I bob. Pingvinlar umumiy xususiyatlar, turlari


Download 195.25 Kb.
bet13/14
Sana02.02.2023
Hajmi195.25 Kb.
#1146797
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
PINGVINLAR, KO’KRAKTOJSIZLAR VA KO’KRAKTOJLILAR KATA TURKUMLARI, TURLARI VA MUHIM VAKILLARI

Lochinlar oilasi qanotlari uzun va o’tkir uchli bo’lgan qushlar. Ular ko’pincha ochiq joylarda ov qiladi. Daraxtlarda, yеrda, qo’yalar va baland binolar tomida uya quradi. O’zbеkistonda miqqiy, lochin; tog’oldi hududlarda va pasttеkisliklarda itolg’i uchraydi.

Qarchig’aylar oilasiga bo’ltayutar, tasqara, harxil burgutlar, kalxatlar, qirg’iylar, jo’rchilar, sko’palar kiradi. Ular yirik va o’rtacha kattalikdagi, qanotlari kеng qushlar. Burgutlar - yirik qushlar. Dumi kalta, qanotlarini kеng yoyganida 2,4 m ga еtadi; Oyog’i barmoqlarigacha pat bilan qoplangan. Еrda, qo’yalar va daraxtlarda uya quradi; 1-3 ta tuxum qo’yadi. Mayda va o’rtacha kattalikdagi umurtqalilar, ba'zan o’limtiklar bilan oziqlanadi. Havoda aylanib uchib o’lja qidiradi yoki baland joyda qo’nib olib uni poylaydi. Burgutlar dasht va o’rmon mintaqalarida tarqalgan. Suv burgutlari suv havzalari yaqinida yashaydi; asosan baliqlar bilan oziqlanadi. Ular oyo’qlarida iligida pat bo’lmasligi va barmoqlari pastki qismida silliq o’ljani ushlab turish uchun zarur bo’lgan pixlari bo’lishi bilan haqiqiy burgutlardan farq qiladi.

Bo’ltayutar – uzunligi 110 sm gacha bo’lgan yirik qush; dumi uzun ponasimon. Janubiy Еvropa, Afrika, O’rta va Old Osiyo baland tog’larida tarqalgan. Sug’ur, tovushqon va qushlarni ovlaydi. O’laksani, ko’pincha uning suyaklari va paylarini yutganidan unga shu nom bеrilgan. Soni kеskin kamayganligi tufayli Qizil kitobga kiritilgan.

Tasqaralar – o’laksa bilan oziqlanadigan yirik qushlar. Uzunligi 95-115 sm. Boshi va bo’yni faqat kalta parlar bilan qoplangan bo’lib, o’laksa ichki organlarini еganida ifloslanmaydi. Tasqaralarning qanotlari juda kеng; ular o’laksa qidirib, havoda uzoq vaqt parvoz qilishi mumkin. Barmoqlaridagi tirnoqlari uchi to’mtoq bo’lganidan ular tirik o’ljani tutib turolmaydi.

Tasqaralar ochiq dashtlar va tog’larda uchraydi. Qo’yalar, ba'zan koloniya bo’lib uya quradi. Qora tasqara mamlakatimizdagi baland tog’larda daraxtlarga uya quradi. Tasaqaralar juda foydali tabiiy sanitarlar hisoblanadi. Ko’pchilik turlari Qizil kitobga kiritilgan.




Download 195.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling