Ishini tashkil etish


Download 163.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi163.32 Kb.
#1032276
  1   2
Bog'liq
6-маъруза (1)



6-
ma’ruza. 
ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA SEX BOSHLIG’I 
ISHINI TASHKIL ETISH. 
Reja:
 
1 Ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish 
tuzilmalari. 2 Sex boshlig’ining ishlab chiqarish 
korxonasida tutgan o’rni. 3 Sex boshlig’ining kundalik 
ish grafigi. 
Tayanch so’zlar: ishlab chiqarish korxonasi asosiy, Yordamchi va
Yondosh ishlab chiqarish sexlari, Yordamchi xo’jalik sexlari, xizmat 
ko’rsatuvchi xo’jaliklar, kasaba qo’mitasi, ichki nazorat kengashi. 
Ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish 
tuzilmalari. 
Ishlab chiqarish korxonalarini tayyorlanayotgan mahsulot nomidan 
kelib chiqib quyidagi ishlab chiqarish tuzilmalariga ajratish mumkin: 
- yigirish ishlab chiqarishi
- to’quv ishlab chiqarishi; 
- trikotaj ishlab chiqarishi; 
- tikuv ishlab chiqarishi; 
- pardozlash ishlab chiqarishi va x.k 
Mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bir qancha texnologik sex-larning 
birgalikdagi faoliyati natijasida amalga oshiradi. Hom ashyoga ishlov berish 
jarayoni bosqichma bosqich amalga oshirilib, dastlab xar xil xomaki 
mahsulotlar, 
so’ngra tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Xomaki mahsulotlar 
tayyorlov, tayyor mahsulot esa chiqaruvchi sexlarda ishlab chiqariladi. 
Yigiruv ishlab chiqarishida tayyorlov sexlariga titish tozalash, tarash, pilta 
piliklash, qayta tarash, chiqaruvchiga esa yigirish se-xini misol qilish 
mumkin. 
To’quv ishlab chiqarishida tayyorlov sexlariga qayta o’rash, tandalash, 
ohorlash, chiqaruvchiga esa to’quv sexlarini misol qilish mumkin. Boshqa 
turdagi ishlab chiqarish tuzilmalarida xam turli tayyorlov va chiqaruvchi 
sexlar faoliyat ko’rsatadi. 


Sex boshlig’ining ishlab chiqarish korxonasida tutgan o’rni. Ishlab 
chiqarish korxonalarida texnologtk sexlarning tarkibi va faoliyati ishlab 
chiqariladigan mahsulot turiga, hajmiga va texnologik jarayonning 
ixtisosligiga asoslanib tashkil etiladi. Sex faoliyatiga korxona direktoriga 
bo’ysunuvchi sex boshlig’i rahbarlik qiladi. 
Korxona direktori shartnomaga asosan sex boshlig’ini lavozimga 
tayinlash va ozod etish huquqdga ega. Sex boshlig’i texnikani, iqtisodni va 
ishlab chiqarishni yaxshi bilishi, jamoa bilan ishlash tajribasiga ega 
mutaxassis bo’lishi kerak. Sex boshlig’ yakka boshchilik qoidasi asosida 
sexni boshqaradi. U sexda mehnat jamoa-sining ruhiy holati va ishlab 
chiqarish xujalik faoliyati natija- larining barcha turlari uchun shaxsan javob 
beradi, sexda mehnat jamoalarining reja topshiriqlarini bajarishni va ishlab 
chiqarishning tezkorlik bilan yuritilishini boshqaradi. 
Sex boshlig’i sex rejasini, ishchilarga beriladigan mukofotlarni 
tasdiqlaydi va barcha pul bilan bog’lik, hujjatlarga shaxsan o’zi imzo 
chekadi. 

ishlab 
chiqarish 
jarayonini 
avtomatlashtirish, 
mexanizasiyalashtirish, yangi texnikani joriy qilish, texnologiya va ishlab 
chiqarish intizomiga rioya qilish, texnika xavfsizligini ta’minlash va mehnat 
sharoitlarini yaxshilash borasida tadbirlar o’tkazadi. Sex boshlig’i ishchilarni 
o’z vazifasidan boshqasiga o’tkazish, ishchi va xizmatchilarni mehnat 
qonuniga muvofiq; ishga qa-bul qilish xamda ishdan bo’shatish huquqiga 
ega. Sex boshlig’i sexda reja topshiriqlarini barcha ko’rsatkichlari bo’yicha 
bajarilishiga, ish xaqining tug’ri ishlatilishiga, moliya intizomiga rioya qili-
nishiga, asbob-uskuna, xom ashyo materiallari va boshqa moddiy 
boyliklarning ahvoliga va to’liq, foydalanishga javob beradi. 
Rejani boshqarish uchun sexni xom ashyo, material va boshqa zarur 
ashyo- lar bilan ta’minlaydi. Mavjud materiallarning ishlab chiqarish 
uchastkalariga tarqatilishini (berilishini) uyushtiradi va ularni kunda hisob-
kitob qilib, to’g’ri 
ishlatilishi yuzasidan nazorat o’rnatadi. Ishlab chiqarish uchastkalarida 
rejalarning, smenalik toshpiriqlarning qay tarzda bajarilishini muntazam 
ravishda nazorat qilib, kamchiliklar sodir bo’lsa, ularni tezda bartaraf qiladi. 
Barcha ishlab chiqarish uchastkalarida va brigadalarida to’xtovsiz ish 
maromini tashkil qiladi. Kerakli hujjatlarni tayyorlab sexdagi tayyor 
maxsulotni iste’molchi sexlarga yoki korxonaning tayyor mahsulot 
saqlaydigan omborlariga topshirilishini tashkil qiladi. Har oyda sex rejasi 
qanday bajarilganligi to’g’risida hisobot tayyorlaydi, uning to’g’riligini 


tekshirib uz vaqtida korxona rejalashtirish bo’limiga topshirilishini 
ta’minlaydi. 
Shuningdek, ishchilar mehnatini tashkil qilish, mehnat unumdorligini 
hisobga olish va tahlil qilish, xar bir maxsulot birligi uchun sarflanadigan 
mehnat hajmini takroriy ko’rib chiqish, ilg’or ishchilarning ish usullarini 
o’rganish va ishlab chiqarishga joriy etish, ish haqi fondini doimiy ravishda 
nazorat qilish, iqtisodiy musobaqani tash-kil etish, ishchilarning ish joylarini 
attestasiyada o’tkazishda qatnashadi. 
Sexdagi dastgoh, asbob, uskuna, moslamalarning holatini va 
texnologik jarayonlarning sifatini nazorat qiladi. Nuqsonlarni, brak chiqishini 
hisob-kitob va tahlil qiladi, ularni sifat kunlarida ko’rib chiqiib, sabablarini 
aniqlaydi va bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. 
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlardagi korxonalarni boshqarish 
tajribasidan kelib chiqib O’zbekiston ishlab chiqarish korxonalarida ham 
bosh menedjer, katta menedjer, menedjer, kichik menedjer lavozimlari tadbiq 
etilmoqda. 
Menedjer – o’z qo’l ostidagi xodimlarning aniq mehnat faoliyatini 
tashkil qiluvchi va shu bilan birga ma’lum hajimdagi boshqaruv vazifasini 
bajaruvchi shaxsdir. “Menedjment” deganda ma’lum korxona yoki firma 
boshqaruviga rahbarlik qilish tu shuniladi. Menedjer samarali rejalarni ishlab 
chiqib boshqaruv bosqichdagi barcha ish tartibini tuzib chiqadi va nazorat 
qilib boradi. Menedjer har doim odamlar bilan muloqotda bo’lib, ularni ishini 
tashkil qiladi. Menedjer psihologik, ijtimoiy va boshqa zarur bilimlarga ega 
bo’lishi kerak. Uning bilim doirasi qanchalik katta bo’lsa ishchi xodimlar 
bilan bo’ladigan munosabati shunchalik yaxshi bo’ladi. 
Har bir korxonaning yuqori samaradorligi, uning bo’lim va sexlarining 
xamkorlikda ishlashiga, xodimlarni to’g’ri tanlash va joy joyiga qo’yilishiga 
bevosita bog’liq. Bunga erishish uchun menedjer shu sohaning bilim va 
ko’nikmalarini puxta egallashi zarur. 
Sex 
boshlig’ining kundalik ish grafigi. 

Download 163.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling