I bob pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha


Download 40.15 Kb.
bet6/6
Sana21.07.2023
Hajmi40.15 Kb.
#1661553
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
LOYIHALASH FAOLIYATINING DIDAKTIK O‘ZIGA XOSLIGI

XULOSA

Biz ma`lumot mazmuni o’quv materiallarida moddiylashtiriladi, degan tezisga asoslanamiz. Bu tezisga ko’ra loyihalash jarayonlarini boshqarish ma`lumot mazmuniga atroflicha pedagogik ishlov berish, tanlanadigan o’quv materiallarini o’quvchilarning real bilish imkoniyatlariga moslashtirishni taqozo qiladi. Shu yul bilan hajm jihatidan ixcham, bolalarbop darsliklar yaratiladi. Yuqoridagi tezisga rioya qilish darsliklar hajmini boshqarish, axborotlarni optimal tanlash, ta`limning samaradorligini oshirish va sifatini yaxshilash imkoniyalarini oshiradi. Darsliklarni loyihalashda ma`lumot mazmuni va ta`lim mazmuni tushunchalarini farqlash kerak. Ma`lumot mazmuni: yoshlarning ma`lumoti, rivojlanishi, tarbiyasini mo’ljallab hozirgi zamon fani, texnikasi, ishlab chiqarishi, fikrlashning umumiy asoslariga didaktik ishlov berish yo’li bilan tanlangan bilimlar, ko’nikma-malakalar, ijodiy faoliyat tajribasi va munosabatlar majmuidir. Ta`lim mazmuni, buni o’quv materialiga teng hodisa deb qaraymiz. Ma`lumot mazmuni ijtimoiy tajribani o’rganish, ta`lim mazmuni esa ta`lim jarayoni kontekstida qaraladi. Ta`lim mazmuni yoshlarni ma`lumotli qilish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadida ta`lim jarayoniga olib kirilgan bilim, ko’nikma-malaka, faoliyat usullari hamda tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini emosional baholashga doir munosabatlardir. Ta`lim mazmuni ta`lim jarayoniga o’quv materiali shaklida olib kiriladi. O’quv materiali ma`lumot mazmunini shakllantirishning eng oxirgi darajasi sanaladi. U ta`lim boshlanguncha turli normativ loyihalar - o’quv dasturi, o’quv darsligi tarkibida tayyor xolda bo’ladi. Ta`lim jarayonida esa o’quv-tarbiya ishlari o’quv materialini o’rganishdan boshlanadi. O’quv materiali ma`lumot mazmuni bilan ta`lim mazmuni o’rtasidagi oraliq zveno hisoblanadi. O’quv materiali asosida ikkilamchi loyihalar: dars konspekti, topshiriqlar tizimi, testlar, ta`lim etalonlari tuziladi.






FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI



  1. A.R.Maraximov, S. I. Raxmonqulova «Internet va undan foydalanish asoslari». Toshkent-2001.

  2. Matrosov, Sergev, Chaunin. HTML 4.0 v podlinnike. BHV-SPb, 2000

  3. Vaynam L, Vaynam V, Dinamicheskiy HTML. Diasoft 2001

  4. Uilton P. Java Script. Osnovi. Simvol-plyus. 2002

  5. M.Aripov. Internet va YE-mailda ishlash, Universitet nashriyoti, 2000.

  6. Microsoft FrontPage 2000. Shag za shagom.M., EKOM,2000.

  7. I.Shaposhnikov. Web - sayt svoimi rukami. SPb.:BXV-Peterburg, 2000.

  8. D. Kirsanov. Veb-dizayn. -SPb: Simvol-Plyus,2001.

  9. Uilton P. Java Script. Osnovi. Simvol-plyus. 2002

  10. www.ziyonet.uz

  11. www.nur.uz




Download 40.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling