1-ma’ruza. Ta’limda zamonaviy yondashuvlar va islohotlar


Download 276.8 Kb.
bet1/17
Sana05.01.2022
Hajmi276.8 Kb.
#233688
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
3.1. Zamon yondashuvlar(1)


  1. 1-MA’RUZA. TA’LIMDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA ISLOHOTLAR

Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish orqali yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib voyaga yetkazish bosh vazifa sifatida qo`yilmoqda. Ta’limning maqsadi, eng avvalo, inson ongini rivojlantirishdir. Chunki har qanday mamlakatning kelajagi, ertangi kuni uning tabiiy boyliklariga emas, balki fuqarolarining saviyasiga bog’liqdir.

Fan-texnika asri va jadal taraqqiy etayotgan hayot o`quvchilarda o`quv predmetlari bo`yicha faqatgina bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lishning o`zi yetarli emasligini ko`rsatmoqda. Bu quyidagi holatlarda namoyon bo`lmoqda:


  • ta’lim muassasasini muvaffaqiyatli bitirgan ayrim o`quvchilar, hayotda ko`p muvaffaqiyatsizliklarga uchraydi;

  • oliy ta’lim muassasini bitirib yangi ishga borgan yosh mutaxassis universitet yoki institutda kasbiga oid bilim va ko`nikmalarni yetarli darajada olgan bo`lsa-da, ish joyiga ko`nikishi uzoq vaqt davom etadi;

  • ko`pincha maktab yoki liseyda olingan bilim va ko`nikmalar tezda hal qilinishi kerak bo`lgan hayotiy vaziyatlarga to`g’ri kelmaydi yoki umuman hayotida kerak bo`lmaydi.

Shunga ko`ra, ta’lim jarayoniga o`quvchilar egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini bevosita kundalik hayotida qo`llashga o`rgatadigan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTSlarni yaratish va ta’lim jarayoniga qo`llash zaruriyati yuzaga keldi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g’risida”gi PF-5712-son farmoniga ko`ra innovatsion ta’lim jarayoniga o`tish, zamonaviy kadrlarga bo`lgan ehtiyojni inobatga olgan holda intensiv til, AKT va ta’lim berishning yangi metodlarini o`rganish, STEAM pedagogika asoslarini o`zlashtirish, yangi kasbiy kompetensiyalarni o`zlashtirish uchun zarur bilimlar bazasini shakllantirish kabi masalalar vazifa qilib olindi. Bugun umumiy holda STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) abbreviaturasi ostida yangicha fikrlaydigan mutaxassislar tayyorlashga yo`naltirilgan texnologiya, muhandislik va matematika kabi akademik va sohaviy fanlar kompleksi nazarda tutiladi va bunday kadrlarsiz innovatsion iqtisodiyot, madaniyat rivojlanishi mumkin emas. Ba’zan ushbu umumiy nomga «A» (Art — «san’at») komponenti ham qo`shiladi (STEAM). STEAM-ta’lim zamonaviy jamiyatning uchta talabiga asosan yuzaga keldi:




  1. Download 276.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling