Shu o`rinda, “ta’lim berish” va “o`qitish” tushunchalarining qiyosiy tahlilini berishni lozim topdik.2
O`qitish
|
Ta’lim berish
|
O`qitish –bu tayyor bilimlarni berishdir.
O`qitish bu hali mustaqil, maqsadli, ijodiy fikrlovchi, ma’naviyatli, muammolarni va zamon talablarini anglash degani emas.
O`qitish- bu madaniy me’yorlarni, bilimlarni egallash, hayotni “fan” shaklida bilish demakdir.
O`qitilgan kishi- bilimdon va bilganlarini amalda qo`llay oladigan qobiliyatli mutaxassis bo`lishi mumkin, lekin shu bilan birga ma’naviy noqis, hayot an’analarini ongsiz qayta ishlovchi bo`lishi mumkin (ota-onam shunday yashagan, men ham shunday yashayapman)
|
Ta’lim – ta’lim va tarbiyalash jarayonida insonning barcha: ma’naviy, aqliy, jismoniy kuch va imkoniyatlarini o`zaro muvofiq ravishda rivojlantirishdir.
Ta’lim- bir umrlik ijodiy jarayon. Ta’lim so`zining asosi “ilm” ekanligiga e’tibor qaratsak, Inson shaxsi kamol topishi uchun butun umr ilm izlaydi, izlanadi.
Ilmlilik faqat madaniy an’analardan xabardorlik bilan belgilanmaydi. Madaniyat- an’analar, qadriyatlar, bilimlar to`plami.
.
Ilmlilik- o`z ustida ishlashga tayyorlik, hayotdagi stereotiplarni bartaraf etish malakasidir
Ilmlilik- madaniy-moddiy maydonda o`z mas’uliyatini anglaydigan individual mustaqillik,
Ilmli inson abadiy qadriyatlarni (ezgulik, idrok, vijdon, mas’uliyat, muhabbat, hamdardlik...) himoya qiluvchi va yangilarini shakllantiruvchi madaniyat vakili.
|
Demak, ta’lim insonning, umuman, tashqi olam, madaniyat, tabiat bilan aloqasi haqida bilish va o`z vazifasini tushunishni taqozo etadi.
Ta’limning ikki asosi- fundamental va amaliy (funksional) bilimlar qiyosiy jadvali
Do'stlaringiz bilan baham: |