1-ma’ruza. Ta’limda zamonaviy yondashuvlar va islohotlar


Ona tilidan fanga oid kompetensiyalar


Download 276.8 Kb.
bet15/17
Sana05.01.2022
Hajmi276.8 Kb.
#233688
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
3.1. Zamon yondashuvlar(1)

Ona tilidan fanga oid kompetensiyalar

  • Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so`zlash, o`qish, yozish):

  • Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid):

Adabiyotdan fanga oid kompetensiyalar

  • Adabiy-nutqiy kompetensiyalar.

  • Badiiy asarni tahlil (analiz, sintez) qilish kompetensiyasi.

Ishni nimadan boshlash kerak?

Mashg’ulotlarni olib boradigan pedagog o`qituvchi mazkur fandan kompetentlik yondashuviga asoslangan DTS va o`quv dasturini sinchiklab o`rganib chiqishi kerak. Bunda har bir o`quv fani bo`yicha shakllantirilishi zarur bo`lgan tayanch va fanga oid kompetensiyalarni o`quvchilar yoshi, psixo- fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda sinflarga taqsimlab chiqilishi zarur. Hozirda bu ish o`quv dasturlarida keltiriladi. Lekin mazkur kompetensiyalar yarim yillik va yil oxiridagi natija ko`rinishida berilmoqda. Shunga ko`ra pedagog ularni taqvim mavzu rejada maydalab ko`rsatishi zarur bo`ladi. Shu bilan birga o`quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishda qo`llaniladigan samarali usul, metod va texnologiyalarni tanlashlari kerak bo`ladi.

O`quvchilarda ushbu kompetensiyalarni shakllantirishda ularning qiziqishi, ehtiyojini hisobga olish zarur. Buning uchun esa o`qituvchi tomonidan pedagogik tashxis o`tkazish yaxshi natija beradi. Tashxislar ishonarli va to`laqonli bo`lishi uchun ular quyidagi talablarga javob berishi kerak:


    • tashxislash ishiga ta’limning barcha ishtirokchilari (ota-onalar, fan o`qituvchilari, sinfdoshlar) jalb etilishi kerak;

    • tashxislashni iloji boricha turli usullar-so`rovnoma, suhbat, kuzatish, test, o`z-o`zini tashxislash orqali o`tkazish lozim;

    • qayta aloqa bo`lishi va baholash jarayoni doimiy ravishda muhokama qilinishi kerak;

    • shaxsiy xarakterlari hisobga olinishi kerak. Bunda o`tkazilgan tashxis natijasi oldingisi bilan solishtirilishi va ijobiy(salbiy) o`zgarishlar e’tirof etilmog’i lozim;

    • tizimlilik, tashxislash butun o`quv yilini qamrab olishi kerak;

    • barcha o`quvchilar, ularning ota-onalari, mutaxassislar va boshqalarga o`quvchilar nimalarni bilishi, qanday ko`nikma va malakalarga ega bo`lishi oshkor bo`lishi kerak.


Download 276.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling