Milliy va umummadaniy kompetensiya
A2
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o`ziga xosliklarni anglash, ulardan ta’sirlanish, ulardagi go`zallik va ezgulikdan o`rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish;
A2+
badiiy asarlarda aks etgan tarixiy, ma’naviy va madaniy hodisalar mohiyatini to`g’ri tushunish va talqin qila olish, ulardagi estetik jihatlarni ilg’ay olish hamda tushuntirib bera olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi
A2
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarini tuza olish;
shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yurita olish;
kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o`qiy olish va undan foydalana olish;
A2+
inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`la olish hamda ulardan foydalana olish. Shunga o`xshash har bir fandan ushbu fanga oid kompetensiyalarning loyihalari ishlab chiqildi va tajriba sinovdan o`tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |