I bob. Qadimgi xitoy madaniyati
I.BOB. QADIMGI XITOY MADANIYATI
Download 55.18 Kb.
|
qadimgi xitoy madaniyati
I.BOB. QADIMGI XITOY MADANIYATI.
1.1. Qadimgi Xitoy mifologiyasi Qadimgi Xitoy mifologiyasi to‘g‘risidagi manbalar asosan er.avv. XI asrga oid. Bu afsonalar mazmuniga ko‘ra ikki guruh yoki sikllarga bo'linadi. Kosmogonik miflar ichida ilk, tartibsiz holatdan tabiat va insonning paydo bo'lishi to‘g‘risidagi asosiy konsepsiya, bo'linish va aylanish berilgan. Ulardan birinchisi jonsiz va tirik mavjudotlar tartibsizligi, ikki ilk unsur (erkak)ning boshlanishi, Yan van qorong'ulik (ayol)ning boshlanishi – In paydo bo'lgan. Ikkinchi konsepsiya barcha mavjudotlarning paydo bo'lishi bu transformatsiya natijasidir deb tushuntiradi. Odam Nyuy ismli ma’buda tomonidan loydan yaratilgan. Tabiat stixiyalari va ulardan odamlar. qutqargan qahramonlar to'g'risida afsonalar ko'pchilikni tashkil qiladi. Toshqin va qurg'oqchilik hodisalari afsonalarda ko‘p tilga olinadi. Qadimgi qahramonlar to‘g‘risidagi afsonalarda qahramonlar odamlarni olovdan foydalanishga o‘igatgan; ilk bor shox-shabba chaylani ko‘rgan. Baliq ovi va ovchilik usulini kashf qilgan; ilk dehqonchilik qurollarini yasagan, donni bug‘da pishirishni o‘igatgan qahramonlar mavzusi yetakchi o‘rinni tutadi. Ko‘pgina qahramonlar ilon gavdali, buqaning kallasi bilan yarim hayvon, yarim odam qiyofasida tasvirlanganlar. Bu qadimgi totemistik tasawurlarni aks ettirishdir. Qadimgi xitoyliklar u dunyo to‘g‘risidagi tushunchalarida yerda mavjud bo'lgan tartib-qoidalar aks ettiriladi. Yerda hokimiyat Vanga tegishli, osmonda hamma jismlar Oliy xudo (Di)ga buysunadi. Di qudratli, u odamlarga marhamat qiladi yoki ulami baxtsizlik bilan jazolaydi. U odamlarga hosilni sovg‘a qiladi, qurg'oqchilik yuboradi, yomg‘ir va shamol Diga bog‘liq. Dining yaqinlarini Vanning vafot qilgan ajdodlari tashkil qiladi. Vanning ajdodlari Dining topshiriqlarini bajaradi va ular Vanning yordam berish to‘g‘risidagi iltimosini Diga yetkazadi. Vanning oliy kohin sifatidagi vazifasi odamlar va xudolar dunyosi o‘rtasida vositachi bo'lgan o‘z ajdodlari bilan muloqotni amalga oshirishdir. Konfutsiylikni paydo bo'lishi va tarqalishi ajdodlarga e’tiqod qilishni kuchaytirdi. Konfutsiy (er. avv. 551—479-yillar)ning axloqiysiyosiy ta’limotida markaziy o‘rinni “oliyjanob kishi” (SzyanSzi) to‘g‘risidagi tushuncha egallaydi. Konfutsiylik gumanizm (Jen), sadoqat (Chjun), kattalarga hurmat (Syuo), kishilar o'rtasidagi munosabatlarga rioya qilish (Li)dan iborat. Konfiitsiy ochko‘zlik, zo'ravonlikka qarshi axloq va burchni qarama-qarshi qo‘yadi. II—III asrlarda Xitoyga budda dini kirib keldi. Afsonalaiga ko‘ra, birinchi budda sutralari (matn yoki qoida) Xitoyga oq otda olib kelingan: bunga xotira sifatida Loyan shahri yonida budda “oq ot ibodatxonasi” qurilgan va hozirgacha saqlanib qolgan. Xitoyda sutralarni tarjima qilish va budda dinini tarqalishi IV—VI asrlarga tegishlidir. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi eramizdan avvalgi V-III ming yilliklarda Xuanxe daryosining o’rta oqimida uzoq vaqt yopiq holda shakllanadi. Er. avv. I ming yillik o’rtalaridan boshlab Yanszi daryosi havzasini ham qamrab oladi. Xuanxe daryosi havzasi qadimda qalin o’rmonlar bilan qoplangan. Eramizdan avalgi IV-II ming yilliklarda Xuanxening o’rta oqimlarida karkidon, tapir, bambuq kalamushlari yashagan, bambuk daraxti o’sgan. Vodiyning yumshoq allyuvial tuprog`i dehqonchilik uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Er. avv. IV-III ming yilliklarda Xuanxe havzasida Yanshao madaniyatini bu yerda yashagan poliosiyo aholisini siqib chiqargan protosinotibetliklar yaratadilar. Er. avv. I ming yillikda Xuanxening o’rta oqimida inlar va chjoularning o’zaro ta'siri natijasida qadimgi Xitoy etnosi vujudga keladi. Bu etnosning shakllanishida shimolda poliosiyo va avstroosiyo janubiy Osiyo tillarida so’zlashuvchi etnoslar ishtirok etadilar. An'anaviy Xitoy tarixnavisligi fanida Xitoy tarixini sulolalar bo’yicha davrlashtirish xarakterlidir. Shunga ko`ra, afsonaviy «besh imperatorlar» davridan so’ng, «uch sulola» Sya, Shan-In va Chjou davrlari boshlandi. An'ana bo’yicha Chjou davri Chunsyu va Chjango davrlarini o’z ichiga olgan ikki qism G`arbiy Chjou (er.avv XI-VIII asrlar) va Sharqiy Chjou ( er.avv VIII-III asrlar) ga bo’linadi. Sin sulolasi (er.avv. III asr) o`rniga hukmronlik vaqti g`arbiy va sharqiy davrlarga bo’linadigan Xan sulolasi keladi. Sulolaviy davrlashtirish hozirgi tadqiqot talablariga javob bermaydi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotini ishlab chiqarish kuchlari va mehnat qurollari, tayyorlangan asosiy buyumlar bo’yicha jamiyat taraqqiyotini bosqichlarga bo’ladigan arxeologik davrlashtirishdan foydalanamiz. Demak, Xitoyda «uch sulola»dan oldingi davr neolit davriga to’gri keladi. Shan-In davrida qadimgi Xitoy jamiyati jez davriga kiradi. Chun-syu davri (er.avv. VI-V asrlar) oxirida qadimgi Xitoyda temir davri boshlanadi. Qadimgi Xitoy tarixini jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti mezoni asosida qo’yidagi davrlashtirishni ko’rish mumkin: 1. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va ilk davlatlarning vujudga kelishi. (er. avv. II ming yillik ) 2. Er. avv. VIII-III asrlarda qadimgi Xitoy 3. Xitoyda birinchi markazlashgan davlat-Sin imperiyasi (er. avv. 221-207-yillar) 4. Qadimgi Xitoy I-III asrlarda. Qadimgi Xitoy tarixiga oid juda ko’p aniq davrlashtirilgan yozma yodgorliklar mavjud. Bu bizgacha kitob holida yetib kelgan tarixiy asarlardir. Yozma manbalar ichida qadimgi Xitoy yilnomalari eng avvalo Lu podsholigi davrida tuzilgan er. avv. VIII-V asrlar voqealari yoritilgan «Chunsyu» yilnomasi muhim ahamiyatga ega. «Chunsyu» matni bilan an'anaviy ravishda uning muallifi qadimgi Xitoy faylasufi Konfusiya nomi bog`lanadi. Yilnomalar bilan yaqin bog`langan eng avvalo, «Shan-shu» («Shiszin»-qo’shiqlar kitobi) nomli kitob va boshqa qadimgi Xitoy tarixiy asarlari janridir. Bu asarlarda hukmdorlar va ularning yaqinlarining so’zlari mavjud. Bizgacha yetib kelgan «Shan-shu» matni qismlarigina haqiqiy deb hisoblash mumkin. Chunki bu manbaning ba'zi boblari keyingi davrlarga oid. Eramizdan avvalgi I asrda qadimgi Xitoyda yangi tarixiy asarlar paydo bo’ldi. Bu asarlar Xitoy tarixnavisligida katta o’rin tutadi. Ana shunday asarlardan biri Sima Syanning (er. avv. 105-90 yillar) «Tarixiy yozishmalar»i edi. Bu asar qadimgi Xitoy ijtimoiy-siyosiy va madaniy xayoti to’g`risida boy ma'lumotlar beradi. Sima Syan tarixiy voqealarni bayon qilishda kishilar faoliyatini bayon qilish usulini tanlaydi. Sima Syanning tarixnavislik usulidan «Xan tarixi» muallifi Gu Garbiy Xan (er.avv. 206 yil) sulolasinining tarixini yozishda foydalanadi. Ban Gu Xitoy tarixnavisligining yangi «sulolalar tarixi» nomini olgan janr asoschisi bo’lgan. Xitoy tarixini arxeologik o`rganishda amalga oshirilgan ishlar muhim ahamiyatga ega. Arxeologik qazishmalar natijasida ilk Shan davriga oid Ermitou shahri, Chansha yaqinida boy qabrlar (er. avv. III asr) topilgan. An'anaviy Xitoy tarixnavisligida ikki o’ziga xos xususiyat: - Xitoy madaniyatining boshqa qo’shni madaniyatlardan ustunligi; - Xitoy davlatchiligini kelib chiqishini afsonalarga boglab o’ta qadimiylashtirish ajralib turadi. Xitoy tarixini o’rganishni o’rta asrlarda Yapon olimlari boshlab berdilar. Yaponiyada Xitoy tarixini barcha davrlari o’rganildi. Mashhur xitoyshunos olim Kaydzuka Sigeki Qadimgi Xitoy davlatlarini shakllanishiga oid kapital tadqiqotlar muallifi hisoblanadi. Yevropada Xitoy tarixini o’rganishda fransuz tadqiqotchilari katta yutuqqa erishdilar. XX asr boshlarida E. Shavann «Sima Syanning «Tarixiy yozishmalar»»ni tarjima qila boshladi. Mashhur sharqshunos olim fransuz A. Maspero «Qadimgi Xitoy» nomli kapital asarini yaratdi. AQShda XX asrning 60-yillari oxirida «Qadimgi Xitoy tarixini o’rganish» xalqaro jamiyati tashkil topdi. AQShda Xitoy tarixini kelib chiqishi Xitoydan bo’lgan olimlar o’rganadi. Er. avv. V-III ming yilliklarda Xuanxe daryosi o’rta oqimida Yanshao madaniyati tipidagi neolit manzilgohlari vujudga keladi. Dehqonchilik, cho`chqa va it boqish asosiy mashg`ulot bo’ladi, kulolchilik rivojlanadi. Er. avv. III ming yillikning ikkinchi yarmida kulolchilik charxi yordamida kulrang va qora rangli idishlar tayyorlanadi, dehqonchilikda o’roq va pichoqning takomillashgan shakli vujudga keladi. Ijtimoiy tabaqalashuv jarayoni tezlashadi. Bu davr Lunshan madaniyati deb ataladi. Eng qadimgi jez davri buyumlari (er. avv. II ming yillik birinchi yarmi) Ermitou tipidagi manzilgohlarda topilgan. Er. avv. XIV-XI asrlarda o’rta Xitoyda In davrida ilk shaharlar paydo bo’ladi. Bu davrdagi ijtiomiy tabaqalanish izlarini In qabrlarida ko`rish mumkin. In davlati tepasida Van (hokim) turgan. Hukmdorning yagona hokimiyati shakllanidan dalolat beradigan «Men kishilar orasida yagonaman» degan so’zini keltirish mumkin. Van bir vaqtni o’zida oliy koxin vazifasini ham bajargan. In davlatining eng qudratli davri er. avv. XIII asrning ikkinchi yarmida hukmronlik qilgan Van U Di davriga to’g`ri keladi. Uning davrida Shan shahrida saroy va ibodatxonalar quriladi, mamlakat hududi kengayadi. Er. avv. 1027 yilda chjoular boshchilik qilgan ga`rbiy qabilalar In davlatini ag`darib tashlaydilar. Chjoular Inlardan jez quyish san'atini, yozuvni o’zlashtiradilar. Ular harbiy jang aravalarini ham inlardan o`rganadilar. Chjou davrida jamiyat besh ijtimoiy qatlamga ajralgan:. 1. Van-«kishilar orasida yagona» hukmdor. 2. Chjou-merosiy hudud hokimlari, chjou oliy aslzodalari. 3. Dafu-urug` qabila guruhlari boshliqlari. 4. In- katta oila boshliqlari. 5. Oddiy kishilar. Van Osmon mamlakatida eng oliy mulkdor, boshqalar esa uning xizmatkori edi. Download 55.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling