Ma’naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglashning tiklanishi


Download 46 Kb.
Sana25.10.2023
Hajmi46 Kb.
#1721497
Bog'liq
milliy qadriyatlar



Ma’naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglashning
tiklanishi .

Ma’naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglashning tiklanishi.


Biron –bir jamiyat imkoniyatlarini , odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.
Xalqning madaniy qadriyatlari , ma’naviy merosi ming yillar davomida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan . Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy taqyiqqa qaramay , O’zbekiston xalqi avloddan avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga hos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi .
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingran g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi.
Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan , xalqning ma’naviy sarchashmalariga , uning ildizlariga iborat uzviy , tabiiy jarayon deb hisoblaymiz .
Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga kiritgach , o’z taqdirining chinakam egasi , o’z tarixining ijodkori , o’ziga hos milliy madaniyatining sohibiga aylandi .
Tarix xotirasi , xalqning , jonajon o’lkaning , davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglashni , ta’bir joiz bo’lsa ,milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi .
Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda . Buyuk ajdodlarimizning ishlari jasoriyatlari tarixiy xotiramizni jonlantirib ,yangi fuqorolik ongini shakllantirmoqda . Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda .
Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni , finiy dunyo qarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar ko’p bo’lgan . Imom Buxoriy ,Imom Termiziy , Xo’ja Bahouddin Naqshband , Xo’ja Ahmad Yassaviy , Al- Xorazmiy , Beruniy , Ibn Sino , Amir Temur , Mirzo Ulug’bek ,Zahiriddin Bobur va bosha ko’plab buyuk ajdodarimiz milliy madaniyatimizni rivojtirishga ulkan hissa qo’shdilar , xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldilar . Ularning nomlari , jahon siviliasiya taraqqiyotiga qo’shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum .
Tarixiy tajriba , an’analarining meros bo’lib o’tishi - bularning barchasi yangidan- yangi avlodlarga tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmog’i lozim . Bizning madaniyatimiz butun insoniyatni o’ziga rom etib kelayotgan markaz bo’lib qolganligi tasodif emas .Samarqand , Buxoro , Xiva faqat olimlar va san’at ihlosmandlari uchungina emas , balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan .
Xalqimizning etnik , madaniy va diniy sabr- bardoshi ma’naviy uyg’onishning yana bir bitmas- tuganmas manbaidir . Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g’oyat xilma-xil dinlar , madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch totuv yashagan markaz bo’lib kelgan . Etnik sabr – toqat , bag’rikenglik hayot bo’ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me’yorlarga aylandi . Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham qimmatbaho an’analarini , shu hududda mavjud bo’lgan davlatchilik an’analarini avanlab qabul qilganlar .
Ayni shu zaminda ko’p asrlar mobaynida jahon madaniyatlari dunyo miqyosida bir –birini boyitgan . Bu yerda ko’chmanchi xalqlar o’troq xalqlar bilan ,eronlik qabilalar turk qabilalari bilan , musulmonlar nasroniylar va yahudiylar bilan ko’p asrlar birga yashab kelganlar . So’ngi ikki asr davomida ham o’zlarini “ madaniyatli” va “ma’rifatli ” hisoblab kelgan davlatlar ommaviy qirg’inlar va ta’qiblar bilan o’zlariga dog’ tushirgan bir paytda , O’zbekiston zamini xalqlar va madaniyatlar tinch birlashgan joygina bo’lib qolmay , balki quvg’in qilingan xalqlarga boshpana ham berdi .
Ijtimoiy hayotimizni isloh qilish va yangilash boshlanib ketganligi bois madaniyatning qudratli qatlamlari ochildi . Ular xalq ruhiyatini vatanparvarlik , milliy iftihor , butun dunyo uchun bag’rikenglik tomon keskin o’zgartirib yubordi . Bu esa xalq Ruhi qudratining birinchi belgisidir . Bu Ruh shu qadar yorqin va o’ziga hoski , jahon hamjamiyatining uzviy bir qismiga aylanishga harakat qilmoqda .
Jamiyatning diniy – ruhiy asoslarini , xalqimizning ming yillik ma’naviy – axloqiy yuksalish tajribasini o’zida jamlagan Islom madaniyatini tiklash o’z taqdirini o’zi belgilash ,tarixiy xotiraga , madaniy – tarixiy birlikga ega bo’lish yo’lidagi g’oyat muhim qadam bo’ldi .Eski masjidlar ta’mirlanmoqda va yangilari bunyod qilinmoqda .O’quv yurtlari tarmog’i kengaymoqda .
Ma’naviy qadriyatlarning yana bir qudratli manbai an’anaviy oila va qarindoshlik munosabatlari odobidan iboratdir . Kattalarni hurmat qilish , o’zro yordamlashish , kelajak avlod haqidagi g’amho’rlik qilish hamisha uning asosiy qoidalari bo’lib kelgan .
Oila qadriyatlari va qo – qarindoshlik munosabatlaring qayta tiklanishi o’z umrini yashab bo’layotgan oila – urug’ munosabatlari abadiylashtirishni emas , balki har bir oilaning iqtisodiy , madaniy va kasb jihatidan erkin bo’lish imkkoniyatini anglashtirishi lozim .
Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi ularning hozirgi dunyo va axbarot sivilizasiyasi qadriyatlariga moslanishini ham anglatadi .
Jahon hamjamiyatining mustaqil O’zbekistonni tan olishi , davlatimizning keng tashqi siyosiy va tashqi iqdisodiy faoliyati o’zbek xalqining ma’naviy qadriyatlari va imkoniyatlari tiklanishiga , o’zini boshqa xalqlar oilasidagi to’la huquqli millat sifatida angalab yetishida yanada kuch baxsh etdi . Keng miqyosdagi xalqaro aloqalar jahon madaniyatini yanada chuqurroq bilish , umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo’lish uchun qulay zamin yaratdi . Ayni mahalda o’zbek xalqining turli faoliyat sohalaridagi iste’dodi rivojlanishiga, uning tadbirkorlik va kirishimchilik , bir necha chet tillarni tez o’rganib olish kabi noyob fazilatlari to’la- to’kis ro’yobga chiqishiga imkon berdi . Ana shu aloqalar tufayli milliy mehmonnavozlik va sahovat an’analari yanada rivojlandi .
Dunyoning demokratik qadriyatlaridan bahramand bo’lishda aholining bilimdonligi muhim ahamiyat kasb etmoqda . Faqat bilimli , ma’rifatli jamiyatgina demokratik taraqiyotning barcha afzalliklarini qadrlay olishini va , aksincha , bilimi kam , omi odamlar avtoritarizmni va totalitar tuzumni maqul ko’rishini hayotning o’zi ishonarli tarzda isbotlamoqda .
Mustaqillik mamlakatimiz aholisining bilim doirasini kengaytirdi . Tarix va hozirgi zamon voqeliklariga murojaat qilish bizning ijtimoiy tafakkurimizdan hayotni idrok etishning mavhum va aqidaparastlik qoliplarini yengib o’tishni , mustaqil fikr yuritish va ro’y berayotgan hodisalarni baholay olish qobiliyatini talab etdi .
Ma’naviy Tiklanish - fikrlash tarzini mustaqillik ruhi belgilaydigan yangi avlodga mansub ijodiy ziyolilarning paydo bo’lishi demakdir .Bizning tushunishimizcha , qotib qolgan aqidalardan voz kechish- o’z tarixiy o’tshimizldan voz kechish degani emas . Bu biryoqlama va tor fikrlashdan voz kechish demakdir . Milliy tafakkur o’z taraqqiyotida madaniy qurilish vazifalariga dunyo miqyosida yondashishi , baoshqa xalqlarning taqdiri , ularning o’zaro munosabatlari bilan yaqindan qiziqishi , ular hayotining eng teran nuqtalarigacha kirib borishi , milliy manfaatlarni hisobga olishi kerak .
Xalqimizning kelajagi , eng avvalo , uning o’ziga , ma’naviy qudratiga va milliy ongining ijodiy kuchiga bog’liqdir .Moddiy farovonlikka tabiiy intilish millatning ma’naviy va aqliy o’sish ehtiyojiga g’ov bo’lmasligi lozim . Ma’naviylik va ma’rifiylik xalqimizning ko’p asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli o’ziga hos hususiyati bo’lib keldi .
<< Ma’naviyat - insonning , xalqning , jamiyatning kuch – qudratidir .U yo’q joyda hech qachon baxt - saodat bo’lmaydi . Nafaqat ko’hna tarix , balki yangi tarix ham buning ko’plab misollarini beradi>>.
Bizning an’anaviy qadriyatlarimizni hozirgi demokratik jamiyatning qadriyatlari bilan uyg’unlashtitirish kelajakda yanada ravnaq topishimizning , jamiyatimiz jahon hamjamiyatiga qo’shilishinig garovidir .
O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid ,barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari ” kitobidan.
I.A.Karimov
Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling