Tayanch kompetensiyalarni qachon, qanday shakllantirish mumkin?
Tayanch kompetensiyalari tarkibiga kirgan kommunikativ kompetensiyani joriy nazoratlar davrida og’zaki so`rov, uy vazifalarni bajarganligi, sinfdoshlarining tushuntirishlarini anglay olishi, bahsga kirishish kabilar orqali shakllantirilsa, axborot bilan ishlash kompetensiyasini darslik va o`quv qo`llanmalar bilan ishlash, badiiy adabiyot, kinofilmlardagi jarayon, hodisa, qonun hamda qoidalar qo`llanilgan vaziyatlar to`g’risida axborotlarni izlab topish, ularni tushuntirish orqali shakllantirish mumkin. Shu bilan shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasi ham shakllantirilib boriladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasiga oid ko`nikmalarni dars jarayonida guruhlarda ishlash, rolli o`yinlar kabi usullarni qo`llab darslarni tashkil etish mumkin. Umummadaniy kompetensiyalarni o`quvchilarda shakllantirish uchun fan sohasida buyuk kashfiyotlar qilgan olimlarning ibratomuz hayoti, fan rivojlanishi bilan insoniyatning umummadaniyati yuksalib borishini ko`rsatish orqali amalga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |