I-bob Psixologik konsultatstiyaning asosiy tushunchalari va predmeti


Psixologik treninglar quyidagi tamoyillarga asoslanadi


Download 65.57 Kb.
bet4/14
Sana22.11.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1794783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
I-bob Psixologik konsultatstiyaning asosiy tushunchalari va predmeti.

Psixologik treninglar quyidagi tamoyillarga asoslanadi.
Faollik tamoyili.
Bu tamoyil ko’proq eksperimental psixologiya asosida quyidagi g’oyaga bo’ysunadi: Inson eshitganlarining 10% ni, ko’rganlarining 50% ni, aytib berganlarining 70% ni va nihoyat o’zi qilganlarining 90% ni o’zlashtiradi.
Ijodiylik tamoyili.
Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundan iboratki, trening davomida ishtirokchilar guruhi psixologiyada aniq bo’lgan, kashf etib ulgurilgan g’oyalar, qonuniyatlarni topadilar, kashf qiladilar, eng asosiysi esa o’zlarining shaxsiy resurslarini, imkoniyat va sifatlarini anglab etadilar.
Xulq-atvor ob’ektivlashishi (anglab etilishi) tamoyili.
Mashqlar davomida ishtirokchilar xulq-atvori impulsivlikdan ob’ektivlik darajasiga o’tadi va trening davomida o’zgarishlar kiritish imkonini beradi. Xulq-atvor ob’ektivligining universal vositasi sifatida aks aloqa hisoblanadi. Guruhdagi aks aloqani yuzaga kelishini ta’minlash trenerning mas’uliyatidir.
Sheriklik (Sub’ekt-sub’ekt) muloqoti tamoyili.
Sheriklik, yoki sub’ekt-sub’ekt muloqoti boshqalar manfaati, ular hissiyotlari, his-tuyg’ulari, qayg’ulari, boshqa insonning shaxsiy qadr qimmati deb tan olinadi. Ushbu ning qo’llanilishi guruhda ishonch, ochiqlik iqlimini yaratadi.
Yo’qoridagi tamoyillardan tashqari, treningning samarali bo’lishi ma’lum bir jihatdan trenerning spestifik prinstiplariga ham bog’liqdir.
Trener har doim trening o’tkazishga kirishishdan avval o’ziga:
Men qanday maqsadga erishmoqchiman?
Men nima uchun shu maqsadga erishmoqchiman?
Men qanday vositalar bilan unga erishmoqchiman? kabi savollarini berishi lozim.
Bu savollarga javobni trenerga guruh bilan ishlash davomida diagnostik tadqiqotlar ochib beradi.
Trener ish rejasining mundarijasi, guruhning rivojlanish va inoqlik darajasi, munosabatlar xarakteri, guruhdagi har bir ishtirokchining holati, uning o’ziga va boshqalarga nisbatan munosabati, treningga nisbatan munosabati, trenerning o’zining munosabati kabilar diagnostika ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Topshiriqning amalga oshirilishida birinchi qadam metodik (qadam) qo’llanmaning to’g’ri tanlanishidir. Eng ko’p qo’llaniladigani, guruhiy diskussiyalar, rolli o’yinlar, psixodramma va uning modifikastiyasi hisoblanadi.
Shunday qilib, psixologik trening uslublarining paydo bo’lishi va amalda qo’llanilishi o’ziga xos an’anaga ega bo’lib, ular ayniqsa bizning asrimizda, sanoat rivojlangan, migrastiya jarayonlari tezlashgan va inson omili rolining naqadar ahamiyatliligiga e’tibor qaratilgan bir paytda yana ham dolzarb bo’lib bormoqda.
Xullas, psixologiya tarixida trening o’qitishning eng keng tarqalgan shakli faol sostial-psixologik treninglardir. L.A.Petrovskaya sostial psixologik treningga ta’rif berar ekan, uni quyidagicha izohlaydi: «Trening - shaxslararo munosabatlardagi bilimlar, sostial ustanovkalar, ko’nikma va tajribalarni rivojlantirishga qaratilgandir», shuningdek «Muloqotda kompetentlikni rivojlantirish vositasi hamdir».

Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling