I bob. Psixologiya fanining taraqqiyot tarixi


Download 226.01 Kb.
bet2/7
Sana04.05.2023
Hajmi226.01 Kb.
#1424899
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Saidov Samrat kurs ishi umumiy psixologiya

Kurs ishining predmeti: Aniq bir shaxs, uning jamiyatdagi hulq-atvori va turli ichki kechinmalari, xulq-atvori va faoliyatlarining o’ziga xos tarzda ong tomonidan aks ettirilishidir.
Kurs ishining maqsadi: Inson psixologiyasini bilish, o‘z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o‘zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta‘minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro‘y berayotgan jarayonlarni obektiv va to‘g‘ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish.
Kurs ishining vazifasi: Inson ongi va qalbi uchun kurash muammosi butun dunyo miqyosida dolzarb turgan masala sifatida qaralishini inobatga olsak, jamiyatimizning har bir a‘zosi, mustaqil yurt fuqarolari ongining milliymadaniy muhit ta‘sirida, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanishi, ular qalbida sof imon va sog‘lom dunyo qarashlar, mustaqil fikrlashning shakllanishi mexanizmlarini o‘rganish.
Kurs ishining ilmiyligi va ahamiyati: Psixologiya fani o‘rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o‘rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o‘rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o‘zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq va umumiy qonuniyatlar va printsiplarga bo‘ysunadi. Demak, qisqa qilib, psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli ichki kechinmalari, amallari va faoliyatlarining o‘ziga xos tarzda ongi tomonidan aks ettirilishidir, deb ta‘riflash mumkin.

I BOB. PSIXOLOGIYA FANINING TARAQQIYOT TARIXI
1.1 Psixologiya fanining paydo bo’lishi
Psixologiya fani o‘ziga xos fan bo‘lgani uchun oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rganadigan ilmiy fanlar tizimida alohida o‘rin egallaydi. Psixologiyaning fan sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, bu fan hozircha inson uchun noma’lum bo‘lgan, eng murakkab – psixika, insonning ichki olami haqidagi fandir, ikkinchidan, bu fanda bilishning ob’ekti va sub’ekti tutashib ketgan. Bu holat va fikrni shunday ifodalash mumkin: avval inson o‘z fikrlarini tashqi dunyoga yo‘naltirib, so‘ngra o‘ziga murojaat qiladi. Bunda fikr o‘ziga qarata burilish yasagani uchun psixologiyaning vazifalari boshqa fan vazifalari bilan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada murakkabdir. Va, uchinchidan, psixologiyaning o‘ziga xosligi uning noyob amaliy oqibatlarga ega bo‘lishidir. Axir biror narsani anglash – uni egallab, boshqarishni o‘rganishdan iborat. Insonning o‘zida kechayotgan psixik jarayonlar, ularning vazifalari, qobiliyatlarini boshqarishni o‘rganish, misol uchun, koinotni zabt etishdan ko‘ra o‘ta murakkab va muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi. Bunda inson o‘zini anglab borgani sayin o‘zini va atrofidagilarni o‘zgartirib borishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. SHuning uchun, psixologiya – insonni faqatgina anglovchi emas, balki uni yaratuvchi fan.
Biz har qanday fanni ikki katta asosiy guruhlarga bo’lishimiz mumkin: Positiv Fanlar va Normativ Fanlar. Fizik va hayotiy fanlar positiv fanlar deb atalishiga qaramasdan, logika, falsafa va etika kabi fanlar tabiy fanlar kategoriyasiga kiradi.
Normativ fanlarni positive fanlar bilan taqqoslasak, positive fanlar faktlarni o’rganadi, “nima?”ligini tasvirlaydi va “nima bo’lishi kerak” degan savollarga javob beradi.
Psixologiya hech qanday shubhasiz Positive fanlar guruhiga kirib ketadi.
Psixologiyaning vazifalari asosan, quyidagilardan iborat:
- psixik hodisalarning mohiyatini va ularning qonuniyatlarini anglashni o‘rganish;
- ularni boshqarishni o‘rganish;
- olingan bilimlardan shakllangan fanlar va sohalar bilan bir qatorda turgan amaliyotning boshqa sohalari samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish;
- amaliy xizmatning nazariy asosi bo‘lib xizmat qilish.
Ko‘rsatilgan umumiy vazifalardan tashqari hozirda psixologiya quyidagi xususiy vazifalar bilan ham shug‘ullanmoqda: psixikaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi; psixik faoliyatning neyrofiziologik asoslari; tashqining ichkiga o‘tish qonuniyatlari; inson psixikasining ijtimoiy-tarixiy omillarga bog‘liqligi; olam psixik obrazlarining shakllanishi va va ularni tashqi, amaliy faoliyatga tadbiq etish qonuniyatlari; inson psixikasining boshqariluvida biologik va ijtimoiy omillarning birligi; inson psixikasi tuzilishi; bilish,irodaviy va hissiy jarayonlarning aks ta’sir-boshqariluvchi mohiyati, insonning ijtimoiy muhitdagi individual-psixologik hulq-atvori; inson faoliyatining ma’lum turlari psixologiyasi.

Download 226.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling