I bob. Qadriyatlar
Download 150.5 Kb.
|
UMUM MILLIY VA UMUM INSONIY QADRIYATLAR KOMPETENSIYASI MAVZUSINI TASHKIL ETISHGA OID INNOVATSIYALAR.
Qadriyat - bu tabiiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo’ladigan, kishilar qadrlaydigan va ular uchun manfaatli, ijobiy ahamiyatli, tabiiy, individual va ijtimoiy ehtiyojni qadrlashga hizmat qiladigan moddiy - iqtisodiy, amaliy - madaniy, mafkuraviy va siyosiy omillar yig’indisidir.
Inson va insoniyat - eng oliy qadriyatlardir. Insoniyatning mavjudligi uchun zarur bo’lgan tabiiy imkoniyatlar, mehnat, mehnat qurollari va mehnat mahsulotlari moddiy hayot qadriyatlari deyiladi. Jamiyat hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan va insoniyatning taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan ijtimoiy soha va tizilmalar (oila, millat, sinf, davlat) kabilarning majmuiy ijtimoiy hayot qadriyatlari tushunchasi bilan ifodalanadi. 4. Kishilarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga hizmat qiladigan ilmiy bilimlar yig’indisi ma’naviy hayot qadriyatlari deb ataladi. 5. Umuminsoniy qadriyat, bu avvalo, bashariyatning mavjud bo’lishi va yashab kelishini ta’minlaydigan, tinchlik umumjahon tsivilizatsiyasi va madaniyati kabi tushunchalar bilan bevosita bog’liqdir. Prezidentimiz I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida” asarida «Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini rivojlantirmay, hamda mustahkamlamay turib, o`z istiqbolini tasavvur eta olmaydi»4 degan edi. Demak, barkamol insonsiz chinakam xalq manfaatiga xizmat qiladigan jamiyatni barpo qilib bo`lmaydi. Bu borada so`z san’ati bo`lgan adabiyotning o`rni juda kattadir. Chinakam vatanparvar, barkamol insonni shakllantirishda ta’lim-tarbiya jarayoni imkoniyatlaridan va Sharq mutaffakkirlarining o’lmas asarlarigan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O’quvchilar ongiga ona-Vatan, buyuk ajdodlarimiz merosi va halqimizning bugungi misli ko’rilmagan bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg’ularini singdirishga adabiyot darslarida, hususan, «Avazhon» dostonini o’rganish jarayonida erishish mumkin. «Go’ro’g’li» dostonlari turkumiga kirgan mazkur asarda mardlik, jasurlik, irodalilik kabi fazilatlar ulug’lanadi. Huddi mana shu fazilatlar Vatan uchun sadoqatli bo’lishning muhim omilidir. O’qituvchi o’quvchilarda haqiqiy mard insonlardangina chinakam vatanparvarlar chiqishini tushuntiradi. Bu tushunchalar «Guldursun», «Qaytar dunyo» afsonalarini o’rganish jarayonida yanada mustahkamlanadi. Afsonalarda hiyonat va sotqinlikning qoralanishiga, burch masalalariga ko’proq e’tibor qaratish har bir pedagogdan talab etiladi. O’quvchilarda vatanparvarlik g’oyalarini singdirishda ezgu fikr, so’z va amalni ulug’lagan, yaqindagina o’zining 2700 yilligini nishonlangan «Avesto» kitobining o’rni nihoyatda beqiyosdir. Akademik litsey va kasb-hunar kolleji o’quvchilardaiga dastlab 2001 yil 3 noyabr kuni Urganchda «Avesto» kitobining 2700 yilligiga bag’ishlab bunyod etilgan yodgorlik majmuining ochilishi marosimi yozib olingan videokassetani namoyish etish maqsadga muvofiqdir. Ana shu tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov so’zlagan nutqi va vaqtli matbuot sahifalarida bosilgan materiallardan foydalanib, «Avesto-Sharqning bebaho yodgorligi» mavzuida konferentsiya darsi tashkil qilish kerak. Boisi, bu kitoblarimizning tabiatga, eru suvga, quyosh va havoga bo’lgan ilohiy munosabatini, ota-ona va farzandga mehr-oqibatini, ularning muqaddas tushunchalarini, o’z erini kimlardan, qanday havfu hatarlardan himoya qilib, jamoa bo’lib yashaganini, barcha-barchasini mukammal yoritib bergani bilan qimmatlidir. «Avesto» bilan yaqindan tanishar ekanmiz, yana bir karra shunga iqror bo’lamizki, bu mangu kitobda ifoda etilgan buyuk g’oyalar, falsafiy hikmatlar o’zining hayotiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi. «Avesto» kitobida mujassamlashgan g’oya va fikrlar haqida gapirar ekanmiz, ularning naqadar chuqur mazmunga egaligi va o’zining abadiyligi bilan bu asarda, avvalo, tabiatga munosabat, unga hurmat tuyg’usi, borliq olamning yahlitligi va bir butunligi, tabiat va inson uyg’unligi, atrof-muhitni saqlash va asrash odamzotning eng asosiy vazifasi ekani tasvirlab va isbotlab berilishi bugungi kunda ham har qanday odamni hayratda qoldiradi. Shunday olis davrlarda ham ajdodlarimiz o’z yaqinlari oilasi, vatandoshlariga mehribonlik ko’rsatib, bir-biriga elkadosh bo’lib, boshiga tushgan sinov va hayot bo’ronlarini birgalikda engish kabi fazilatlarni ulug’lab, ularga amal qilib yashaganligi tasvirlangan «Avesto» -O’rta Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari halqlari qadimiy madaniyatning bebaho tarihi yodgorligi bo’lib, u jahon tarihiga diniy, huquqiy, ahloqiy, ijtimoiy va boshqa dunyoqarash, tasavurlarini anglashning bitmas–tuganmas manbai sifatida kirgan. Ushbu nodir yodgorlik qadimgi zamonlardagi siyosiy va huquqiy g’oyalar haqida, odamlarning huquqiy ongi, bilim darajasi, mulk, nikoh-oila munosabatlarini tartibga soluvchi ijtimoiy me’yorlar, jinoyat va jazo, sud va sud amaliyoti masalalari to’g’risida keng ahborot beradi. Bir so’z bilan aytganda, «Biz uchun «Avesto» kitobi nafaqat tarihiy yodgorlik, nafaqat millatimizning va unga hos bo’lgan qadriyatlar va madaniyatning tomiri ming-ming yillarga borib taqalishini tasdiqlaydigan tarihiy hujjat sifatida qadrlidir. Bu betakror asarning biz uchun betakror ahamiyati-avvalo, uning olis-olis davrlarda ham halqimizning milliy hususiyatlari va fazilatlari, umumbashariy qadriyatlar yillarga borib taqalishini tasiqlaydigan tarihiy hujjat sifatida qimmatlidir.» Tarbiyachi o’qituvchilar oldidagi eng muhim vazifalardan biri, o’quvchi - yoshlarning fuqarolik burchini yuksak anglashi, hamda ularni mustaqil Vatanimiz va demokratik g’oyalarga, umumbashariy va milliy qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ular qalbidagi jahon ilm - fani va madaniyati yutuqlarini egallashga bo’lgan ishtiyoqni yanada rivojlantirishdan iborat. Shundagina yoshlar faqat Yapon mo’jisasiyu, arab kashfiyotlaridan hayratlanib yurish bilan cheklanmaydi, balki eng avvalo, ulug’ ajdodlarimiz dahosiga imon keltiradi, ularga munosib avlod bo’lishni dillariga jo qilib, o’zlari ham jahonni lol qoldiruvchi kashfiyotlar qilishga intiladilar va albatta, ozod mamlakatning hur fikrlovchi millatparvar, vatanparvar komil insonlari bo’lib etishadilar. Download 150.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling