 2007). 4. «Maktabgacha ta’lim to’g’risida»gi Konsepsiya (T., 2008; 2011). 5. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari (T., 2008; 2012). 6. Maktabgacha ta’lim sohasida chiqarilgan farmon, buyruq, farmoyishlar, ko’rsatmalar, yo’riqnomalar, boshqa direktiv va me’yoriy hujjatlar. 7. «Bolajon» dasturi (T., 2010, 2016). O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni «2017−2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga imzo chekdi. Hujjatga rasmiy sharhda aytilishicha, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida ushbu qaror qabul qilindi. Dastur asosida keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan: • bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish; • maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish; • 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2,2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida quyidagilarga erishiladi: yuqori sifatli maktabgacha ta’limni ta’minlash, bolalarni sifatli maktabga tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga muqobil dasturlarni joriy etishga; bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etishga; • 3−6 yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni ularning otaonalarini metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash orqali maktab ta’limiga tayyorlashni tashkil etishga; • maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali kengaytirishga; • qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar badal to‘lovini 30 foizgacha kamaytirishga; • bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobarga oshirishga. Dasturning samarali amalga oshirilishi unda ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlar ijrosining borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining doimiy nazoratida bo‘ladi. Qarorning amalga oshirilishi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida respublikaning uzluksiz ta’lim tizimini yanada isloh qilish borasidagi rivojlanish yo‘lining uzviy va bosqichma-bosqichligini ta’minlaydi. 1 Maktabgacha ta’lim pedagogikasi jamiyat va insonni o‘rganuvchi fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Pedagogika ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o‘rganar ekan, sotsiologiya, anatomiya, fiziologiya, psixologiya, falsafa bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki mazkur fanlar asosida tarbiyaning maqsadi va vazifalarini o‘rganish metodologiyasi belgilanadi. Tarbiyaning paydo bo'lishi va rivojlanishi ijtimoiy hodisa ekanligi, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivojlanishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariyasiga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o‘rgatishda pedagogika etikaning axloq to‘g‘risidagi ta’limotiga, estetik tarbiyaning maqsadini, yo‘llarini, metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi. Etika axloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g'oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi.; Estetika insonlarning voqelikka, san’atga estetik munosabatlari rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo‘lib, u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabilaming rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarga tayanadi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolarni to‘g‘ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta’siri va shu singarilarni belgilashda pedagogikaga yordam beradi. 0 ‘sib borayotgan organizm tuzilishi va harakat qilish qonuniyatlarining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta’lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. Bu xususiyatlarni bilmay turib, tarbiyalanuvchilarning u yoki bu mashg'u7 lotlari shakllarini to‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari to‘g‘- risidagi xulosalari pedagogikaga o'quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chiqishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratishda yordam beradi. Pedagogika bola taibiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o'tadigan psixik jarayonlarining qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlar muhimdir. Shunga ko'ra pedagogikaning psixologiya fani bilan bog‘liqligi an’anaviy tus olgan. Hozirgi zamon pedagogikasi ko‘p tarmoqli fan bo‘lib, awalo, u tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog‘lanadi. Pedagogika boshqa fanlar bilan bog‘lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi kabi alohida o‘rin tutadi. Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. Chunki insonning ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi. Pedagogika yunoncha so‘z boMib, «bola yetaklovchi» ma’nosini bildiradi. Insonning ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatini o‘zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o‘rin egalladi. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Abdulla Avloniy tarbiyachiga alohida e’tibor berib: «Tarbiya yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir»1, degan edi. Bola tug‘ilgan kundan boshlab, uni maktabga borgunigacha bb‘lgan davrda har tomonlama yetuk barkamol qilib tarbiyalash qonuniyatlarini o‘rganish maktabgacha ta’lim pedagogikasining mavzuyidir. U maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta’sir ko'rsatishi birligini, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bolalami maktabda o‘qishga tayyorlashni ta’minlab, maktabgacha tarbiya sharoitida tarbiya va ta’lim berish ishlarining vazifalarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chiqdi. Bu fanning predmeti quyidagilarni o‘z ichiga oladi: • maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga suyangan holda faoliyat yuritish; 1 A. Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. T.' «Meros», 1993, 17-bet. 5 • maktabgacha ta’lim pedagogikasining ta’lim-tarbiya mazmunini takomillashtirish; • ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metod va usullarni axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish; • bolalarni jismoniy, aqliy, ruhiy sog'ligini ta’miniashda o‘qituvchi-tarbiyachi mahorati. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi nazariyasi va amaliyotming maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishda bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha tarbiyani hayot, zamon bilan bog‘lab olib borishning zarurligi bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatga egaligiga asoslanadi. Maktabgacha pedagogikaning vazifalari: • maktabgacha ta’lim sohasidagi pedagogik muammolarni hal qilish; • maktabgacha yoshdagi bolalarda ta’lim olish ehtiyojini, o‘qishga qiziqish, kitob o‘qish, maktabga borish hissiyotini shakllantirish; • bolalar tarbiyasida mustaqil va erkin fikrlashga o‘rgatuvchi ilg‘or metodlarni qo‘llash; • bolalarga yuksak odob, ma’naviy-axloqiy tushunchalarni mentalitetimiz asosida o‘rgatish. Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadidan kelib chiqib, bolaning yosh imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda belgilanadi: 1. Bolalarni hayotdagi go'zallikni tushunishga, sevishga, tabiatda, turmushda, yaratuvchanlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, kishilaming xatti-harakatlarida bolalarga tushunarli bo‘lgan go‘zalliklami ko‘ra bilishga o‘rgatish. Ularda estetik his, estetik did, estetik munosabatni tarbiyalash. Kuchlari yetganicha hayotda go‘zallik yaratishda faol ishtirok etish istagini tarbiyalash. 2. Bolalarni badiiy ijodning turli janrlarida (badiiy asar, musiqa, qo‘shiq, raqs, rasm) yaratilgan san’at asarlarini ko'rish, tushunish va sevishga o'rgatish orqali ularda estetik ong qirralarini i l l shakllantirish; chiroylini xunukdan, g‘amginlikni xursandchilikdan farqlay olish; ranglarni, shakl, tovushlarni bir-biridan farqlay olish kabi sensor etalonlar bilan tanishtirish. 3. Bolalarni san’atning turli sohalari: ashula, o‘yin, o‘qish, qayta hikoya qilish, ijodiy faoliyatlarda yanada faolroq harakat qilish, o'zini ko‘rsata olishga o‘rgatish. Bular orqali bolalarda badiiy ijodiy qobiliyatni, xayolni o‘stirish, fazoviy va rang munosabatlarini, ko‘rish xotirasi, qo‘llarni chaqqon harakatga keltira olish malakalarini rivojlantirish. Estetik tarbiya vositalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: • bolalarni o‘rab turgan muhit, turmush estetikasi; • tevarak-atrofdan olingan taassurotlar; • tabiat, san’at asarlari; • bolalarning tasviriy faoliyatlari; • bayramlar, ko'ngilochar tadbirlar; • m a’lum maqsadli va rejali ravishda amalga oshiriladigan ta ’lim; • ma’lum maqsadga qaratilgan va rejali ravishda amalga oshiriladigan ta’lim. Bolalar bog'chasini o‘rab turgan go‘zallik muhiti bolalarning har tomonlama kamol topishiga, estetik didlarining tarbiyalanishiga yordam beradi. Pedagogika sistemasiga xos bo‘lgan estetika va etikaning birligini oilada, bolalar bog'chalarida kichkintoylarni tarbiyalashda bemalol qo‘llash mumkin. Lekin haqiqiy turmush estetikasini yaratish uchun tarbiyachi va ota-onalarning yuqori madaniyatli, yaxshi xulqli, xushmuomala, badiiy didli bo'lishlari talab etiladi. Bolalarni o‘rab turadigan chiroyli narsalarning o‘zi bolaga hech narsa bermaydi, shuning uchun bolalarni ularni ko'rishga, qadrlashga, baholay bilishga o‘rgatish kerak. Tarbiyachi bolalarning diqqatini polning tozaligiga, chiroyli idishlarga, gullarga qaratadi. Har bir yangi narsa, yangi bezak bolalar bilan birga ko‘rib chiqiladi. Eng muhimi, hamma narsalami bolalarda estetik zavq uyg‘otadigan qilib ko‘rsatish kerak. Bolalarda estetik zavq uyg'otish uchun ularga kuzatilayotgan narsaning mazmuni va ahamiyatini tushuntirish kerak. Bolalarning hislariga ta’sir etish uchun bu hali yetarli emas. Eng muhimi, bu yerda kattalaming namunasidir. Tarbiyachining o‘zi zavqlansa, ortiqcha so‘zlarsiz go'zallikka qiziqish uyg‘ota oladi va bolalarda estetik kechinmalar paydo qila oladi. 112 Bolalar tarbiyachidan: «Nima uchun oltin kuz deyiladi?» deb so‘rashadi, tarbiyachi istirohat bog'iga borib ko‘ramiz, deb javob beradi. Bog'ga borishganda bolalarga taklif etadi: «Sayr qilib daraxtlarni, yo‘lkalarni kuzatamiz». Bog‘ning eng xushmanzara joyiga kelganda bolalar to ‘xtab, atrofga nazar tashlashadi-da: «Nima uchun oltin kuzligini tushundik. Chunki barglar tillaga o‘xshaydi. Ana qizil barglar», deyishadi hayajon bilan. Shamol bo‘lishi bilan barglar yerga tushadi. Yo‘lkalar esa to‘shalgan gilamga o‘xshaydi. Ko‘chaga sayrga chiqishadi. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: «Biz hozir sizlar bilan bog‘cha ko‘chasidan yurib o‘tamiz. Sizlar diqqat bilan kuzatib boringlar, kim qanday chiroyli narsa ko‘rsa, sayrdan keyin so‘zlab beradi». Shuni ta’kidlash kerakki, ajoyibot yonimizdadir, bolalarni shu ajoyibotni ko‘ra bilishga, undan hayratlana olishga o ‘rgatish lozim. Tabiatning go‘zalligini va ajoyibligini inson hayot go‘zalligiga, san’at go‘zalligi va ajoyibotiga aylantiradi. Jonajon tabiat estetik tarbiyaning qudratli vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Тёуач rak-atrofdagi tabiat go‘zalligi, hatto eng kichik bolani ham qw-\ vontiradi. Uning tuyg‘ular va xayollarda saqlangan go‘zalligi bo- ^lalikda, ayniqsa, yorqin va chuqur idrok qilinadi, inson bularni butun hayoti davomida esidan chiqarmaydi. ‘ Sayr, ekskursiya vaqtida tarbiyachi bolalarning diqqatini ta- 4 biatning rang-barangligiga, uning o‘zgarishi va uyg‘unligiga qaratadi, tabiat hodisalariga qiziqish uyg‘otadi, unga muhabbat va ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalaydi, asrab-avaylashga o‘rgatadi. Bularning hammasi bolalarning estetik didlarini tarbiyalaydi, ular kishilarning mehnat natijalarini yaqqol ko‘rib, atrofdagi go‘zallik inson melmati tufayli yuzaga kelishiga ishonch hosil qiladilar. Tarbiyachi bolalarning g‘unchadagi bir tomchi shabnamda ham, o‘tlarning biri ikkinchisi bilan qo‘shilib ketishida ham, quyoshning nur taratishida ham, oqshom bo‘yoqlarida ham tabiat go‘zalligini ko‘ra bilishlariga yordam beradi. Bolalar bog‘chasida tabiat burchagi tashkil etiladi. Undagi hayvonlar va o'simliklarni kuzatish va parvarish qilish bolalarda estetik idrokni, ularga nisbatan to‘g‘ri munosabatni, go‘zallik yaratish xohishini shakllantiradi va qizg‘in faoliyatga undaydi. Yilning yoz faslida polizda, gulzorda, bog‘cha maydonchasida mehnat qilishda ham bolalar estetik zavq oladilar. Kuzda o‘z mehnati mevasini yeyish 8 - 480 113 bolaga alohida estetik huzur bag‘ishlaydi. Dala va bog‘larga sayrga borganda tabiatning go‘zalligi va boyligidan, u yerdagi dehqonlarning yaratuvchilik mehnatlaridan benihoya zavqlanishadi. Bolalar bog‘chasida bolalarni estetik tomondan tarbiyalashda san’atning har xil turlaridan (musiqa, rassomchilik, haykaltaroshlik, xalq amaliy san’ati, adabiyot va h. k.) foydalaniladi. San’at yuksak estetik zavqning, kishi xursandchiligining tuganmas manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan bir vaqtda u har bir kishining rivojlanishi, ma’naviy boyishi uchun ham vositadir. Badiiy asar kishining his-tuyg‘ulariga ta’sir etsa, hissiy kechinmalar kishida fikrlashni uyg'otadi. Badiiy asardan hayajonlanish fikrlashni faollashtiradi. Qiziqarli ertak yoki rasm bolada fikrlar o‘yinini uyg‘otadi. Bu to‘g‘rida S.Y. Marshak shunday degan edi: «Qizil shapkacha» ertagini bolalar qatorasiga 20 marta eshitishga tayyorlar. Bunga sabab ertak o‘z tuzilishi bo‘yicha aniq, uning mantiqi va motivi izchil, har qanday bola o‘zini ertakdagi qahramon o ‘rniga qo‘ya oladi va «Qizil shapkacha»ni o‘ynay oladi». San’atning hamma turlari — adabiyot, musiqa, rassomchilik, haykaltaroshlik, teatr, kino bolalarga tushunarlidir. San’atdan bolalar bog‘chasini bezashda, ta’lim berishda, bolalarning mustaqil faoliyatlarida foydalaniladi. Bolalar bog‘chasida ganch, chinni, yog‘och, loy, plastilindan xilma-xil buyumlar, o‘yinchoqlar yasash mumkin. Bolalar o‘yinchoqlarining yaxshi namunalaridan guruh xonasini bezatishda foydalansa bo‘ladi. Gilamchilik, to'qimachilik, kulolchilik, zardo‘zlik, kashtachilik, popopchilik, badiiy oyna, metall patnislar, to‘qilgan hamda tikib gul solingan buyumlar va boshqalar tasviriy san’atning manzarali shakliga kiradi. Bundan tashqari, bog‘chada har bir viloyat, o‘lka, respublikaning milliy madaniyatidan foydalanish kerak. Ta’lim-tarbiya ishlarida o‘zbek xalq amaliy san’ati namunalaridan foydalanish katta ahamiyatga egadir. Milliy naqshlar tushirilgan chiroyli guldor matolar qo‘g‘irchoqlar uchun ko'ylak, oyna pardalari, dasturxon kabilar uchun ishlatilishi mumkin. Musiqa bolalarning kayfiyatini ko‘tarib ertalabki badantarbiyada yangray boshlaydi. Yilning quruq va issiq vaqtlarida ekskursiya, sayr va o‘yin vaqtlarida ashulalar ijro etilishi kerak, bu bolalarni yanada bir-biriga yaqinlashtiradi, ruhini ko‘taradi. Maydonchada mehnat qilish jarayonida ijro etilgan ashula harakat ritmini uyg‘unlashtiradi, bolalarga mehnat quvonchini bag‘ishlaydi. 114 Bolalarda estetik idrokning rivojlanishi uchun ularni haqiqiy san’at asarlari bilan tanishtirish zarur. Radio, oynayi jahonda san’at ustalari va tengdoshlari ijro etgan asarlar bolalarning estetik rivojlanishida katta yordam beradi. Ashula aytib o‘yinga tushishda, asosan, xalq ijodi namunalaridan foydalaniladi, bu bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalash uchun g‘oyat qimmatli vositadir. Bolalar xalq kuylarini ijro etayotib, xalq tili va kuyining hamohangligini, ravonligini bilib oladilar. Bu bolalarda vatanparvarlik hislarini tarbiyalaydi, musiqaviy didini shakllantiradi, bolalarni zamonaviy va klassik kuylarni idrok eta olishga tayyorlaydi. Ashula va raqsga tushishga o‘rgatishda faqat to‘g‘ri aytish va to‘g‘ri harakat qilishni emas, balki ifodali aytish, yengil, chiroyli va latofat bilan raqsga tushishga o‘rgatiladi. Bolalarning badiiy qobiliyatlarini tarbiyalash masalasi ularning ijodiy o‘sishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun bolaga o‘rgatish, undagi ijodiy tashabbusni rivojlantirish ishi bir-biri bilan uzviy aloqada amalga oshirilishi lozim. Pedagog tarbiyaviy nuqtayi nazardan yondashib, bola ijodining eng birinchi, hali to‘liq namoyon bo‘lmagan tomonini seza bilishi va baholay olishi kerak, bu bilan u boladagi kamolot yo‘lini to‘g‘ri belgilashi mumkin. Bolalar bog‘chasida o‘tkaziladigan bayramlar bolalarga chuqur ta’sir etadi. Bayramning tarbiyaviy kuchi va o‘ziga xosligi uning g‘oyaviy va estetik mazmuni san’atning turli ko‘rinishlari bilan bog‘liq bo‘lishidadir. Har qaysi bayram o‘z g‘oyasiga ega bo‘lib, u bolalarga yorqin obrazlar orqali ta’sir ko‘rsatadi. Estetik tarbiya vositalaridan biri qo‘g‘irchoq teatridir. Uning nihoyatda kuchli ta’sir etishining sababi soddaligi, odatdan tashqari jo‘shqinligi va qo‘g‘irchoqligi (o‘yinchoqligi), shuningdek, badiiy so‘z, musiqa, ashula, raqs, tasviriy san’at kabi tarkibiy qismlarning uzviy jipslashib ketganligi kishi ko‘zi o‘ngida yaqqol namoyon bo‘lishidadir. Qo‘g‘irchoq teatrini bolalar faqat tomosha qilibgina qolmay, balki unda o‘zlari ham qatnashadilar. Bu bolaning dramatik qobiliyati, tashabbusi, nutqini o‘stiradi, hayotiga quvonch bag'ishlaydi. Qo‘g‘irchoq teatri, soya teatri ko‘rsatish ham bolalarni estetik tomondan tarbiyalashda alohida o‘rin egallaydi. Bu o‘yinchoq, qo‘g‘irchoqlar bolalarga tanish bo‘lsa-da, ularni tarbiyachi qo‘li yordamida harakatga keltirib, badiiy so‘zlar bilan qo‘shib olib borishi natijasida ular bolaning ko‘z o‘ngida jonlanadi, boshqacha tus oladi va bolalar ertak mazmunini chuqur idrok eta boshlaydilar. 115 Badiiy didning shakllanishida kitoblar muhim rol o‘ynaydi. Kitoblar faqat bolalarning yoshiga mos, mavzu va mazmuni bilangina emas, shu bilan birga bayon qilish usuli hamda bezatilishi bilan ham ajralib turishi juda muhimdir. Kichkintoylar, ayniqsa, 2—3 yoshli bolalar uchun chiqarilgan kitoblarda so‘zlardan ko‘ra, rasmlarning ta’siri katta bo‘ladi. Bola kitobchadagi rasmlarni qayta-qayta o‘z o‘rtoqlariga, kattalarga, qo‘g‘irchog‘iga «o‘qib» berish bilan uning mazmunini o‘z xotirasida mustahkamlaydi. Kitobdagi chiroyli, yorqin rasmlar bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Kattalar mehnati, qahramonlik, shuningdek, ona Vatanga bo‘lgan muhabbat, do‘stlik, birodarlik, bolalarning ota-onalariga nisbatan mehribon bo‘lishlari kabi mavzularda yozilgan hikoyalar bolalarga tushunarlidir. Bolalarning sevimli yozuvchi va shoirlari Qudrat Hikmat, Mirmuhsin, Shukur Sa’dulla, Quddus Muhammadiyning bolalar uchun yozgan she’rlari ularda ijobiy his-tuyg‘ulami tarbiyalaydi, ularni yashashga o‘rgatadi, dunyoqarashini shakllantiradi, ona tilining boyligini, so'zlarning ta’sirchanligini his qilishga yordam beradi. Kichkintoylar hammadan ham ertaklarni sevadilar. Eitakning yaxshi tomoni shuki, unda uzoq fikr yuritilmaydi. Ertak qahramonlari bolaga yaqin va tanish. Ertak tili hayotiy hamda jonli bo‘ladi. Eng muhimi, tarbiyachining o‘zi badiiy adabiyotni sevishi va tushunishi, nasriy asar va she’rlarni ifodali o‘qiy bilishi kerak. Bolalar bog‘chasida kattalar rahbarligida bolalar tomonidan konsertlar, bayramlar, kichkintoylarning tug‘ilgan kunlarini nishonlash bolalarda quvonchli hislarni uyg‘otadigan, mazmunli va ularning xotiralarida uzoq vaqt saqlanib qoladigan qilib tashkil etilishi kerak. Xulosa qilib aytganda, estetik tarbiya bolalarni har tom onlama barkamol inson qilib tarbiyalashning muhim qismi boiib xizmat qiladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling