Mavzu: umumta'lim maktablarida variativ ta'limni joriy etish ( milliy va horij tajribasi) Kirish I bob. Ta’limda variativ ishchi dasturlarni ishlab chiqish va joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari


Download 251.88 Kb.
bet1/9
Sana01.05.2023
Hajmi251.88 Kb.
#1418306
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-2-bob


MAVZU: UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA VARIATIV TA'LIMNI JORIY ETISH ( MILLIY VA HORIJ TAJRIBASI)
Kirish
I BOB. Ta’limda variativ ishchi dasturlarni ishlab chiqish va joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari
1.1. Variativ va u bilan bog‘liq tushunchalarning pedagogik tavsifi
1.2. Variativ ta'limning muhim komponentlari ahamiyati
1.3. Ta’lim tizimida variativ sinflar tashkil etishning zaruriyati
II BOB. Umumta'lim maktablarida variativ uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda pedagogik shart-sharoitlari
2.1. O‘qitish jarayonida variativ ish rejasini ishlab chiqish va joriy etishning tashkiliy jihatlari
2.2. Variativ dasturni ishlab chiqish asosida ta’limda o‘qitishni jadallashtirish, individuallashtirish va tabaqalashtirishga erishish
III BOB. Variativ ta'limni joriy etishda horij tajribasi
3.1. Variativ ta'limni joriy etishda Finlandiya, Yaponiya hamda Amerika tajribasi va ta'limi
3 2. O'zbekistonda variativ ta'limining o'ziga xos xususiyatlari.
3.3 Variativ ta'limning umumta'lim maktablarida tarbiqi ( Sh. Rashidov rumani 31-maktab misolida)
Umumiy xulosalar va tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
KIRISH
Tatqiqot mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg‘or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish kelajakda yosh avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish, erkin fikr yuritish qobiliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Bu esa o‘z navbatida talabalarning ilmiy bilim darajasini va faolligini kengaytirishni talab qiladi. Ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitish jarayonida talabalarning darsga nisbatan qiziqishlarini orttirishga, mustaqilligi va faolligini rivojlantirishga, mantiqiy tafakkurini o‘stirishga qaratilgan interfaol ta’lim olishlariga ko‘mak beruvchi innovatsion usullardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Zero, innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonida ma’lum o‘zgarishlarga, ta’lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali tashkil etilishiga sabab bo‘ladigan turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida namoyon bo‘ladi.
Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo‘shilishini taqozo etmoqda, o‘zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko‘rish va eng muhimi aniq yangiliklarni o‘zlashtirishdan iborat. Bu holat bugungi kunda o‘ta dolzarbligi bilan muhimdir, chunki, ushbu jarayon (innovatsion jarayon) ta’lim muassasalarini yashash sharti (bevosita va ko‘chma ma’noda ham), kelajak avlodlar va pedagoglar jamoasining aloqalarini ijtimoiy himoyalash sharti bo‘lib ham xizmat qiladi. Hayot ta’lim muassasalari oldiga yangi, mumkin bo‘lmagandek tuyulgan vazifalarni, ya’ni, aniq yangiliklarni ishlab chiqish talabini qo'ymoqda, ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va texnologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo‘llanilishi o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda. O‘qituvchilarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular boshqaruvchi, muloqot qiluvchi, yo‘naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.
O‘qituvchining dars berish jarayonidagi roli ancha murakkab bo‘lib, uning o‘ziga xos tarixiy va zamonaviy jihatlari mavjud. oldingi davrlarda o‘qituvchilarning faqatgina zamonaviy bilimlar berishi talab qilinsa, hozirda ulardan tarbiyaviy, madaniy-ma’naviy, siyosiy va amaliy O‘qitish uslubiyatining boshqa turlari esa bir qancha olimlar tomonidan ishlab chiqilgan falsafiy-mantiqiy modellar asosida, masalan, Suqrot uslubida, muloqot usulida yoki korporativ usulda tashkil qilingan. Undan so‘ng o‘qitishning ta’lim berish modellari asosida tashkil etish keng miqyosda amalga oshirila boshlandi. Bunda o‘quvchi-talabalarning ma’lum bir soha yoki fandan bilim olishlari maxsus usullar, modellar, ta’lim standartlari yoki strategiyalar asosida amalga oshirilar edi. Ba’zi bir modellarda o‘qituvchi dominant rolida bo‘lib, barcha ta’lim berish vazifalarini o‘zi hal qilar, boshqa-larida esa talabalarga to‘la erkinlik berilib, ular demokratik tamoyillar asosida o‘qitilar, yana boshqa birlarida esa talaba va o‘qituvchi orasida tenglik hamda ijodiy fikr almashinish jarayoni amalga oshirilib, o‘zaro muloqot vositasida interfaol ta’lim jarayoni amalga oshirilar edi.
Lekin bu modellarning ishlatilishi va samarasi o‘quvchi-talabalarning bilim darajasiga, intilishlariga, ongining rivojlanish ko‘rsatkichlariga har doim ham mos kelavermaydi. Masalan, auditoriyadagi talabalarning aksariyati bilim olishni istamaydigan va bunga intilmaydigan bo‘lsa, ammo o‘qituvchidan ularga qandaydir usullar bilan bo‘lsa ham qandaydir bilim berish talab qilinsa, u holda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har qanday model, usul yoki strategiya ham o‘z-o‘zidan ojizlik qilib qoladi. Bunday hollarda ta’lim berishning eng yangi modellaridan biri variativ ta’lim berish modeli bo‘lib, unda talabalar va ta’lim beruvchi instruktor birgalikda ma’lum bir hayotiy masala yoki muammolarni hal qilish jarayonida tegishli malakaga yoki bilimga ega bo‘ladilar. Ammo hozirgi ta’lim berish jarayoni asosan sinfda yoki maxsus jihozlangan xonalarda talabalar va o‘qituvchining o‘zaro muloqoti orqali amalga oshiriladi

Download 251.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling