I bob. Qadriyatlar
O`quvchi yoshlarni vatanpavarlik ruhida tarbiyalashning milliy, tarixiy asoslari
Download 150.5 Kb.
|
UMUM MILLIY VA UMUM INSONIY QADRIYATLAR KOMPETENSIYASI MAVZUSINI TASHKIL ETISHGA OID INNOVATSIYALAR.
2.2. O`quvchi yoshlarni vatanpavarlik ruhida tarbiyalashning milliy, tarixiy asoslari
Vatanparvarlik yuksak e’tiqod, vatan va millat oldidagi mas’uliyat, yuksak burchni anglashdir. Ajdodlardan avlodlarga o`tib kelayotgan “Vatanni sevmoq iymondandir”, – degan hadis zamirida ham huddi shunday mazmun mujassam. Agar uzoq tariximizga nazar tashlaydigan bo`lsak, vatanga e’tiqod tuyg`usi xalqimiz tomonidan qadimdan e’zozlanib kelinganining guvohi bo`lamiz. Ajdodlarimiz orasidan yetishib chiqqan mashhur insonlarning xatti-harakatlari, vatan ravnaqi yo`lida chekkan zahmatlarini, bizgacha yetib kelgan asarlari hamda xalq og`zaki ijodi orqali bilib olishimiz mumkin. Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Umar Hayyom, Yusuf Xos Hojib, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Bobur, Uvaysiy, Nodirabegim, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Anbar Otin, Behbudiy, Cho`lpon kabilarning hayoti va ijodiy faoliyati, ayniqsa, vatanga e’tiqod haqidagi g`oyalari bugungi yangi jamiyatimiz taraqqiyoti uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Millatimizni dunyoga mashhur qilgan adabiy va ilmiy meroslar sirasiga «Avesto», Imom Al-Buxoriyning «Al-jome’ as-sahih», Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Beruniyning «Osor al-Baqiya», ibn Sinoning «Tib qonunlari», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» asari, Mahmud Koshg`ariyning «Devoni lug`atit turk», Amir Temurning “Temur to’zuklari”, Alisher Navoiyning «Hamsa», “Lisonut tayr”, ”Mahbub-ul-qulub”, Boburning «Boburnoma», Ahmad Yassaviyning «Devoni hikmat» kabi noyob asarlarini kiritish mumkin. Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan odob-o`gitlar, pand-nasixatnomalar, diniy-falsafiy kitoblarda vatanga e’tiqod qilishga keng o`rin berilgan. Keyingi yillarda yurtimizda bo`layotgan o`zgarishlar tufayli bu manbalarni o`rganishga va ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishga e’tibor kuchaydi. Ayniqsa, asrlarga tengdosh yozma bitiklar va xalq og`zaki ijodida, ya’ni afsonalar, ertaklar, rivoyatlar, maqollarda yuksak insoniy tuyg`ular ulug`lanadi. Bu manbalarning yosh avlodni vatanga e’tiqod ruhida tarbiyalashda ahamiyati nihoyatda kattadir. O’`quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni milliy tarixiy asoslarini o’rganib chiqar ekanmiz, eng avvalo, «Avesto»ning asrlar davomida insonlarni poklik, ilm egallash, mehnatsevarlik, tabiatni asrash kabi insonparvarlik g`oyalariga da’vat etib kelganligiga guvoh bo`lamiz. Bu bitikda vatanni sevish, o`zlari yashab turgan zaminni asrab-avaylash, unga e’tiborli bo`lish, vatanga e’tiqod haqidagi g`oyalar ham mavjudki, shubhasiz, bu g`oyalar o`smir yoshdagi o`quvchilarda vatanga e’tiqodni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. “Avesto”da ona zamin, oila, vatan tushunchalari muqaddas sanalgan, shuningdek, ular zaminni sof saqlash uchun murdalarni yerga ko`mishni qattiq qoralaganlar. Ular murdalarni maxsus mis idishlarda dafn qilishni yo`lga qo`yishgan. Shubhasiz, bu kabi qoidalarga ajdodlarimiz rioya qilganlar, ona yerni muqaddas deb bilganlar va uni ifloslanishdan asraganlar. «Avesto»da vatan deb o`zlari yashab turgan zamin, qabila, oila va chorva tushunilgan: “Bunday joy Ashavon uy tiklagan makondir. O`sha uyda ro`zg`or tebratadi. Sigirlar galasi va uy bekasi, farzandlar va suruvlar yashaydi bu uyda. Sigirlar galasi yaxshi parvarish qilinadi. Tevalar xo`raki farovon, yaxshi itlarning rizqi serob, uy bekasi baxtiyor, farzandlar shodmon. Hamisha olov gurillab turadi. Tiriklikning go`zal har bir hodisasi yaxshilikka qovushadi”. Bundan ko`rinib turibdiki, bu yozma bitikda inson oila bo`lib yashashi, farzandlar tarbiyalab voyaga yetkazishi, rizq va nasiba hisoblanmish sigir saqlashi, shu oilani qo`riqchisi itlarni parvarish qilish kabi oila an’analarini davom ettirish g`oyalari ilgari suriladi. Demak, “Avesto”da oila muqaddas sanalgan, oila esa vatan demakdir, vatandagina insonlar baxtiyor yashaydilar. “Avesto”ning bugungi davrimiz uchun qadriyat hisoblanishining boisi ham undagi g`oyalarning insonparvarligidadir, shu jumladan, o`smir yoshdagi o`quvchilarda vatanga e’tiqodni tarbiyalovchi manbalardan biri hamdir. Xalqimizning uzoq o`tmishi, dunyoqarashi, vatanga muhabbati va sadoqati, bosqinchilarga qarshi nafratidan bizga darak berib kelayotgan salnomalaridan biri Urxun-Enisey yodgorliklaridir. Bu turkiy tilda bitilgan yozma bitik VI-VIII asrlarda yaratilgan. Ushbu bitikda turkiylarning dushman qabilalariga qarshi mardonavor kurashlari, Tunyuquq kabi turkiy beklarning dovyurakligi, xalq oldidagi xizmatlari, jasur va mardligi, aqlli, tadbirkor inson ekanligi haqida hikoya qilinadi. Muqaddas islom dinida ham iymon tushunchasidan keyin «Vatan» tushunchasining ifodalanishi bejiz emas. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Turkiston gazetasi muhbirining savollariga javoblarida: «Biz ota-bobolarimizning muqaddas dini bo`lgan islom dinini qadrlaymiz, hurmat qilamiz, odamzod ruhiy dunyosida iymon- e’tiqodni, insoniy fazilatlarni mustahkamlashda uning o`rni va ta’sirini yuksak baholaymiz», - deb ta’kidlagan edilar. Darhaqiqat, dinning xalqimiz ma’naviyati, ruhiyatiga o`tkazayotgan ijobiy ta’siri nihoyatda kattadir, chunki islom dini doimo barcha millat xalqlarini chin e’tiqod, ezgulik, ahloqiy poklik va ma’naviy yetuklikka da’vat etadi. O`zbek xalqi tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, ajdodlarimiz orasidan yetishib chiqqan haqiqiy vatanga e’tiqodli insonlarning siymosini ko`ramiz. Masalan, To`maris va Shiroq, Muqanna, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Behbudiy, Fitrat, Cho`lpon, Abdulla Qodiriy, ikkinchi jahon urushi yillarida halok bo`lgan ko`plab yigitlarning nomlarini keltirish mumkin. Bugungi kunda mustaqillik sharofati tufayli, ularning nomlarini g`urur va iftixor ila tilga olmoqdamiz, o`zbek xalqi ozodligi yo`lida chekkan zahmatlarini yuksak qadrlamoqdamiz. Bugun biz qadriga eta boshlagan vatanimizni ota-bobolarimiz, jahonga mashhur sarkardalar, ma’rifatparvar kishilar ko`z qorachig`iday asrashgan, millat sha’ni va or-nomusi uchun jang qilishgan. Shuning uchun ularning unutilmas nomlari tarixda qolib, og`izdan-og`izga o`tib, afsonaga aylangan bo`lsa ajab emas. To`marisning yengilmas Kir II day qonxo`r podshoh ustidan g`alaba qozonishi o`z xalqi, vataniga bo`lgan muhabbati, chin e’tiqodining natijasidir. Bu kabi voqealar ikki yarim ming yil oldin yo’z bergan bo`lsa-da, yosh avlodni vatanga e’tiqod ruhida tarbiyalashda o`z qadrini yo`qotgan emas. Aslida vatan tuyg`usi har birimizning qonimizda bor. Qayerda bo`lmaylik, avvalo, vatan sog`inchidan o`rtanamiz. Ota-onamiz, opa-singillarimiz, aka-ukalarimiz, qishlog`imiz, shahrimiz, vatanimiz tomon talpinamiz, ularning barisi vatanimizdir, vatanimizning bir bo`lagidir. Qadimda safarga otlangan, vatandan quvg`in qilingan kishilar doimo vatanining aziz tuprog`ini yonlarida olib yurganlar. Bu hol boshqa xalqlarda ham mavjud. Masalan, Hind afsonasi «Ramayana»da ham vatan eng aziz narsa sifatida tilga olinadi. Darveshlik sari otlangan Ram o`zi yashab turgan saltanat tuprog`idan bir siqim olib, uni doimo yonida saqlaydi. Yuqorida e’tirof etganimizdek, Shayh Najmiddin Kubro, Amir Temur, Ulug`bek, Alisher Navoiy va Bobur singari mutafakkirlarimizning vatanga e’tiqod, vatanparvarlik haqidagi ko`plab fikr-mulohazalari, vatan taraqqiyoti uchun qilgan ezgu ishlari bugungi kunda har bir vatandoshimiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Millat taqdiri bilan yashash, vatanga e’tiqod, adolat, insoniylik tuyg`usi yuksak darajada shakllangan, milliy g`urur va iftixorimizga aylangan buyuk bobokalonlarimizning o`gitlarida o`z aksini topdi. Buni biz haqiqiy vatanga e’tiqodli yurtdoshlarimizdan biri Shayh Najmiddin Kubro faoliyatida ko`rishimiz mumkin. Shayh Najmiddin Kubro yoshlarning vatanga muhabbatini oshirish bilan birgalikda, bir-birlariga mehr-oqibatli bo`lishga undadi. U haqiqiy vatanga e’tiqodli, el va xalqini ardoqlovchi, butun Xorazm xalqini o`zining jigarbandlari qatorida ko`ruvchi inson edi. Shayh Najmiddin Kubro hayoti va asos solgan “Kubroviya” tariqati orqali uning vatan, millat qadriyatlariga naqadar sodiq inson ekanligiga guvoh bo`lamiz. Shayh o`z e’tiqodida mustaqkam turib, islom tariqatidagi «og`ir kunda vatanni tashlab ketgan kishi iymonsizdir” degan aqidaga amal qildi. O`z vatani ozodligi yo`lida qo`liga qilich olib, dushmanga qaqshatqich zarbalar keltira olgan Xorazmning mard o`g`loni Jaloliddin Manguberdidir. Jaloliddin Manguberdining hayoti va vatanga e’tiqod yo`lidagi faoliyatini chuqur tahlil asosida o`rganish o`smir yoshdagi o`quvchilarning vatanga e’tiqod, ona-Vatanga cheksiz muhabbat, g`urur va iftixor, vatan va xalq tinchligi yo`lida jon fido etish, insonparvarlik kabi qarashlarini tarkib toptirish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jaloliddin Manguberdi butun hayoti davomida o`z xalqi va vatanini sevdi, tarixi va madaniyatini yuksak qadrladi, ona tabiat go`zalliklarini qalban his qildi, ardoqladi. Rivoyat qilishlaricha, Jaloliddin hayqirib oqayotgan Jayhunga kesak otgan ukasining chakkasiga tarsaki qo`yib yuboradi, – suvga kesak otmoq, tuproqqa tupurmoq gunohi azim, sen Xorazmni onang o`rnida ko`r! – deb xitob qiladi. Bu rivoyat orqali Jaloliddin Manguberdining vatan, ona zaminga bo`lgan mehri, e’tiqodi yuksak ekanligi ko`rinib turibdi. Jaloliddin bolaligiga xos yuqorida keltirilgan hulq-atvor, odob, ahloq ko`rinishlari, go`zal fazilatlari hozirgi va kelgusi avlod uchun namuna sifatida xizmat qiladi. Uning bu kabi fazilatlari; tanlagan yo`lidan qaytmasligi, ma’rifatparvarligi, vatanni qalban sevishi, islom dini, ustozlarini qadrlagani, mardligi, halolligini targ`ibot qilish, yosh avlod uchun har tomonlama namunali inson ekanini ko`rsatish bugungi kunda o`qituvchilarning muhim vazifalaridan biridir. Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti va xotirasi xalqimiz uchun buyuk qadriyat sanaladi. Uning ibratli hayoti, millati va vataniga bo`lgan cheksiz muhabbati, mustahkam e’tiqodi har birimiz uchun namuna va o`rnakdir. Jangovor salohiyati va lashkarboshilik mahoratini o`rganish, ularni kelgusi avlodga targ`ib etish ta’lim-tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Uning vatan ozodligi yo`lida chekkan zahmatlarini targ`ib va tashviq qilish yosh avlodni vatan, el-yurtga e’tiqod tomon etaklaydi. O`zbek millatini dunyoga tanitgan bobomiz Amir Temurdir. U nafaqat millatni dunyoga mashhur qildi, vatanning sarhadlarini kengaytirib, markazlashgan, cheksiz hududga ega bo`lgan mamlakat barpo etib, ilmu ma’rifatni rivojlantirdi, ajoyib va go`zal bog`u rog`lar, tog`lardek yuksak minora, obidalar barpo etdi. O`z millati qadriyatlarini ulug`ladi, ularning qadriga etdi. Millat taqdiri bilan yashash, vatanga e’tiqod, adolat, insoniylik uning butun hayotiy faoliyatini tashkil etdi. Shu bois Amir Temur «Kuch adolatdadir» degan hukmni chiqardi. Bu hikmat asrlar davomida xalqimiz uchun asosiy yo`riqnoma bo`lib kelmoqda. Amir Temur o`z vasiyatini ham millat va vatan qadr-qimmatini o`ylab bayon qilgan, farzandlari, nabiralariga millat va vatan ravnaqi haqida qayg`urish, kambag`al, yo`qsillarning boshini silashni vasiyat qildi, so`nggi daqiqalarida ham o`z xalqi va vatanining taqdirini o`yladi: «O`g`illarim, millatning ulug` martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va to’zuklarni yaxshi o`qing, aslo unutmang va tatbiq eting. Millatning dardlariga darmon bo`lmoq vazifangizdir. Zaiflarni qo`ring, yo`qsillarni boylar zulmiga tashlamang. “Adolat va Ozodlik» dasturingiz, rahbaringiz o`lsun. Men kibi o’zun saltanat surmak istasangiz, qilichingizni yaxshi o`ylab chekingiz. Bir da’fa chekkandan so`ngrada uni ustalikla qo`llangiz. Orangizga nifoq tuhumlar ekilmasligi uchun ko`p diqqat bo`ling. Ba’zi nodimlaringiz va dushmanlaringiz nifoq tuxumlari sochmakka, bundan foydalanmakka chalishajakdurlar. Faqat vasiyatimda sizga idora shaklini, uning ilkularini ko`rsatdim. Bularga sodiq qolsangiz toj boshingizdan tushmas”. Amir Temur bu o`rinda millat deganda vatanni, unda yashaydigan elatlarni nazarda tutgan edi. Shoir Alisher Navoiy vatan tushunchasini ona yurt, o`rin, tug`ilib o`sgan joy, maskan, manzil ma’nolarida qo`llagan. U o`zining “Hayrat ul-abror” dostonida vatanga bo`lgan e’tiqodini, mehr-muhabbatini namoyon etgan. Shoir tug`ilib o`sgan vatani Xurosonni vatanlar ichra tengsiz vatandir, deya ta’riflaydi: Ziynat aro ravzai rizvondir ul, Ravzani qo`y, mulki Hurosondir ul. Shuningdek, shoir ona shahrini jannatga qiyoslaydi. Xuroson jahonning ko`ksi, Xirot esa uning yuragidir deb ta’kidlaydi. Xirot shahrining maftunkorligi, go`zal tabiatining tasviri shoir qalamida o`z jilvasini topadi. Shoir vatanining tasvirini keltirar ekan, uning go`zalligi oldida hayrati yanada oshadi: Alloh-Alloh, ne Hiri, bu Hiri. Bir-biridan turfa aning har biri. Navoiy butun hayoti davomida xalq g`ami, dardi, vatanni obodonlashtirish qayg`usi bilan yashadi, ijod qildi. Shu sabab uning barcha asarlarida vatanga muhabbat, e’tiqodning yuksak namunasini ko`rish mumkin. Vatan sog`inchi, musofirlik dardida kuyib-yongan, buyuk insonlardan biri shoh va shoir Boburdir. Bobur ruboiylaridagi nola, alamli faryod, ona yurtidan olisda g`urbat azoblarini tortgan kishining sog`inch-iztiroblaridan darak beradi: Yod etmas emish kishini g`urbatda kishi, Shod etmas emish ko`ngilni mehnatda kishi. Ko`nglim bu g`ariblikda shod o`lmadi, oh, G`urbatda sevinmas emish, albatta kishi. Bobur asarlarini o`qiganda, vatan, hayotga bo`lgan muhabbat ifodalanganligiga guvoh bo`lamiz. U vatanparvar shoir sifatida, har doim inson va uning erki, vatanga muhabbat va sadoqatni kuyladi, ilm-ma’rifat va yurtga e’tiqodni targ`ib qildi. Bobur asarlari va uning hayot yo`li bilan tanishar ekanmiz, har bir misrada uning vatanga e’tiqodi ifodalanganligini ko`ramiz. Tarixiy tajribalar shuni ko`rsatadiki, har bir shoir, olim o`z Vatanini ulug`lagan, uni o`z asarlarida madh etgan. Uning boyliklari, go`zalliklari bilan faxrlangan. Vatan azal-azaldan barcha musulmon xalqlari uchun muqaddas sajdagoh hisoblangan. Shuning uchun ham vatanparvarlik tuyg`usini o`quvchilarda shakllantirish uchun buyuk siymolar ijodini, ularga bosqichma-bosqich izchil tarzda o`rgatib borish muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. O`quvchilarda vatanga e’tiqodni shakllantirish uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Vatanga e’tiqod, vatanparvarlik tushunchalari xalqimizning o`tmish tarixi va bugungi kunda amalga oshirayotgan olamshumul ishlarining o`ziga xos talqinini o`quvchilarning ongiga ularning o`zlashtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda yetkazish orqaligina shakllanishi mumkin. Bunday tushunchalarni shakllantirishda xalqimiz ma’naviyatining asosini tashkil qiladigan qadriyatlarning o`rni beqiyosdir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yosh avlodda azaliy qadriyatlarga hurmat uyg`otishga asosiy e’tibor qaratildi. Qadriyatlarni chuqurroq anglash va anglatish qaror topmoqda. Bugungi kunda olimlar umuminsoniy va milliy qadriyatlar, ularning mohiyati, o`zaro aloqasi, qadriyatlarning inson hayotida tutgan o`rni, ularning tarbiyaviy ta’siri hamda ta’lim-tarbiya jarayonida ular vositasida o`quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish ustida keng ko`lamli tadqiqotlarni amalga oshirmoqdalar. O`zbekistonda hozirgi zamon sivilizatsiyasi talablariga javob beruvchi umuminsoniy demokratik qadriyatlar xalqimiz turmush tarziga kirib kela boshladi. Inson haq-huquqlariga rioya qilish, tadbirkorlik erkinligi, matbuot erkinligi ana shular jumlasidandir. “Ushbu demokratik qadriyatlar jamiyatimiz uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida gapirar ekanmiz, bu qadriyatlar tarixiy jihatdan ham xalqimizning o`ziga xos xususiyatlariga zid emasligini qayta-qayta ta’kidlashni istardik». Shu bilan birga o`tmish qadriyatlariga, an’analariga va turmush tarziga betartib ravishda orqa-ketini o`ylamay qaytish boshqa bir keskinlikka, jamiyatni yangilash zaruriyatini inkor etishga olib kelishi mumkin. Qadriyatlar inson ongi va faoliyatining, shu bilan birga jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy taraqqiyotining mahsulidir. Qadriyatlarda o`sha zamonda yashagan odamlarning orzu-umidlari, istaklari, hullas, moddiy va ma’naviy ehtiyojlari o`z ifodasini topadi. Vaqt va davr talablari o`zgargan sari qadriyatlarning mazmuni ham o`zgarib boradi. Bizning mamlakatimizda ham inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Insoniyat mavjudki, uning qadr-qimmati ulug`lanib kelinadi. SHu boisdan insonning qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog`ligini muhofaza qilish, hayotini himoya qilish davlat siyosatining asosiy yo`nalishini tashkil etadi. Jamiyatda bo`layotgan o`zgarishlar, islohotlar, qabul qilinayotgan qonun va nizomlarning mohiyati ham shundadir. Qadriyatlarning inson va jamiyat hayotidagi o`rni, ijtimoiy xarakteriga ko`ra milliy va umuminsoniy, sinfiy yoki diniy, shuningdek, kishilarning yoshi, kasbiy xususiyatlariga hos qadriyatlarga bo`lish mumkin. Bozor iqtisodiyoti tobora rivojlanayotgan hozirgi sharoitda inson o`zining individual xususiyatlarga tayanishi, o`z kelajagini barpo etishi lozim. Shuningdek, insonning ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar ham katta ahamiyat kasb etadi. Shunday shaxsiy ehtiyojlardan biri vatanga e’tiqodning shakllanishi bilan belgilanadi. Bunday tushunchalarni shakllantirishda bir qator qadriyatlar muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. Masalan, tabiiy qadriyatlar, ularga er usti va er osti boyliklari, konlar, suv, havo, o`rmonlar, o`simliklar, hayvonot dunyosi va boshqalar kiradi. O`zbekiston zamini xilma-xil qazilma boyliklarga ega. O`quvchilarga bu boyliklar haqida ma’lumot berish orqali ularda vatanga e’tiqodni shakllantirish muhim amaliy ahamiyatga ega. Yer yuzida mavjud bo`lgan barcha qazilma boyliklar, o`rmon, hayvonot olami va hokazolar moddiy boyliklar sanaladi. Qachonki, ular inson tomonidan o`zlashtirilganda, uning ahamiyati va qadr-qimmati yanada oshadi. Insonning aqliy va jismoniy mehnati natijasida yaratilgan turli- tuman moddiy boyliklar, zavod-fabrikalar, ishlab chiqarish kuchlari, transport vositalari, asbob-uskunalar, turar-joy, mol-mulk, noz-ne’mat va shu kabilar moddiy qadriyatlar hisoblanib, vatanga e’tiqodni shakllantirishda ular ham muhim ahamiyatga ega. Ma’naviy qadriyatlarga ilmiy-tehnikaviy va intellektual imkoniyatlar, maorif, ta’lim-tarbiya, tibbiy xizmat, milliy meros, turli shakllarda namoyon bo`ladigan madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san’at, xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, noyob tarixiy va madaniy yodgordiklar, arhitektura inshootlari va boshqalar kiradi. O`quvchi shaxsi taraqqiyotini ta’minlashda moddiy va ma’naviy qadriyatlarning o`rni katta. Ularni o`zlashtirish natijasida o`quvchilarda o`z xalqi, millati va vatanidan g`ururlanish, unga e’tiqod qo`yish tuyg`usi qaror topadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Biz barpo etayotgan yangi jamiyat yuksak ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarga tayanadi va ularni rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi. Bu jarayon milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasiga, o`sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga asoslanadi”. Xullas, yuqoridagi qadriyat haqidagi fikr va mulohazalarni o`rganib chiqqan holda, qadriyat tushunchasi haqida quyidagi izohni keltirib o`tmoqchimiz. Qadriyat – inson uchun ahamiyatli va qadr-qimmatga ega bo`lgan, kishilarning manfaatlari va maqsadlari yo`lida xizmat qiladigan, tabiat hamda jamiyat hodisalari majmuidan iborat dialektik birlikdir. Ma’lumki, xalq donishmandligi va odobnomasining nodir sohasi bo`lgan o`zbek xalq pedagogikasi ijtimoiy va maishiy-ahloqiy hayotning barcha tomonlarini, xalq og`zaki ijodi, qadrshunoslik, udumshunosligi va marosimshunosligining yetakchi yo`nalishlarini, diniy-ahloqiy ta’limotni qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. U xalqimizning asrlar davomida to`plagan boy tajribalarini, ijtimoiy-siyosiy, jismoniy yetuklik borasidagi qarashlarini, ahloqiy, falsafiy, ma’rifiy, estetik, ma’naviy, xulosalarini lo`nda va donishmandona tarzda ifodalaydi. O`zbek xalqining milliy xususiyatlari : ahloqiylik, o`z-o`zini anglash, milliy tuyg`u, milliy madaniyat, milliy kiyinish va yurish-turishda o`z aksini topadiki, xalq milliy o`yinlarini o`rganishda bularni chetlab utish mumkin emas. O`zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar hosdir: ko`p bolalilik; mehnatda jismonan chiniqish; oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo`lishi; qarindoshchilik, bir necha avlodlarning birgalikda yashashi. Shu bois Respublikamizning shahar va qo`rg`onlarining axolisi o`rtasida spartakiadalar, xalq milliy o`yinlari musobaqalarini o`tkazilishi o`sib kelayotgan yosh avlodga ahloqiy fazilatlar: vatanparvarlik, matonat va qat’iyat, sabr va chidam, hamdardlik va mehr-oqibat kabilarni singdirishga zamin yaratadi. Bunda sportnining kurash, arqon tortish, tosh ko`tarish, futbol, engil atletika kabi turlari ommaviy tus olmoqda. Ma’lumki, ahloq, hulq va atvor so`zlari arabcha bo`lib, ular o`zbek tilida ham o`z ma’nosida ishlatiladi. Ahloq- ijtimoiy ong shakllaridan biri , ijtimoiy tartib-qoida bo`lib, bu tartib qoida ijtimoiy hayotning istisnosiz hamma sohalarida kishilarning xatti-harakatlarini tartibga solish funktsiyasini bajaradi. XULOSA Kurs ishimizni bajarish jarayonida, mavzuning mazmuniga dahldor bo`lgan manbalarni o`rganish, ilmiy tahlil qilish, ularga asoslangan holda kuzatish va tajriba-sinov ishlarini olib borganimizda o`zimiz uchun ko`p yangiliklarni bilib oldik. Ularning ta’sirida quyidagi xulosalar chiqarildi: 1. O`quvchilarni ta’lim jarayonida mashg`ulotlarda vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash muhim bo`lib, ma’naviy-ahloqiy jihatdan o’zbek milliy qadriyatlari asosida o’quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhuda tarbiyalashda tarixiy merosimizga tayanish muhim ahamiyat kasb etadi. 2. O`zbekiston milliy istiqlolga erishganidan keyin sport va jismoniy tarbiya mashg`ulotlarining mazmun-mohiyatiga ham e’tibor kuchaydi . Bu boradagi ijobiy o`zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi sifatida Prezident I.Karimov ko`plab yangi g`oyalarni ilgari surdi. Jahonning eng ommalashgan jismoniy tarbiya va sport sohalari bilan bir qatorda, xalqimiz boy madaniy merosining ajralmas qismi bo`lgan o`zbek milliy o`yinlari tiklandi va dunyo bo`ylab katta qiziqish bilan tarqalib boshladi. Zamonaviy jismoniy tarbiya majmualari, sport inshoatlari barpo etildi va yoshlarimizning eng yuqori saviyada shug`ullanishlariga sharoit yaratildi. Jismoniy tarbiya mashg`ulotlari yoshlarimizga milliy va umuminsoniy tarbiya berish, ularda vatanparvarlik tuyg`usini rivojlantirishning zarur shartlaridan biri bo`lib qoldi. 3. O`quvchi yoshlarni darslar va sinfdan tashqari tadbirlar jarayonida vatanpavarlik ruhida tarbiyalash muammosi mazmun mohiyati bilan yigitlarni vatan himoyasiga tayyorlash asosida har tomonlama barkamol, talabchan, jamiyatga kerakli inson qilib shakllantirish hamda o’quvchilarni yomon illatlardan holi bo`lishiga e’tibor qaratish lozim. Shu maqsadda ta’lim jarayonida o’quvchilarni vatan himoyasiga tayyorlashning samarali usul, metod va dasturdan unumli foydalanish maqsad muvofiqdir. 4. O`quvchirlarni ta’lim jarayonida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ta’limning innovatsion usullaridan, ta’limiy-ahloqiy, jismoniyi, ko`rgazmali-targ`ibot ishlarida foydalanish samarali natijalar beradi. 6. Darslar va sinfdan tashqari mashg`ulotlar jarayonida o`quvchilarni vatanini sevib-ardoqlashi borasidagi mashg`ulot mazmuni ilmiy asosda tashkil etilganda o`quvchi yoshlarning aqliy, ahloqiy, mehnat, nafosat, vatanparvarlik va boshqa tarbiya yo`nalishlariga kuchli ta’sir ko`rsatishi aniqlandi. Ular o`rtasidagi uzviy bog`liqlik yoshlarning jismoniy kamolotlarini takomillashtiradi. Bu o`z navbatida jamiyatimiz a’zolarini har taraflama ulg`aygan, komil insonlar bo`lib etishishlari uchun zamin hozirlaydi. 7. Mashg`ulotlarining ilmiy asoslarda tashkil etilishi jamiyatimizning barcha a’zolarini sog`lom, faol, g`ayrat shijoatli bo`lishlariga ta’sir etish bilan birga barkamol erkin fikrlovchi romil inson bo`lishini, O`zbekistonni dunyoga tanitishga hissa qo`shishini amalga oshiradi. Faqat mashg`ulotlar metodik jihatdan to`g`ri tashkil etilishi, pedagogika, psixologiya metodikasi qonun-qoidalariga qat’iy rioya etilishi zarur bo`ladi. O’zbekiston jamiyatining hozirgi taraqqiyot bosqichida o’quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida shakllantirishning ahamiyati katta. Chunki «Bugungi kunda xalqimizga azaldan xos bo’lgan hamjihatlik va bag’rikenglik, mehmondo’stlik kabi sifatlar bilan farzandlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy ong, milliy g`urur tushunchalarini singdirish uchun ular ma’naviy jihatdan sog`lom bo`lishlariga erishishimiz zarur. Ma’naviy sog`lomlik esa jismoniy va ruhiy sog`lomlik bilan chambarchas bog`liq. “Vatanni xurjunga solib tashib ketib bo`lmaydi. Agar uni tashib ketish mumkin bo`lganda edi, u sariq chaqaga ham arzimasdi”. Download 150.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling